To‘g’ri tashxis qilishda suhbatning ahamiyati
To‘g‘ri o‘tkazilgan suhbat bolaning rivojlanishi va uning shaxsini xususiyatlari haqida ba’zi tasavvurlarni beradi. Suhbatda bolaning ongida o‘quv faoliyati qanday o‘rin egallashini, o'qishdagi qiyinchiliklarni anglay olishi, o‘z ishiga, xulqiga tanqidiy munosabatda b o i a olishi aniqlanadi.
Suhbat natijasida boladagi neyrodinamik xususiyatlar haqida ba’zi
Ma’lumotlarni olish mumkin. Bo'shanglik, tormozlanganlik yoki aksincha,
qo'zg'aluvchanlik, diqqatning tarqoqligi, savol doirasida qola olmaslik bularning
barchasi bolada qo'zg'alish va yoki tormozlanishning sekinlashgan va tezlashgan
reaksiyalarning ustunligini taxmin qilishga imkon beradi.Suhbat bilish faoliyatining darajasi haqida ham ba’zi tasavvurlami beradi. Suhbat jarayonida biz bu bosqichda bola uchun xos b o ig a n atrof olamni aks etish jarajasini aniqlaymiz. Suhbat bolaning atrofdagi predmetlar va xodisalar haqidagi tasavvurlarining to’g‘riligini, sabab bogianishlarini o‘rnatish va ahamiyatlini ahamiyatsizdan ajratishni bilishni aniqlashga imkon yaratatadi.
Suhbat jarayonida bilish faoliyatining qaysi tomonlarini sukurroq o'rganish
lozimligini aniqlashadi. Shuning uchun suhbat bolaning psixik haytining alohda
tomonlarini ancha chuqur va m axsus o ‘rganishdagi dastlabki qadamdir. Suhbatdan alohda faoliyat turlarini tekshirishga o ‘tish rejali va yetarlicha asoslangan bo‘lishi kerak.Suhbatni tugatib, eksperim ental-psixologik tekshirishga asta-sekin o ‘tish lozim. Bolaga «Endi mening ba’zi topshiriqlirimni bajarasan» yoki yanada soddaroq tarzda: «Qara, m nda qanday rasmlar bor (o‘yin, shakllar)» deyiladi. Eksperimental- psixologik tekshirishni o ‘tkazishda bolaning ishga bo‘lgan munosabati, qiziqishi borligi yoki yo‘qligi, maqtov yoki tanbehga reaksiyasi va hokazolarga e ’tibor beriladi. Bu kuzatishlar bola faoliyatini tuzilishini tahlil qilish, patologik xususiyatlarniochishga imkon yaratadi.
Kuzatish usuli
Kuzatish uslubi - bolalarni komissiyada o‘rganishning eng yetakchi uslubi.
Kuzatish bola komissiyaga kelishi bilan boshlanadi va butun tekshirish vaqtida
davom ettiriladi. U har doim maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi lozim.
Bolaning o ‘yin faoliyatini kuzatish m uhim aham iyatga ega, chunki qator
vaziyatlarda u psixologo-tibbiy-pedagogik kom issiya sharoitida tekshirish
o‘tkazishning asosiy uslubi deb hisoblanadi.Erkin o'vnash bola bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi, ayniqsa bola tekshirishdan qo'rqayotgan bo’lsa . o‘yinchoqlarni o‘ynash imkonini yaratib (“o‘yinchoqlarni olib o‘ynab tur, men onang bilan gaplashaman” ), bolaning o‘yinchoqlarni ko‘rganda ta'sirchanlik namoyon bo’lishi (aniq yoki kam ifodalangan
xursandchilik, befarqlik), mustaqil ravishda o‘yinchoqlarni tanlab, o‘yin tashkil
etishi, o‘yinchoqlar bilan olib borayotgan harakatlarning oqilona bo‘lishi, o‘yin
o‘ynashga qiziqish borligi kabi dastlab ma'lumotlar kiritiladi. O‘yin o‘ynash paytida aniq bir harakat uchun keraqli o‘yinchoqlarni tanlab (qo‘g‘irchoq bilan o‘ynashni tashkil etishda kiyim -kechaklarni tanlaydi; kubiklarni, m ashinaga ortish uchun tanlaydi), bola amaliy taxlil, sintez, umum lashtirish va solishtirish o‘tkazadi. Bola bajarayotgan m anipulyatsiyalarini kuzatish uning harakatlanishni boshqarish va motorikasi xolati kuzatiladi.
Kuzatish metodning sezilarli kam chiliklaridan kuyidagilar hisoblanadi: 1)
davomliligi; 2) bahoning xolis emasligi, chunki natija mutaxassisning malakasiga
bog‘liq; 3) natijalam ingstatistik qayta ishlash mumkin bo’lmaganligi.
Qator vaziyatlarda (bola yomon o‘qisa, intelekt darajasi past bo’lsa ) bolaning
o‘yin faoliyatini kuzatishdan tashqari o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirish ham o‘tkaziladi. Murakkablashtirilgan holda bu uslub maktab yoshdagi bolalarni
tekshirishda ham ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |