Reja: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’yekti, predmeti


– mavzu davomi: DEMOGRAFIK KOEFFISIYENTLAR



Download 64,5 Kb.
bet8/18
Sana01.08.2021
Hajmi64,5 Kb.
#134920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari MOODLE MARUZA

3 – mavzu davomi: DEMOGRAFIK KOEFFISIYENTLAR


Reja:

1.      Demografik koeffisiyentlar haqida tushuncha

2.      Demografik jarayonlar (tug’ilish, o’lim, nikoh va ajralish)ning koeffisiyentlari

3.      Aholining demografik vaziyatiga ta’sir etuvchi omillar

        


         Demografik jarayonlar (tug’ilish, o’lim, nikox va ajralish)ni mukammal o’rganishda ularni turli aholi guruhlari, davlatlar dunyo hududlari bo’ylab qiyoslashda kelajak istiqbolini aniqlashda demografik koeffisiyentlardan foydalaniladi. Ushbu koeffisiyentlar yordamida o’rganilayotgan demografik jarayonning kerakli jixatlari chuqur va qiyosiy darajada o’rganiladi. Mal‘um tarixiy davr yoki ikki hudud orasida demografik farqlarni statistik ma’lumotlar orqali bevosita aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun xar bir demografik jarayonni koeffisiyenti hisoblanadi. Buning uchun qayd etilgan demografik jarayonning 1000 kishiga nisbatan bo’lgan miqdori aniqlanadi. Demak, 1000 kishi demografik jarayonlarni o’rganishda mezon hisoblanadi. Bu ko’rsatkich promille, ‰ deb yuritiladi.

         Demografik koeffisiyentlar alohida demografik jarayonlarni ifodalaydi. Demografik koeffitsientlar umumiy maxsus va xususiy jixatlarga egadir. Tugilish va uning koeffitsienti Tugilish- ma‘lum avlodlarni tashkil etuvchi aholi guruhidagi bola ko’rish jarayonidir. Tug’ilish-biologik jarayon. Lekin u ijtimoiy-iqtisodiy muxit ta‘sirida o’zgarib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibidagi o’zgarishlar tug’ilish darajasi belgilaydi. Tug’ilishning biologik asosi insonning pushtliligi, nasl koldirish avlod koldirish qobiliyatidir. Erkak bilan ayol ya‘ni nikox juftlarining farzand ko’rishga bulgan biologik qobiliyati pushtlilik deb ataladi va bu tushuncha demografiyada kuprok ayollarga qo’llanilib xar bir ayolning farzand ko’rish davridagi (15-49 yosh) jami xomiladorligi bilan belgilanadi.

       Tug’ilish –tirik tug’ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bulib, u insonlarning reproduktiv mayli ya‘ni farzand ko’rishga bulgan munosabati bilan bog’liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muxit bilan bog’liq xolda o’zgarib turadi. Natijada inson o’z pushtliligidan ya‘ni bola ko’rishga bulgan biologik imkoniyatidan tulik foydalanmaydi. Uzining bolani tarbiyalab voyaga yetkazish uchun zarur bulgan barcha ijtimoiy iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan xolda farzand ko’rishga xarakat qiladi ya‘ni farzandlar tug’ilishini cheklaydi.

       


              Tug’ilishning umumiy koeffisiyenti.

Tug’ilish darajasi tug’ilish koeffitsientlari yordamida o’rganiladi. Tug’ilishning umumiy maxsus va xususiy koeffitsientlari mavjuddir. Tug’ilishning umumiy koeffitsienti. Xar 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

n=N\TP·1000

T- o’rganilayotgan davr (yil)

P- o’rganilayotgan davrdagi aholi soni.

N- o’rganilayotgan davrda tug’ilgan bolalar soni.

Tug’ilishning umumiy koeffitsienti odatda promilleda hisoblanadi. Bu koeffitsientdan tug’ilish darajasini ifodalashda kuprok foydalaniladi. Uning yordamida ma‘lum hudud yoki avlodlardagi tug’ilishda ruy berayotgan o’zgarishlar umumiy tarzda o’rganilishi mumkin. Lekin tug’ilishning umumiy koeffitsienti tug’ilish darajasini ifodalashda biroz dag’aliklarga yul quyadi. Chunki bu kursatkichga aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta‘sir etadi. Agar o’rganilayotgan hudud aholi tarkibida farzand ko’rish yoshiga yetmagan bolalar (0-14) va farzand ko’rish yoshidan utgan keksalar (60 va undan yuqori yoshdagi aholi guruhi) salmog’i yuqori bulsa tug’ilish umumiy koeffitsientining biroz past darajada ifodalanilishiga olib keladi.

    Demograf olimlar B.Urlanis. V.A.Borisovlar tomonidan tug’ilish darajasini tug’ilish umumiy koeffitsienti yordamida baxolash mezoni aniqlangan. Umumiy mezon buyicha o’rganilayotgan hudud yoki aholi guruhida tug’ilishning umumiy koeffitsienti 16 promilledan kam bulsa tug’ilish darajasi past; 16-24 promille bulsa o’rta, 25-29 promille bulsa yuqori, va 40 promilledan baland bulsa tug’ilish darajasi juda yuqori hisoblanadi.

        Tug’ilishning maxsus koefftsientlari tug’ilish darajasidagi o’zgarishlarni aniq ifodalaydi. Tug’ilishni atroflicha o’rganishda qo’llaniladi. Ushbu  koeffitsient aloxida erkaklar va ayollar guruhiga nisbatan hisoblanishi mumkin. Demografik tadkikotlarda asosan reproduktiv yoshdagi (15-49yosh) ayollarga nisbatan qo’llaniladi. Tug’ilishning maxsus koeffitsientida xar 1000 ta 15-49 yoshdagi ayollarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni aniqlanadi Tug’ilish darajasi  past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi. Tug’ilishning maxsus koeffitsienti erkaklarga nisbatan ham hisoblanadi.

 

  O’lim va uning umumiy koeffisiyenti.



О‘lim avlodlari hayotdan kо‘z yumish jarayonini ifodalaydi va qator omillar (endogen.ekzogen) ta’sirida sodir bо‘ladi. О‘lim jarayoi ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda, davlatlarda, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarida ijtimoiy — iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, inson hayotining turli davrlarida sodir bо‘ladi. О‘lim jarayonini ifodalashda quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi. О‘limni umumiy koeffitsiyenti:

m=M/TP·1000

m-o’limning umumiy   koeffitsiyenti     (promilleda ifodalanadi).

M — о‘rganilayotgan davrdagi о‘lganlar soni.

T-davr.

P — о‘rganilayotgan davrdagi aholining о‘rtacha soni.

О‘limning umumiy koeffitsiyentiga aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining kо‘pligi о‘limning umumiy koeffitsiyentini kо‘tarilishiga olib kelishi mumkin. О‘lim jarayonida bо‘layotgan о‘zgarishlarni aniq о‘rganishda uning maxsus koeffitsiyentlari — yoki guruhlari va jinslar bо‘yicha alohida ifodalanadi.

О‘limning yosh guruhlari bо‘yicha koeffitsiyenti yordamida har bir yosh guruhida sodir bо‘layotgan о‘lim hollari va omillari о‘rganiladi, va о‘lim jadvali tuzishda foydalaniladi. Aholi guruhidagi о‘lim jarayonini о‘rganishda gо‘daklar о‘limi, ya’ni bir yoshgacha (0--12 oy) bо‘lgan bolalar о‘limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, kо‘p hollarda gо‘daklar о‘limi bir muncha kо‘proq bо‘lib, aholi о‘limining umumiy koeffitsiyentining yuqori bо‘lishiga sabab buladi. Shuning uchun ham gudaklar о‘limi alohida hisoblanadi.

Gо‘daklar о‘limi har 1000 ta tirik tо‘g‘ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda о‘lgan gо‘daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi.

Aholi о‘lim darajasini о‘rganishda onalar о‘limini mukammal о‘rganib borish zarurdir. Onalar о‘limi tug‘ilish darajasi yuqori, ijtimoiy—iqtisodiy jihatdan sust davlatlarda baland bо‘lib, o’sish  kо‘rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi.

Onalar о‘limiga homiladorlikning oxirigi (28 xaftadan keyin) hamda farzand tug‘ilgandan keyingi (6 xafta) davrda sodir bо‘lgan ayollar о‘limi kiritiladi.



Onalar о‘limi har  1000 ta tuqqan ayollarga yoki har 1000 tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi.

Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish