Reja: Diplomatiya tushunchasi


Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar



Download 417,5 Kb.
bet14/18
Sana27.06.2022
Hajmi417,5 Kb.
#707951
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
diplomatiya 2(1)

Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar
Reja:

  1. Urush o`choqlarining paydo bo`lishi

  2. Yevropada Gitler tajavuzining kengayib borishi

  3. Davlatlar o`rtasida munosabatlardagi ziddiyatlarning paydo bo`lishi.

1931-1932 yillardava 1933 yil boshida Yaponiya fursatdan foydalanib agressiyani ancha kengaytirdi. AQSh, Angliya va Fransiyaning manfaatlariga qarshi jiddiy xavf tug’ildi. AQSh-Yaponiya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlari kuchaydi. Shundan keyingina, 1933 yil fevralida Millatlar ittifoqi qaror qabul qildi. Bu qarorda Yaponiyaga butun Xitoyda «ochiq eshiklar» va «teng imkoniyatlar» prinsipiga amal qilish, Manchjuriyani Xitoy qo’l ostidagi avtonomiya deb tanish, yapon qo’shinlarini olib chiqib ketish taklif qilindi. Yaponiya bu qarorni qabul qilmadi. 1933 yil martida Yaponiya Millatlar ittifoqidan chiqdi. Shunday qilib, Versal-Vashington sistemasi barbod bo’la boshladi. Yaponiyaning agressiv harakati va g’arbiy davlatlarining qarshilik ko’rsatmaslik siyosati Yevropada, avvalo Germaniyada revansh va urush tarafdorlari kuchlarini rag’batlantirdi. 1933 yil yanvarida Gitler boshchiligida fashistik diktatura o’rnatildi. Urush partiyasi bo’lgan fashistlar partiyasi davlat tepasiga chiqib oldi. Fashistik diktatura o’taketgan reaksion, eng shovinisgik va oshkora terroristik diktatura edi. Shunday qilib, Yevropa markazida urushning ikkinchi va asosiy o’chog’i vujudga keldi.
1933 yil iyulida Rimda to’rt davlat; Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiyaning «yakdillik va hamkorlik» ahdnomasi tuzildi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad Germaniyani urushdan keyin tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan majburiyatlardan qutqarish, uning agressiyasiga bemalol yo’l berib qo’yish, Germaniya bilan Italiyani SSSRga qarshi yo’naltirishdan iborat edi.
1934 yil yanvarida Germaniya bilan Polsha o’rtasida o’zaro hujum qilishmaslik to’g’risida shartnoma tuzildi. Gitlerchilar o’z maqsaddarini amalga oshirishda Polsha reaksionerlaridan foydalanib, keyin Polshaning o’zini ham bosib olmoqchi edilar.
1935 yil yanvarida Versal shartnomasiga muvofiq, Saar oblastida plebissit o’tkazildi. Gitlerchilar o’z foydalariga ko’proq ovoz olishga erishdilar. Saar oblasti Germaniyaga qo’shildi.
1935 yildan boshlab Germaniya harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlarini hamda quruqlikdagi qurolli kuchlarini ko’paytirishga astoydil kirishdi. Umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. Germaniya bosh shtabi tiklandi.
1935 yil 18 iyunda Angliya bilan Germaniya o’rtasida dengiz bitimi tuzildi. Bitimda Germaniya harbiy dengiz flotini Angliya suv usti harbiy-dengiz flotining 35%i hajmida va suv osti harbiy-dengiz flotining 45%i hajmida qurish, keyinchalik Germaniyaning suv osti flotini Angliya suv osti flotiga to’la tenglashtirish huquqi ko’zda tutildi. Bu bitim amalda Versal sulh shartnomasiga qaram-qarshi o’laroq Germaniyaning harbiy-dengiz qurollanishiga to’la imkon berdi.
Uzoq Sharqda va Yevropada urush o’choqlarining vujudga kelishi xalqaro vaziyatni o’zgartirib va keskinlashtirib yubordi. Germaniya va Yaponiya jahonga hukmron bo’lishni da’vo qilib chiqdilar. Angliya va Fransiya esa mudofaa holatiga tushib qoldilar. Shu tariqa, bir tomondan, Germaniya, ikkinchi tomondan, Angliya, Fransiya va AQSh o’rtasida dengiz va mustamlaka masalalarida, Yaponiya, AQSh va Angliya o’rtasida Uzoq Sharq va Tinch okeanda ziddiyatlar kuchayib ketdi. 1932 yil iyulida uzoq muzokaralardan keyin CSSP bilan Polsha o’rtasida, 1932 yil noyabrida esa SSSP bilan Fransiya o’rtasida o’zaro hujum qilishmaslik shartnomalari tuzildi. CSSP bilan Latviya, Estoniya va Finlyadiya o’rtasida ham shunday shartnomalar imzolandi.
Jenevada chaqirilgan xalqaro qurolsizlanish konferensiyasida (1932 yil fevral-1934 yil may) Fransiya o’z xalqaro pozisiyasini mustahkamlash maqsadida Millatlar ittifoqi huzurida xalqaro armiya tuzishni, Germaniya xavfiga nisbatan Angliya va AQShdan garantiya olishni, AQSh va boshqa raqiblar kuchini zaiflashtirippsh ko’zlab qurolli kuchlarning 1\3 qismini qisqartirishni taklif qildi.
Angliya tomonidan kiritilgan takliflarning birida Germaniya qo’shinlari sonini 100 ming kishidan 200 ming kishiga yetkazish, Fransiya armiyasini esa 500 ming kipshdan 200 ming kishiga keltirib, Yevropa qit’asida Germaniya bilan Fransiya qo’shinlari sonini tenglashtirish, SSSP qo’shinlari sonini 500 ming kishidan oshirmaslik zarurligi ko’rsatildi.
Germaniya delegasiyasi boshqa mamlakatlarshshg qurolli kuchlarini german qurolli kuchlari darajasigacha qiskartirishni yoki german qurolli kuchlarini boshqa yirik mamlakatlarning qurolli kuchlari darajasiga yetkazishni taklif qildi. Germaniya taklifi qabul qilinmagach, uning delegasiyasi konferensiya ishini barbod qilishga urindi va 1933 yil kuzida konferensiyadan chiqib ketdi. Konferensiya qatnashchilari mushkul ahvolga tushib qoldi.
Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiya jahonga hukmron bo’lishni da’vo qilib chiqayotganligini hamda SSSRning kuch-quvvati va xalqaro roli oshib borayotganligi tufayli 1934 yil 15 sentyabrda Millatlar ittifoqining 34 ta a’zosi Sovet Ittifoqiga Millatlar ittifoqiga a’zo bo’lib kirishni taklif qildi va SSSR 1934 yil 18 sentyabrda Millatlar ittifoqiga a’zo bo’lib kirdi. 1933 yil 16 noyabrda SSSP bilan AQSh o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida bitim tuzildi.
1933 yili SSSP bilan Ispaniya o’rtasida, 1934 yili SSSP bilan
Chexoslovakiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Albaniya o’rtasida, 1935 yili SSSP
bilan Belgiya, Lyuksemburg va Kolumbiya o’rtasida diplomatik aloqalar
o’rnatildi.
Fransiya hukumati jamoatchilikning qat’iy talablari natijasida, xamda mamlakatda o’z mavqyeini mustaxkamlash va xalqaro miqyosda Fransiya pozisiyasini kuchaytirish maqsadida 1935 yil 2 mayda Parijda Sovet Ittifoqi bilan o’zaro yordam to’g’risida shartnoma tuzdi. 16 mayda SSSP bilan Chexoslovakiya o’rtasida ham shunday shartnoma imzolandi. Ayni mahalda Fransiya bilan Chexoslovakiya o’rtasida ham shu kabi shartnoma tuzildi.
Chexoslovakiya hukumatining talabi bilan Sovet-Chexoslovakiya shartnomasida
agressiya yuz berganda Fransiya yordam ko’rsatgan taqdirdagina o’zaro yordam
berish xaqida modda kiritildi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish