Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
REJA:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim—tarbiya, maktab va maorif tarakkiyotining asosiy yo’nalishlari.
2. Yaponiyada ta’lim—tarbiya va uning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Germaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi.
4. Buyuk Britaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi.
5.Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustakil o’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o’zaro uyg’unlik masalalari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR :
Yaponiya ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Buyuk Britaniya ta’lim tizimi, «Gomogenlar>, «Yarim gomogen», «Gegeron», «Ixtisos maktablari», «Davlat maktablari», «Xususiy maktablar», «Oraliq maktablar», «Kollejlar», «Dorilfununlar».
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.
CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. SHuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch» deb xisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz
o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’kuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakulьtativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o’quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini o’rganish xam kiritilgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’kitiladi. O’kuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to’liksiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
o’ezirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’kuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi-Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chikardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabakalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. ukuvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, Frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’kuvchilarini uch tabakaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular kuyidagilar :
1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’kuvchilar.
2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’kuvchilar.
3.Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va xokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muxim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmokda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi xamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 — yillarda AQSH o’quvchilarinig 50 — yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Frantsiyada xar uch litseychidan biri bu salbiy xolatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSH da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’kuvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov — shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
SHunday iktidorlar maktabi G’arbda 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’kuv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri xam chet ellik xamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday xolni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir.
70- yillarda AQSH da kelajak maktabi umummilliy loyixasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsulьtatsiyasini o’z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini kiskartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning xar biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsulьtatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :
-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarinikuchaytirish.
-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
-tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Maktab o’kuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustaxkamlash, takomillashtirish.
-Maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam talantlar, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
-Yangi, ya’ni o’kuv texnik vositalarini ta’limdagi salmogni oshirish, o’kituvchilar korpusida kompьyuter ta’limini yo’lga ko’yish.
-Pedagogik goyalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment — tadkikotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
CHet el ta’limidagi bunday ibratli jixatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida ko’llash yosh, mustakil Resublikamizda o’kuv — tarbiya ishlarini islox qilish jarayonini tezlashtiradi.
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867 —1868 yillarda boshlangan. Yaponiya o’z oldiga ikki vazifani: birinchi — boyish, ikkinchi - G’arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo’yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish kerakligi aytildi.
1872 yili «Ta’lim haqidagi qonun» qabul qilindi. Bunda Yapon ta’limi G’arb ta’limi bilan uig’unlashtirildi. 1908 yilda Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantiriddi. 1893 yili kasb yo’nalishidagi dastlabki kollej paydo bo’ldi.
1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab ko’yilgan.
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarinig tarkibi quyidagicha: Bolalar bog’chalari, boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlaridan iborat.
Bolalar bog’chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3—5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.
Majburiy-Ta’lim.. Ta’limning bu pog’onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang’ich maktab va 3 yillik kichik o’rta maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bog.qmch o’rtya myaktabi. Bu maktablar ta’lim yo’nalishining 10.11.12. sinflarini o’z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqichli maktablarida o’qish muddati 3 yil. Uquvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. Bu tarzdagi maktablarda o’qish ixtiyoriydir. Unda quyi o’rta maktablarni bitirgan yuqori bosqich o’rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo’shib hisoblaganda 95 foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Yaponiyada boshlang’ich, o’rta va oliy o’quv yurtlaridan tashqari, bir — biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar ham mavjud. Ularning ko’pchiligi xususiy bo’lib, turli firma, kontsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinalari uchun dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasblar o’rgatiladi. Yaponiyada ham turli xorijiy tillarni o’rgatishga ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud.
Boshqa maktablardan farqli o’laroq, Yaponiya maktablarida o’qish 1 apreldan boshlanib, kelasi yilning 31 martida nihoyasiga yetadi.
Boshlang’ich va kichik o’rta maktablarda o’kuv yili uch semestrga bo’linadi: aprelь — iyulь, sentyabrь — dekabrь, yanvarь — mart. Katta o’rta maktablarda esa o’kuv yili 2 yoki 3 semestrga bo’linadi.
Ukuv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo’shma SHtatlaridan 60 kun ko’pdir. Darslar 7 soat. Ko’pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda boshlanib, uchdan keyin tugaydi.
o’kuvchilar xaftasiga 2—3 soat sinfdan tashkari klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo’iicha mashg’ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo’ladilar.
Yuqori bosqich o’rta maktablarida butun o’kuv jarayonida o’kuvchilar 80 ta sinov topshirishadi. o’kuvchilar majburiy asosiy fanlardan tashkari o’z xoxishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar.
Yapon maktablari elektron xisoblash mashinalari va boshka o’kuv texnika vositalari bilan to’la ta’minlanganligiga karamay, mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor o’kituvchi faoliyati va darslikka karatilmog’i kerak. o’larning fikricha, o’kituvchi va o’kuvchi o’rtasidagi jonli muloqot o’rnini xar kancha, takomillashgan mashina xam bosa olmaydi.
Deyarli barcha darsliklar xususiy bosmaxonalarda chop etiladi. o’larni chop etishga mablag’ni vazirlik ajratadi. Yukorida kayd etilgandek, darsliklar boshlang’ich va kuyi o’rta maktablarda bepul, yukori o’rta maktablarda esa pullikdir. Darsliklar narxi shundayki, ularni xarid kilishga xammaning imkoniyati bor. Foydalanilgan darsliklar pullik bo’lsa xam, tekin bo’lsa xam o’kuvchining o’zida qoldiriladi.
Yaponiyada o’kituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta talablar qo’iiladi. Bu talablar shundayki, mazkur kasbga iqtidorsiz va yo’nalishi to’g’ri kelmaydigan tasodifiy kishilarning kirib qolishi amalda mumkin emas.
o’kituvchilar 4 yillik dorilfununlarda va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Bu o’kuv yurtlarinig bitiruvchilariga birinchi va ikkinchi darajali guvoxnomalar beriladi.
Maktab direktori bo’lish uchun 1 — darajali guvoxnomaga ega bo’lish shart.
Yapon ukituvchilarinig jamiyatda tutgan obro’ - e’tibori katta. Binobarin, ularning maoshlari xam yuqori, 74 foiz o’kituvchi jamoa va kasaba uyushmasiga a’zo. Bu ularga ta’lim mazmunini va uslubini muxokama qila olish imkoniyatini beradi.
Yapon o’qituvchilari xar 5 yilda malaka oshirish kurslarida o’qib qytadilar. Malaka oshirish o’kituvchilarning o’zlari uchun katta extiyojdir. CHunki Yaponiya maktablari dasturi 10 yilda davr taqzosiga
ko’ra o’zgaradi. Dasturlardagi yillik o’zgarishlar esa anjumanlar o’tkazish yo’li bilan o’qituvchilarga yetkazib boriladi.
O’qituvchilar o’zlariga ishonib topshirilgan 35 — 40 o’quvchining bilimi va tarbiyasi uchun javobgardirlar. SHu bois ular darsdan bo’sh vaqtlarini o’quvchilar, ularning ota — onalari bilan suxbatlarga, xonadonlarga tashrif ishlariga bag’ishlaydilar.
Yaponiyada oilaviy byudjetning katta qismi bolalarning sara maktablarda puxta bilim olishlarini ta’minlashga, universitetlarga kirib bilim olishlariga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun barcha shart — sharoitlar yaratib beriladi.
Bolalar tarbiyasida onalarning roli va ma’suliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil va mexnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb xisoblaydilar.
Turli ta’limiy ko’nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2 — sinf o’quvchisi ko’pchilik oldnda nutq so’zlash qobiliyatiga ega bo’lishi, 6 — sinf o’quvchisi kamida 2 ta cholgu asbobida kuy chala bilishi, boshlang’ich sinf o’qituvchisi suvda bemalol suza olishi kerak.
Dorilfununlarga katta o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. 1 — toifadagi universitetlarda xar bir o’qituvchiga 8 nafar, 2 — toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi : 1 — bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
Bu sinovlardan o’tgan o’quvchilar universitetlarga yo’llanma oladilar va yana sinovdan o’tadilar. Xususiy universitetlarga esa to’g’ridan — to’g’ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o’zining uzluksiz shaxobchasiga ega (bog’chadan boshlab xamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni xaydab yuborish mumkin emas. Lekin o’qish muddatini cho’zish mumkin (4 yillik o’qish 5 — 6 yilgacha cho’zilib ketishi mumkin).
Kollejlar :
1— kichik kollej.
2— texnik kollej
3— maxsus kollejlarga bo’linadi
uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 2 — yoki 3 — kurslariga qabul qilinadi.
Yapon dorilfununlarida talabalar o’quv jarayonida 140- 150 sinov birligi topshiradilar. Ularda baxo mezoni — «a’lo», «yaxshi»,
«konikarli», «koniqarsiz». Yapon dorilfununlari asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. SHunga qaramay, Yaponiyada «Dorilfuiun kishini bilim va kasbga yo’naltiradi xolos, uni takomillashtirish, mukammallashtirish o’ziga bog’liq» deb xisoblaydilar.
Yaponiya dorilfununida bitiruvchilarning mutlaq ko’pchiligi xalq xo’jaligining turli soxalarida samarali mexnat qiladilar. Oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jixatidan Yaponiya jaxonda ikkinchi o’rinda turadi. Ming kishiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich AQSHda xar ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, frantsiyada 115 nafardir.
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni axolini zamonaviy texnik hamda texnologik jarayonlar bilan jixozlangan xozirgi zamon sanoatida samarali ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muxim ijtimoiy vazifani bajaruvchi, jamiyatning olga siljishini ta’minlovchi dargox deb qaraladi va xalq tomonidan e’zozlanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi xam shaklan, xzm mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jixatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni — Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jaxondagi Amerika, Frantsiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tajribalari xam ijodiy o’zlashtirilgan.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?
Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega;
Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi;
Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi;
Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb hisoblamaydi;
Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi;
Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi;
Fin maktablarida eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi;
O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;
Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud;
Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan;
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan.
Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor bo’lgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida o’quv yili turli vaqtlarda boshlanadi. Ularning ayrimlari bilan tanishing.
1. Yaponiya
Yaponiyalik o’quvchilar birinchi sinfga aprel oyida, sakura daraxti gullagan paytda chiqishadi. Yaponlar uchun bahor – hayotning yangidan boshlanishidir. Shu sabab ular uchun ayni bahor mavsumi o’qish uchun eng yaxshi davr sanaladi.
Yaponlar aytoydil o’qishadi. Shu sabab ham ta’tilga o’qish boshlanganidan 5 oy o’tgach chiqishadi. Iyulning oxirida avgust oyi ta’til deb e’lon qilinadi va bir oy davomida o’quvchilar hordiq chiqarishlari mumkin. Buning o’ziga xos sababi ham bor. Bu mamlakatda avgust oyida namlik o’ta yuqori, shu bilan birgalikda havo juda dim bo’ladi.
O’quvchilarning navbatdagi ta’tili dekabr oyiga to’g`ri keladi va u martgacha davom etadi.
2. Hindiston
Hindistonda ham yangi o’quv yili aprel oyida boshlanadi. Hindiston maktablarida faqat erkak o’qituvchilar ta’lim beradi. Bu mamlakatda ta’lim oluvchi o’quvchilarning eng sevimli fani – matematikadir. Har bir maktabda bolalarning doimiy ravishda kiyib yuradigan maktab formasi mavjud. Bu formalarni ko’rib bolaning qaysi maktabda ta’lim olayotganini bilish mumkin.
3. Germaniya
Germaniya federativ davlatiga qarashli bo’lgan 16 federal yerning o’quv yiliga doir o’ziga xos tartibi alohida qilib ishlab chiqilgan. Shu sabab mazkur davlatda o’quv yili taxminan avgust-sentyabr oylariga to’g`ri keladi. Germaniyadagi o’rta maktab dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. O’rta maktabning umumiy davomiyligi – 13 yilni tashkil etadi. Bolalar 6 yoshdan birinchi sinfga qadam qo’yishadi, 10-12 yoshda o’rta maktabga o’tishadi va bu ta’lim 16 yoshgacha davom etadi. Ammo, bu bilan o’rta ta’lim butunlay tugadi degani emas.
4. Ispaniya
Ispaniyada o’quvchilar sentyabrning oxiri oktyabrning boshida maktabga borishadi. O’quv yili iyun oyining o’rtalarida nihoyasiga yetadi. O’quvchilar 1 dan 10 gacha baholanadi. Ispan maktablarida kundaliklar yo’q, daftarga baho qo’yilmaydi, javob berish uchun o’quvchi doskaga chiqmaydi. Bolaning maktabda erishgan yutuqlari yoki u duch kelayotgan muammolar o’quvchining ota-onasini qiziqtirmasa ularga bu haqida hech kim xabar bermaydi.
5. AQSh
Amerika maktablarida o’quv yilining boshlanishi erkin ravishda belgilanadi. Biroq, qoidaga ko’ra avgust yoki sentyabr oyining o’rtalariga qadar, muayyan vaqt ichida maktab eshiklari ochilishi kerak.
6. Afrika mamlakatlari
Ularda shunday qoida bor: 4 yoshga to’lgan bola birinchi sinfga borishi mumkin! Biroq, maktab o’quchisi bo’lishdan oldin ularning tayyorgarlik darajasi va bilimi baholanadi. Agar bola harflarni ajrata olmasa, u maktabga qabul qilinmaydi. Shu sabab bolani maktabga olib borishdan oldin, uni tayyorlov kurslariga olib borishadi. U yerda esa uch yoshli bolalarga dars mashg`ulotlari o’yin tarzida olib boriladi. Afsuski, bu mamlakatlarda barcha bolalar ta’lim olmaydilar. Afrika mamlakatlarida ta’lim olish majburiy emas.
Avval odob - keyin bilim
Yaponiyadagi maktab o’quvchilari 4-sinfgacha imtihon topshirishmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar yozishadi. Ilk uch yilda asosiysi - akademik bilim emas. Boshlang`ich sinflarda asosiy e’tibor tarbiyaga qaratiladi: bolalar insonlar va jonivorlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bag`rikenglik, birovning dardiga sherik bo’lish, haqiqatparvarlik, o’z-o’zini nazorat qilish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatiladi.
O’quv yilining boshlanishi 1-aprelga to’g`ri keladi.
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bolalar o’quv yilini yakunlayotgan bir paytda yaponlarda o’qish boshlanadi. Yil boshi mamlakatdagi tabiatning eng ko’rkam pallasi - sakura gullashiga to’g`ri keladi. Shu tariqa ular jiddiy va yangi pallaga qadam qo’yishadi. Akademik yil uch trimestrdan iborat: 1-aprel - 20-iyul, 1-sentyabr - 26-dekabr, 7-yanvar - 25-mart. Shunday qilib yaponlar yozgi ta’tilda 6 hafta, qish va bahorda esa 2 haftadan dam olishadi.
Yapon maktablarida farroshlar yo’q, xonalarni bolalarning o’zlari tozalashadi.
Har bir sinf navbatma-navbat xonalar, koridorlar va hatto hojatxonalarni tozalaydi. Shu tariqa bolalar jamoada ishlash va bir-biriga yordam berishni o’rganishadi. O’quvchilar tozalash ishlarini o’zlari bajargandan keyin xonalarni ifloslantirishmasa kerak. Bu ularni boshqalar mehnatini hurmat qilish va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Maktablarda faqat standart tushlik tayyorlanadi.
Boshlang`ich va o’rta maktabda bolalar uchun maxsus lanchlar tayyorlanadi. Taomlar maksimal darajada sog`lom va foydali bo’lishi uchun ularning menyusi nafaqat oshpazlar, balki tibbiyot xodimlari tomonidan ham ishlab chiqilgan. Barcha sinfdoshlar o’qituvchi bilan birga xonada tushlik qilishadi. Ular bunday norasmiy sharoitda ko’proq muloqot qilishadi va ishonchli munosabatlar o’rnatishadi.
Qo’shimcha ta’lim keng tarqalgan.
Bolalar yaxshi o’rta maktabga chiqish uchun boshlang`ich sinflardayoq xususiy va tayyorlov mashg`ulotlariga qatnashadi. Bunday mashg`ulotlar kechqurun o’tkaziladi, shu bois soat 21:00da avtobuslarning qo’shimcha mashg`ulotlardan qaytayotgan bolalarga to’la bo’lishi Yaponiyada tabiiy holatdir. Ular hatto yakshanba va ta’til kunlari ham shug`ullanishadi. Shunday ekan, statistikaga ko’ra, Yaponiyada ikkinchi yilga o’qishga qoldirish holatlarining deyarli yo’qligi ajablanarli holat emas.
O’quvchilar maktab dasrlaridan tashqari yapon kalligrafiya san’ati va she’riyatga o’rgatiladi.
Yapon kalligrafiyasi yoki shodo tamoyili - juda oddiy: bambuk cho’tka siyohga botiriladi va guruch-qog`ozga iyerogliflar chiziladi. Yaponiyada shodo odatiy tasviriy san’at darajasida qadrlanadi. Xayku esa - she’riyatning tabiat va insonni bir butun qilib ko’rsatuvchi milliy shakli. Ikki predmet ham sharq estetikasi tamoyillaridan birini aks ettiradi - oddiylik va nafislik uyg`unlashuvi. Mashg`ulotlar bolalarni ko’p asrlik madaniyatni qadrlash va hurmat qilishga o’rgatadi.
Barcha maktab o’quvchilari formada bo’lishi kerak.
O’quvchi o’rta maktabdan boshlab uniforma kiyishga majbur. Ko’p maktablar o’z formasiga ega, lekin odatda bu o’g`il bolalar uchun - harbiy uslubdagi kiyim, qiz bolalar uchun esa - dengizchi uslubi. Qoidalar o’quvchilarni tartibga keltiradi, zero maxsus kiyimning o’ziyoq ishchi muhitni yaratadi. Shuningdek bir xil forma sinfdoshlarni birlashtirishda yordam beradi.
O’quvchilarning darslarga qatnashi 99,99 foizni tashkil qiladi.
Hayoti davomida biror marta maktabdagi darslarni qo’yib yubormagan odamni izlab topish qiyin bo’lsa kerak, bu yerda esa butun boshli millat! Shu bilan birga yapon o’quvchilari hech qachon darslarga kechikishmaydi. 91 foiz o’quvchi o’qituvchining gaplarini diqqat bilan tinglaydi. Yana qaysi mamlakat shunday statistika bilan maqtana oladi?!
Bir bitirish imtihonining natijalari barchasini hal qiladi.
O’quvchilar yuqori sinflarni tugallagach, birgina test topshirishadi va bu ularning oliy ta’lim muassasasi (OTM)ga kirish yo kirmasligini hal qiladi. Bitiruvchi faqat bir OTMni tanlashi mumkin - uning qanday bo’lishi kelajakdagi ish haqi va turmush darajasini belgilab beradi. Raqobat katta: 76 foiz bitiruvchi maktabdan keyingi o’quv jarayonini davom ettiradi. Aynan shuning uchun ham Yaponiyada "imtihon jahannami" degan ibora mashhur.
Universitet yillari — hayotdagi eng yaxshi ta’til.
"Imtihon jahannami"ga ko’p yillik tinimsiz tayyorgarlikdan keyin yaponlarning kichik tanaffus qilishni istashi hayratlanarli emas. Bu har bir yapon hayotida eng oson va betashvish hisoblangan universitet yillariga to’g`ri keldi. Ishlashdan oldingi ajoyib hordiq, zero yaponlar bolaligidan ishga nafaqat mas’uliyat, balki butun hayotiy faoliyatiga bo’lgan katta mehr-muhabbat bilan yondashishga o’rgatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |