Reja: Adabiyot-so’z san’ati



Download 0.98 Mb.
bet1/12
Sana12.01.2017
Hajmi0.98 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija:
1-Dars. KIRISH.O’zbek adabiyoti tarixining bosqichlari. Tazkirachilik

1-12-betlar

1-Dars. KIRISH.O’zbek adabiyoti tarixining bosqichlari.Tazkirachilik

Reja:

1.Adabiyot-so’z san’ati.

2.Adabiyot va boshqa fanlar.

3.Adabiyot tarixining taraqqiyot bosqichlari

4.Tazkirachilik an’anasi va ulardan namunalar
Adabiyot so'z san'atidir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni so'z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog'onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o'y-likrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi.

Dunyoda insonlar bir-birlariga o'xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O'zbek adabiyoti tarixi insonnnig ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tcgishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma'rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma'naviy kamolotga xizmat qiladi.

Adabiyot — so'z. san'ati. Ammo san'at turlari nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik, me'morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san'atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta'sirchan obrazlar yaratish ko'z.da tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo'llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a'zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog'liq. Tasviriy san'at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo'yoq va mo'yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog'och, metall) ga ishlov berish orqali go'zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san'atlardan so'z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.

So’zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo'ladi, ammo qanday matn va so'zlar badiiy adabiyotga daxldor bo'lavermaydi. Buning uchun so'z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko'ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg'ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlavdi.

Tasvir so'zga tayanadi. So'z sehr, mo'jiza bilan o'ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go'dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko'rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o'zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar.

Adabiyotning ta'sir kuchi nimada? U nimalarga bog'liq? Buning uchun yirik so'z san'atkorlari yaratgan ko'plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e'tibor qozonganligini eslash joiz.

-1-
Yusuf Xos Hojib XI asrda - 1069-70- yillarda «Qutadg'u bilig» dostonini yozib tugatadi va uni qoraxoniy hukmdorlardan Tabg'ach Bug'ro Qoraxon Abu Ali Hasan binni Arslonxonga taqdim etadi. Hukmdor adibga mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri — Xos Hojiblikni beradi. Xos Hojib «eshik og'asi» demakdir. Hozirgi tilimizda u «ish boshqaruvchi»ga to'g'ri keladi.
Yana bir misol. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn Boyqaroga sovg'a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a'yonlari oldida Navoiyni o'z «pir»i deb e'lon qiladi va shoirni otga mindirib, o'zi xalq oldida unga jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste'dod egasiga, so'z san'atkoriga nisbatan hurmat va e'tirofi ramzi edi.

O'zbek xalqining ijodkorlarga nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ham yaxshi ma'lumdir. Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asarida «Ardam bashi — til» («Barcha fazilatlarning boshi tildir») degan maqol uchraydi. Demak, til va badiiy so'zning qudratiga qadim zamonlardayoq ajdodlarimiz alohida e'tibor berishgan.

XI asr sharoitida Yusuf Xos Hojib shoirlarni «so'z teruvchilar» deb ta'riflaydi. XIV asrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so'z bulbuli» deydi. Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullariga o'xshatgan edi.

So'z adiblar nazarida ham alohida, mo'tabar mavqega ega. Yusuf Xos Hojib til va so'zga katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok tarjimoni deb ataydi. Bu borada adibning ayrim fikrlarini eslatish mumkin:

Kishi so'z bila qo'pti, bo'ldi malik, O'kush so'z bashig' yerka qildi kulik.

(Kishi so 'z tufayli ko 'tariladi, podshoh bo 'ladi, Ko 'p so 'z boshni yerga egadi.)

Kishidin kishika qumaru so'z ul, Qumaru so'zi tutsa asg'i yuz ul.

(Kishidan kishiga qoladigan meros so'zdir, Meros so 'zni tutsang, nafi yuz yuzdir.)


Bunday fikrlarni adib Ahmad Yugnakiy ijodida ham ko'ramiz. U «adablar boshi til ko'dazmak (saqlamoq)dir» deb Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk»idagi maqolga hamohanglik bildiradi. Adib Ahmad so'zni kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so'zni e'tiborga olganiga shubha yo'q.

Sayfi Saroyi badiiy so'z qudratini shoirlar iste'dodiga bog'laydi.

Shuning uchun u:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog',

Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog', —


deya shoirlarni ikkiga ajratadi. «So'zda bulbul» bo'lganlarning «mavzunu shirin» ash'orlariga ta'rif-u tahsinlar aytadi.

Xorazmiy (XIV asr) nazarida o'z ona tilida bitilgan kitob ajdodlarning avlodlarga qoldirgan armug'onidir. Shoir «shakarteg til bila olamni» tutishi mumkin.

Alisher Navoiy so'zga nihoyatda katta baho beradi. U:

So'zkim insonni judo ayladi hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo'q andin, —

deb ta'kidlaydi.

-2-

Adibning fikricha:


Jism bo'stoniga shajar so'zdur,

Ruh ashjoriga samar so'zdur.


Alisher Navoiy, ayniqsa, badiiy so'z qudratini juda aniq ko'rsatib berdi:
Nizomiy olsa Barda' birla Ganja,

Qadam Rum ahlig'a ham qilsa ranja.


Chekib Xusrav dog'i tig'i zabonni,

Yurub fath aylasa Hindustonni.

Yana Jomiy Ajamda ursa navbat,

Arabda dog'i cholsa ko'si shavkat.

Agar bir qavm, gar yuz, yo'qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur.

Olibmen taxti farmonimg'a oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Ko'ngul bermish so'zumga turk jon ham,

Ne yolg'uz turk, balkim turkmon ham.

Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,

Aning zabtiga bir devon yibordim.


ADABIYOT — JAMIYAT HAYOTINING KO'ZGUSI

Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o'ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o'zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakJlarda aks ettiradi. Shunga ko'ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e'tiqodlari ifodalangan boisa, keyingi davrlarda islom ta'limoti bilan hamohanglik kuchay- ganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyot- dagi ko'rinishi jamiyat hayotidagi keskin o'zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi.

Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma'lum. Bu «To'maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan.

Turkiy xalqlarning tabg'achlarga qarshi kurashi esa O'rxun- Enasoy obidalarida juda ta'sirli ifodasini topgan.

Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asarida -qadimgi ajdodlarning turli-tuman mashg'ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari, e'tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko'rish qiyin emas.

Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog'lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo'lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo'shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o'z ifodasini topgan.

-3-
O'zbek adabiyoti o'zbek xalqining o'zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o'ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo'li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o'rganish zarur. Adabiyot tarixi so'z san'atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma'lumot beradi.Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo'ladi.

O'zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ko'p sonli avlodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan. Shunga ko'ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI—XII asrlargacha bo'lgan davr oralig'ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi.

Qadimgi ajdodlarimiz Baqtriya, So'g'diyona, Xorazm, Parfiya, Marg'iyona, Choch, Parkana (Farg'ona) va boshqa joylarda yashaganlar. Yunon va Eron manbalarining ma'lu- motlariga ko'ra, bu yerlarda yashaganlarni so'g'diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, marg'iyonaliklar, chochliklar, massagetlar, sak (shak) va parkanlar deb atashgan.

Oltoy atrofida, hozirgi Sibir hududlari ham turkiylar yashagan asosiy manzilgohlar bo'lgan. Manbalarda xunlar deb nom olgan xalqlar ham turkiylarning qadim ajdodlaridir.

Ajdodlarimiz turli vaqtlarda otashparastlik, masihiylik (xristianlik), buddaviylik, manixeylik (moniylik) va islom diniga e'tiqod qilganlar.

Ular san'at, ayniqsa, badiiy ijodning olamshumul nanunalarini yaratishgan. Ma'lumki, adabiyotning asosi, bosh, o’zak- tomiri xalq og'zaki ijodidan boshlanadi. «To'maris», «Shiroq» singari rivoyatlarimizdan oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan og'zaki ijod durdonalaridir. Eramizning V—VIII asrlarida paydo bo'lgan og'zaki ijodning boshqa namunalari: ertak, qo'shiq, marsiya, rivoyat, afsona, maqollar Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» (1072- yil) asari orqali yetib kelgan va nodir namunalar sifatida hozir ham ardoqlidir. Ular orqali ko'plab adabiy janrlarning paydo bo'lishi, takomilini ham kuzatish mumkin.

Turkiy yozma adabiyotning bizgacha yetib kelgan ilk namunalari O'rxun-Enasoy bitiklari bilan bog'liq. Bu yodgorliklar eramizning VI—VIII asrlarida yaratilgan. Ular ilk tarixiy-badiiy asarlar sifatida qimmatli. Keyingi asrlarga kelib adabiyotimiz boy tajriba to'pladi. Bu davrda turkiy tilda yaratilgan ilk yirik yozma doston — Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga yo'llovchi bilim») (1069-1070- yil) asari yuzaga keldi. Yusuf Xos Hojib boshlab bergan

Dostonchilik an'anasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Navoiy kabi shoirlar, adiblar ijodida davom ettirildi.

To'rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba', g'azal, qasida, masnaviy, noma kabi janrlarning o'zbek adabiyotidagi tarixi ham ancha qadimgi davrlarda shakllangan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy,
-4-

Sayfi Saroyi, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlarimiz bu janrlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan.

O'zbek nasrining tarixi ham qadimgi davrlardan boshlanadi. «Shiroq», «To'maris» kabi rivoyatlarning asl matni saqlanib qolmagan. Ular yunon tarixchilarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.

O'rxun-Enasoy obidalarida ham nasr izlari mavjud. Shuningdek, «0ltun yoruq» singari taijima asarlari ham nasrda bitilgan. Shubhasiz, bu sohada Nosiruddin Rabg'uziyning (XIII—XIV asrlar) alohida o'rni bor. U «Qissas ul-anbiyo» («Payg'ambarlar tarixi») asari bilan o'zbek nasrini o'z davrida yuqori cho'qqiga olib chiqqan, deyish mumkin.

Eng qadimgi davrlardagi asarlarda qahramonlik asosiy o'rin tutgan bo'lsa, XI asrdan keyingi adabiyotda pand-nasihat, ya'ni ta'lim-tarbiyaviy xususiyatlar yetakchilik qiladi. Bu davr adabiyotining ta’limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishi ham shu tufaylidir.
ADABIYOT VA BOSHQA FANLAR

Adabiyot ham olam hodisalari haqida bilim va ma'lumot beradi. Bu jihatdan u fanga, fanning turli tarmoqlari: falsafa, tabiatshunoslik, kimyo, fizika, tarix va boshqalarga o'xshaydi. Ammo ular hayot hodisalarini aks ettirish usuliga ko'ra o'zaro farqlanadi. Zero, fan ilmiy umumlashmalarga tayansa, adabiyot badiiy obrazlarga suyanadi.

Fan — jamiyatning muayyan qismi shug'ullanadigan soha. Masalan, kimyo fani bilan hamma shug'ullanmaydi, buning uchun muayyan qiziqish, malaka va tajriba, jiddiy ilmiy tayyorgarlik kerak. Fizika, matematika, botanika, tabiatshunoslik haqida ham shunday deyish mumkin. Badiiy adabiyot esa kishilarning yoshi va jinsi, kasbi va lavozimiga bog'liq emas. Uni hamma o'qishi mumkin va unga har bir inson qiziqadi. Boshqa yurt va mamlakatlarda yaratilgan badiiy asarlar ham sevib o'qilishi mumkin. Qadimgi yunon adabiyoti («ILLiada», «Odisseya» va boshqalar), O'rxun-Enasoy obidalari, Firdavsiyning

«Shohnoma»si, Navoiyning «Xamsa»si jahon xalqlari uchun go'zal ma'naviy mulkdir. Demak, adabiyot ko'pchilik uchun, xalq uchun xizmat qiladi. Adabiyotning ommaviyligi uning asosiy xususiyatlaridan biridir.

Adabiyotning og'zaki turi ko'pchilik tomonidan, xalq tomonidan ijod etiladi. Yozma adabiyot ma'lum shaxslar, alohida qobiliyat va iste'dod egalari tomonidan yaratiladi. Ammo asar bitilganidan keyin u xalq mulkiga aylanadi. Shuning uchun ham ayrim adiblar nomi xalq nomi bilan chambarchas bog'liq boiadi. Masalan, fors-tojik adabiyoti deganda Ro'dakiy, Firdavsiy, Hofiz, Sa'diy, Jomiylar; qozoq adabiyoti deganda Abay, Muxtor Avezovlar; qirg'iz adabiyoti deganda Chingiz Aytmatovlar esga olinadi. Yoki Navoiy, Bobur, Ogahiy, Mashrab, Muqimiy deganda jahon ahli o'zbek xalqini eslaydi.

Biz yuqorida badiiy adabiyot ham olam hodisalarini anglashga yordam berishini aytib o'tgan edik. Ammo bu uning yagona asosiy xususiyati emas. Adabiyot xalq, jamiyat hayotida nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotni hayot oynasi deyish mumkin. Unda jamiyat xayolining eng muhim qirralari aks etadi. Jumladan, O'nxun- Enasoy obidalarida qadim

-5-
ajdodlarimizning mustaqillik, erk, ozodlik yo'lidagi shijoatli kurashlari

ifodalangan bo'lsa, «Shiroq», «To'maris» kabi afsonalarda qadimgi ajdodlarimizning yovuz bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashi hamda ona yurt himoyasi yo'lidagi jangovar qahramonliklari ifodalangan. Bular tarix haqiqatiga ham mosdir. Yoki mo'g'ul istilochilariga qarshi kurash bir qator asarlarda o'z badiiy ifodasini topgan. Shulardan biri sifatida «Guldursun» afsonasini eslatish mumkin.

Demak, adabiyot tarix bilan yonma-yon yashaydi. Ammo ularning tasvir obyektlari ham, vositalari ham boshqa boshqadir. Tarix kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlarini o'rganuvchi fandir. Badiiy adabiyot esa turli davrlardagi xalq hayotini, inson ruhiyatining o'ziga xos qirralarini kashf etuvchi san'atdir.

Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asarida qadimgi qabilaviy hayot, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog'lanib ketadigan lavhalar ko'p uchraydi.

Badiiy asarlar inson kechinmalari bilan bog'liq. Ularda insoniy huzur va alam, shodlik va qayg'u, baxt va kulfat, iftixor va afsus, kuyunchaklik va loqaydlik kabi xilma-xil tuyg'ular tasvir etiladi. Shuning uchun ham insoniyat adabiyotga befarq, loqayd qaray olmaydi. Undan o'z ko'ngil mulkini — ma'naviyatini boyitish uchun foydalanadi. Yosh avlod vakillarining muayyan asar qahramonlariga taqlid qilishlari bejiz emas.

Adabiyot hayotning in'ikosi sifatida har qanday hodisani aks ettirishi mumkin. Badiiy asarlarda urush va tinchlik, tog' va daryolar, shahar va qishloq, inson va hayvonot dunyosi, o'simliklar olami, hatto sukunat ham qalamga olinaveradi. Ammo bularning barchasi inson qalbi, uning ruhiyati, ma'naviyati bilan bog'liq bo'ladi. Demak, adabiyotning markazida har doim inson turadi. Ammo bu har bir asarda inson obrazining qatnashuvini shart qilib qo'ymaydi. Masalan, gul, bahor, qush, tosh, ot, it tasviriga bag'ishlangan asarlar bo'lishi mumkin (bunday asarlar ko'p). Biroq bu asarlarda ham insonning borliqqa bo'lgan munosabati aks etadi. Aslida bular insonning go'zallikka bo'lgan intilishi bilan bog'liq. Shu ma'noda adabiyotni estetik tarbiya vositasi ham deyiladi. Zero, u inson qalbining go'zallikdan zavq va bahra olishiga yana bir imkon beradi. Qabohat, razolat, yovuzlik tasvirida esa insonning ularga nisbatan nafrati ifodalangan bo'ladi. Bunda adabiyotga badiiy tasvir — obrazlilik yordam beradi.



Obrazlilik badiiy adabiyotning hamma qismlari uchun xosdir. Ma'lumki, asardagi har bir shaxs, hodisa, narsa bizning ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Biz ularning so'z bilan

chizilgan suratini ko'ra olamiz. Faqat bunda bu surat harakatsiz holatda emas, balki muttasil

harakatda, bir-biri bilan qarama-qarshilik va ziddiyatlarda ko'rinadi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida XI asrdagi turkiy xalqlar hayotining ayrim manzaralari qalamga olingan.

Unda muallif goh qahramonlar tilidan, goh o'z tilidan XI asr kishilarining o'y-flkrlari, orzu-intilishlarini tasvirlaydi. Ayni paytda, ularning har biri alohida-alohida holda ham ko'zga tashlanadi.


-6-
Ko'rinib turganidek, o'zbek xalqi va uning ajdodlari yaratgan san'at asarlari juda qadim tarixga ega. Shunga ko'ra, xalqimizning jahon madaniyatiga ta'siri haqida gapirish mumkin.

Shu jihatdan, «Alpomish» dostonini eslaylik. U xalqimizning bebaho ma'naviy mulki, u o'zbek xalqini dunyoga tanitgan asarlardan biridir. Bu doston deyarli barcha turkiy xalqlar tilida yashab kelmoqda. Ayni paytda u fors-tojik adabiyotida ham yangicha jilolar bilan namoyon bo'lgan.

Turkiy xalqlar adabiyoti gruzin, arman, slavyan xalqlari adabiyotining rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

Olimlar XIII—XIV asrlarda Yevropada «zersal» deb nomlangan janrning yuzaga kelishida Sharq didaktik adabiyotining ta'siri haqida gapirishadi. Nemis shoiri Gyotening «G'arb-u Sharq devoni»ning yuzaga kelishiga Sharq she'riyati sabab bo'lgan. Ma'lumki, g'azal shakli Sharq she'riyatigagina xos. uning ta'sirida Yevropada ham shunday shakllar paydo bo'lganligi yaxshi ma'lum. To'rtlik, ruboiy shakli haqida ham shunday deyish mumkin. Qolaversa, Sharq adabiyotining eng nozik durdonalari juda qadim zamonlardan beri Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilib kelinadi. Demak, Sharq adabiyoti jahon xalqlari madaniyatini boyitishga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Badiiy adabiyot asarlarining g'oya va mazmuni, undagi badiiy tasvir, asar sujeti, obrazlarning ma'nolarini adabiyotshunoslik fani o'rgatadi. Bu fan adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid va adabiyot tarixi qismlarini o'z ichiga oladi.

Adabiyot nazariyasi barcha zamonlarda bunyod etilgan hamma asarlar uchun umumiy bo'lgan asoslarni, badiiy asarning tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun-qoidalarini o'rganadi.

Adabiyot tarixi esa muayyan mamlakatlar yoki xalqlar milliy adabiyotlarining rivojlanish bosqichlarini, biror xalq yoki jahon adabiyoti vakillari bo'lgan buyuk san'atkorlarning hayoti va ijodini o'rganadi.

Adabiyot tarixini o'rganish nima uchun kerak? Har bir millat egasi, mamlakat fuqarosining o'z adabiyoti, madaniyati, tarixini bilishga intilishi ma'naviy kamolot talabi va ehtiyoji tufaylidir. Xalq adabiyot tarixiga oid ma'lumotlarni bilish uchungina emas, balki milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g'oyalarini tushunib, shular vositasida ma'naviy kamol topish uchun ham o'rganadi.

Hozirgi adabiy jarayonda bunyod etilgan asarlarni baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot yo'nalishlarini izohlash va ko'rsatish “Adabiy tanqid”ning zimmasidadir.

Adabiyotshunoslik oldida badiiy so'z san'atiga oid asarlarning ijtimoiy-ma'naviy

hayotdagi mavqeyini belgilash, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash, badiiy ijod turlari, asar tarkibi va ijodiy jarayonning qonuniyatlarini ko'rsatib berish ham turadi. Bu vazifalar bilan adabiyot nazariyasi shug'ullanadi.

Adabiyotshunoslikning ushbu uch sohasi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, ular bir-birisiz yashay olmaydi, aksincha, bir-biriga oziq beradi, bir-birini boyitadi.


-7-
O'ZBEK ADABIYOTI TARIXINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI

San'atning boshqa turlari kabi adabiyot ham jamiyat tarixi bilan uzviy bog'liqlikda taraqqiy etadi. Uning taraqqiyot bosqichlari xalqning turli davrlardagi tarixiy taqdiri bilan bog'liqdir. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davrlari bilan, yirik tarixiy hodisalar bilan bog'lashadi. Adabiyotning o'ziga xos qonuniyatlari borki, ularni bilish badiiy-estetik tarbiya ehtiyojidan kelib chiqadi.

Bizningcha, adabiyotimiz tarixini quyidagicha davrlashtirish mumkin:

1.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avesto», «To'maris», «Xuastuanift», «Shiroq», «Alpomish» va b.).

2.Ilk o'rta asrlar adabiyoti (O'rxun-Enasoy yodgorlik- lari).

3.O'rta asrlar adabiyoti (IX—XV asrlar):

a)IX—XII asrlar adabiyoti;

b)Temuriylar davri adabiyoti;

d) Navoiy va uning davri adabiyoti.

4.XVI-XIX asrlar adabiyoti.

5.XX asr adabiyoti.

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar O'rta Osiyo hududida qadimdan birgalikda yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarning mushtarak ijod namunalaridir.

VI—VIII asrlar bo'yicha umumturkiy adabiyot degan atama mavjud. Bu davrlarda turkiylar yagona mushtarak etnik butunlik sifatida yashaganlar. Ularning o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon singari alohida- alohida xalqlarga ajralib chiqishi keyingi jarayondir. Albatta, bunday davrlashtirish ham nisbiydir. Chunki ijtimoiy-ma'naviy liodisalar o'ziga xos murakkabliklarga ega. Bir davr tugab ulgurmasidan, keyin keladigan yangi davr uning «ichida» paydo bo'la boshlashi mumkin.

Muhimi, o'zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari xalqimiz ijtimoiy-badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi o'ziga xosliklarni, rivojlanish jarayonidagi yangilanishlarni o'zida aks ettiradi. Ular birgalikda yaxlit bir fan sohasini tashkil etadi.

Adabiyotni o'rganishdan turli maqsadlar ko'zda tutilishi mumkin. Adabiyot, avvalo, insoniyat ma'naviy boyliklarining xazinasidir. Yevropalik qadimgi va hozirgi olimlar O'rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati, san'ati, urf-odatlarini o'rganish maqsadida ular yaratgan badiiy ijod namunalariga ko'pdan beri murojaat etib kelishadi.

XI asr qomusiy olimi Mahmud Koshg'ariy ham ilk adabiyotshunoslardan biri bo'lgan. U ayni paytda tilshunos, elshunos (etnograf), tarixchi, folklorshunos olim va shoirdir. U zamonasidagi ko'plab badiiy ijod namunalari, ularning o'ziga xos xususiyati, ijro usullari, tuzilishi haqida qimmatli ma'lumotlarni bergan. Keyingi asrlarda shakllangan va keng tarqalgan tazkirachilik ham ilk adabiyotshunoslik namunalaridan biridir.

Forobiyning «She'r san'atlari haqida» risolasi Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan. U adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biridir.

Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Utbiy, Saolibiy, Abu


-8-

Abdulloh

Xorazmiy kabi sharq allomalari ham adabiyot tarixi va nazariyasiga doir ajoyib asarlar yozib qoldirganlar. Bular orasida, ayniqsa, Abu Mansur as- Saolibiyning «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona») tazkirasi, Abu Abdulloh Xorazmiyning 9 kitobdan iborat «Mafotih ul-ulum» («Ilmlarning kalitlari») asarlaridaadabiyot, tarix, musiqa san'atiga oid juda qimmatli ma'lumotlar uchraydi.

O'zbek adabiyotshunosligining ham o'ziga xos tarixi bor. Bu boradagi yirik tadqiqotchi sifatida Mahmud Koshg'ariyni ko'rsatish mumkin. U XI asrgacha bo'lgan adabiyotimizning ko'plab durdona namunalarini to'plabgina qolmasdan, ular haqidagi dastlabki nazariy ma'lumotlarni ham bergan. Jumla- dan, asarda she'r, qo'shiq, marsiya, afsona, maqol singari janrlar haqidagi dastlabki izohlar uchraydi. Ayni paytda, bu janrlarning go'zal namunalari ham ilova qilinadi.

Mahmud Zamaxshariyning (1074—1144) «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyot muqaddimasi») asari arab tili qoidalariga bag'ishlangan bo'lsa-da, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e'tibor berilgan.

Yuqorida eslatilgan tazkiralar ham adabiyotshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Bu borada Kaykovusning «Qobusnoma» asari ham o'ziga xos o'ringa ega. U adabiyot nazariyasiga oid dastlabki ixcham ma'lumotlarni beradi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa