Reja: Diplomatiya tushunchasi


AQSH da Fuqarolar urushi va Yevropa diplomatiyasi



Download 417,5 Kb.
bet6/18
Sana27.06.2022
Hajmi417,5 Kb.
#707951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2(1)

AQSH da Fuqarolar urushi va Yevropa diplomatiyasi.

Shimol va Janub o’rtasidagi kuchlar nisbati teng emasdi Janubning kuchi bir muncha kam edi. Shimolda 23 ta shtat bo’lib, uning 22 mln axolisi bor edi, Janubda esa 11 shtat bor edi, unda 9 mln axoli yashardi. Bulardan 4 mln negr-qullar edi. Janubning maqsadi qulchilikni saqlab qolish edi. A.Linkolinni AQShning prezidenti qilib saylanishi Janub quldor-plantatorlarning qo’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’ldi. 1860 yilning 20 dekabrida Janubi Karolina Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1861 yil yanvari davomida yana beshta qulchilik shtati: Messisipi. Florida, Alabama, Georgiya va Luiziana. I fevralda esa Texas chiqdi.


4 fevralda quldorlik shtatlarinnng vakillari Montgomer (Alabama.sht.) shaxrida Kongressga to’planib. "Amerika shtatlarining Konfederatsiyasi" degan nom bilan alohida davlat tuzdilar. Kongress muvaqqat konstitutsiya qabul qildi. Unda shunday deyiladi: Ittifoq Shtatlari yangi "hududlar" orttirishi mumkin. Kongress qonunlar qabul qilishi, yangi xukumat tuzishi mumkin va x.k. Hududlarni to’xtovsiz kengaytirish, eski chegaradan tashqari bo’lgan joylarda qulchilikni to’xtovsiz ko’paytirish Ittifoq quldorlik shtatlarining hayot qonuni edi.
Janubdagi chiqariladigan mahsulotlar - paxta, tamaki, shakar va shu kabilarni qullar ishlab chiqarardi, bu mahsulotlarni ko’proq tayyorlash uchun katta guruh qullar, ommaviy ravishda keng ko’lamdagi serhosil yerlarda qul mehnatiga asoslangan holda ter to’kib ishlashi kerak bo’lardi. XIX asrning birinchi yarmida plantatsiya xo’jaligi zo’r berib rivojlandi, qullar soni ko’paydi, asr boshida Janub shtatlarida 1 mln qul bo’lgan bo’lsa, 1860 yillarga kelib, ularning soni 3,5 mlnga yetdi. Plantatsiyalar borgan sari yangi yerlarga yoyilib bordi. Asosiy maxsulot paxta, o’nga talab juda katta edi, xaridorlar Yevropa va Shimol shtatlarining korxonalari paxtaga ko’z tikib turardilar.
1860 yilda 20 mln. 1840 yilda 100 mln va 1860 yilda 1.5 mlr. funt paxta xorijga chiqarilgan edi. Janub bilan Shimol o’rtasidagi kurash, bu ikki ijtimoiy tuzum -qulchilik tizimi va erkin mehnat tizimidir. Bu ikki tuzum bir-biri bilan yonma-yon turib, yashab olmasdi, urush kelib chiqishi muqarrar edi. Shimol rivojlangan sanoatga ega edi. Janubda esa bu narsa umuman boshqa edi. Shimolda keng rivojlangan temir yo’l izlari, kemalar suzadigan kanallarining borligi, bu katta kuch edi.
Agarda urush uzoq chuzilsa. janubning g’alaba qilishi uchun biror-bir ishonchi yo’q edi. Janubliklar urushni boshlar ekan, g’alaba qilishga ishonar edilar, ularning xisob-kitobi kuyidagicha: birinchidan uncha katta bo’lmagan Federal qo’shinlarning qumondonligi plantator-quldorlarning qo’lida ekanligi, ularning taxminicha qurolli muntazam kuchlarni olg’a surib, ularga otliq militsiya to’dalarini qushib, yashin tezligida xujum bilan Ittifoqning poytaxtini egallash edi, xamla Angliya a Fransiya qurolli kuchlarining hukumini kutayotgan edilar, ularning taxminicha bu intervensiya yoki qurolli hujum muqarrar edi. Ingliz burjuaziyasi Amerikadagi xavfli raqibi bo’lgan sanoatchi shimoliy-sharq va g’arbiy shtatlarni yo’qotishga xarakat kilardi. Agarda Janub Qo’shma Shtatlarning shimoli ustidan g’alaba qozonsa, shtatlarning xammasi yana Angliyaning mustamlakasiga aylanar edi.
Fransiya ham o’ziga Amerika hududidan mustamlaka orttirishga intilayotgan edi. Shunday qilib, janubchilarning xisobi. o’z kuchlari bilan g’alaba qilish emas, balki Angliya va Fransiyaning qurolli bosqinchilik xarakati va ularning yordamiga tayanar edi.
1858 yilning 4 martida Janubning siyosiy arboblaridan biri, janubni Karolinalik senator Djon Gammond shunday degandi: «Zambarakdan bitta ham o’q uzmasdan, qilichimizni qinidan sug’irmasdan jahonni tiz chuktirishimiz mumkin, bizga qarshi hech kim urush boshlay olmadi. Agar biz uch yil paxta bermasak, nimalar bo’lishi mumkin? Angliya albatta Janubni himoya qilish uchun butun jahonni safarbar qilishi mumkin, paxta bilan xech kim urusha va o’ynasha olmaydi.
Yer yuzida paxta bilan urushadigan xokim yo’q. Paxta jahonni boshqaradi». Ana shunday fikr-mulohazalar bilan janubliklar urushning strategik rejasi bilan qizikmasdan, balki, Angliya va Fransiyaning Janubni tan olishi va ularning xarbiy yordami va qullab-quvvatlashi bilan qiziqar edilar. Fuqarolar urushi bir davlatning ikki qismi o’rtasida bo’lganligi uchun ham u boshqa urushlardan rasman farq qiladi, urush e’lon qilish ham umuman qoidaga to’g’ri kelmaydi.Janubliklar Semter fortini olgandan so’ng Lin’kolin hamma shtatlardan 75 ming volonterni militsiyaga chaqirib, 1861 yilning 15 aprelida janubliklarning g’alayonini bostirishga buyruq berdi. Ittifoqqa qarshi fitna uyushtirgan shaxslarga 20 kun muxlat berib, ularning tarqalishi va tinch hayotga qaytishlarini talab qildi.
1861 yilning 17 aprelida yirik quldor, Konfederasiya prezidenti Djefferson Devis Qo’shma Shtatlarning savdo va harbiy dengiz flotiga qarshi kurash uchun murojaatnoma e’lon qilib, buning " uchun kerakli xujjat talab " qildi. Ikki kundan so’ng Linkoln janubni qamal deb e’lon qildi va janubliklar harakatini qaroqchilik deb qoraladi. Shunday qilib urush haqiqatda boshlangan edi, endilikda Shimol janubga qarshi, Janub esa shimolga qarshi urush e’lon qilishdi.
Xarbiy xarakatlarning boshlanishidan ikki xafta o’tgach, 1861 yilning 28 fevralida Yevropa davlatlarining intervensiya (qurolli hujum) boshlashi xaqida xabar keldi. Birinchi bo’lib Ispaniya yurish qilgan edi. Ispaniyaning tayanchi Kuba edi. Avval ispanlarning mustamlakasi bo’lgan San-Domingo-orolning sharqiy qismini tortib olmoqchi bo’ldilar. Qo’shma-Shtatlarning negrlar respublikasi San-Domingo bilan rasmiy aloqasi bo’lmasada AQShning shtat-sekretari (tashki ishlar vaziri) Syuard Ispaniyaning Vashingtondagi elchisiga 1861 yilning 2 aprelida xat bilan murojaat qilib. Ispaniyasning zo’rovonlik bilan kirganiga qarshilik ko’rsatdi. 1861 yilning 1 iyunida ispan elchisi Syuardga Neflar respublikasini bosib olish haqidagi xabarni yetkazdi. O’sha davrda Qo’shma Shtatlarning ahvoli ancha og’ir bo’lganligi uchun bu masalada qulay payt kelishini kutishga to’g’ri keldi.
Yevropa davlatlari intervensiyasining navbatdagi bosqichi, bu Angliyaning Janubiy urushuvchi davlat sifatida tan olishidir. 1861 yilning 3 mayida janub qo’zg’olonchilarning emissarlari (bir davlatning ikknichi bir davlatga norasmiy yuboradigan vakili) Yansi va Rost Angliya tashqi ishlar vaziri Rossel tomonidan Bosh vazir Palmerston kabinetida qabul qilindilar. Qo’shma Shtatlarning Londondagi elchisi Dallasning talabiga ko’ra, ular norasmiy xolatda qabul qilingan.
Fuqarolar urushi bilan bog’liq bo’lgan hamma masalalar Qo’shma Shtatlarning yangi elchisi Charlz-Frensis Adam kelgandan so’ng hal qilamiz deb Rossel Dallasga va’da berdi. Adam Londonga kelgunga qadar, 6 may kuni Rossel Angliyaning Vashingtondagi elchisi Layonsga instruksiya (yuriq) yuborib, Hukumatning janubni urushuvchi davlat deb tan olganligini ma’lum qiladi. Adams 13 may kuni Londonga yetib keladi va u qabul qilinguncha inglizlar deklaraitsiya qabul qilib, o’zlarini betaraf deb e’lon qilishdilir. Bu deklaratsiyaga muvofiq Janub qo’zgolonchi shtat emas, balki urushuvchi davlat deb ataldi.
13 maydagi deklaratsiya Konfederasiyani tan olishda birinchi qadam bo’lib. Angliyaning Ittifoqqa qarshi urushga kirishi uchun tayyorgarlik edi. Deklaratsiya e’lon qilingandan so’ng Angliya hukumati Amerika suvlariga o’zining harbiy flotini yuboradi. Yevropa davlatlarining Amerkada bosqinchilik zo’rovonlik harakatining yangi bosqichi 1861 yil 31 oktyabrda Londonda imzolangan Buyuk Britaniya Fransiya va Ispaniyaning Meksikaga qarshi intervensiya uyushtirish haqidagi kelishuv bilan boshlanadi. Dekabrga kelib, ispan qo’shinlari Vera-Krusga kelib tushdi. 1862 yilning yanvarida bularga Angliya va Fransiya qo’shinlari birlashdi. Qo’shma shtatlar intervensiyaga qarshi turdilar. Ammo intervensiya qo’shinlari shu yerda edi, ularni hududdan chiqarish, fuqarolar urushi tamom bo’lgandan keyingina mumkin edi. Ingliz va ispan qo’shinlari ancha oldin chaqirib olingan edi. Meksikaga uch davlat qurolli hujumi boshlangandan so’ng, tezda Bosh vazir Palmerston tashabbusi bilan Qo’shma Shtatlarga qarshi Angliyaning qurolli hujum xavfi tug’ildi. Ittifoq tomonidan Konfederatsiyani qo’rshov deb e’lon qilinganligi uchun amerika paxtasini chetga chiqarish iloji bo’lmadi, bu asa Yevropada katta shovshuvga olib keldi. 1861 yil 26 martda inglizlarning Amerikadaga elchisi lord Dayons Styuard bilan bo’lgan uchrashuvda shunday degandi: "Qo’shma Shtatlar zo’rlik bilan shtatlarda yetishtirilgan, Buyuk britaniya uchun muhim bo’lgan paxta savdosini to’xtatsa, nima bo’lishini aytolmayman va men unga javobgar emasman" .
1861 yil 8 noyabr kuni quldorlarning emissarlari (Lazon va Slaydel inglizlarning savdo kemasi "Trent"dan Qo’shma Shtatlarning "San-djasinto" harbiy kemasining kapitani Uilks tomonidan tushurib olingan edi. Asirlar Boston portiga olib kelingan edi. Angliya va Fransiyaning o’ta millatchi matbuoti bu voqeadan foydalanib, katta shov-shuv ko’tardilar va Ittifoq bilan jang qilish talabini qo’ydilar. Kapitan Uilksga qilingan yagona ta’na, bu elchilarni olib kelgani, nima uchun kemaning o’zini olib kelmaganligidir. Lord Rossel Mezon va Slarshelnn 7 kun muxlat ichida qaytarib berishni talab kildi. Angliya qo’shinlari Kanadaga yuborilgan edi. Ingliz kemasozlari kechayu-kunduz ter to’kib ishlayotgan edilar, bu zo’r berib qurollanish edi.
"Palmerston urushni xoxlayapti. Ingliz xalqi undan (urushdan) bezor, Bo’lajak voqea kimning bu kurashda yuqori ekanligini, Palmerstonmi yoki xalqmi ko’rsating. Voqealar shuni ko’rsatadiki, xalq ko’tarildi, birgina Angliyada emas, balki butun Yevropa va Amerikada xam xalq qo’zg’aldi, agar Angliya qurolli xujumini to’xtatmasa, Angliyaning o’zida ham fuqarolar urushi kelib chiqishi muqarrar bo’lib qoldi.
Xalqaro ahvolning ana shunday murakkab davrida Shimolning hukumati yon berish mavqeini qo’llab, janubning emissarlarini ozod qildi, bu bilan Yevropadan bo’ladigan qurolli xujumga tusiq qo’ydi. Quldorlarning ingliz burjuaziyasi qurolli xujum boshlaydi, degan umidlari chippakka chiqdi, ular xato qildilar.
Janubning yana bir hatosi shu ediki, ular xorijga paxta chiqarishni man qilgan edilar, bu o’zlariga katta zarar keltirdi, pulga bo’lgan muxtojligi, ularni paxta sotishga majbur qildi, bu yo’l bilan ular qo’rshovni yorib o’tmoqchi edilar. Bundan tashqari Yevropadaga 1861 yilga ochlik paxtaga nisbatan g’allani qadrlashga olib keldi, g’alla yetishmay qoldi. Ittifoq esa xududida fuqarolar urushi bo’layotganiga qaramasdan Qit’aga ko’plab g’alla chiqarayotgan edi. Ingliz va fransuz hukumatlari Janub bilan birga urushga qatnashamiz degan niyatlaridan qaytdilar. Palmerston va Napoleon III sodir bo’layotgan xorij voqealarini kutib, janub Shimolga qaqshatqich zarba bergach, sekin aralashamiz degandilar.
1862 yilga kelib ham Linkoln xukumati qullarni ozod qilish masalasini xal qilmadi. Shimol ketma-ket yengilayotgan edi. Intervensiya tarafdorlari yana bosh ko’tara boshladilar. 1862 yilning aprelida Napoleon III bilan suxbatlardan birida, janub emissari Slaydel Fransiya Konfederatsiyani tan olishni talab qildi. Napoleon III, qoida bo’yicha tan olishni aytgan bo’lsada, u shunday degandi: "Angliyadan bo’lak. biror-bir davlat yetarli katta flotga ega emaski, u Fransiyaga okeanda jang qilish uchun yordam bersa…”. Bu bilan imperator shunga sha’ma qildiki, agar Angliya Konfederatsiyani tan olsa, Napoleon III ham shunday qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Unga javoban Slaydel Qo’shma shtatlarga qarshi Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Belgiya, Gollandiya, Shvesiya va Daniyalar bilan birgalikda hujum kilishini aytgandi. Napoleon III ni ishontirib, agar Fransiya Konsbederatsiyani tan olsa, u vaqtda Qo’shma Shtatlar janubga hujum qilmaydi, chunki ularning urushlari bilan qullari band, degandi Slandel Slaydelning g’alati va’dalariga qaramasdan, imperiya Konfederatsiyani tanishdan bosh tortdi va harbiy kemalar qurish uchun yashirincha yordam berishga va’da qildi. Shuning bilan ularning suxbatlari tugadi. Ammo, 1862 yilning iyulida, shimolliklarning janggoxda katta zarbaga uchragan bir vaqtda, Napoleon III Fransuz elchisi Tuvenelga quyidagi mazmunda telegramma yuboradi: "Angliya xukumatidan birinchi, Janubni tan olish davri kelib yetmadimikin?". Ammo, Palmerstonning intervensiyani boshlash haqidagi taklifi umumiy palataning qarshiligiga uch
radi. Angliya hukumati harbiy harakatlarning oxiri nima bo’larkan deb kuta boshladi va Janubliklarga yordam bera boshladi.
1862 yilning 29 iyulida Konfederatsiya uchun Diverpulning Layyardda qurilgan Kreyser (xarbiy kema) Qo’shma Shtatlar elchisi Adamsning karshiligiga qaramasdan ingliz xukumati topshirig’i bilan Angliyadan chiqarib yuborildi. "Alabama" deb atalgan bu kreyser dengiz va okeanlarda suzib, 1864 yilning iyunigacha u 65 ta Qo’shma Shtatlar kemasini suvga cho’ktirdi va 5 mln dollar qiymatga ega bo’lgan mulklarni yo’q qildi. 1864 yilning 19 iyunida "Alabama" QShlar kreyseri "Kirsadj" bilan to’qnashib, kuchli zarbadan so’ng "Alabama" suvga cho’ktirildi. "Alabama"dan tashqari shunga o’xshash yo’llar bilan Konfederatlar uchun Angliyada "Florida", "Georgiya", "Shenandao" kabi kaperlar qurilgan edi.
1862 yilning 14 sentyabrida Palmerston oxirgi qarorga kelib, Rosselga xat yozib, Konfederatsiyani tan olishni tayinladi. Rossel javob qilib, bu masalani xal qilish uchun 23 yoki 30 sentyabrda mahkama kengashini chaqiramiz degandi" Bu vaqtga kelib ahvol birdaniga o’zgardi. Palmerston xati bilan ingliz mahkamasi chaqirilayotgan kengash oralig’i vaktida Qo’shma Shtatlarda qullarni ozod kilish haqida taxminiy qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hukumatning shu choqqacha sustkashligi xalq ommasini g’azablantirdi. Ularning talabiga ko’ra hamma vositalar urushni boshqaroq olib borishga, negrlarni qullikdan ozod qilish va ularni jangovar harakatlarga qatnashishiga safarbar qilinishi kerak. Minglab ishchilar ozodlik bayrog’i ostida o’z erki bilan turib, hukumatning daxlsizligi va qonuniy davlatni parchalashiga yo’l qo’ymaslik uchun kurashdilar. Xalq ommasining tazyiqi ostida Linkoln hukumati inqilobiy choralar (qo’zg’olonchilarning mol-mulklarini musodara qilishi, yangi hududlarda qulchilikni man qilish, aksilin inqilobchilarni qamash) ni amalga oshirdi. Xal qiluvchi masala bu gomsted haqidagi qonun va qullarni ozod qilish haqidagi qarorlar edi.
Ittifoq urushni "inqilobiy yo’l" bilan olib bordi. Xal qiluvchi odim, bu mamlakat ichidagi xalq kutarinkiligi va Ittifoqqa nisbatan chetdan bo’lgan, ayniqsa butun Yevropadan bo’lgan yaqinlashuv va qullab-quvvatlash amalga oshgan edi.
1863 Yilga kelib xisoblaganda Janubning qo’shinlari 1,2 mln askardan tashkil topgan bo’lsa, Shimolniki - 2.8 mln kishini o’z tarkibiga olgan edi. Qullikni bekor qilingach, qo’shinlarga 186 ming negr-askar kelib qo’shildi. Bulardan tashqari 250 ming negrlar harbiy buyurtmalarni bajaradigan joylarda band edilar. Birinchi janglardayoq negr-askarlar o’zlarini mohir jangchilar sifatida ko’rsatdilar. Inqilobiy uslubga o’tish harbiy harakatlarni tub burilishiga olib keldi. Ko’shma Shtatlarda qullikni bekor qilish xaqida qaror xabari Angliyaga kelib yetganda. Janubni tan olish haqidagi masala maxkama majlisi kun tartibidan olib tashlandi. Ammo Fransiya hukumati janub tarafida turishga yana urinib ko’rdi.
1862 yil 20 mayda xukumat qonun chiqarib, unga ko’ra AQSh ning xar bir fuqarosi yer ulushi olib, uni olish 11yil davomida ishlab tursa, keyinchalik bu yer uning xususiy mulkiga aylanar edi. 31 oktyabrga kelib Angliya bilan Rossiya diplomatik vakillari Fransiya hukumatidan uch davlat, ya’ni Angliya, Rossiya va Fransiya birgalikda urushga kirish haqidagi loyixani oldilar. Unda 6 oy muddatda yarash bitimi tuzish, qo’rshovni bekor qilib, Yevropa savdosi uchun amerika portlarini ochish masalalari aytilgandi. Rossiya bu taklifni rad qildi. Ingliz hukumati ham Rossiyani o’rtaga qo’yib, rad javobini berdi.
Qulchilik bekor qilingach, Konfederatsiyaning ichki va tashqi ahvoli shuncha yomonlashdiki, Konfederatsiyaning kichik-prezidenti, qulchilikning mafkurachilaridan biri Aleksandr Stifens Shimol ustidan g’alaba qilishning birdan-bir chorasi, ulardan ibrat olib, Janubda ham qullikni bekor qilish kerak degandi. Richmonda chaqirilgan kongress bu masalani xal qilolmadi, xal qilmasdi ham.
1863 yilning iyulida shimolliklarning Getisburg va Vjsburg ostonalaridagi g’alabasi va xarbiy xarakatlarda yasalgan katta burilish, Angliya va Fransiya qurolli hujumini muqarrar qilib qo’ydi.
1863 yilda Qo’shma Shtatlarni kutilmagan Rossiya bilan ancha yaqinlashdi. Bu yaqinlashishga Rossiyaning Angliya va Fransiya bilan munosabatlarining zidligi ayniqsa uni 1863 yilga kelib keskinlashuvi sabab bo’ldi. Bu davrga kelib Palmerston va Napoleon III Polsha masalasida Rossiya bilan urushish haqida o’ylamagan edilar. Rossiyada esa bu masalaga katta e’tibor berib, uning bo’lishini har on kutayotgan edilar.
Sodir bo’lgan voqea va vaziyatga qarab, Amerikaga ikkita Rus eskadrasini yuborish haqida qaror qildilar. Rus eskadrasini okean ortiga yuborish rejasi Aleksandr II tomonidan tasdiqlanib, 1863 yilning iyulida dengiz vazirligining boshqaruvchisi kontr-admiral Lesrvskiyga maxfiy yo’l-yo’riq topshirildi.
Atlantika va Tinch okeanlarga Rus eskadralarini yuborish bu pishiq uylanib, Angliya va Fransiya bilan bo’ladigan urush jangohlarida xujum qilishga qodir ekanligiga ishonib yuborilgan edi. 1863 yilning sentyabrida ikkita rus eskadrasi - biri admiral Lesovskiy qumondonligi, ikkinchisi - admiral Popov qumondonligida yetib keldi: birinchi eskadra Nyu-York portiga, ikkinchisi - San-Fransisko portiga keldi. Eskadraning yuborishdan asosiy maqsad Angliyaning jahon savdo yo’liga g’ov bo’lib xavf tug’dirish va Polsha masalasida inglizlar mavqeiga ta’sir etish edi. Dengiz vazirligi boshqaruvchisining Aleksandr II nomiga yozgan axborotida eskadralarni amerikaning qaysi portida kutib olish aniqlanganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari Krabbe Ittifoq flotining kaperlari katta kuchga ega, dushmanga bas kela oladi deb ta’kidlagan edi. Dengaz vazirlignning rejasiga qarshi tashqi ishlar vazirligida eskadralarni Amerikaga yuborish siyosiy samara berishdan qurqdilar.. Kichik-kansler, tashqi ishlar vaziri, knyaz Gorchakov va Qo’shma Shtatlarga yuborilgan vakil, baron Stekl eskadraning jahon savdo yo’liga chiqqanligi va ular olib borayotgan ishlar yaxshi samara berganligini ancha vaqt o’tkazib, undan murod xosil qilganliklarini ma’lum qilgan edilar. Angliyadagi rus elchisi,"Rus dnplomatiyasining otaxon" keksa baron Brunnov bu xabarni barini eshitgach, xayratda qolgandi.
Rossiya xukumatinig mexri janubliklarga edi. Ammo Angliya va Fransiya bilan qarama-qarshilik podshoni Shimol bilan yaqinlashishga olib keldi. Rossiya bilan Qo’shma Shtatlar o’rtasidaga ittifoq norasmiy degan mish mishlar o’rinsiz edi. Urushuvchi davlat portiga eskadralarni yuborish, o’z-o’zidan yaqin va xaqiqatdagi ittifoqqa olib kelardi. Rus eskadradasi Amerikada bo’lgan vaqtda janubning xarbiy kemalariga to’ppadan-to’g’ri xavf tugdirib, xarbiy harakatlariga ta’sir ko’rsatgan edi.
Rossiyaning Qo’shma Shtatlarda fuqarolar urushi davrida Rossiya egallagan mavqei Qo’shma Shtatlarga katta yordam ko’rsatdi va umumiy xalqaro vaziyatda katta o’rin tutdi.
.

Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish