Mavzu: CorelDraw dasturida konvertatsiya imkoniyatlari
Reja:
CorelDraw dasturida ob'yektlarni import va eksport qilish.
Import jarayonida qirqishdan foydalanish.
Nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o'tkazish.
Tasvirlarni eksport yoki import qilganda quyidagilar bo’lishi kerak — oldindan saqlangan malumotlarni dastur tushunadigan turiga o’tkazuvchi modullar bo’lishi shart. Ikkinchi tomondan bu texnologiya obyektlar bilan ishlaganda bir qancha cheklashlar qo’yadi ya’ni, obyektlar kloni olinmaydigan bo’ladi va h.
Буфер обмена (Clipboard)
Ma’lumotlarini eng oddiy almashishi bu Clipboard yordamida amalga oshiriladi va bu yordamida quyidagi amallar bajariladi: CorelDRAW dasturidan boshqa dasturlarga matnlarni va grafik elementlarni olib o’tishni bajaradi.
Редактировать (Edit) menusi va asboblar panelida quyidagi amallar berilgan; Копировать (Copy), Вырезать (Cat), Вставить (Paste).
"drag-and-drop" texnologyasi ("olib borib tashlash") bir dasturdan ekkinchisiga qo’l yordamida ma’lumotlarni olib o’tishlar quyidagi holatlarda amalga oshiriladi.
Agarda vektor obyekti bir hujjatdan ikkinchisiga olib o’tiladigan bo’lsa.
Agarda vektorli obyekt ishchi stolga olib o’tiladigan bo’lsa. Bu yerda ishchi stoldan boshqa dasturga olib o’tiladi, masalan CorelDRAW va Corel PHOTO-PAINT dasturlar orasida grafik ma’lumotlar olib o’tiladi.
Открыть (Open) buyruqlari
Menyuning Файл (File) va Открыть (Open...) buyrug’i boshqa muharrirlar yordamida yoratilgan hujjatlarni ochadi, bu yerda fayllar vektor formatli bo’lishi kerak.
Yuqaridagi byuruq bajarilgandan keyin ekranda Открыть рисунок (Ореn Drawing) muloqot oynasi chiqadi, bu yerda faylni qaysi jildda va qaysi fayl ekanligini ko’rsatish kerak. Bu yerda Просмотр (Preview)dagi bayroqchni belgilash natijasida fayllar ichidagi malumotlar ko’rsatiladi. Agarda faylni o’qish mumkin bo’lmasa yoki boshqa sabablarga bog’liq o’qilmasa ko’rish oynasida krest (x) belgisi chiqariladi.
CorelDRAW dasturida obyektlarni import qilish
Import qilish biror bir obyektni dasturga yuklash uchun ishlatiladi, ya’ni aytaylik biror .JPG formatdagi rasmni CorelDRAW dasturidagi ishchi maydonga joylashtirishimiz kerak, bu ishni Открыть (Open...) buyrug’i bilan amalga oshirib bo’lmaydi. Chunki, yuqorida aytilganidek Открыть (Open...) buyrug’i bilan faqat vektorli formatdagi rasmlar yuklanadi. Shu sababdan import buyrug’idan foydalanishimiz zarur.
Import buyrug’i Файл (File) menyusi tarkibida joylashgan bo’lib, uni teskor klavishlar Ctrl+I yordamida ishga tushirish mumkin.
Import buyrug’i tanlangach quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Ushbu oynada yordamida kerakli tasvirni tanlab Импорт tugmasi bosiladi. Import tugmasi bosilgach ishchi sohaga sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilsa rasm o’z o’lchamini yo’qotmasdan import bo’ladi. Agar import qilingan rasmni kattaroq o’lchamda joylashtirish uchun sichqonchaning chap tugmasi bosib turilgan holda kerakli joygacha tortib boriladi va qo’yib yuboriladi. Shu tarzda kerakli rasmni ishchi sohaga kerakli hajmda joylashtirish mumkin.
CorelDRAW dasturida obyektlarni eksport qilish
Bizga ma’lumki CorelDRAW dasturida yaratilgan grafik fayllar .CDR formatdagi vektorli tasvirlar hisoblanadi. Vektorli tasvirlarni kompyuterni xotirasiga saqlash uchun odatiy saqlash buyrug’idan foydalanish yetarli, lekin rastirli tasvir, masalan .JPG, .GIF, .PNG kabi formatdagi rasm ko’rinishida saqlash uchun eksport buyrug’idan foydalanish zarur.
Eksport buyrug’i yordamida kompyuter xotirasidagi rastirli tasvirlarni CorelDRAW dasturi ishchi maydoniga joylashtirishimiz mumkin. Eksport buyrug’i Файл (File) menyusi tarkibida joylashgan bo’lib, uni teskor klavishlar Ctrl+E yordamida ishga tushirish mumkin.
Eksport buyrug’i tanlangach quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Shundan so’ng faylga nom beramiz va fayl turini tanlaymiz, masalan .JPG va Eksport tugmasi bosiladi. Eksport tugmasi bosilgach quyidagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadan ranglar tizimi, rasm sifati va boshqa sozlamalarni o’rnatib kerakli holatga keltirgach OK tugmasi bosiladi va eksport qilish jarayoni yakunlanadi.
Nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o'tkazish
Ayrim holatlarda rastirli tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’zgartirishga ehtiyoj paydo bo’ladi, bu holatda CorelDRAW dasturidan foydalangan holda bu ishni amalga oshirish mumkin. Ammo rastirli tasvir aniq ko’rinishda va ranglari bir xil bo’lgan holatda vektorli ko’rinishga sifatli konvertatsiya qilinadi. Agar tasvirdagi obyektlar soni va ranlar ko’p bo’lgan hollarda vektorli ko’rinishga o’tkazilganda tasvir sifati sezilarli darajada buzilib ketishi mumkin.
N uqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o'tkazish uchun ishchi sohadagi biror bir obyekt tanlanadi va uskunlar panelidagi buyrug’i tanlanadi. Bu buyruq tanlangach uning tarkibidagi buyrug’i tanlanadi
Natija quyidagicha
Do'stlaringiz bilan baham: |