Reja: Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili



Download 44,43 Kb.
bet10/12
Sana05.07.2022
Hajmi44,43 Kb.
#742496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Молиявий Тахлил” фанидан курс иши (1)

4. Aylanma aktivlar rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini
xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida
aniqlanadi.
sof foyda
R= 100 %.
aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
´
5. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining
foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
sof foyda
R= 100 %.
korxona mulki jami
´
6. O‘z mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning
o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga
bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi.
sof foyda
R= 100 %.
korxona o‘zlik mablag‘lari
´
7. Qarz mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona sof
foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu
ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda
summasini ifodalaydi.
sof foyda
R= 100 %.
qarz mablag‘lari jami
´
8. Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va
moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida
aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri
keladigan foyda summasini xarakterlaydi.
sof foyda

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan


xo‘jalik subyektida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan aksariyat
rentabellik turlari bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Bu korxonaning
samaradorligi pasayib borayotganligidan hamda uning moliyaviy holati
yomonlashayotganligidan dalolatdir. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, joriy
yilda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum miqdori
+1587868 ming so‘mga ortgan bo‘lsada, bunga mos ravishda
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi ham, boshqa turdagi aktivlar
ham o‘sgan. Sof foyda miqdori esa o‘tgan yilga nisbatan 4843 ming
so‘mga kamaygan. Natijada aksariyat rentabellik ko‘rsatkichlarida398
Daromadlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning
konseptual asosiga va «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMSda belgilanishicha, hisobot davri mobaynida
aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarining qisqarishi ko‘rinishida
iqtisodiy foydaning ko‘payishidir, ular o‘z kapitalining ko‘payishiga
olib keladi
(bundan o‘z kapitali egalari tomonidan qo‘yilmalar bilan
bog‘liq ko‘payishlar mustasno).
Daromadlar turli aktivlarning ko‘payishi ko‘rinishida yuzaga keladi;
bular nafaqat pul mablag‘lari, balki realizatsiya qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarning o‘rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo‘lishi
mumkin, agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to‘liq
to‘lanmagan bo‘lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo‘lishi
mumkin. Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko‘rinishida olinishi mumkin, bu esa korxonaning kapitaliga aktivlarning
ko‘payishi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Korxonaning daromadlari va xarajatlari
hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish
hisobvaraqlar rejasining so‘nggi, to‘qqizinchi bo‘limida, 9000-9900-son
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hisobot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq
mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan
yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot davrining taqsimlangan
foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya
hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Hisobotlarda odatdagi xo‘jalik faoliyatining borishi chog‘ida yuzaga
keluvchi xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy manfaatlarni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo‘lishi
mumkin. Ularga quyidagi uchala mezonlardan biriga javob beruvchi
xarajatlar kiritiladi:
– kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
– aktivlar sifatida tan olib bo‘lmaydigan (kelgusi davrlar
daromadlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash);
– tashkilot balansida mol-mulkning o‘sishiga kiritish mumkin
bo‘lmagan.
Daromadlilik, foydalilik bir xil ma’noga ega emas. Ayrim iqtisodiyotga oid manbalarda daromadlilik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb
qaraladi. Masalan, korxonaning ma’lum davrdagi jami daromadi, sof
foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida
ahamiyat beriladi. Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ular
da qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o‘zgarishiga sotishdan olingan yalpi
foyda summasining o‘zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o‘zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof
foydasining o‘zgarishi va asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi, umumiy rentabellikka bir so‘mlik tushumga to‘g‘ri
keladigan sof foyda summasining o‘zgarishi, asosiy vositalar
qaytimining o‘zgarishi va moddiy aylanma mablag‘lar qaytimining
o‘zgarishlari ta’sir qiladi va hokazo.
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval
ma’lumotlari asosida ham aniq ko‘rish mumkin101-jadval
Mol-mulk rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir
etuvchi omillar tahlili

Biz tahlil qilayotgan korxonada hisobot yilida mol-mulk rentabelligi
o‘tgan yilga nisbatan 1,36 foizga pasaygan. Bunga asosan ikkita omil,
ya’ni sof foyda miqdorining hamda mol-mulk qiymatining o‘zgarishi
ta’sir etgan. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sof foydaning hisobot davrida
kamayganligi hisobiga mol-mulk rentabelligini o‘tgan yilga nisbatan
0,68 foizga pasayishiga, mol-mulk qiymatining joriy davrda
o‘zgarganligi esa 0,68 foizga pasayishiga olib kelgan. Bunday natijalar,
odatda, korxona uchun salbiy holat sifatida baholanadi. Shu sababli
korxona ma’muriyati rentabellikni oshirish choralarini va mavjud
imkoniyatlarni izlab topishi lozim bo‘ladi.

Download 44,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish