Aholi geografiyasining vazifalari:
1. Mamlakatimiz aholisi va chet davlat aholisi haqida ularning soni , o‘sishi, hududiy joylashuvi, migratsiyasi, shaharning rivojlanish muammolari va boshqa ma’lumotlar bilan keng kitobxonlarni va amaliy tashkilotlarni ta’minlaydi.
2. Aholisining nazariy masalalari ustida ishlashni davom ettirish.
3. Aholisining bevosita amaliy vazifalari hal qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish,
-O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan qishloq va shaharlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri, ilmiy joylashtirish;
-Aholiga moddiy va maishiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish;
-Respublika demografik vaziyatidan kelib chiqqan holda mehnat resurslaridan mumkin qadar to‘g‘ri va oqilona foydalanish;
-Yangi avlod uchun kerakli ishlab chiqarish muassasalarini to‘g‘ri joylashtirish va bunda Respublikaning har bir hududi geografik va demografik xususiyatlarini nazarda tutmoq lozimdir.
Ma’lumki, aholi, qator ijtimoiy va tabiiy fanlarning о‘rganish obyekti hisoblanadi. Masalan, anatomiya inson organizmining tuzilishi va biologik xususiyatlarini о‘rgansa, psixologiya fani — inson ruhiyatini talqin etadi: etnografiya alohida millatlarni о‘rganar ekan, asosiy e’tiborini ularning urf —odatlari, qadriyatlariga qaratadi. Aholi geografiyasi esa, aholi va aholi manzilgohlarining tarkibi, soni va joylashuvidagi hududiy farqlarni va bu farklarni vujudga keltiruvchi omillarni о‘rganadi. Shuningdek aholini о‘rganuvchi fanlar jumlasiga sotsiologiya, falsafa, jamiyatshunoslik, tarix, statistika, ekologiya, iqtisod demografiya kabi fanlarni kiritish mumkinki, ular hammasi birgalikda ax.olishunoslmk fanlari tizimini tashkil etadi, Ana shu fanlar tizimida demografiya alohida ahamiyatga egadir.
«Demografiya» — ikki yunon sо‘zlarining qо‘shilishidan iborat bо‘lib, «demos»—xalq, aholi, «grafiya»—tasvirlash, yozish, о‘rgaiish ya’ni, «xalk, haqida yozmoq», yoki «aholini sharhlash» ma’nosini anglatadi. Biroq. -demografiya fani faqat sharhlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning о‘rganish doirasi bir muncha keng va chuqurdir.
Demografiyada asosiy kuzatuv birligi — inson hisoblanadi. Inson hayoti davomida uning fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma’lumotlilik, darajasi, oilaviy holati, kasbi — kori, malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish kabi imkoniyatlari о‘zgarib boradi. Ana shu alohida inson xayotida rо‘y bergan о‘zgarishlar yig‘indisi umuman aholi xayotidagi ijtimoiy — iqtisodiy va demografik о‘zgarishlarga olib keladi Insonlarning bir hududldn ikkinchi bir hududga kо‘chib о‘tishi - - migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va tarkibiga ta’sir etadi.
Aholi soni tug‘ilish va о‘lim hisobiga doimo о‘zgarib boradi. Tug‘ilish jarayoni aholi sonini kо‘payishiga olib kelsa, о‘lim uning kamayib ketishiga sabab bо‘ladi. Tug‘ilish va о‘lim jarayonlari asosida aholi tabiiy о‘sishi sodir bо‘ladi.Agar tukilganlar soni о‘lganlar sonidan yuqori bо‘lsa, aholi kо‘payib boradi, aksincha, о‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan kо‘p bо‘lsa, aholi kamayib boradi.
Ma’lumki, jamiyatda xar doim qandaydir sabablarga kо‘ra aholining bir qismi hayotdan kо‘z yumadi, ya’ni vafot etadi. Yana bir qism aholi esa, dunyoga keladi. Jamiyatdagi о‘lgan aholi о‘rni, yangi tug‘ilganlar hisobiga tо‘lib boradi, avlodlar almashadi. Ana shu jarayon aholi takror barlo bо‘lishining asosisni tashkil etadi.
Biror bir hududda, malum davrdagi aholi tarkibi, о‘tgan davrdagi aholi takror barpo bо‘lishining natijasi, keyingi davrdagi aholi takror barpo bо‘lshdining esa zamini hisoblanadi. Demak, aholi takror barpo bulishi jamiyat taraqqiyoti davomidagi doimiy, murakkab jarayondir.
Aholining takror barpo bо‘lishi matijasida aholi soni va uiing yosh — jinsiy tarkibi muntazam о‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgav bolalggr jinsi axoll jinsiy tarkibida ma’lum о‘zgarishlarga olib keladi. О‘lganlar sopi esa aholi yosh tarkibiga ta’sir etadi, Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi о‘zgarishlar jamiyatda ma’lum sotsial muammolarni kolib chiqishiga sabab bо‘ladi. Aholining takror barpo bо‘lish jarayoni esa, о‘z navbatida qator ijtkmoiy —iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bо‘ladi. Shu bois aholining takror barpo bо‘lish jaraoni jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida о‘ziga xos xususiyatlartga, qonuniyatlarga egadir. Demogra.fiyaning asosiy predmoti aholiiing takror barpr bо‘lish qonuniyatlarining tahlili hisoblanadi.
Aholini о‘rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida, uning miqdoriy va sifatiy xususiyatlarining mukammal taxlil etadi.
Aholining miqdoriy xususiyatlari ma’lum millat, hudud aholisi sonining о‘zgarib {о‘sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy xususiyatlari esa, asosan ma’lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va ma’lumotlilik darajasida, о‘rtacha umr kо‘rish muddatida ifodalanadi.
Har ikkala jarayon, ya’ni, aholining miqdoriy va sifatiy rivojlanishi bir —biriga chambarchas bog‘liq xolda sodir bо‘ladi. Masalan, aholi salomatligini yuqori darajada bо‘lishi, aholi о‘rtasida о‘limning kamayishi, о‘rtacha umr kо‘rish maddatining esa uzayishiga olib keladi. Natijada aholi soni о‘sib boradi. Shuningdek tug‘ilishning juda yuqori darajada bо‘lishi, kо‘p hollarda ona va bola organizmining zaiflashib borishiga va о‘lim hollarining kо‘payishiga olib keladi.
Jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan to hozirgi davrga qadar har bir hudud aholisi ham miqdor, ham sifat jixatidan muntazam о‘zgarib kelgandir, Demografiya aholining miqdoriy va sifatiy о‘zgarishlarini aholining takror bargyu bо‘lishining asosiy omillari sifatida о‘rganadi.
Aholining takror barpo bо‘lishi, keng ma’noda tabiiy о‘sish, о‘lim, migratsiya aholining hududlar bо‘ylab harakati, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoyay guruhga о‘tishi, ma’lumot olnshi, mehnat faoliyatining boshlanishi va x.k. natijasida aholi tarkibini yangilanib turishini bildiradi.
Demografiya asosiy e’tiborni tabiiy avlodlar almashuvi —ya’ni, turilish va о‘lim asosida aholining takror barpo bо‘lish jarayoniga qaratadi. Ushbu jarayenni jamiyat taraqqiyotiiing turli bosqichlaridagi qonuniyatlarini, churli millat, hudud va davlatlardagi xususiyatlari, omillarini о‘rganadi, muammolarshsh aniqlaydi va istiqbolini belgilab beradi. Bu vazifalarni bajarish uchun demografiya jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, tarixiy shart— sharoitlarini atroflicha о‘rganishi lozim.
Demak, DEMOGRAFIYA, AHOLINING TAKROR BARPO BО‘LISHI QONUNIYATLARI HAQIDAGI FAN BО‘LIB, BU JARAYONNI IJTIMOIY-TARIXIY SHART-SHAROITLARGA BOG‘LIQ HOLDA О‘RGANADI, OMILLARINI, MUAMMOAARINI ANIQLAB, ISTIQBOLINI BELGILAB BERADI.
Do'stlaringiz bilan baham: |