Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini
o‘rganish (bayon qilish)
Buxgalter korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini o‘rganishi lozim. Bunda u korxonada qo‘llanilayotgan nazorat vositalarini o‘rganadi va baholaydi, ular asosida taxmin qilinayotgan buxgalteriya amallarining mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi.Eng muhimi, buxgalter amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni hujjatlar aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari qanday taqsimlanayotganligini ko‘rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o‘zaro bog‘lanishlari) qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi masalalarni bayon qilish lozim.
Ko‘pchilik buxgalterlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart, markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo‘ysundirilgan va shuning uchun uni bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto‘g‘ri fikrga ega. Ular bunday fikrga asoslanib buxgalterni rejalashtirishning bu qismiga yetarli e’tibor bermaydilar. Bunday yondoshuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib keladiki, unda turli korxonalar nafaqat o‘z xususiyatlarini, balki namunaviy schyotlar va registrlar nomi ostida ham xatolarini yashiradilar.Masalan, 1010-1090 «Materiallar» schyotlari bo‘yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks ettirish hollari ko‘p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi «ishlab chiqarish zaxiralarining hisobi ularning o‘rtacha sotib olish bahosi bo‘yicha yuritiladi» degan yozuv ostida nafaqat o‘rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma-xil usullari, balki ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri voz kechish va materiallarni korxona uchun eng qulay bo‘lgan baholarda hisobdan o‘chirish va shunga o‘xshashlar yashirinishi mumkin. Buxgalteriya xodimlari korxonada yuritiladigan oborot vedomostlari va shunga o‘xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-order shaklida yuritilishini tasdiqlashlari ham mumkin.Buxgalterlik hisobi tizimini bayon qilish quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi mumkin: buxgalter axborot olishni rejalashtirgan asosiy xodimlar familiyalari ko‘rsatilgan korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi; tashkiliy tuzilmada ko‘rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni; hisob siklining muhim uchastkalari bo‘yicha hujjatlar aylanish reja-grafigi; hisob sikllari yo‘nalishida namunaviy muomalalar bo‘yicha provodkalar bayoni; bir martalik muomalalar va xato bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan muomalalar («o‘zining» firmalari, mavozalari, komissiya va konsignatsiya shartnomalari, qo‘shma faoliyat shartnomalari, lizing) bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyalari bayoni; hisob yuritish siyosatidagi yoki ayrim schyotlarni yuritish qoidalarida normativdan chetga chiqishlar; hisobot ma’lumotlarini tekshirishning nazorat varaqasi.
So‘nggi hujjat buxgalterning talabi bo‘yicha mijoz tomonidan tuziladi. Unda hisobotning butunligicha ham, qisman ham tekshirishga tayyor ekanligi mijozning ushbu tekshirishni texnik jihatdan qay darajada ta’minlay olishi so‘raladi.Buxgalter buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini tekshirishda quyidagilardan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |