Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Maxsus pedagogika (logopediya) 1-kurs magistranti Mamatqulova Maftunaning Psixologik-pedagogik diagnostika fanidan tayyorlagan
REFERAT
Mavzu:Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish
Metodlari
Reja:
1.Bolalarning xujjatlarini o‘rganish
2. To‘g’ri tashxis qilishda suhbatning ahamiyati
3.Psixologik tekshirishning umumiy tahlili
4. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning pedagogik tekshirish dasturi
Bolalarning xujjatlarini o‘rganish. Bolani TPPK da tekshirishdan o‘tkazish odatda xujjatlarni (tibbiy karta, tafsifnom a) va faoliyat nishonalarini (dañar, rasmlar va h.q.) o ‘rganishdan boshlanadi.
Vrach-nevropotolog komissiya a’zolarini tibbiy xujjatlar: anamnez,
otolaringolog, oftalmolog, pediatr xulasalari, laboratoriya m a lumotlari va boshqa
hujjatlar bilan tanishtiradi; diqqatni boladagi aqliy rivojlanishdagi, eshitishda yoki
ko'rishdagi va h.q. nuqsonlarga qaratadi. Bu holatlarda defektolog oldindan
tekshirish uchun tegishli material tayyorlab qo'yishi mumkin.
O‘z navbatida defektolog, pedagogik hujjatlar bilan tanishib, komissiya
a ’zolariga bola bilan aloqa o’rnatishda va tekshirish jarayonida e'tibor qaratilishi
kerak bo’lgan muhim xususiyatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Masalan, agar bolaga berilgan tavsifnomada o'quv dasturni o‘zlashtirish bo‘yicha ko’zga ko'rinadigan kam chiliklar ifoda etilgan bo‘lsa, tekshirishni osonidan boshlab, o'yin asosidagi vazifalarni yechish sifatida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Agar bola maktabda o‘qisa, uning daftarlarini diqqat bilan taxlil qilish kerak. Daftarning tashqi ko‘rinishi bolaning pokizaligi, maktab talablarini tushunishi, o‘qish jarayoniga qiziqishi to‘g‘risida sifatlarga guvoh bo’ladi. Yozma ishlarni bajarish xarakteri boladagi kam chiliklarga guvoh bo'ladi; bu o‘z navbatida ularning sabablari to ‘g ‘risidagi savollarni uyg‘otadi. Yozuvning buzilishiga ham motorikaning buzilishi, ham fazoviy m o ija l olishdagi kam chiliklar, va oddiygina qo'yilgan talabni tushunmaslik va h.q.lar sabab bo‘ladi Yozishdagi xatoliklar (harflarni joyini almashtirib qo’yish. tashlab ketish, so'zlarni oxirgacha yozmaslik va h.q.) ham turli sabablarga ega. Bola bu qiyinchiliklarni qanday qilib yenggan, o‘qituvchi tomonidan qanday yordam va qaysi miqdorda ko‘rsatilganliklarni kuzatib borish muximdir.
Daftami birinchi va oxirgi to‘ldishlariga nazar tashlab, bola rivojlaníshining
dinamikasini o‘rnatib olish mumkin. Bola haqidagi qiziqarli m a’lumotlami u chizgan rasmlardan ko'rish mumkin. Ba’zilarda aynan chizilgan rasm u yoki bu psixik nuqson haqida signal beradi.Hujjatlaming barcha m a’lumotlari chuqur o‘rganilibgina, bevosita bolani tekshirish boshlanadi.
Esda tutish zarur, umumiy psixologiyaning individual-tipologik, shaxsiy-
faolliy, tizimli-tashkiliy yondashishlar, bola ishini sifat-miqdoriy baxolash
to'g'risidagi nizomlari oligofrenopsixologiyada ham rivojlanishida turli nuqsoni
bo‘lgan bolalarni o‘rganishda juda muhim ahamiyatga ega.
U yoki bu metodlardan foydalanishning tanlanishi va ketma-ketligi
tekshiriláyotgan bolaning yoshiga va individual xususiyatlariga bog’liq .
Vaziyatlarning birida oligofrenopedagog yoki logoped ayrim eksperimenta)
uslublarni kiritib, suhbat uslubini tanlaydi, boshqa vaziyatlarda bola o ‘yin davomida kuzatiladi va h.q. Tekshirish jarayoniga bola qobiliyatlari namoyon bo‘Iishi uchun o‘qitish elementlarini, yordam berish variantlarini, shunga o^xshash vazifalarni kiritish muxim.Tekshirishni o ‘rta murakab vazifalardan boshlash, ba’zi vaziyatlarda - bolada ishga nisbatan ijobiy munosabatni uyg'otish, hayajon, tashvish tuyg‘ularini olib tashlash uchun onson vazifalardan foydalanish maqsadga muvofiqroq bo'ladi. Ayniqsa bola aloqaga moyil emas bo‘lsa. buni e’tiborga olish muhimdir. Tekshirish jarayonida, oiladagi tayyorgarlikni chiqarib tashlash uchun hissiy qulayiik xolatini yaratish, motivatsiya berish, bolani rag'batlantirish, odatiy emas ko‘rinishlarda vazifalar berish darkor. Tekshirish ortiqcha bo’lib ketishi noto‘g‘ri.
Rivojlanishida nuqsoni b o ig a n bolalarni o ‘rganib, shuni esda tutish lozimki, asosiy narsa - bu biologik sabablar orqali yuzaga kelgan dastlabki nuqsonlar bilan dastlabki nuqsondan kelib chiqqan ikkilamchi, uchlamchi va h.q. nuqonlar va bola ta ’sir etuvchi ijtimoiy omillar o ‘rtasida chegara chizishdir. Yuqori darajadagi nuqsonlar qatoriga (ikkilamchi, uchlamchi) L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalarning va xulqning rivojlanmay qolganligini kiritgan. Birlamchi va yuqori darajadagi nuqsonlarning nisbatini, ham da ularning ifoda topgan darajalarini solishtirish juda muhimdir. Bilish faoliyati va shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi salbiy nuqsonlarni aniqlash darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |