Referati Toshkent-2022 Mavzu: Adam Smitning iqtisodiy ta'limoti 1


Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana26.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#467707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Laziz referat

Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari.
Klassik 
iqtisodiy maktabning to`la shakllanishi XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy 
maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga 
ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda 
Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y berayotgan edi. Angliya 
jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va 
ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal qiluvchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda 
yuksak rivojlangan qishloq xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi 
savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo`lib, ishchilar, 
sohibkorlar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. Angliya sanoat inqilobi 
arafasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va 
talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm 
siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga 
javob bermay qo`ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qilar edi.
Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida 
Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g`oyalarning rivojlanishi uchun 
nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida 
o`z aksini topdi. Klassik maktabning to`la shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol 
o`ynadi Bu o`zgarishlar tarixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o`z ichiga olib, ba'zida 
asta-sekin, ba'zan esa to`fon kabi o`rta asrlarning urf-odatlarini yemirib bordi va 
jamiyatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada bu jarayon 
ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqatsizlik bilan o`z yerlaridan 
siqib chiqarish yo`li bilan amalga oshirildi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida "Texnik yo`nalishda"gi ishbilarmonlar guruhi 
iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. Sanoat inqilobi dastlab 
yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga 
kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to`quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o`z qizining nomi 
bilan atalgan "Jenni" mexanik to`quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 
yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton "mul-mashina"ni yaratdi, 1785 yilda 
E.Kartrayt mexanik to`quv stanogini ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. 
R.Arkraydning to`quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi. Ishlab 
chiqarishning energetik bazasi qo`l va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab 
chiqilgan bug` mashinasi ixtiyoriga o`tishi muhim o`zgarish bo`ldi, bu mashina asosida 
1805 yilda bug` kemasiparoxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 
yilda esa Manchester-Liverpul temir yo`li qurildi. Metallurgiya sohasida 1735 yilda 
A.Derbi pistako`mir o`rniga toshko`mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli 
va ko`proq miqdorda metall olish yo`lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko`prik, va 
hatto paroxod ham metalldan bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari surdi. Temirdan 
paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi. Sanoat inqilobi 
iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o`zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar 
oralig`ida to`qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga 


o`sdi. 1788- 1838 yillarda cho`yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha 
oshdi. Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, toshko`mir 
qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Vaholanki, A.Smit davrida 
Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida ishlatilgan. Bu o`zgarishlar, ya'ni 
texnikaning kirib kelishi buyum - tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim 
odamlargagina tegishli bo`lgan narsalar (poyafzal, qog`oz, stul, deraza oynalari) kundalik 
buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o`sishiga olib keldi, 
moddiy ne'matlar turi sistematik ravishda doimo ko`paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi 
bu imkoniyatlardan jamiyatning aksariyat qismi foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech 
ham bo`lmagan edi. Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolut ko`rsatkichlari texnika 
ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo`llaniladigan asbob-
uskunaning ko`payishi, asosan temir, keyin pulatdan yasalgan texnologiyalar ortishi bilan 
boshlandi. Temir oluvchi oddiygina pechlar o`rniga gigant inshootlar paydo bo`ldi, oddiy 
to`quv dastgohlari ham katta uylarga zo`rg`a joylanadigan mexanizmlar bilan 
almashtirildi. Agar avvalgi korxonada bor-yo`g`i 10 kishi ishlagan bo`lsa, XIX asrning 
birinchi choragida to`qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo`lgan. Ayrim 
korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Masalan, 1929 yil 
"Ford-Motor Kompani"da 174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga 
yetgan. Mehnat taqsimoti nihoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy 
sababidir. Siyosiy sohada ham muhim o`zgarishlar ro`y berdi, demokratik, parlamentar 
institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o`tish kerakki, bu inqilobiy 
o`zgarishlarni hamma ham to`la tushunib yetmadi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish