Reja: Adabiyot-so’z san’ati



Download 0.82 Mb.
bet2/12
Sana12.01.2017
Hajmi0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

TAZKIRACHILIK

«Tazkira» arabcha so'z bo'lib, «zikr», ya'ni «eslatib o'tish», «yozib qo'yish» ma'nosini anglatadi. U shoirlarning hayoti va ijodi haqida eng muhim ma'lumotlar, asarlaridan namu- nalar keltirilgan antologiya-majmuadir.

Uning eng qadimgi namunasi Abu Mansur as-Saolibiy yaratgan «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona») tazkirasidir. U o'sha davr (XI asr) Arab, Ajam, Movarounnahr, Xorazm va Xuroson adabiyoti haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi.

Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob» («Mag'izlarning mag'izi», XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» (XV asr), Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar», XV asr), Maleho Samarqandiyning «Muzakkir ul-as'hob» («Suhbatdoshlarningzikri», XVIII asr), Fazliy Namanganiyning «Majmuat ush-shuaro» (XIX asr) asarlari tazkirachilikning eng yaxshi namunalaridir.

Bu tazkiralar adabiyotimiz tarixini, o'tmishda yaratilgan durdona asarlarning g'oya va mazmunini o'rganish uchun asosiy manbalar sifatida qimmatlidir. Keyingi tarixchilar o'z asarlarini yozishda mana shunday tazkiralarga suyanib ish tutganlar.


TAZKIRALARDAN AYRIM NAM UN ALAR

Mirzo Ulug'bek — donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag'oyat xo'b erdi. Yetti qiroat bila Qur'oni majid yodida erdi. Hay'at (astronomiya) va riyoziy (matematika, aljabr)ni xo'b bilur erdi. Andog'kim, «Zij» bitdi va rasad bog ladi va holo (hozirgacha) aning «Zij»j aroda shoye'dur. Bovuju bu kamolot gohi nazmg'a mayl qjiur.

-9-
Boysung'ur Mirzo - xushta'b va saxiy, ayyosh (bazm ayshlarni sevguvchi) va hunarparvar podshohe erdi. Xattot va naqqosh va sozanda va go'yandadin muncha benazir kishi (bordir) kim, aning tarbiyatidin arog'a kirdi. Ma'lum emaskim, liccli podshoh zamonida paydo bo'lmish bo'lg'ay…Alisher Navoiy, «Majolis un-nafoisdan”dan



SAYYOHLIK ASARLARI

O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotiga dunyo xalqlarining qadimdan qiziqqanliklari yaxshi ma'lum. Hatto alohida sayyohlarning snu muammolarni atrollicha o'rganish uchun maxsus safarlarga chiqqnni ham sir emas. . . .



Xerodot (mil. av. 490/4K()-430/424) yunon tarixchisi. U yunon-lbrs urushlari haqida ma'lumotlar to'plab,O’rta Osiyo xalqlari hayoti haqida ham ko'plab axborotlarni yozib qoldirgan. Xerodotning «Tarix» asari 9 kitobdan iborat bo’lib, har bir kitobi yunonlar e'zozlaydigan 9 muzadan biriga ba- g'ishlangan (Klio, Evderna, Galiya Menpanena, Terpsixora Erato, Poligimniya, Uraniya, Kalliopa). Bu kitoblarda tors (Lion) podshohlari, skif qabilalari Midiya va Yunoniston (Ellada) kabi qudratli davlatlar o'rtasida chiqqan urushlarning sabablarini aniqlashga intiladi. Xerodot fikricna yaxshilikka yomonlik, yovuzlik, axloqsizlik, adolatsiz ishlar xalqaro urushlarni keltirib chiqaradi

Strabon (mil. av. 64/63 - mi|. 23/24- yillar) - qadimgi yunon tarixchisi va sayyohi. U 17 jilddan iborat «Geogratiya» kitobining muallifi. Unda Qora dengiz bo'yi mamlakatian, Kichik Osiyo haqida ham noyob ma'lumotlar jamlangan.

Arrian Flaviy — II asrda yashagan yunon tarixchisi va yozuvchisi. U «Iskandar yurishi» va boshqa asarlarida O'rta Osiyo to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Bu asarlarda makedoniyalik Iskandarning bizning vatanimiz So'g'diyonaga qanday bostirib kelgani, Spitamen kabi milliy qahramonlarimizning jasoratlari tasvirlangan.

VII asrda Xitoy sayyohi Sima Syan o'z yurtidan chiqib ketib, 629- yildan 646- yilgacha 17 yil davomida 120 dan ortiq mamlakat va o'lkalarda bo'ladi. Jumladan, u Qashqar va Issiqko'l orqali Sayram, Toshkent, Samarqandga borgani haqida alohida ma'lumotlarni yozib qoldirgan.

Marko Polo, Istaxriy, Maqdisiy kabi sayyohlar ham O'rta Osiyoda ko'p bo'lishgan.

Abu Is'hoq Istaxriy (850—934) — tarixchi va geograf bo'lib, Hindiston, Arab va G'arb mamlakatlari haqida ma'lumotlar bergan. U O'rta Osiyo xalqlari haqida ham alohida to'xtab o'tgan.

Marko Polo (1254— 1324) — genuyalik sayyoh va yozuvchi bo'lib, «Marko Polo kitobi» asarida Old Osiyo, O'rta Osiyo va Xitoydagi xalqlarning urf-odatlari, madaniyati, san'ati, jumladan, badiiy ijodlari haqida ham ayrim ma'lumotlarni bergan.

Rui Gonzales Klavixo (1412- yil vafot etgan) — kastiliyalik sayyoh bo'lib, 1403-1406- yillar davomida Samarqandda bo'lgan. U Amir Temur va temuriylarga doir ko'plab ma'lu¬motlarni Yevropaga tarqalishiga imkon yaratdi. Klavixo temuriylar davri adabiyoti va san'ati haqidagi ko'plab ma'lu¬motlarni ham to'plagan.

-10-
Arab sayyohi Ibn Battuta O'rta Osiyo xalqlarining geo- grafiyasi, tarixi, etnografiyasiga oid ko'p qimmatli ma'lu¬motlarni yozib qoldirgan. U XIV asrning birinchi yarmidagi O'rta Osiyoga xos bo'lgan madaniy, siyosiy va ijtimoiy hayotning yorqin va realistik manzaralarini tasvirlagan.

Bu mashhur sayyoh o'zining 28 yillik sayohatlari davomi¬da dunyoning ko'p mamlakatlarini o'z ko'zi bilan ko'rdi. Xususan, Shimoliy va G'arbiy Afrika, Arabiston yarim oroli, Hindiston, Ispaniya, Turkiya, Eron, Sharqiy Yevropa, Xitoy va O'rta Osiyoda bo'lgan.

Ibn Battutaning asari ayni paytda tarixiy-adabiy yod- gorlik hamdir. Sayyoh olim O'rta Osiyoning eng og'ir damla- ridan biri mo'g'ul istilosi asoratlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan.

Ibn Battutaning to'liq ismi Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim ibn Yusuf al-Lavat it-Tanjiydir. U O'rta Osiyoga kelgan paytda, XIV asrning birinchi yarmida bu yerda uch mo'g'ul xonligi bor edi. Shimoli-g'arbda Oltin ()'rda xonligi bo'lib, uning poytaxti Saroy-Berka edi. U yerda O'zbekxon (1312—1340) hukmronlik qilardi. Janubi-g'arbda Xulaguxon davlati bo'lib, Movarounnahr — Chig'atoy ulusiga qarardi.

Ibn Battuta O'rta Osiyoning ko'plab shaharlari, xususan, Xorazm, Urganch, Samarqand, Buxoro haqida nodir ma'lu¬motlarni yozib qoldirgan. Jumladan, u dunyoda xorazmliklar singari oliyjanob, mehmondo'st xalqni uchratmadim, deydi. Yoki Saroydan Xorazmgacha uni kuzatib borgan savdogar Ali ibn Mansur kiyim-kechak uchun 10 dinordan sarflab boradi. Ammo ibn Battutaga 8 dinorga oldim, deydi. Sayyoh buni tasodifan boshqa bir hamsuhbatdan bilib qoladi va hayratga tushadi. Asarda bunday urf-odatlar haqida anchagina qaydlar bor.

Ibn Battutaning «0'rta Osiyo bo'ylab sayohat» kitobida Chingizxon lashkarlarining insoniyat boshiga keltirgan falokatlari ham juda yorqin va ishonarli ko'rsatib berilgan. Bu asar yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.

Najmiddin Kubro, Sayfiddin Boxarziy, Abu Abdulloh al-Buxoriy singari Sharqning buyuk mutafakkirlari haqida ham sayyoh olim ajoyib ma'lumotlarni qoldirgan.

Ibn Battuta qoldirgan tarixiy-adabiy meros o'sha davr voqealarining haqqoniy manzarasini tiklashda bebaho manbadir

ABU MANSUR AS-SAOLIBIY

Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy 350 (961)-yil Nishopurda tug'ilgan va 429 (1038)-yil shu yerda vafot etgan. U ko'plab o'lkalarni kezib chiqqan yirik olim (50 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi) va shoir, tarixchi edi.Arab adiblari qadimdan boshlab turli shoir va yozuvchilarning tarjimayi holi, yozgan asarlari, ijodlaridagi yetakchi xususiyatlari haqida alohida kitoblar yaratishgan. Ularning tazkira nomi bilan yuritilishini yuqorida aytgan edik. Saolibiygacha ham bu an'ana mayjud edi. Adib shu an'anaga muvofiq holda kitob tuzadi. Uning to'rtinchi qismi Xuroson va Movarounnahrdagi arabiynavis ijodkorlarga bag'ishlangan.

Asarning to'rt qismida X—XI asrlarda yashagan 415 ta arab tilida ijod qilgan adib va yozuvchilar haqida ma'lumotlar va ijodlaridan namunalar keltirilgan.

-11-
4- qismga esa 124 ta xurosonlik va movarounnahrlik shoirlar kiritilgan, ularning nasriy hamda nazmiy asarlaridan namunalar berilgan.

Bu qismga 4160 baytga yaqin she'r kiritilgan. Ular qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, g'azal, urjuza janrlariga mansubdir.

U paytlardagi arab adabiyotidagi qasidaning keyingi davrlardagisidan farqi bo'lgan. Ularda ham maqtov, ham tanqid bo'lishi mumkin edi. Ma'lum bo'lishicha, hajv, g'azal, vasf, marsiyalar keyinchalik qasidadan ajralib chiqqan, deydilar.

Qasida keyinchalik turkiy adabiyotda ham fors-tojik adabiyotida ham ancha keng tarqalgan she'riy janrlardan biriga aylanadi. Lekin ular o'z mazmuni, mavzu va shakliga ko'ra arab qasidalaridan farq qiladi.

Saolibiy keltirgan qasidalar ayrim tarixiy voqealarga bag'ish­langan. Moddiy qiyinchilikdan shikoyat, pand-nasihatga atalgan qasidalar ham bor.

Hajviy yo'nalish ham ko'p uchraydi.

Arab tilidagi adabiyot til nuqtayi nazaridangina farq qiladi. Obrazlar tizimi, badiiy-tasviriy vositalarga ko'ra arab, fors-tojik va turkiy adabiyot orasida keskin farqlar ko'zga tashlanmaydi.


X asrdagi Buxoroda yaratilgan adabiyot haqida Y.E.Bertels shunday yozgan edi: «Aslini aytganda, til nuqtayi nazaridan bu davr adabiyotini fors va arab adabiyotiga bo'lish — haqiqatan shartli narsadir.

Aslida biz mavzu, uslub, tashqi ko'rinishi bir xil, faqat tildagina farqi bo'lgan yagona adabiyotga egamiz. Shuni ham aytish kerakki, shoirlar ko'p holda ikki tilni bilishgan va har ikki tildan birday osonlik bilan foydalanishgan, bir fikrning o'zini goh bu, goh u tilda ifoda etishgan».
«YATIMAT AD-DAHR»DAN ABU MANSUR AT-TOHIRIY

Ota-onamdan judo bo 'lganim tufayli ко 'z yoshi to 'kaman.

Kimki bu ikkisidan ayrilib yashay olsa, uning uchun (boshqa) musibadar arzimagan narsa.

Jonimning ham (chiqib) ketishiga isbonib, uni tinchlantiiyap-man, (lekin) ildizi qurigan (daraxt)ning shoxi qanday qilib qolishi mumkin?

Ikkita narsa (bor), agar ko'zlarim ular haqida qon to'kib yig'laganda, ularga halokatdan xabar qilingan bo'lardi (va) ular (yashashi) kerak bo'lgan (vaqt)ning o'ndan birini ham ko'rmagan bo'lardilar: (bin) yoshlikning o'tib ketishi, (ikkinchisi) do'stlardan judo bo'lish.


ABU TAYYIB AL-MUS'ABIY MUHAMMAD IBN XOTIM
O'z davringda baxtingni taqdir qo'lidan xalos et.

Aysh-ishrat va xursandchilik bilan o'tayotgan kunni g'animat bil.

Jamiki yaxshi va yomonga muruwat qil.

Qilgan (yaxshiliklaring) o'zingga qaytadi.

Noshukurlar esa (o'z) yomonligi bilan sharmanda bo'ladi.

-12-
ABU-L-FAZL AS-SUKKARIY AL-MARVAZIY AHMAD IBN MUHAMMAD IBN ZAYD

Kimki quyoshni jahl bilan bekitmoqshi boisa, xato qiladi.

«Quyoshni choyshab bilan yopib bo'lmaydi».Kechaning eng yaxshi sifati shuki, «kecha homilador, (ammo) nima tug'ishni bilmaydi».Donolarga tegishli fors maqollaridan: «Kiyim bo'yoqchi qo'lida garovdir».Tuya hasharotlarni yoqtirmaydi, ammo u tirik ekan, ular uning burnida (yashayveradi).Eshak balchiqqa yumalab (istagan) narsasiga erishdi va ishdan qutildi.

Biz qadimgi shartlashgan shartlarda turamiz: «yirtilgan sanoch ham, yiqilgan karvon ham bo'lmaydi».

Eshak haqidagi (og'izdan-og'izga) o'tib yurgan maqollardan: «Eshak ba'zan kasalligi uchun ham hangraydi».Echki faqat ovqat bilan semiradi, «echki muloyim gap bilan semirmaydi».Dengiz suvi toshib yotgani ayon bo'lib tursa ham, it undan tili bilan ichadi.Nasihatlarimga shubhalanma, senga mushukni qopga solib sotayotganim yo'q.Kimning uyida taomi bo'lmasa, uning odamlar orasida hurmati bo'lmaydi.O'z ehsoningga meni umidvor qilding, xudo nomi bilan yolvoraman, (arzimagan) baqlajoningni tashla. Aytishlaricha, kimki taklif qilinmay dasturxonga kelsa, u o'zini kamsitgan bo'ladi.


ABU AHMAD AL-YAMOMIY AL-BOSHANJIY
Odam uchun eng yaxshi xursandchilik: o'z qo'li bilan ekkan (daraxt) mevalarini yeyish.Yozgan she'rining kuylanganini (eshitish) va sevgan farzandlari uning xizmatida turganini (ko'rish).Ba'zi birimiz bu uch (baxtga) egamiz, (lekin) bularning hammasiga

xalaqit beruvchi tananing nimjon bo'lib qolishi.



ABU-L-HASAN ALI IBN AL-HASAN AL-LAHHOM AL-HARONIY

Haddan ziyod donolik va harakatchanlik tufayli men xuddi qo'riq joyda yonayotgan olov kabi edim.Endi nodon bo'lib qoldim, agar cho'ntagida vaqosi yo'q odamning chaqqonlig susayib qolsa, (buning) ajablanarlik joyi yo'q.



ABU MUHAMMAD AL-MATRONIY AL-HASAN IBN ALI IBN MATRON

Do'st in'omga umid qilganda va dushman yomonlikdan qo'rqqanda, biz seni sinab ko'rdik.

Faqat ixtiyoring bilan (kishilarga) naf keltirasan va faqat zarurat tug'ilgandagina zararli bo'lasan.

Faqat jazo (berish uchungina) sen yomonlikni ravo ko'rasan, xudo senga behad yaxshilikni ravo ko'rsin.

Tashakkur aytuvchi sening haqingda yomon fikrga kelishidan qo'rqmaganingda, noshukurni yomonlik bilan jazolamagan bo'lardik.

-13-


Savol va topshiriqlar:

1. San'atning qanday turlarini bilasiz? Ularning o'xshash va farqli jihatlarini aylib bering.

2.Fan bilan san’atning ayirmalarini tushuntirib bering.

3. Nima uchun adabiyotni so'z san'ati deymiz?

4.Adnbiyotning boshqa san'at lurlari orasidagi o'rniga oid qanday fikrlaringiz bor?

5.So’zning badiiy estetik vazifasi deganda nimani tushunasiz?

6. So'z haqida qanday maqollarni bilasiz? Ulardan 10 tasini daftaringizga ko'chirib yozing.

7. Adabiyot va hayotning o'zaro munosabatlari haqida nimalar deya olasiz?

8.Adabiyotning boshqa fanlar bilan qanday aloqasi bor?

9.Obrazlilik nima?

10. Adabiyotning rivojlanish bosqichlarini qanday davrlarga ajratish mumkin, nega?

11. O'zbek adabiyoti tarixi qachondan boshlanadi?

12. Turkiy adabiyotga qaysi adabiy asarlarni kiritish mumkin?

13. Eng qadimgi og'zaki ijod namunalarini sanay olasizmi?

14. Eng qadimgi nasriy asarlarni sanab bering.

15. O'zbek adabiyoti tarixidagi qaysi janrlarni bilasiz? Ularni sanang.

16. Madaniy merosning zamonamiz uchun qanday ahamiyati bor?

17. Badiiy adabiyotning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida nimalar deya olasiz? Uning ilmiy adabiyotdan farqi nimada?

18. O'zbek adabiyotini qanday davrlarga ajratib o'rganish mumkin?

19. Tazkira nima? Uning adabiyot tarixini o'rganishda qanday ahamiyati bor? Sayyohlik asarlarining-chi?

-14-

2-Dars. Qadamiy adabiy yodgorliklar. “Avesto”-O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi

Reja:

1.O’rta Osiyo-qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri

2.Turkiy xalqlarning mushtarak tarixiga bir nazar

3.”Avesto”. ”Mehr yasht” qismidan Mitra alqovi

O'zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O'zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o'zbek, qozoq, qirg'iz, boshqird, qoraqalpoq, turkman, uyg'ur, ozarbayjon, gagauz, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqa xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi.


Demak, «turk» katta bir til oilasining umumiy nomidir. Xerodot Sharq qabilalari orasida turg'itoylar yoki iskit yurtidagi turkiy (yurkey) lar haqida yozib qoldirgan. «Tavrot»da to'lharmalar nomi zikr etilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd etilgan. Aslida bularning luiininasi «turk» so'zining turlicha shakllaridir.

Qadimgi afsonalar Nuhning nabirasi, Yofasning o'g'illaridan birining nomi ham turk bo'lganini ko'rsatadi. Eron rivoyatlaridagi Faridunning o'g'li Turaj yoki Tur ham shu nomga aloqador.«Turon» so'zi ayni shu shakldan kelib chiqqan. O’rxun-Enasoy obidalarida «turk» va «turuk» atamalari uchraydi.

Turk so'ziining ma'nolari xilma-xildir. U «qalpoq», “dubulg'a”, «tark etilgan», «yetuklik chog'i», «dengiz qirg'og'ida o'tirgan odam», «jazm etmoq», «tarqalmoq», «yoyilmoq», »kuch-quvvat», «bo'ri» ma'nolarini beradi.

Geografik nom sifatida Turkiya atamasi qadimgi Bobil (Vizantiya) manbalarida mavjud. VI asrda bu nom Kichik Osiyoni anglatgan(Menandr).

IX X asrlarda Volga bo'yidan O'rta Yevropagacha bo'lgan hududlar ham shu nom bilan atalgan. Onado'li — Anatoliya esa Xll asrdan boshlab Turkiya nomini olgan.

Sluiningdek, qadimgi turkiy xalqlar yashaydigan joylar Turon deb nomlangan. Bu yerlarni forslar «Turonzamin» deyishgan.

Qadimgi turkiylar o'z tili, madaniyatiga ega bo'lishgan. Bu tilning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyoti haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Dastlabki yozma manbalar esa VI—VIII asrlarga tegishlidir. Ular O'rxun-Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo'lgan bitiklardir. Har holda turkiy tilning milodning ilk asrlaridan boshlanganini taxmin etish mumkin. Bu til XII—XIII asrlargacha amalda bo'lgan.
-15-

13 asrlik tarix silsilasida bu til namunalari shimoli-sharqda tabiatga ishonch sifatida O'rxun-Enasoy obidalarida, shimoli- g'arbda xristian dini shaklidagi nasorolar yozuvlarida, janubi- sharqda budda dinida so'g'd, uyg'ur yozuvlarida, moniylik dinida moniy va uyg'ur yozuvlarida, so'ngroq islom dinida arab yozuvi bilan yozilgan.

O'rta Osiyo turkiy xalqlar madaniyati tarixida alohida mavqega ega. O'zbekiston hududidan qadimgi odam turmush tarzining izlari ko'plab topilgan. Samarqand yaqinidagi Omonqo'tan g'orida, Xo'jakent—Chorbog' tog'Iarida tig' shaklidagi, pichoqsimon va belchasimon ish qurollari, kiyik suratlari saqlanib qolgan. G'ordan topilgan tog' echkisi, ot, ayiq, qashqir, jayra, sug'urva boshqa hayvonlarning suyaklari qadimgi ajdodlarimiz ovchilik bilan mashg'ul bo'lganli- gini ko'rsatadi. Zorovut Kamar g'ori devorlaridagi suratlar ham qadimiy odamlar hayot tarzi haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi. Bu suratlarning tuzilishi ancha murakkab. Unda go'yo yowoyi buqalarni ovlash tasvirlangan. Tasvirda chopib borayotgan buqalar, yelib borayotgan itlar va ovchilar ko'rsatilgan. Ovchilarning o'q-yoy otayotganlari ham aks etgan.

Eramizdan awalgi uch ming yillikda metall buyumlar, qurol-yarog'lar ishlatilgani seziladi. Eramizdan awalgi VII asrdan boshlab sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi ko'zgatashlanadi. Sug'orish ishlari Amudaryo va

Sirdaryo qirg'oqlari atrofida amalga oshirilgan. Xorazm davlatchiligi uch ming yillik tarixga ega. Kushonlar, Kangyuy, Qang' — Xorazm davlati tarixi olimlarimiz tomonidan o'r- ganilmoqda.

Ma'lumki, eramizdan oldingi VI—V asrlar boshlarida O'rta Osiyoda ilk qadimiy davlatlar vujudga kelgan edi. Ularga i|iiisl)i I ron podsholarining (Kir) yurishlari qadimgi afsonalar («To'maris, «Shiroq»)da ham aks etgan.

Iskandar Zulqarnaynning harbiy yurishlari ahamoniylar davlati inqirozini tczlashtirdi. Yunon-Baqtriva davlati shu tarzda yuzaga keldi. Uning yonida Parfiya, Baqtriva. So'g'd va Kushon davlatlari pavdo bo'ldi (eramizgacha II—( asrlar). Eramizning boshlarida esa Xorazmda Qang' davlati vujudga keldi.

Qadimgi turkiylar davlati eramizning V asridan boshlab ancha kuchaygan. Birinchi Ko'k turk xoqonligi VI—Vlll asrlarda hukmronlik qilgan. Uning tarkibiga to'lashlar, tardushlar, uyg’urlar, o'n o'qlar, basmillar, qirg'izlar, o'g'uzlar, kitan va boshqalar kirgan.

Xoqonlik 535- yilda paydo bo'lgan. 630-680- yillarda Ko'k turklar davlati inqirozga yuz tutadi. O'rxun-Enasoy obidalarida buning bir qator sabablari ochib berilgan. Jumladan, «Kul tegin" blliktoshida shunday omillar sanaladi:

1. Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi.Taxtga tasodifiy odamlarning kelib qolishi:

"Undan so'ng inisi og'asiday ish tutmagan ekan, o'g'li otasiday ish tutmagan ekan. Taxtga johil xoqon o'tirgan ekan, badfe’l xoqon o'tirgan ekan. Vaziri ham bilimsiz ekan. Qo'rqoq ekan ,, Turk beklari turkcha otini tashladi. Tabg'ach beklarining tabgachcha otini qabul qilib, tabg'ach xoqoniga qaram bo'ldi. Ellik yil kuchini sarf qilibdi».
-16-

2. Turkiy qavmlarning o'zaro noahilligi: Tarbiyat qilgan xoqonning so'zini olmayin har qayerga ketding U yerlarda butunlay g'oyib bo'lding, nom-nishonsiz ketding"

3.Tabg’ach davlalatining siyosati va ichdan yemiruvchi targ’iboti-tashviqoti:

“Oltin kumush. ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan tabg’ach xalqi so'zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan.hirin so’zi,ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo'shni bo'lgandan keyin yovuz ilmini u yerda o'rganar ekan”.

Qadimgi turkiylar yuksak madaniyat egalari bo'lishgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan ko'proq shuig'ullanishgan. Ayniqsa, yilqichilik asosiy o'rin tutgan. Bu ko'pgina mifologik, folklor va tasviriy san'at asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Jumladan, Xorazmdagi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan hamda eramizgacha bo'lgan IV— III asrlarga oid deb qaraladigan sopol ko'zachalarda qanotli otlar tasviri mavjud. Tuyachilik ham yaxshi rivoj- langan. 647- yilda turk yabg'usi (mansab nomi)ning maxsus uzum jo'natgani haqida xabar bor. Shuningdek, donli ekinlar asosiy o'rin tutgan. Bolaliktepa (Surxondaryo) dan uzum uru- g'i, bug'doy, arpa, mosh, shaftoli, o'rik, olcha, qovun, tarvuz urug'lari, yong'oq, pista, bodom qoldiqlari, paxta chanog'i topilgan.

Xuddi shu yerda birqator tasviriy san'at namunalari ham mavjud. Jumladan, u yerdagi zodagon ayollar tasviri qadimgi ajdodlarning yuksak san'atidan dalolat beradi.

Panjakentdagi devorga chizilgan san'at namunalari ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Ajinatepa (Surxondaryo)dan topilgan haykallar esa hay- kaltaroshlikning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolatdir.

Ayritom (Termiz yaqinida)gi budda ibodatxonasi xaroba- laridan topilgan musiqachilarning toshdan yasalgan haykal- chalari bu fikrni quvvatlaydi. Unda uch musiqachi ayol tasvir- langan. Bu ayni paytda musiqa san'atining rivojidan ham dalolatdir.

Savdoning alohida mavqeyi haqida ham to'xtash joiz. Zero, turkiylar muhim savdo yoilarining ustida edi. Bu holat bir qancha xalqlar madaniyatining bir-birlariga ta'sir ko'rsa- tishiga ham omil bo'ldi.

Birgina «Avesto»da ham turkiy, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari, yashash tarzlariga oid ma'lumot- larning uchrashi tasodifiy emas.

Savdo aloqalarining kengayishi turli tillar va yozuvlarning ham keng tarqalishiga sabab bo'ldi.

Oromiy va yunon yozuvlari iste'molda edi. Oromiy yozuvi asosida shakllangan so'g'd va xorazmiy yozuvi ham qoilanila boshlaydi. Bu yozuv yodgorliklari tangalar, muhrlar, kumush buyumlar va ayrim hujjatlarda aks etgan. Xorazmiy yozuvi- ning eng qadimgi namunasi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan bo'lib, eramizdan oldingi III asrga oiddir.

So'g'd yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu (So'g'd)dan topilgan sopol idish sinig'iga o'yib yozilgan va u eramizdan oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II—III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turkiston)dan

-17-

topilgan. Ularda Samarqandda yashagan ona va Dunxuanda turadigan qiz o’rtasidagi yozishmalar ifodalangan. Yozishmalar oilaviy turmush, O'rta Osiyo xalqlarining yuqori madaniy saviyasi haqidagi axborotlarni beradi.



Mug' tog'i (Panjakent yaqini)dagi qal'adan topilgan 400ga yaqin buyum alohida ahamiyatga molik. Ular orasida to'qilgan qopqoq va sandiqlar, ustiga teri qoplangan ayollar idishi, ayniq|sa, undagi bezatilgan ot va qurol-anjomli suvoriy tasviri va boshqa buyumlar bor.

Jumladan, ko'plab yozma manbalar ham topilgan. Charmga yozilgan arabiy bitik hujjatda lashkarboshi Divashtining jang oldidan ittifoqchilaridan yordam so'ragani bayon qilingan (VIII asr). Ayni paytda ular o'z davrining tarixiy hujjati va so’g’d tilining yodgorligi sifatida ham katta ahamiyatga ega.

"Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) asarining XV asrda llirotda ko'chirilgan nusxasi shu yozuvda bitilgan. «Hibat ul- haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) asarining ham uyg'ur yozuvidagi nusxasi topilgan.

X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singqu Seli Tutung «01tin yorug'» asarini Xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg'ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, «0'g'uznoma», «Muhabbatnoma» (Xorazmiy), «Latofatnoma» (Xo'jandiy), «Mahzan ul-asror» (Mir Haydar) va boshqa ko'pgina asarlarning uyg'ur yozuvidagi nusxalari ham mashhurdir.

«Avesto» — O'rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy mushtarak yozma yodgorligi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. O'rta Osiyoda yashagan qadimgi aholining asosiy qismi shu dinga e'tiqod qilgan.

U O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqla'rining qadimgi davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, dinlari,olam va odam to'g'risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma'naviy madaniyatlari, adabiyoti va yozuv san'ati tarixini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.

«Avesto»dagi ma'lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 3000-2000- yillarga taalluqlidir. Ular «Gotlar» («Gohlar») va «Yashtlar» deb nomlangan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048) «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Avesto» haqida bunday ma'lumotlarni beradi:

«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o'n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo'qolib ketdi. «Avesto» o'ttiz «nask» edi. Majusiylar qo'lida o'n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur'on bo'laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask «Avesto» bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir».

«Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar «Zend Avesto» nomi bilan mashhurdir, O'rta Osiyoga arablarning kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig'inuvchilar ta'qib ostiga olingan. Shu tarzda u asta-sekin O'rta Osiyo xalqlari orasida iste'moldan chiqa borgan.

-18-


«Avesto» ko'p xudolikdan yakka xudolikka o'tish davrida bitilgan. Unda olam ikki asos, ikki ibtido, ya'ni yorug'lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik xudosi Axuramazda — Xurmuzd bo'lib, u go'yo yer, suv, o'simliklar va barcha tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik ramzi Axriman esa unga qarshi kurashadi. Asarda bu kurashning badiiy ifodasi ham muayyan darajada o'z aksini topgan.

«Avesto»da yozilishicha, zardushtiylikda qo'riq yer ochib, bog'-rog' qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash 3—4 ming yillardan so'ng adolat, ezgulik g'alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta — farishta tushadi va insoniyatni yovuzliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganida qiyomat-qoyim bo'lib, barcha o'lganlar tiriladi. Xurmuzd — Axuramazda va uning farishtasi yovuz ruh — Axrimanni qaynab turgan ma'fanga tashlaydilar.

«Avesto»da ifoda etilgan zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, odam vafot etgach, to'rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroilning vazifadoshi) uning ruhini Chinvod qilko'prigiga olib keladi. U yerda odamning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari o'lchanadi. Yaxshiliklari ko'p bo'lgan odam qilko'prikdan o'tib, jannat bog'lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi.

«Avesto» ta'limotiga ko'ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug'larini ekadi, bu yaxshilik urug'lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir.


Madaniy merosning nihoyatda katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyati bor. U yoshlarimizda axloq-odob va ezgulikni, do'stlik va ahillikni, yaxshilik va oliyhimmatlikni, qahramonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlikni shakllantirish va tarbiyalashda o'ziga xos o'ringa ega. Ana shu xislatlariga ko'ra ham u zamonamizga xizmat qilaveradi.

Zero, «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi».

«Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Bu buyuk asar hozir

dunyodagi ko'plab xalqlarning tillariga o'girilgan. Mustaqillik sharofati bilan u o'zbek tiliga ham (Asqar Mahkam va Mirsodiq Is'hoqov) tarjima qilindi.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa