Referati Toshkent-2022 Mavzu: Adam Smitning iqtisodiy ta'limoti 1



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#467707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Laziz referat

2. A. Smitning iqtisodiy g`oyalari
. Uning "Xalqlar boyligi..." asaridagi iqtisodiy 
qarashlar Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona 
chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u 
yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o`rgandi. 
A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o`qiy boshladi. Glazgo 
universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini 
boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy 
muammolariga bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot nazariyasi" kitobini 
yaratdi. Uning iqtisodchi bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi 
ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st bo`lganligi ta'sir etdi. 
Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga 
tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo`ylab 
sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kenye va 
A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan 
uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini 
shakllantirishga katta ta'sir qildi. U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - 
"Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu 
asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan 
iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan 


batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, 
birinchisida qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - 
kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, 
uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-
sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, 
beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi 
davrda to`rt marta, o`limidan so’ng oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu 
asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda 
A.Smit PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 157 ham 
qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802- 05 yillarda chop 
etildi. 1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari lavozimiga 
tayinlandi va umri oxirigacha shu yerda ishladi. Zamondoshlarining eslashicha, A.Smit 
nihoyatda xushmuomalali inson bo`lgan, ammo shu bilan birga afsonoviy parishonxotir 
ham ekan. O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm 
qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor 
iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. 
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi 
munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda "iqtisodiy odam" 
tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga 
tayanganlar. A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi. Jamiyatning iqtisodiy 
rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit 
tadqiqotining predmetini tashkil etadi. qanday shartsharoitlar va qanday qilib va qanday 
qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning 
asosiy g`oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy 
ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga 
keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) 
soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish 
yaxshiroq samara beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni 
narxi pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa o`sish tendensiyasiga ega deb 
hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). 
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni 
fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
asoslanadi. Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy 
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. 
Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik 
faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat 
manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda 
tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan 
uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi... Bunda u ongli ravishda 
xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra ko`proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga 
xizmat qiladi. "Ko`rinmas qo`l" - bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. 


Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qarama-qarshi 
harakat qiladi. Har bir odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay 
ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy 
manfaatini ko`zlaydi. Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat 
tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun 
ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug`ullanadi. Shunday 
qilib, Smitning ta'rifi bo`yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf 
keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu 
fikrga qarshi kurashib keldik). Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan 
"ko`rinmas qo`l" iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga 
ko`ra , shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. "Menga 
kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani beraman", qabilida, ya'ni 
shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida 
emas. Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o`zaro 
nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb atagan. A.Smit va 
uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi 
bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o`rganish uchun nazariy konstruksiya 
yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan 
cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif 
etiladi:

1.Ishchi kuchining erkin harakati;

2.Savdoda (yr savdosida ham) to`la erkinlik; 

3.Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga qat'iy qarshilik;

4.Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi). 
Olimning bu g`oyalari keyinchalik to`la amalga oshdi. A.Smit kapitalistik jamiyatni 
tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, 
kapitalistik xo`jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari 
kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to`g`riligini tarix ko`rsatadi). A.Smitning 
tushunchasi bo`yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning xohishiga 
bog`liq bo`lmagan obyektiv qonunlarga bo`ysunadi. Bu qonunlar tabiiydir, insonning 
tabiatidan kelib chiqqan xo`jalikning "tabiiy" qonunlarini ochishga intilgan olim amalda 
kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi. A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday 
bo`lsa shunday holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko`rinsa shunday o`rganish bilan 
cheklanmasdan, "tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning nimaga bog`liq 
ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish 
yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo`jalikning ayrim 
xususiyatlari to`g`risida qator muhim xulosalar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa 
- aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. U shu maqsadda 
shundokkina ko`rinib turgan kapitalistik xo`jalik voqealarini izohladi va ma'lum 
sistemaga soldi. A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, qator chuqur ilmiy xulosalarga 
keldi, xodisalarning ichki bog`lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u 


boshqa yo`ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to`g`risidagi bevosita kuzatish natijalarini 
umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. 
N.G.Chernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. Ikkala metodni bir 
vaqtda qo`llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalarni 
bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan xulosalar, 
yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo`yiladi. Mazmun va xodisa shakllari doim 
ham o`zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar ba'zida bir-biriga zid ham bo`lgan, 
ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi. Mehnat taqsimoti va pul to`g`risidagi 
ta'limot. Bevosita masalaga o`tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish kerakki, bu 
A.Smit yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Bu davr 
Angliyada manufaktura nihoyatda rivojlangan va sanoat inqilobi arafasidagi yoki bu 
boradagi dastlabki qadamlar qo`yilgan payt edi. Shu sababli A.Smit manufaktura 
davrining umumlashtiruvchi iqtisodchisi mafkurachisi bo`lib qoldi. O`z davri uchun mos 
ravishda u manufakturani ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg`or shakli deb 
baholadi, uning tarixan o`tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning ta'siridir. 
A.Smit ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining turli sinf vakillari ekanligini yaxshi 
tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman yaxshi oqibatlari hamma uchun tegishli, 
xalq boyligining ortishidan esa jamiyatning hamma a'zolari bir xil manfaatdor deb 
o`ylagan edi. davrida tanqid qilingan bu g`oya hozirgi paytda haqiqatga ancha yaqindir 
(yana tarix ko`rsatadi).

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish