Reja: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’yekti, predmeti


Tug‘ilish koeffitsiyentining yer yuzi bo‘yicha o‘zgarishi



Download 64,5 Kb.
bet6/18
Sana01.08.2021
Hajmi64,5 Kb.
#134920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari MOODLE MARUZA

Tug‘ilish koeffitsiyentining yer yuzi bo‘yicha o‘zgarishi

/ har bir 15-49 yoshdagi ayolga nisbatan tug‘ilganlar soni/x



Davlatlar

1970-1974

1975-1979

1980-1984

1985-1989

1990-1994

1.     

Butun dunyo

4.44

3.81

5.52

3.28

3.10

2.     

Afrika

6.50

6.43

6.34

6.22

6.01

3.     

Osiyo

5.06

4.02

3.54

3.14

2.85

4.     

Amerika

3.63

3.34

3.14

2.99

2.87

5.     

Jumladan,

Lotin Amerikasi



 

 

 

 

 

6.     

Shimoliy Amerika

1.95

1.89

1.83

1.89

2.01

7.     

Yevropa

2.16

1.95

1.87

1.83

1.84

8.     

Avstraliya va Okeaniya

3.15

2.81

2.65

2.56

2.47

9.     

Sobiq SSSR

2.42

2.33

2.35

2.37

2.33

10.

Iqtisodiy rivojlangan davlatlar

2.17

2.01

1.97

1.37

2.00

11.

Iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlar

5.40

4.51

4.06

3.69

3.41

 

Х jadval «Население мира» /М., 1989 г./ ma’lumotnomasi bo‘yicha keltirilgan.

            Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, dunyodagi eng yuqori tug‘ilish Afrika davlatlarida, eng kami esa Yevropa davlatlariga to‘g‘ri keladi.

            1970-1990 yillar davomida tug‘ilishning eng tez kamayishi Osiyoga mansub. Osiyoning eng yirik davlatlari-Xitoy va Xindistondir. Xitoyda oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab aholi o‘rtasida tug‘ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo‘llana boshladi. Natijada, Xitoyda tug‘ilish keskin kamaydi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 1970-1974 yillarda Xitoyda har bir ayol o‘zining farzand ko‘rish davrida o‘rtacha 4,8 va 1986-1990 yillarda esa 2.1 tadan farzand ko‘rgan. Bu mamlakatda 2000 yilga borib tabiiy o‘sishni nolga tushirish mo‘ljallangan.

            Hindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasidan, Oilani rejalashtirish uyushmasi, Hindiston tibbiyot uyushmasi, Hindiston qizil yarim oy jamiyati kabi tashkilotlar kiradi. Hindistonda tug‘ilishning kamayishiga aholi savodlilik darajasining oshishi ham ta’sir etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 29,4 foizi savodli edi; hozirgi davrda 40 foizga yaqini savodlidir. Tug‘ilishni nazorat qilish hamda xalqning savodlilik darajasini ko‘tarish, tibbiyotni rivojlantirish natijasida Hindiston davlati tug‘ilishni ancha kamaytirishga erishdi. Masalan, 1970-1990 yillarda har bir ayolning o‘z farzand ko‘rish davri davomida ko‘rgan farzandlar soni 5.4 dan 3.3 ga kamaydi. Hindistonlik aholishunoslarning fikriga qaraganda, 2001 yilga borib har bir hind oilasida o‘rtacha 2 tadan farzand bo‘ladi.

Ma’lumki, Osiyo aholisining 70 foizdan ko‘prog‘ini Xitoy va Hindiston aholisi tashkil etadi. Shuning uchun ham Xitoy va Hindistonda tug‘ilishning kamayishi butun Osiyo bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichiga ta’sir qildi. 1970-1990 yillarda tug‘ilish bu yerda deyarli 40 foizga kamaydi xolbuki, xuddi shu davrda tug‘ilish Xorijiy Yevropada 16 foizga, Avstraliya va Okeaniyada 19 foizga, Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug‘ilishning kamayib borishi sobiq SSSR tarkibidagi xalqlarda ham kuzatiladi.

XIX asr oxirlariga qadar sobiq Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarda tug‘ilishning juda yuqoriligi kuzatilgan. Masalan, farzand ko‘rish davriga-dunyo bo‘yicha ayollarning 15-49 yosh davri qilingan har ming kishiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 1861-1865 yillarda 50,7 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 1911-1913 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 43,9 taga kamaydi, lekin bu raqam ham yuqori ko‘rsatkichdir.1920 yillardan boshlab esa, sobiq Ittifoqda tug‘ilish juda keskin, ellik besh yil ichida (1925-1990) deyarli 2 marta kamaydi. Biroq bu jarayon barcha Respublikalarda bir tekisda borgan emas. Asosan, Boltiqbo‘yi, Belorussiya, Moldaviya, Rossiya va Ukrainada, ya’ni xo‘jaligida sanoat yetakchi bo‘lgan Respublikalarda tug‘ilish keskin kamayib ketdi. (30-jadval).

Shunday qilib, biologik jarayon bo‘lgan tug‘ilish va uning miqdori, ijtimoiy-iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta’siri orqali o‘zgarib boradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tug‘ilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu hol O‘zbekistonning demografik taraqqiyotida ham o‘z aksini topgan.

O‘zbekistonda tug‘ilish jarayonini quyidagi 3 bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:

1. Oktabr inqilobiga qadar;

2. Sovet hokimiyati yillarida;

3. Mustaqillik davri.

Tug‘ilishni ifodalovchi bir qancha ko‘rsatkichlar mavjud:

Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti-har 1000 kishiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni; tug‘ilishning maxsus koeffitsiyenti-har 1000 ta 15-49 yoshdagi ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni; tug‘ilishning yosh guruhlari: (15-19, 20-24, 25-29 va h.k.) bo‘yicha koeffitsiyenti-har 1000 ta ma’lum yosh guruhidagi ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni; avlodlar bo‘yicha tug‘ilish koeffitsiyenti-ma’lum davrlarda tug‘ilgan (1900-1904, 1905-1909, 1910-1014 y.va h.k.) har 100 ta yoki 1000 ta ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni. Har 1000 ta aholiga nisbatan tug‘ilishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar yoniga «promille» so‘zi yoziladi yoki- «‰» belgisi qo‘yiladi.

O‘lim. Aholining o‘limi uning takror barpo bo‘lishidagi asosiy jarayondir. Chunki aholining tabiiy o‘sishi tug‘ilish bilan bir qatorda o‘limga ham bog‘liqdir. Tug‘ilish yuqori, o‘lim kam bo‘lgan hollardagina aholining tabiiy o‘sishi yuqori darajada bo‘ladi.

Maxsus olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha jamiyat taraqqiyoti davomida XVIII asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyoning barcha hududlarida o‘lim juda ko‘p bo‘lgan.

Olimlar aholi o‘rtasidagi o‘lim sabablarini 2 ta guruhga ajratadi:

1. Endogen sabablar.

2. Ekzogen sabablar.

Har bir odamning biologiyasidan kelib chiqadigan, irsiyat bilan bog‘liq bo‘ladigan tug‘ma kasalliklar natijasida o‘lish endogen sabablardir. Bunday o‘lim juda kam bo‘ladi Asosan o‘limlar ko‘pchiligi ekzogen sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Ekzogen sabablar kishi organlarida tashqi ta’sir natijasida ro‘y beradi. Tashqi ta’sir deganda odamlar yashab turgan barcha muhitlar ya’ni tabiiy muhit kishilar mehnati tufayli yaratilgan- sun’iy muhit sotsial muhitlar ko‘zda tutiladi.

Tabiiy muhit -ayrim hayvonlar ba’zi yuqumli kasalliklarni yuqtirishni masalan pashsha bezgak kasalligi, tropik o‘rmonlardagi se-se chivini uyqu kasalligini keltirib chiqaradi.

Ammo, o‘limlar eng ko‘pi sun’iy muhitdan kelib chiqadi. Inson o‘z mehnati tufayli shunday sun’iy muhitni vujudga keltirdiki, ular ta’sirida bir qancha xavfli-yurak qon tomiri, asab sistemali xavfli yaralar, venerik kasalliklar ko‘payib ketdi. Bularga asosiy sabab hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, avtomatlashtirish, xalq xo‘jaligini ximiyalashtirish natijasida atrof-muhitni buzilishi, havoni, oqar suvlarni ifloslanishidir. Yurak-qon tomir kasalliklari industrial jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda 6-8 marta ko‘proqdir. Bu kasalliklarni to‘la tuzatib yuborishga meditsina hali qodir emas.

Atmosferani ifloslantirayotgan asosiy manbalar nima? Masalan: AqSH ga tegishli ma’lumot:

60% transportdan chiqqan gaz;

17% sanoatdan

14% energetikadan

9% uylarni isitish uchun yoqilg‘i yoqishdan.

Avtomobillashishning yana bir salbiy tomoni avariyalardir. Yer sharida har yili 55 million avtomobil avariyasi sodir bo‘lib, unda 300 mingdan ortiq kishi halok bo‘ladi. Taxminiy hisoblarga ko‘ra, shofyorlarning har 9 tasidan bittasi o‘z hayoti davomida yoki avariyada halok bo‘ladi yoki og‘ir jarohatlanadi. Avariyalardan halok bo‘lish ham AqSH, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya kabi yuksak darajada avtomobillashgan davlatlarda ko‘proq. Aholi o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichiga turli xalq turmush sharoiti, ular odatlari va ovqatlar tarkibi, ham ta’sir qiladi. Masalan, alkogolizmdan sodir bo‘lgan jigar serrozi kasalligi eng ko‘p fraksiyalarda uchraydi. Ayrim kasalliklarni geografik tarqalishi ahamiyatlidir. Masalan, qizil o‘ngach yarasi kasalligi O‘zbekiston, qozog‘iston va Turkmanistonda, sut bezlari yarasi Latviya, Estoniyada uchraydi.

O‘limning sotsial sabablari- ko‘p jihatdan ijtimoiy tuzumga bog‘liq. Masalan, O‘zbekistonda bepul tibbiy xizmat tufayli, ko‘p kasallik -bezgak, qizamiq va boshqa infeksion kasalliklar tugatilgan.




Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish