2)O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
|
Ta’lim metodining nomlanishi
|
O‘qituvchi faoliyati
|
O‘quvchn faoliyati
|
|
|
|
|
|
|
|
3)Ta’limning binar metodlari
|
|
|
O‘rgatish metodlari
|
O‘rganish metodlari
|
|
|
|
|
4)Interfaol metodlar
|
O‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari
|
Yangi materialni anglash metodlari
|
O‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar
|
|
|
|
`
4. Ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga doir amaliy topshiriqlar.
1-topshiriq. Mutaxassislik fani bilan bog’liqlikda quyidagi metodlarni har birini qo‘llashga doir bittadan misol yozing.
1) suhbat; 2) o‘quv munozarasi; 3) mashq; 4) kitob bilan ishlash.
2-topshiriq. Kichik guruhlarga bo‘lining va og'zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlardan birini tanlab olib, biror mavzu misolida metodni amaliyotda qo‘llab ko‘rsating.
5. Mavzuga oid 10 ta test tuzing.
IV. Kichik dars o’tish.
(Dars talaba tomonidan o’tiladi va unga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Dars o’tilgach, o’qituvchi va talabalar tomonidan mukoma qilinad)i.
XULOSA VA MULOHAZALAR:
Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot yozing, unda mashg’ulot davomida bajarilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha (hаr bir mashqqa alohida kengaytirilgan mazmunda) yoritilgan tavsif va o’z xulosa va mulohazalaringizni aks ettiring.
(Mashg’ulotga xulosa yasashdan oldin, maqsadga qay darajada erishilganligi tahlil etiladi. Talabalar tomonidan yoritilmay qolgan yoki to’la ochilmagan masalalarga yana bir bor to’xtalib o’tiladi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi).
NAZORAT SAVOLLARI:
«Ta’lim metodlari» va «ta’lim usullari» tushunchalari bir xil mazmunga egami?
Ta’lim usullari deganda nima tushuniladi?
Ta’lim metodlarini qo‘llashda qandaydir ko‘rsatmalarga rioya etish zarurmi?
Ta’lim metodlarini qo‘llashga doir ko‘rsatmalar nima deb ataladi?
Ta’lim metodi nima ?
Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
Ta’lim metodlarining tasnifi nima?
Ta’lim jarayonida, suhbat metodini qo’llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Og`zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalarda ko’rinadi?
Ko’rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?
Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?
Didaktik o’yinlar qanday maqsadda qo’llaniladi?
MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI (UY VAZIFASI UCHUN).
1.«Metod», «ta’lim metodi», «usul», «qoida» tushunchalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish (Pedagogika // M.X.To'xtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 114-117; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. -B.223; Podlasiy, I.P. Pedagogika. - M.: «Visshee obrazovanie», 2008. - S.287-290; Pedagogika / pod.red. P.ILidkasistogo. - M.; «Visshee obrazovanie», 2008. - S.189-191).
2.Ta’lim metodlarini tasniflashga doir zamonaviy yonda-shuvlarni o‘rganish va tahlil etish (Pedagogika // M.X.To'xtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 117-128; Podlasiy, I.P. Pedagogika. - M: «Visshee obrazovanie», 2008. - S.290-295; Pedagogika / pod.red. P.ILidkasistogo. -M.: «Visshee obrazovanie», 2008. - S.191-207.).
3. Ta’limning og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlarini o‘rganish va konspekt qilish (Pedagogika // M.X.To'xtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 128-132; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. — T.: « Fan va texnologiya » nashriyoti, 2008. - B.224-231; Podlasiy I.P. Pedagogika. - M: «Visshee obrazovanie», 2008. - S.297-312).
4. Mavzuga iod ko‘rgazmali vosita tayyorlab kelish.
Ko‘rgazmali vositani tayyorlashga doir zaruriy ko‘rsatmalar:
1) mavzu mohiyati bilan bog‘liqlikda chizma, jadval, rasmni qo‘lda yoki kompyuter grafikasi yordamida tayyorlang;
2) ko‘rgazmali vositani izohdashga doir tavsifnoma yozing.
QO’LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: Aqliy hujum,Tanishuv, Baxs munozara, Amaliy o’yin,Skarabey, Keys stadi,Qadamma- qadam, 6x6x6, FSMU, Loyihalash
Do'stlaringiz bilan baham: |