Referati Toshkent-2022 Mavzu: Adam Smitning iqtisodiy ta'limoti 1


Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana26.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#467707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Laziz referat

Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot.
Mehnat unumdorligi - bu qayta 
ishlanayotgan material qiymatining oshuviga olib keladigan mehnatdir. Smitda bu masala 
ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbayi u yoki bu konkret 
mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo`lishining farqi yo`q, balki umuman mehnat 
ekanligini ko`rsatib berdi. Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat 
bilan yaratiladi. Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb 
e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz 
mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi 
kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi. Bu tushunchadan boshqa fikr 
ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik ravishda qaralib, tarixiy bo`lmagan hamma 
davrlarga xos kategoriya deb tushuniladi. Moddiy bo`lmagan ishlab chiqarishning 
hammasi unumsiz mehnat deb qaraladi, masalan, xizmat sohalari. Unga davlat 
chinovniklari, armiya, flot, shuningdek, ruhoniy, huquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil 
aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan 
toifa vakillari qo`shiladi.
Demak, tovarda o`z aksini topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat 
bo`lib chiqadi. Smitning tasdiqlashicha, davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz 
elementlarni ta'minlash uchun sarf bo`ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda 
bunday guruhlar imkon boricha kam bo`lish kerak, deydi u.
Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari
. A.Smitning kapital va takror 
ishlab chiqarish to`g`risidagi nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida 
kapitalga to`g`ri baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda 
keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida turib qaraladi va 
kapital bu ishlab chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) bo`lib, ishlab chiqarish jarayonini 
davom ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo`jaligida 
ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo`lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli 
deb uqtiradi (bu uning progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, 
chunki u sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida 
yaratilgan qo`shimcha qiymat - savdo foydasining manbayi. Oddiy tovar xo`jaligida 
kapital kategoriyasi yo`q. Kapital jamg`arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti 
deb e'lon qilinadi. Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo`rin sarf-harajatlar tanqid 
qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha bo`lishiga qarshi 
bo`lgan (bu g`oyalar hozirda ham nihoyatda dolzarbdir). Kapitalistlar tomonidan 
yollanma ishchilarning qo`shimcha mehnat natijalarini o`ziniki qilib olish ijtimoiy xodisa 
bo`lib, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida fond yaratish uchun zarur deb 
hisoblanadi. Kapitalning jamg`arilishi doim va cheksiz ro`y beradi, bu jamiyat uchun 
foydali ish deb baholanadi (bu investitsiyalar uchun asos bo`lib xizmat qiladi). Smitning 
kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zahira kerak ekanligi to`g`risidagi qoidasi 
asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning boshi edi, bu atamalarni ham u 
kiritgan. Fiziokratlar (F.Kenye) boshlang`ich va yillik avans (bo`nak) tushunchalarini 
dehqonchilik kapitaliga qo`llagan bo`lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan 


qat'iy nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital 
deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital).
Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qo`lidagi oziq-ovqat, 
materiallar va tayyor buyumlar hamda ko`rsatilgan taqsimlash va muomalaga kiritish 
uchun kerak bo`lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo 
muomalada bo`lishi kerak. Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo`ljallangan mashina va 
mehnat qurollari, yerni yaxshilash (tozalash, drenaj qilish, o`g`itlash va boshqalar) uchun 
ajratilgan narsalar jamiyat barcha a'zolarining o`zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy 
kapitalga tegishli deb hisoblangan. Shunday qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy 
kapitalga xodimlarning mehnat malakasi va qobiliyatini qo`shdi. Bu masalani ancha 
chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e'lon qilindi. Uning egasi esa 
foyda oluvchi bo`lib qoladi (ishchi har doim ham foyda egasi bo`la olmaydi, uni 
kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular 
o`rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o`tmay va yana 
aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo`lidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda 
qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, 
aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo`ladi. Haqiqatda asosiy va aylanma 
kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko`rinishidir. Ular bir-birlaridan qiymatlarining 
aylanish usullari bilan farq qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan 
bo`laklar bo`yicha ishlab chiqaruvchi tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning qiymati 
esa to`laligicha shu tovarga o`tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o`zgaruvchan kapitalga 
bo`lish masalasi Smitga noma'lum bo`lib qolaverdi. A.Smit kapital jamg`arishga katta 
ahamiyat berdi, talon-torojlik jamiyat dushmani, tejamkorlik jamiyat homiysidir, deb 
e'lon qildi. Ammo u kapital jamg`arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish 
sifatida ifodalaydi, qo`shimcha qiymatning kapitallashuvini esa faqat o`zgaruvchi 
kapitalga aylanish deb tushundi. Individual kapital doimiy va o`zgaruvchan qismlarga 
bo`lingan. Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o`zgaruvchan kapitaldan iborat deb xato 
o`ylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni ta'minlash uchun ketadigan qismiga 
tenglashtirgan. Smit shunday fikr yuritadi: kapitalistning tejamkorligi unumli 
xizmatchilarni ta'minlash uchun mo`ljallangan fondni ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida 
xizmatchilar sonini oshiradi, ular o`z mehnati bilan yaratgan tovarlar qiymatini oshiradi, 
undan so`ng qo`shimcha mehnat harakatga keladi, oqibatda yillik mahsulotga qo`shimcha 
qiymat qo`shiladi.
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat 
nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to`g`risida 
xato ta'limot yaratdi. Olimlar buni "

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish