Reja: Adabiyot-so’z san’ati


-Dars.Hadislar va turkiy adabiyot



Download 0.82 Mb.
bet7/12
Sana12.01.2017
Hajmi0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

10-Dars.Hadislar va turkiy adabiyot

Reja:

1. Hadislar va ularning tarixi

2.Turkiy adabiyotga hadislarning kirib kelishi
«Kishi ilm bobida nafaqat o'zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o 'zidan past bo 'Igan- lardan ham hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo'la olmaydi». «Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim. Ularning ham- masi «Iymon — so 'z va amaldan iboratdir» degan e 'tiqoddagi kishilar edilar».

IMOM BUXORIY

«Hadis» arabcha so'z bo'lib, uning bir qator ma'nolari bor:

1) yangi, yangi narsa, yangi ro'y bergan voqea;

2) so'z, hikoya, naql, rivoyat;

3) Muhammad payg'ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.

Islom dini ta'limoti bo'yicha eng asosiy manba Qur'ondir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o'rinda turuvchi mo'tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg'ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta'limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko'rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi.

Hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko'rsatiladi:

1. Muhammad payg'ambar aytgan gaplar.

2. Uning o'zi qilib ko'rsatgan ishlar.

3. Payg'ambarimiz tomonidan ko'rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani.

Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi «yo'l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma'noda esa Muhammad payg'am- bardan qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi lushunchalarning ma'no qamrovi, izohi o'z aksini topgan.

Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson ma'naviyati bilan bog'liq muammolarga qaratilgan.

Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan — Muhammad payg'ambar zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim bo'lgan. Payg'ambar nomiga bog'lab turib yolg'on hadis tarqatish qattiq qoralangan.

Ushbu talab natijasida hadislar ko'p vaqtlar o'z holicha saqlanib qolgan, ammo jamiyat bir joyda qotib turmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot oqibatida sinflar, ijtimoiy guruh- lar orasidagi munosabatlar, qarashlar ham o'zgarib boradi, ziddiyat, ixtilof va kelishmovchiliklar yuz beradi. Shunday hodisa islom dinida ham ko'zga tashlanadi.

Islom dinidagi ichki g'oyaviy kurashlar va o'zaro murosasizlik natijasida

-81-
payg'ambar hadislarini buzish, ularni soxtalashtirish ham ko'zga tashlanaboshlaydi. Bunday noma'qul harakatlarga qarshi kurashish zarurati yuzaga keladi. Natijada hadislarni faqat eshitish bilan emas, balki yozib olish, uning haqiqiy dastlabki shaklini tiklash bilan ham shug'ullanishga to'g'ri keladi. Shunga ko'ra hadislarni to'plab, bir kitob holiga keltirish harakati VIII asrdan boshlab keng avj oladi.

Muhaddislar hadislarning haqiqiyligini ayrim belgilar orqali aniqlashgan. Bular: hadislar Qur'on oyatlariga zid kelmasligi lozim; ular payg'ambar sunnatlariga muvofiq bo'lmog'i shart; ularda tarixiy voqelik buzilmasligi kerak. Hadislarning g'ayriaxloqiy bo'lishi mumkin emas.

Hadislarni to'plab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug'ullangan olimlar muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud, Sulaymon Sijistoniy (817-888), Ibn Mojja (834-886), Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, Ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu A'lo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrug'i olamni tutgan. Ulardan beshtasi o'rta osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (hijriy 194-256, milodiy 810-870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—892), Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824—888) shular jumlasidandir.

Shubhasiz, ular orasida yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy hamda at-Termiziylarning bo'lishi ko'ngillarda iftixor tuyg'ularini uyg'otadi.

Buxoriyning toiiq ismi — Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug'ira ibn Bardazbah al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda Ismoil ismli katta olim oilasida 810- yilda tug'ilgan, yoshligidanoq o'zining o'tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qilgan. Buxoriy go'dakligidayoq otasi dunyodan o'tadi va onasining qo'lida qoladi. Maktabda dastlabki savodini chiqargach, arab tili va hadis kitoblarini o'qishga, ularni yod olishga alohida rag'bat bildiradi. 18 yoshga kirganda, u bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi.

«Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir necha sheriklari bilan Basra shahrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozning og'zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Buxoriy esa qog'oz-qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: «O'n olti kun olgan darsimizni Buxoriydan bir so'rab ko'raylik-chi, esida bormikan?» deyishib, imtihon qilishibdi. Hammalari daftarlariga qarab turishibdi. Buxoriy o'n olti kun ilgari o'tilgan darsni birorta kalima qoldirmay, balartib yoddan o'qib berganidan keyin, uning xotira va qobi- liyaliga lol qolib, ayni chog'da, o'zlari yozib olgan darslardagi kamchiliklarni ham tuzatib olishibdi».

Buxoriyning ustozlari orasida Muhammad ibn Sallom al- Poykandiy 161 (777)-225 (839), Abdulloh ibn Muhammad al-Ju'fiy (vafoti 239 (843)) singari yirik olimlar bor. Uning ustozlaridan Shayx Doxiliy shogirdining quwayi hofizasiga, bahslashish mahoratiga, dalillarni keltirishdagi izchil mantig'iga ko'p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni olqishlagan ekan. Albatta, bu darajaga yetish uzoq va katta mehnat natijasidir.

-82-
Zero, Imom Buxoriy hadislarni yodlashga juda erta - o'n yoshlarida kirishgan. Uning tug'ma qobiliyati u eshitgan har bir hadisini xotirasida muhrlanib qolishiga imkon bergan. 16 yoshga yetganda onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga borishadi. Yo’l-yo'lakay Baxl, Kufa, Bag'dod, Xums, Damashq, Misr, Makka va Madina singari ko'plab shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqalarning hadis to'plamlarini to'lig'icha yod olib ulgurgan edi.

Rivoyatlarda aytilishicha, u bir kitobni o'qisa, barchasi yodida qolar ekan. «Uning o'zi yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g'ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod olganini yozgan. Imom Buxoriyning shogirdlaridan biri Amir ibn Fallos «Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma'lum bo'lmagan hadis albatta, ishonchli emasdir», deb yozgan ekan .

Buxoriy o'zining so'nggi kunlarini Samarqandning Xartang qishlog'ida o'tkazadi va 870- yil 1- sentabrda 62 yoshida vafot etadi. Olim ko'plab kitoblar yozib qoldiigan. Ular orasida eng mashhuri «Al-Jome' as-Sahih»dir. «Sahih» — to'g'ri, ishonchli degan ma'noni bildiradi.Kitobga ishonchli hadislar jamlangan. Shuning uchun ham butun Islom olami bu kitobga

eng mo'tabar manbalardan biri sifatida qaraydi. Zero, Buxoriy barcha hadislarni 600 ming hadis ichidan saralab olgandir. Uning yana «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari), «Kitob asmo as-sahoba» (Sahobalarning ismlari haqida kitob), «Kitob af ol il-ibod» (Ibodat qiluvchilarning fe'l-atvori haqida kitob), «Tarixi Buxoro», «Kitob ul-favoid» (Foydalar haqida kitob), «Tarix us-siqot vaz-zuafo min ruvot il-hadis» (Hadis roviylari qisqargan va zaif hadislar tarixi), «Qazoyi as-sahoba vattobi'in», (Sahobalar va tobe'inlarning xulosalari), «Tarixi kabir» (Katta tarix) singari kitoblari ham mashhurdir.

Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad payg'ambarning hayoti va faoliyati bilan bog'liq hadislar talqini, o'zaro insoniy munosabatlar, do'stlik, ahillik, saxovat, ota-onalarga va qarindosh-urug'larga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgo'ylik, yolg'onchilik, fitna-fasod va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritadi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug'lanadi, kishilarda shunday xislatlarning bo'lishi ma'qullanadi va targ'ib qilinadi, aksincha, yomon fe'l-atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta-qayta ta'kidlanadi. Ilm-ma'rifat borasida ham ko'plab hadislar mavjud. Masalan, ularning birida «Garchi Xitoyda bo'lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo'minga farzdir», deyiladi. Bunda kishilarni ilm olishga undash, o'z biliinini chuqurlashtirishga da'vat ochiq ko'rinib turibdi. Quyidagi hadis esa juda yoshlikdan boshlab ilm yo'iiga kirishni olqishlaydi:

«Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir».

llmni o'rganuvchilar ham, uni o'rgatuvchilar ham hadislarda mo'tabar kishilar qatorida ulug’lanadi: «Foydali ilmlarni o'rganuvchi odamning gunohini kechirilishini so'rab, har bir narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham istig'for aytadilar».

Quyidagi hadis ham ilm bilan bog'liq: «Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag'bati bo'lmagan kishilarga o'rgatib, uni zoye ketkazmoqlikdir». Demak,


-83-
ilm yo'liga kirgan kishi kitob mutolaasidan, ilm o'rganishdan charchamasligi, bu yo'ldan chetga og'ishmasligi zarur. Bugina emas, ilmni zoye ham qilmaslik kerak.

Vatan va vatanparvarlik bilan bog'liq hadislar ham anchagina. Tabiiyki, ular orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» hadisi mashhurdir.

Imom Ismoil al-Buxoriy keltirgan hadislarning yana bir o'ziga xos xususiyati ularning aniq manbalari ko'rsatilganidir. Masalan: «Olloh Taoloning rozi bo'lishi otaning rozi bo'lishiga vn lining g'azabi ham otaning g'azabiga bogiiqdir» deyilgan lindlsnlng Abdulloh ibn Dinar tomonidan rivoyat qilingani qayd ctiladi.

Rasululloh: «Xor bo'lsin, xor boisin, xor bo'lsin» — deb o’n marta takror qildilar. Sliunda sahobalar: «Yo Rasululloh, kimni aytyapsiz?» — deb so'rashdi. Rasululloh: «Ota- onasining ikkalasini yoxud bittalarini keksayib qolgan vaqtda (ularni rozi qilmay) o'zini do'zaxga mubtalo qilgan kishini», - dedilar. Bu hadisning Abu Hurayra tomonidan aytilgani ko'rsatilgan.

Quyidagi hadis ham Abu Hurayra tomonidan aytilgan: uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Olloh Taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishilarniug duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi».

Abdulloh ibn Mas'ud nomi bilan quyidagi hadis bog'langan: «Rasululloh, musulmon kishining so'kishmog'i fosiqlik va birovni o’ldirmog'i kufrdur, dedilar».

Hazrati Oyshaga nisbatan berilgan hadislar ham mavjud: «Men o'jar, bo'yin bermaydigan teva (tuya) ga mingan edim. Rasululloh uni urganimni ko'rib: «Muloyim bo’l, kimda muloyimlik bo'lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo'lmasa, u aybli va nuqsonli bo’ladi», — dedilar».

Hadislarda ota-onaning nazaridan qolish gunohlarning eng og'iri sifatida baholanadi: «Gunohning kattasi — Tangriga shirk keltirmoqlik, nohaq qon to'kmoqlik, ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg'on guvoh bermoqlik».

Boshqa bir hadisda esa ota-ona nazaridan qolgan farzand tangri nazaridan ham qolishi qayd etiladi va ularning jannatga kirmasligiga sabab bo'lishi uqtiriladi. Quyidagi hadis ham shu ruhda: «Ota-onasi qarg'aganni Tangri qarg'aydi. Tangridan boshqaga atab jonlik so'yuvchilarni Tangri la'natlaydi».

Hadislar onalarni alohida sharaflaydi. Ularning qadrini baland ko'tarish, izzatini ulugiash, asrab-avaylashga alohida urg'u beriladi.

«Avval onangga, yana onangga va yana onangga, so'ng otangga yaxshilik qil». «Agar ota-ona birdaniga chaqirib qolishsa, awal onangga javob qil».

Ota-onaning,ko'ngliga qarab ish tutish, ularning ko'nglini ko'tarish, ularga yordam berish hadislarda ulug'lanadi: «Kimki ota-onasining roziligini olgan bo'lsa, unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi».

Albatta, oilada otaning mavqeyi, uning obro'-e'tibori ham nazardan chetda qolgan emas. Xususan, farzand tarbiyasida ota mas'uliyati g'oyat buyukdir: «Hech bir ota o'z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros berolmaydi». Shuning uchun ham ota rizosi ulug' ne'matdir: «Otaga itoat qilish Tangriga itoat qilishdir, uning oldida gunoh qilish Tangri oldida gunohkor bo'lish bilan barobardir».

Otaning farzand uchun qilgan ishlariga munosib javob uning ishlarini davom


-84-
ettirishdir. Otaning qalbiga yaqin boiganlar bilan doimiy muloqotda bo'lish, bu aloqa rishtalarining davomiyligini ta'minlash farzand uchun sharafli burchdir: «Kimki otasining vafotidan keyin ham unga yaxshilik qilishni istasa, uning yor-u birodarlari bilan aloqani uzmasin» yoki «Otangiz vafotidan keyin uning do'stlari bilan aloqani davom ettiring, ular bilan aloqani uzsangiz, Tangri sizning nuringizni o'chiradi».

Hadislarda kishilaraing bir-birlariga bo'lgan samimiyati, intilishi, do'stligi haqida ham ko'pgina ibratli o'gitlar borligi ko'zga tashlanadi. «Kim-kimni do'st tutsa, shu sevgisini bildirib qo'ysin», deyiladi ularda. Ayni paytda, insonning insonga bo'lgan mehri ham, qahri ham ajdodlar qoni va ruhi orqali avlodlarda davom etishi to'g'risida shunday deyiladi: «Do'stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan narsadir».

Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir. Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman, kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash, buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko'rsatish, aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi. Birgina qo'shnichilik munosabatlarini ko'zdan kechiraylik.

«Qo'shning tinch — sen tinch» degan o'zbek xalq maqoli mavjud. Hadislarda esa o'qiymiz: «Qo'shningizga yaxshilik qiling — tinch bo'lasiz». Payg'ambar alayhissalomning qo'shni haqidagi hadislaridan yana biri:

"Jabmil alayhissalom menga doimiy ravishda qo'shniga yaxshilik qilishni tavsiya etar edi, hatto qo'shniga meros ham qoldirish kerakmi, deb o'ylab qolar edim. Xizmatkorlarga ham shunday yaxshi muomalada bo'lishni aytar ediki, hatto muayyun bir vaqt belgilasa kerak va o'sha muddat yetishi bilan qullar o’z-o’zidan ozod bo'lib ketsa kerak, deb o'ylab qolar edim»

Hadislarda hatto iymonning baquvvatligi va Ollohga sadoqati ham qo'shniga qilinadigan muomalaga bog’lab talqin qilinadi:

«Muqim turadigan joyingdagi yomon qo'shnidan Tangridan panoh tilagin. Sahrodagi qo'shni esa tez ko'chib ketuvchidir».

«Ikki kishiga Tangri qiyomat kuni rahmat nazari bilan boqmaydi: 1. Qarindosh-urug'idan uzilib ketgan kishiga. 2. Yomon qo'shniga».

Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka, mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi:

«Savobli ish qilganingizda xursand bolsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo’lsangiz, demak, siz haqiqiy mo'mindirsiz».

Inson-insondan yaxshilik izlamog'i, boshqalarni ham yaxshilikka undamog'i kerak. Bu odamning eng yaxshi fazilatlaridan biridir: «Dunyodan o'tib ketganlarning faqat yaxshi sifatlarini yod etinglar. Yomon sifatlaridan tilingizni tiyinglar!».

Agar boshqalar dardi bilan yashasa, o'zining tor manfaatlari ichida qolib ketmasa, bunday inson serfazilat deyishga loyiq: «Tangri-g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st tutadi».

Ko'rinib turibdiki, bularning hammasi inson ma'naviyati bilan, uning boyligi bilan bog'liq. Har qanday g'arazlardan xoli bo'lgan, har bir insonga pok nazar
-85-
bilan qaray olish darajasiga ko'tarilgan inson ma'naviy jihatdan boy hisoblanadi. «Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o'tsa, uni tark eting!»

Ana shunda kishi iymonli bo'ladi. Iymon esa mo'min, musulmon uchun eng buyuk asos, mustahkam poydevordir:

«Iymon jihatdan mo'minlarning komilrog'i — xulqi yaxshi bo’lgani va xotinlarga yaxshi muomala qiladiganidir».

«Iymonli odam va'daga vafodor bo’ladi».

«Islom, ya'ni musulmonchilik oshkora narsadir, iymon esa dildadir».

«Iymon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas».

Demak, iymonli odam munofiqlikdan yiroq bo'ladi. Uning qalbi oliyjanobliklar bilan to'ladi. Bunday qalb esa ko'pchilikka naf, manfaat yetkazadi.

Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida e'tibor berilgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur».

Bugina emas, yetimparvarlik Ollohga xush keladigan xislat: «Tangri nazdida uylarning yaxshirog'i — yetimlar izzat qilinadigan uydir».

«Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo'lurman».

Ammo yetimlar haqqini yeyishdan tiyilmoq shart, hatto u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni yetim va ayol haqqini yemoqlikni sizlarga harom qilaman».

Odamiylik ham hadislarda tez-tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr-muhabbat bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'r!» deyilgan. Yoki:

Ziyoratingizga kelgan odamning hurmatini joyiga qo'yinglar».

Shuningilek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr-ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning ulug'langanini kuzatishimiz mumkin:

«Tangri qiyomat kuni aytadi: «Ey inson farzandi! Betob bo'ldim, meni kelib ko'rmading». U odam aytadi: «Ey rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo'la turib men seni qanday ko'rishim mumkin edi?». Tangri aytadiki: «Falonchi odamni betobligida borib ko'rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo'lar eding». «Ey inson farzandi! O'zingovqatlanding, ammo meni yo'qlamading». Odam aytadi: «Ey rabbim, sen butun olamning podshohi bo'lsangku, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin?» Tangri aytadi: «Falonchi bandam muhtoj bo'lib oldingga borganida, sen uning hojatini ravo qilmading. Agar ravo qilganingda edi, o'sha yerda meni topgan bo'lar eding».

Mana xayr-ehson, saxovat va karam haqidagi hadis namunalari:

«Bir-birlaringizga xayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo'lib, qo'l berib so'rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g'am-u g'ashlik ketadi».

«Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g'ashliklarni yo'qotadi».

Ayni paytda yetimparvarlik bilan bog'liq aqidalar bayoni ham diqqatga sazovor:

«Kimki o'zining yoki birovlarning yetim bolalarini to voyaga yetib, mustaqil hayot kechiradigan bo’lgunlaricha tarbiya qilsa, unga jannat muqarrardir».

Hadisi shariflar falsafa, axloq va odob ta'limotiga, ayniqsa, badiiy adabiyotga
-86-
kuchli ta'sir ko'rsatadi. Arab, fors-tojik adabiyotida hadislardan ta'sirlanib yaratilgan ko'plab asarlar mavjud. Turkiy, jumladan, o'zbek adabiyotida ham hadislardan ilhomlanib yozilgan bir qator badiiy namunalar yuzaga keldi. Bu silsiladagi dastlabki tajriba Yusuf Xos Hojib nomi bilan bog'liq.

Yusuf Xos Hojib tasavvuf adabiyotining namoyandasi sifatida Qur'onning o'zini ham, hadislarni ham mukammal darajada o'rgangan. Uning «Qutadg'u bilig» dostoni bilan tanishish bu fikrni quvvatlaydi.

Ma'lumki, kitobda Ollohga hamddan tashqari payg'am- barga na't ham mavjud. U «payg'ambar alayhissalom fazilatlari borasida» deb ataladi. Adib:

O'qitchi ul erdi bayatdin senga,

Sen o'tru ko'ni yo'lqa kirding, to'nga.

(U xudodan senga xabarchi edi,

Sen so'ng to'g'ri yo'lga kirding, ey bahodir.)

Yoki:


Ko'ngul badim emdi uning yo'linga,

Sevib so'zi tuttim butub qavlinga.

(Endi men ko'ngilni uning yo'iiga bog'ladim,

Qavliga ishonib, sevib, so'zlariga amal qildim.)

deb yozganida, hech shubhasiz payg'ambar hadislarini ham nazarda tutgan.

Ma'lumki, hadisi shariflarda ota-onani qadrlash, ularning izzat-hurmatini joyiga qo'yish, ularga yordam va madad ko'rsatish, ayni paytda ularning duosini olish ko'plab ezguliklarga yo'l ochishi haqida ko'p marta ta'kidlangan. Jumladan, Rasulullohning «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatlardan biri yoki undagi bir daraxt nomi) nasib bo'lib, Olloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi», degan hadislari mavjud.

Yusuf Xos Hojibning quyidagi to'rtligida ushbu hadislar bilan ma'naviy uyg'unlikni sezish qiyin emas:

Atang pandini sen qatig' tut, qatig',

Qutadg'a kunung bo'lg'a kundin tatig'.

Atangni, anangni sevindir tushi,

Yanut berga tapg'ing tuman ming asig'.

(Otangning pandini sen qattiq tut, qattiq,

Seni baxtga eltadi, kuning kundan-kunga totli

bo'ladi.


Otangni, onangni doimo xursand qil,

Xizmatlaring evaziga ming hissa foyda olasan.)


Hadisi shariflarda g'iybat, chaqimchilik qattiq qoralanadi, uning kishi axloqidagi eng katta illat ekanligi, kishini og'ir gunohlarga qoldirishi ta'kidlanadi:

«Yashirin ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi».

«Asmo Yaziddan rivoyat qilindi. Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?» — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, aytib bering», — deyishdi. Rasululloh: «Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Olloh Taoloni eslatadilar. Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan
-87-

yurib do'stlar orasini buzuvchi, begunoh odamlarni buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini istovchi kishilardir», — dedilar.

«Yomon so'zni aytuvchi bilan uni boshqalarga oshkora qiluvchi — ikkisi gunohkorlikda barobardir».

Endi Yusuf Xos Hojib misralarini kuzataylik:

Uzunchi kishika qatilma, yira,

Uzunchi tilinda kuyar o't ko'r-a.

(G'iybatchi kishiga aralashma, uzoqlash,

G'iybatchi tilida o't yonadi, ko'r.)

Uzunchi bashin kes, ey ersig aqi.

(Dunyo fisq-u fasodlari g'iybatdan chiqadi,

G'iybatchining boshini kes, ey mardonavor saxiy.)

Necha ma kaz ersa uqushlug' udug'

Yungag'chi yaqin bo'lsa, tegrur yudug'.

(Qanchalik yaxshi, zakovatli, ziyrak bek bo 'Isa ham,

Chaqimchi yaqin bo 'Isa, unga malol keltiradi.)

Demak, Yusuf Xos Hojib Hadisi shariflardan ijodiy foydalanib, zamondoshlari va keyingi avlodlarga o'zining shunday o'gitlarini qoldirgan.

Ishlarda og'irlik, bosiqlik qilish, shoshilmaslik haqida hadislarda anchagina ibratli hikmatlar mavjud. Jumladan, «A1- adab al-mufrad» dagi 583- hadisda «Olloh Taolodan qo'rq, sabrli-chidamli bo'l, qiladigan ishlaringda shoshilma!» deyilgan. Shuningdek, boshqa hadislarda ham shoshilishning oqibatlari, salbiy tomonlari ko'rsatilgan.

«Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi».

«Baxtli odam fitna-fasodlardan chetlab yuruvchi va musibatga sabr qiluvchi kishidir».

«Oralaringizda eng kuchlilaring kimligini aytaymi? U g'azabi kelganda o'zini tutib tura oladiganingizdir».

«Sabr va b'ardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir».

Adib sabr qilgan, bosiqlik bilan ish yuritadigan kishilarning yuksak axloq egalari ekanligini ta'kidlaydi:

Evak, qurg'u bo'lma qilinchin, so'zun,

Seringil, seringan atanur tuzun.

(Fe'ling va so'zingda shoshilma, yengiltak bo'lma,

Sabr qilgin, sabr qilgan afzal deb ataladi.)

Shoshilish kulfatga, undan tiyilish esa baxtga eltadi, deb ta'kidlaydi shoir.

Qamug' ishta evma, serin, o'z tutun,

Serinsa bo'lur qul-bu beglik qurin.

(Barcha ishda ham shoshilma, ehtiyot bo'l,

o'zingni tuta bil,

Ehtiyot bo 'Isa qui beklik martabasini topadi.)

Yoki:

Qamug' ishta evma, serin, o'z baqa,



Serimlug kishilar tegir arzuqa.

-88-
(Barcha ishda ham shoshilma, sabrli bo'I, o'ylab ko'r,

Sabrli kishilar orzuga yetadi.)

Shoshilish tufayli yuzaga keladigan og'ir oqibatlar, uning inson umri va taqdiriga jiddiy salbiy ta'siri ham adib e'tiboridan chetda qolmaydi:

Qayu ishka evar, o'zar, kech qalur,

Eva qilmish ishlar o'kunchlug bo'lur.

(Kimki ishda shoshilsa, ilgarilasa, kech qoladi,

Shoshilib qilingan ishlar oqibati ayanchli bo 'ladi.)

Bu fikr turli shakllarda qaytariladi:

Eva kirma ishka, sabr qil, serin,

Eva qilmish ishlar o'kunchi yarin.

(Ishga shoshilib kirishma, sabr qil, ehtiyot bo'I,

Shoshilib qilingan ishning oxiri voy va attang

bo 'ladi.)

Yoki:

Neku ter, eshitgil, biliglik tilin,



Eva qilmish ishlar o'kunchi yilin.

Eva qilmish ishlar neeha yig bo'lur,

Eva bishmish ashni esa, ig bo'lur.

Evaklik turur barcha yangluq ishi,

Amulluq turur barcha ezgu ishi.

(Bilimli so'zini eshitgin, u nima deydi:

Shoshilib qilingan ishlaming o 'kinchi yillarga

cho 'ziladi.

Shoshilib qilingan ishlar nechog'likyaramas bo'ladi,

Shoshib pishirilgan oshni iste'mol qilinsa,

(kishi) xasta bo 'ladi.

Shoshqaloqlik—barcha adashgan kishilar ishi,

Ehtiyotkorlik—barcha ezgu kishilar ishi.)

Shoshilish — ijtimoiy illat hamdir.

Demak, Yusuf Xos Hojib hadisi shariflardan ijodiy foydalanganini maxsus ta'kidlab ko'rsatmagan bo'lsa, Ahmad Yugnakiy hazrati payg'ambar so'zlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etganini ochiq ko'rsatib o'tadi. Ahmad Yassaviy ham ulardan ijodiy foydalangan.

Hadislardan ijodiy foydalanish keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu yo'nalishda Alisher Navoiyning «Arba'in» («Qirq hadis») asarini eslash joiz. Zamondoshlarimizdan Abdulla Oripovning «Haj daftari» kitobi ham, asosan, hadisi shariflarga ijodiy yondashish oqibatidir.

Hadislarning barchasida ham kishilar orasidagi iliq munosabatlar, yaxshi fazilatlar, ijobiy axloqiy-ma'naviy qadriyatlar uluglanadi, ezgulik targ'ib qilinadi, yovuzlik, yomonlik esa qattiq qoralanadi. Ularni o'qib-o'rganish yoshlarimizning serfazilat bo'lishlariga yaqindan yordam beradi. Ular tarbiya maktabi sifatida avlodlar ko'nglidan mustahkam joy olaveradi.

-89-


Savol va topshiriqlar:

l. «Hadis» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?

2. Hadislar nima uchun mo'tabar manba hisoblanadi? Hadislarning yuzaga kelish omillari haqida gapirib bering.

3. Muhaddis kim?

4. Qaysi muhaddislarni bilasiz?

5. Hadislar qaysi mavzularni qamrab oladi? Misollar bilan tushuntiring.

6. Epigrafdagi fikrlar Imom Buxoriyning qaysi xususi- yatini ta'kidlaydi?

7. Imom Buxoriy ustozlaridan kimlarni bilasiz?

8. Ota-onani rozi qilish, hurmatlash, qadriga yetish, ularning haqini ado etishga oid hadislar mazmunini sharhlang, fikringizni hayotiy voqealar yoki badiiy adabiyotdagi misollar bilan dalillashga harakat qiling.

9. Hadis ilmidagi saboqlar badiiy adabiyotda qanday davom etdi? Bunda har bir adibning ijodiy yondashuv xususi- yatlarini izohlab bering.

10 .Majmua va darslikda keltirilgan hadislardan o'ntasini yod oling.

11. Hadislarning hozirgi zamondagi ahamiyati nimada deb o'ylaysiz?

12. Hadislar adiblar ijodida qanday namoyon bo'lgan?

13. Hadislarda qaysi xususiyatlar qoralangan? Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz?

14. Muhaddislarning tarixiy xizmatlari nimada?

15. O'rta osiyolik muhaddislar nomini sanang. Ular orasi¬da Imom Buxoriy qanday o'rin tutadi?

16. Olimning tarjimayi holiga oid qanday ma'lumotlarni bilasiz?

17. Uning qaysi shaxsiy fazilatlarini alohida ta'kidlab ko'rsa- tish mumkin?

18. Amir ibn Fallosning «Al-Buxoriyga ma'lum boimagan hadis, albatta, ishonchli emasdir», degan gapi nimani anglatadi? Uni qanday tushunganingizni bayon qiling.

19. «Al-adab al-mufrad»ning ma'nosi nima?

20. Ota-onalar bilan bog'liq hadislardan yod oling.

21. «Hadislar va yozma adabiyot» mavzusida uy inshosi yozing.

-90-




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa