Reja: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’yekti, predmeti


– MAVZU: AHOLINING MIGRATSION XARAKATLARI



Download 64,5 Kb.
bet9/18
Sana01.08.2021
Hajmi64,5 Kb.
#134920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari MOODLE MARUZA

4 – MAVZU: AHOLINING MIGRATSION XARAKATLARI


Reja:

1.      Aholining mexanik (migratsion) harakati

2.      Aholi migratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar

3.      Migratsiya turlari

 

Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bо‘lib, inson bilan tabiat о‘rtasidagi aloqadorlik vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Aholi migratsiyasi buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab keng miqyosda amalga oshmoqda. Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. Mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bо‘ladigan ta’siri nuqtai nazardan tashqi migratsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Tashqi migratsiya katta hajmga ega mamlakatlarda, uning aholi soni va tarkibiga bо‘lgan ta’siri sezilarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa qator mamlakatlar tarixda migratsiya saldosining ahamiyati tabiiy о‘sishi, jumladan ustun bо‘lgan ayrim davrlar kuzatishganligini ta’kidlab о‘tish joizdir. Hozirgi vaqtda ham mazkur mamlakatlarda migratsiya saldosi aholi sonining о‘sishida muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Isroil davlatida esa migratsiya saldosi aholi soni о‘sishining deyarli 2g‘3 qismini ta’minlamoqda. Yuqoridagi mamlkatlar aholining kо‘chib kelishi bо‘yicha yetakchi hisoblansa, qator boshqa mamlakatlar, chunonchi, Irlandiya aholisining kо‘chib kelishi bо‘yicha dunyoda mashhur bо‘lib qolgan. Tashqi migratsiyalar о‘zlarining xususiyatlari, sabablari, hududiy qamrovi davom etishi bо‘yicha bir-biridan farq qiladi. Migratsiya xususiyatlari tо‘g‘risida sо‘z yuritganda, avvalom bor, xohishiga kо‘ra va majburiy migratsiyalar nazarda tutiladi. Tashqi migratsiya asosan iqtisodiy sabablar bilan bog‘langan. Bunda yangi yerlarni о‘zlashtirish maqsadida hamda ishchi kuchini shartnomalar bо‘yicha boshqa mamlakatlarga yuborish bilan bog‘liq migratsiyalar katta rol о‘ynaganligini ta’kidlab о‘tish joizdir. Hududiy qamroviga qarab materiklarga va materik ichidagi migratsiyalarni ajratish qabul qilingan. Hozirgi vaqtda ikkinchi turdagi migratsiyalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Davom etishi bо‘yicha doimiy vaqtinchalik  va mavsumiy migratsiya turlari mavjud. Shartnoma asosida amalaga oshirilayotgan migratsiyalar vaqtinchalik migratsiyalar deb ataladi. Doimiy migratsiyalar uy joyi va ish joyining tamomila о‘zgarishi bilan bog‘liq aholi kо‘chishlari bilan bog‘liq bо‘lib, u migratsiyalar ichida asosiy о‘rin egallaydi. Insoniyat xо‘jalik va ijtimoiy-madaniy faoliyatida rо‘y berayotgan internatsionallashuv va demokratsiyalashuv jarayonlari, shuningdek, mamlakatlararo, millatlararo ayrim ziddiyatlar, tо‘qnashuvlar, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatida aholi hamda mehnat resurslarining mamlakat ichida mamlakatlararo keng miqyosda bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yurishi rо‘y beradi. Bular bir tomndan, jahon sivilizatsiyalash va xalqaro mehnat bozorlari, turar joy va ish joy tashlash uchun yaratib bergan huquq va imkoniyatlaridan foydalanuvchi kо‘pchilik migratsiyalardan iborat bо‘lsa, ikkinchi tomondan, о‘z xohishi bilan emas, balki sharoit taqozasi bilan tug‘ilib о‘sgan joyini tashlab ketishga majbur bо‘lgan qochoqlar hamda zо‘raki migrantlardan iboratdir. Ayrim tarixiy yerlarda migrantlar oqimining kо‘lami hamda ahvolining murakkabligini juda katta muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolarni yechish esa keng miqyosda xalqaro hamkorlikni taqozo etadi.

Xalqaro mehnat taqsimoti mamlakatlar о‘rtasidagi mehnat taqsimoti rivojlanishining oliy bosqichi bо‘lib. U biror bir mamlakatda muayyan mahsulotni ishlab chiqarishda barqaror imkoniyatlari mavjud bо‘lishini turlicha miqdor va malakaga ega bо‘lgan mehnat resurslari bо‘lishini taqozo etadi. Xalqaro mehnat taqsimoti inson faoliyatining turlarga bо‘linishi deb keng ma’noda tushunish bu sohada keyinroq yuz beradigan kooperatsiyalash xalqaro mehnat taqsimotidan kelib chiqqan hamda mamlakatlar о‘rtasida о‘zlari eng yuqori samara bilan ishlab chiqargan mahsulotlarini mutassil ayirboshlashni inkor etmaydi. Ana shunday kooperatsiya ikki kо‘rinishda mehnat taqsimotiga kо‘ra ishlab chiqarilgan mahsulotlari xalqaro miqyosda ayirboshlash (xalqaro savdo) yoki mehnat kuchlarining davlatlararo kо‘chib о‘tishi ya’ni xalqaro mehnat migratsiyalash shaklida namoyon bо‘lishi mumkin.

 Aholi va mehnat resurslarining mamlakatlararo migratsiyalash ishchi kuchini qabul qiluvchi va uni chetga chiqaruvchi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda darajalarida  hamda aholining tabiiy о‘sish sur’atlarida anchagina tavofutlar mavjud bо‘lgan chog‘da rо‘y beradi. AQSH, Kanada, Avstraliya kabi yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar, g‘arbiy Yevropa mamlakatlarning kо‘pchiligi shuningdek, neftdan katta daromad olib, iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, BAA va boshq.) immigratsiyalash geografik markazlari hisoblanadi.

 U bir davlatning mintaqalari о‘rtasida rо‘y beradigan ishchi kuchi migratsiyalashda va bir necha mamlakatlarni qamrab oladigan tashqi migratsiyadan iborat. Xalqaro iqtisodiyot fani tashqi migratsiya va uning sabablari bilan shug‘ullanadi. Xalqaro migratsiya muammolarini о‘rganishda duch keladigan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat:

- ishchi kuchi migratsiyasi mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga, bir yildan kо‘proq muddat bilan kо‘chib о‘tishi, buning iqtisodiy va boshqa sabablari bо‘lishi mumkin;

-immigratsiya – mehnatga layoqatli aholining biron bir mamlakatga chetdan kirib kelishi;

-emmigratsiya – mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga chiqib ketishi;

-migratsiya saldosi – mamlakatda bо‘ladigan immigratsiya va emmigratsiya о‘rtasidagi farq;

-aqliy talofat – yuqori malakali kadrlarning xalqaro migratsiyasi;

-reemigratsiya – emmigrantlarning turg‘un turish uchun о‘z vataniga qaytib kelishi;

-tashqi migratsiya – agar aholi ikki davlat о‘rtasida kо‘chib yursa;

-ichki migratsiya – bir davlat doirasida bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yursa;

-mavsumiy ishlar bilan bog‘liq migratsiya mavsumiy migratsiyadir.

Tashqi migratsiyaning asosiy sabablari iqtisodiy qiyinchilik, siyosiy beqarorlik, milliy-diniy nizo va urushlardir. Ichki migratsiyaning sabablari ham shunga о‘xshab ketadi va quyidagilardan iborat: iqtisodiy qiyinchilik, mavsumiy ish, milliy nizolar, urushlar va boshqalar.

Aholining bir davlatdan ikkinchi bir davlatga va bir davlatning ichida bir joydan ikkinchi bir joyga kо‘chib yurishini boshqarish migratsiya oqimi deb ataladi. Migratsiya oqimi mamlakat yoki rayonlar aholisining soniga sezilarli ta’sir etishi mumkin. Insoniyat tarixi davomida juda kо‘p ommaviy tashqi va ichki migratsiyalar sodir bо‘lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin asosiy migratsiya oqimi Amerika, Avstraliya va boshqa yangi kashf qilingan yerlar tomon bо‘lgan. Ommaviy ichki migratsiya davlat dasturi asosida amalga oshiriladi Masalan, Mirzachо‘lning  Qozog‘iston qо‘riq yerlarining о‘zlashtirilishi va h.k.

Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi bundan bir necha yuz yil ilgari paydo bо‘lgan va shundan buyon bu borada jiddiy о‘zgarishlar rо‘y berdi. Xalqaro migratsiya muammolari 60-yillarning oxirida iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq faol о‘rganishni boshladi. Natijada asosan shunday xulosaga keldiki, ishchi kuchining xalqaro harakati ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida iqtisodiy rivojlanishi sur’atlariga ta’sir qiladi, bu harakatning sababi esa turli mamlakatlarda, mehnatga haq tо‘lash darajasi turlicha ekanligidan iborat. Har bir kishi о‘z mehnatining eng sо‘nggi samarasini oladi va iste’mol qiladi degan aqidaga asoslanuvchi neoklassik nazariya tarafdorlarining emmigratsiya qabul qiluvchi mamlakat farovonligini oshirishga xizmat qiladi,  ayni bir paytda emmigratsiyaning asl vatani bо‘lgan davlatda iqtisodiy rivojlanish saqlanib qoladi yoki hech bо‘lmasa pasaymaydi.

Neoklassik tarafdorlari ishchi kuchini, ayniqsa, yuqori malakali xodimlarni eksport qiluvchi mamlakatda migratsiya mumkinligini e’tirof etishadi. Shu munosabat bilan «aqliy talofot»ga soliq solish va undan keladigan daromadni BMT ixtiyoriga о‘tkazib, ulardan rivojlanish maqsadlarida foydalanish g‘oyasi keng muhokama etildi. Keyingi yillarda jamlashishga  mamlakat iqtisodiy rivojlanishning muhim omili sifatida qarashlik ustun kela boshladi. Jamlangan inson potensiali iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili jamligidan kelib chiqilsa, xalqaro mamlakatlar о‘rtasida iqtisodiy rivojlanish borasidagi sur’atlar necha xil ekanligining sabablaridan biri deb hisoblasak kerak bо‘ladi.

Xalqaro migrantlar asosan 5 toifaga bо‘linadi.

1. Mamlakatga oshkora kiritilgan immigrantlar va noimmigrantlar. Kо‘pdan beri immigrantlarni qabul qilib kelayotgan mamlakatlar uchun 80-90-yillar immigratsiya yuqori pog‘onaga kо‘tarilgan davr bо‘ldi;

2.  Shartnoma bо‘yicha ishlaydigan xizmatcha migrantlar 90-yillarning oxirida bularning soni dunyo bо‘yicha 25 mln. kishidan kо‘proq edi. Kо‘pincha mamlakatlar chet el ishchi kuchiga muhtojlik sezadi. Bu hollarda ishchi kuchi serob bо‘lgan mamlakatlar: masalan, Osiyoning ba’zi mintaqalari, ya’ni sharqdagi qator mamlakatlar bilan shunday shartnomalar haqida kelishib olishadi;

3. Yashirincha kelgan immigrantlar 90-yillarning oxirida bularning soni 30 mln. kishi ortiqdan edi. Deyarli barcha sanoat rivojlangan mamlakatlarda yashirin immigrantlar mavjud. Ularning bir qismi chegara orqali о‘tsa, boshqalari viza muddati tugagandan keyin begona mamlakatdan chiqib ketmaydi: bundaylar odatda eng kam ish haqi tо‘lanadigan ish joylariga yollanadilar.

4. Boshpana  sо‘ragan shaxslar. Bunday toifadagi migrantlar soni 80-yillargacha juda oz bо‘lib, keyinchalik ancha kо‘paydi. 90-yillar oxiriga kelib, 1mln. kishini tashkil etdi. Shaxslar siyosiy sabablarga kо‘ra, iqtisodiy ahvol tufayli boshpana sо‘raydi.

5. Qochoqlar BMT ma’lumotiga kо‘ra, 90-yillar oxiriga kelib, dunyoda qochoqlar soni 22 mln. dan kо‘proqni tashkil etgan (Bulardan qariyb 4 mln. kishi о‘z vataniga qaytib kelgan bо‘lsa ham BMT homiyligida yashaydi). Qochoqlarning kо‘pchiligi bugungi kunda maxsus lagerlarda istiqomat qiladi. Bu lagerlar BMT yoki xususiy agentliklar homiyligidadir. Ma’lumotlarga qaraganda, bir foizdan kami rivojlangan g‘arb mamlakatlaridan boshpana topgan.

Migratsiya jarayoni aholi hududiy xarakatining asosiy turi bо‘lib u inson bilan tabiat о‘rtasida alaqodorlik vujudga kelgandan buyon shakillanib, rivojlanib kelmoqda. Aholi migratsiyasi ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab keng miqyosda amalga oshmoqda. Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. Mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bо‘lgan ta’siri sezilarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa qator mamlakatlar tarixida migratsiya saldasi ahamiyati tabiiy о‘sish jumladan ustun bо‘lgan ayrim davlatlar kuzatilganini ta’kidlab о‘rish joizdur. Hozirgi vaqtda ham mazkur mamlakatlarda saldasi aholi soni о‘sishida muhim omil bо‘lib hisoblanmoqda. Isroil davlatida esa migratsiya saldosi aholi soning о‘sishining deyarli 2/3 qismini ta’minlamoqda.

Yuqoridagi mamlakatlar aholisining kо‘chib kelishi bо‘yicha yetakchi hisoblansa, boshqa qator mamlakatlar, chunonchi Irlandiya aholisining kо‘chib ketishi bо‘yicha dunyoda mashhur bо‘lib qolgan. Irlandiya XIX-XX asrlarda aholining katta miqdorda kо‘chib ketishi bо‘yicha uch davrni boshdan kechirgan. Ushbu davrlar 1840-1900 yillarda qayt etilgan., bо‘lib unda mamlakat aholisining mutloq soni 8,2 mln dan 4,5 mln kishiga tushib qoldi.

Tashqi migratsiyalar о‘zlarining xususiyatlari, sabablari, hududiy qamrovi, davom etish davri bо‘yicha bir-biridan farq qilabi. Migratsiya xususiyatlari tо‘g‘risida sо‘z yuritganda, avvalambor xoxishga kо‘ra va majburiy migratsiyalarga XVI-XIX asrlar davomida necha 10 minglab negr qullarining Afrikadan Amerikaga zо‘rlab olib ketilishi misol bо‘lishi mumkun.

Tashqi migratsiyalar asosan iqtisodiy sabab bilan bog‘langan. Bunda yangi yerlarni о‘zlashtirish maqsadida hamda ishchi kuchini shartnomalar bо‘yicha boshqa mamlakatlarga yuborish bilan bog‘liq migratsiya katta rol о‘ynaganligini ta’kidlab о‘tish joizdir. Birinchi turdagi tashqi migratsiyalarda katta miqdorda aholining kо‘chib ketishi Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari, Irlandiya, Polsha, Rossiya mamlakatlariga kо‘chib ketishi AQSH, Kanada, Brazilya, Argentina, Urugvay, Chili, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasiga xos yaralgan. Ikkinchi turdagi tashqi migratsiyalarda dastlabki davrlarda Xitoy va Xindistonlik ishchilar asosiy rolni о‘ynaganligini ta’kidlab о‘tish lozim. Shularning katta jamoalari janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda Shimoliy Afrika, Janubiy- g‘arbiy Osiyo, Janubiy Yevropa ishchi kuchining katta miqdorining g‘arbiy Yevropa va qisman Shimoliy Yevropa mamlakatlarida shartnoma ham ikkinchi turdagi tashqi migratsiyalarga misol bо‘lishi mumkin. Chunki shunday migratsiyalarning soni g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 12-13 mln dunyo bо‘yicha esa 15 mln kishini tashkil etadi. (AQSH, Avstraliya, JAR, Fors kо‘rfazi mamlakatlari) mazkur migrantlarning ichida yirik olimlar va mutaxasislar bо‘lib ularning soni salkam 1 mln kishini tashkil etadi.

Siyosiy sabablar ham tashqi migratsiyalarga ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Siyosiy migratsiya iqtisodiy va siyosiy vaziyati beqaror, inson huquqlari poymol etilayotganmamlakatlarga xos bо‘lgan va hozir ham xos bо‘lmoqda. (Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Kuba, Vyetnam, Kambodja va boshqalar.)

Hududiy qamrovga qarab materiklarga va materik ichidagi migratsiyalarni ajratish qabul qilingan. Hozirgi vaqtda ikkinchi turdagi migratsiyalar asosiy ahamiyat kasb etadi.

Davom etish bо‘yicha doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy migratsiya turlari mavjud. Shartnoma asosida amalga oshirilayotgan migratsiyalar vaqtinchalik migrsiyalar deb ataladi. Ikki oy yoki undan ortiq vaqt davomida dam olish, davolanish yoki boshqa mavsumiy turdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq migratsiyalar mavsumiy migratsiyalar deb ataladi. Doimiy migratsiyalar uy-joyining va ish joyining tamomila о‘zgarishi bilan bog‘liq aholi kо‘chishlaribilan bog‘liq bо‘lib, u migratsiyalar ichida asosiy о‘rin egallaydi.

Dunyoda 80-yillarning oxiri va 90-yillarda bо‘lib о‘tgan siyosiy ma’muriy о‘zgarishlar xalqaro migratsiyalar xajmining keskin kengayib ketishiga, hamda Sharqiy Yevropa , Sobiq SSSR va boshqa regionlarda aholini hududiy katta taqsimlanishiga sabab bо‘ldi. Jumladan О‘rta Osiyo va Qozoqiston mamlakatlarida hozirgi vaqtda о‘zaro davlatlararo migratsion aloqalar asosiy rol о‘ynamoqda.

Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda yillik migratsiya saldosi 90-yillarning о‘rtalariga kelib, qariyb 1 mln. kishini tashkil etgan, ya’ni qabul qiluvchi mamlakatlarga kо‘chib kelganlar soni bu yerdan chiqib ketganlarga nisbatan 1 mln. kо‘p bо‘lgan. Taxminlarga qaraganda, jahon iqtisodiyotining barqarorlashuvi munosabati bilan migratsiya saldosi yaqin yillar ichida kamayib boradi.

Xalqaro migratsiya bilan bog‘liq bо‘lgan kun oqimi hajmi 100 milliardlab dollarni tashkil etadi va uni kо‘lami jihatidan bemalol yillik bevosita xorijiy investitsiyalariga tenglashtirish mumkin.

Emmigratsiya mehnat resurslari serob bо‘lgan mamlakatlar iqtisodiyotiga yaxshi ishlari ta’sir kо‘rsatadi, nega deganda, ishchi kuchining chet elga chiqib ketishi ishsizliknin kamaytiradi. Chunonchi, 70-yillarda Misr hukumati ishsizlikka qarshi kurash dasturini qabul qilar ekan, unda Fors kо‘rfazi mamlakatlariga bо‘ladigan emmigratsiyalash, rag‘batlantirish choralarini kо‘zda tutgan. Puerto-Rikoda eng kam ish haqi qonun bо‘yicha ishchi kuchining loaqal uchdan bir qismi AQShga ketishi mо‘ljallangan.

«Aqliy talofot» kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ayniqsa Afrika (Malavi, Sudan, Zair, Zambiya) uchun jiddiy muammo bо‘lib kelmoqda. Biroq kо‘p hollarda mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilangan, «Aqliy talofot» ham barham topdi. Masalan, hind olimlari Silikon vodiysida yuksak texnologiyaga asoslangan Amerika koorporatsiyalarida bir qancha yil ishlab keyin о‘z yurtlariga qaytgan hind sanoatida yangi kompyuter dasturlarini yaratish sohasiga asos qо‘ydilar.

Immigratsiyaning iqtisodiy samaralari kо‘p hollarda yuzaki tarzda salbiy deb baholanadi, buning sababi chet eldan kelgan ishchilar ish joylarini egallab tub aholi о‘rtasida ishsizlikni kо‘paytiradi. Bunday muammo ham borligini inkor etmagan holda shuni ta’kidlash lozimki, immigrantlar о‘zlari bilan birga tajriba bilim, о‘quv degan narsalarni olib keladilar. AQSH, Kanada va Avstraliya immigratsiyasi natijasida paydo bо‘lgan mamlakatlardir. Ba’zi mamlakatlarda immigrantlar butun bir tarmoqni kelib rivojlantirib yuborishadi. Bunga misol qilib, Indoneziya, Malayziyada ishlagan xitoylik sanoat ishchilarini Afrikada faoliyat kо‘rsatgan hind va Livan biznesmenlarini, Fors kо‘rfazida xizmat qilgan iordaniyalik va falastinliklarni kо‘rsatish mumkin. Qolaversa immigrantlar kо‘pgina mamlakatlarda mahaliiy aholi inkor etadigan bо‘sh ish joylarini tо‘ldirishadi. Turkiya va Shimoliy Afrikadan keladigan immigrantlar Germaniya va fransiya immmigratsiyaning 60-80%ini tashkil etishadi. Falastinliklar Isroilda, indoneziyaliklar Malayziyada, boliviyaliklar Argentinada eng og‘ir ishlarga jon deb kо‘nishadi. Qolaversa, mamlakat uchun daromad keltiruvchi, shu jumladan, eksportdan daromad keltiruvchi ba’zi sanoat tarmoqlari iimigrantlar bо‘lmasa, tan ahvolga tushib qolardi.

JAR kon-ruda sanoatning Dominiko Respublikasi, Malayziya va Ispaniyada qishloq xо‘jalik plantatsiyalarini, Malayziya kauchuk va rezina sanoatini bunga misol qilib kо‘rsatish mumkin. Shubhasiz, immigratsiya bilan bog‘liq bо‘lgan salbiy oqibatlarni ham inkor etib bо‘lmaydi. Rivojlangan mamalakatlarda, bu narsa avvalo, immigrantlar oqib kelishi natijasida kam malakali ishchi kuchini real ish haqi kamayishiga olib keladi.

Iqtisodiy sabablarga kо‘ra, migrantlarning asosiy oqimlari kishi boshiga tо‘g‘ri keladigan daromad kam bо‘ladigan mamlakatdagi shu daromad kо‘proq bо‘lgan mamlakatga qarab harakat qilib kelgan. Urushdan keyingi butun davr mobaynida, xalqaro migratsiya yо‘nalishlari doimo о‘zgarib turgan iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab turlicha bо‘lib keldi.

Boshqa mamlakatlardan keluvchi migrantlarni jalb etuvchi mamlakat va mintaqalar sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin. AQSH, Kanada, Avstraliya va AQSH hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan eng kо‘p taraqqiy etgan mamlakat bо‘lganligi uchun ham past malakali ham, yuqori malakali ishchi kuchi migratsiyasidaasosiy yо‘nalish hisoblanadi. Har yili u yerga dunyodagi barcha malaatlarni qо‘shib hisoblagada kо‘proq immigrantlar oqib keladi. Past malakali ishchi kuchi AQShga asosan Lotin Amerikasidagi qо‘shni davlaitlar- Meksika, Karib havzasi mamlakatlaridan keladi. Yuqori malakali xizmatchilar dunyodagi deyarli hamma mamlakatlardan shu jumladan, g‘arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya, Hindiston va h.k lardan immigratsiya qilishadi. AQSH va Kanadaga keladigan iimigrantlar soni 90-yillarning о‘rtalarida yiliga 900. 000 kishini tashkil etdi.AQSH ga rasmiy ravishda har  yili 740 ming kishi kо‘chib kelsa, 160 ming kishi chetga chiqib ketadi. Sof immigratsiya (migratsiya saldosi) 580 ming kishini takil etadi.

G‘arbiy Yevropa, g‘arbiy Yevropadagi eng kо‘p rivojlangan mamlakatlar, avvalo, elga kiruvchi shu mintaqadagi kam rivojlangan mamlakatlar (Portugaliya, Malta, Ispaniya) dan, Shimoliy Afrikadagi va Yaqin Sharqdagi arab mamlakatlaridan, Afrikaning Saxaradan janubdagi mamlakatlaridan, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ishchi kuchini о‘ziga jalb etib kelmoqda. g‘arbiy Yevropaning sobiq mustamlakalari bо‘lish, Afrika mamlakatlaridan migratsiyaga yordam beradigan omillar bor – bular bir tilda gaplashish mumkinligini, tarixan yuzaga kelgan an’anaviy savdo va boshqa aloqalardir. G‘arbiy Yevropaga keladigan immigrantlar soni 90-yillar о‘rtasida yiliga 180 mln. kishidan iborat bо‘lgan. Qolaversa, g‘arbiy Yevropa integratsiyasi doirasida umumiy ishchi kuchi bozori tashkil etilgan va u rivojlanib bormoqda. Bu bozor YEI mamlakatlari о‘rtasida ishchilarning erkin harakatlanishini hamda mehnat qonunchiligini yagonalashtirishni nazarda tutadi.

Boshqa rivojlayotgan mamlakatlar 90-yillarning zо‘r yangilik bu rivojlanayotgan mamlakatlarning о‘zida ham mehnat migratsiyasining jadallashuvidir. Odatda ishchilar oqimi iqtisodiy islohotlar yо‘lida faollik kо‘rsatayotgan mamlakatlarga qarab yо‘l oladi. Chunonchi, Lotin Amerikasida mavsumiy ishchilar va yig‘uv korxonlarida ishlamoqchi bо‘lganlar Argentina va Meksikaga borishadi. Afrikada Saxaraning janubroq qismi, Fil suyagi sohili, Nigeriya va JARga barcha immigrantlarning yarmidan kо‘prog‘i tо‘g‘ri keladi. 1991 yilda Fors kо‘rfazidagi urush tufayli qariyb 1 mln. ga yaqin misrlik Iroqdan, 100 ming yamanlik Saudiya Arabistonidan va 500 mingga yaqin falastinlik va iordaniyalik ishchilar Quvaytdan chiqib ketdi. Ularning о‘rnini esa Hindiston va Misrdan kelgan ishchilar egalladi.

Yangi sanoat mamlakatlari: Janubi-Sharqiy Osiyodagi bu mamlakatlar gurkirab rivojlanganligi sababli vaqtincha ishga yollanuvchi immigrantlar oqimi kо‘paydi. Janubiy Koreya va Malayziya misolida bu hol yaqqol kо‘zga tashlanadi. Bir yilda 25 mingdan ortiq kishi kirib keladigan mamlakatlarning deyarli hammasi aholi jon boshiga 6900 dollardan kо‘proq YAIM tо‘g‘ri keluvchi yuksak darajada rivojlangan mamlakatlaridir. Emmigratsiya manbai bu rivojlanayotgan mamlakatlar bо‘lib, bularning ichida Meksika va Osiyo mamlakatlari yetakchilik qiladi.

Demak, migratsiya bilan bog‘liq bо‘lgan son kо‘rsatkichlari joriy  operatsiyalar balansining bir qismi bо‘lib, mehnat daromadlari (norezidentlarga tо‘lovlar), hamda tо‘lanmagan xususiy jо‘natmalar, (migrantlar chet elga ketayotganida о‘zi bilan olib о‘tadigan mol-mulkning pulga chaqilgan taxminiy qiymati va keyinchalik о‘z vataniga mahsulot va pul tarzida yuboradigan jо‘natmlari) degan moddalarga ajratiladi. Migratsiya natijasida erishilgan iqtisodiy samara, migrantlar daromadining oshishi, о‘z yurtiga yuboradigan pul jо‘natmalarining kо‘payishi shakllarida namoyon bо‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar – immigratsiyasining asosiy yо‘nalishi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa emmigratsiyaning asosiy manbaidir.

Insoniyat tarixi – bu migratsiya tarixi hamdir. Odamlar bir joyi ikkinchi joyga birdan-bir maqsad, ya’ni yaxshi yashash uchun maqbul joylarga, ish bor joylarga kо‘chishadi. Migratsiya jarayoni ayniqsa, keyingi ikki yuz yillikda juda tezlashdi. XIX asrda 50 mln. Yevropalik, boshqa kontinentlarga kо‘chishdi. Kо‘chishlarning asosiy sababi  yashayotgan joylarida yerlarning yetishmovchiligi va kо‘chib borgan joylarida esa yerlarning arzon baholarga sotilishidir. Kо‘chib borgan migrantlarning kо‘pchiligi qishloq joylarida о‘rnalashdilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa migratsiya oqimi yirik sanoatlashgan shaharlarga qaratishdi. 1846-1939 yillarda Yevropada 38 mln. odam AQSH ga, 7 mln. Kanadaga, 2 mln. Avstraliyaga, 7 mln. Argentinaga, 5 mln. Braziliyaga kо‘chib о‘tishdi.



Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish