Buxgalter ishlarining sifatini nazorat qilish
Buxgalter ishlarining sifatini nazorat qilish buxgalter o‘tkazish va professsional xizmat ko‘rsatish chog‘ida buxgalter standartlari va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar tizimidan iborat.Har bir buxgalteriya tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o‘rnatish prinsiplari va qoidalari hamda ularni qo‘llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari lozim. Bu buxgalter jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur.Buxgalteriya faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, joriy va keying nazorati ta’minlashi lozim.
Dastlabki nazorat buxgalterlar va buxgalteriya tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va litsenziyalash bosqichmda bajariladi.Joriy nazorat ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: alohida buxgalteriya tekshiruvlarini nazorat qilish va buxgalteriyani umumiy nazorat qilish.Alohida buxgalteriya tekshiruvlarini nazorat qilish buxgalteriyaning mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning yetarliligini, buxgalter maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.
Buxgalteriya sifatini umumiy nazorat qilish buxgalter ma’lum shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obyektivlik, mustaqillik, professionallik, competentlilik) buxgalteriya guruhi a’zolari o‘rtasida ishlarning asosli taqsimlan ganligiga; sifat standartlariga rioya qilinishi bo‘yicha buxgalterlarning ishlari ustidan nazoratga; sifatni nazorat qilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat o‘rnatishiga asoslanadi.Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy buxgalterning assistentlar ishlari ustidan nazorati, buxgalteriya tashkilotining buxgalterlar ishlari ustidan nazorati va boshqalar.Buxgalteriya tashkilotining buxgalterlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, tekshiruv o‘tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, buxgalteriyaning tashkiliy-axloqiy prinsiplariga qat’iy rioya qilish,uchinchidan, asosiy buxgalter tomonidan xulosa berilganidan so‘ng buxgalteriya tashkilotining boshqa buxgalter tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko‘rsatkichlari(hisob bo‘limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.Buxgalteriya tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilishga talablar va muayyan buxgalteriya tekshiruvi chog‘ida ishning talab darajasidaligini ta’minlash №5- «Buxgalteri ishining sifatini nazorat qilish» nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga muvofiq buxgalter ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Asosiy buxgalterning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.
Buxgalteriya tashkilotining buxgalter ishi ustidan nazorati.
Tashqi nazorat.
Asosiy buxgalterning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy buxgalter buxgalteriya o‘tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilib va yo‘naltirib turishi lozim.Buxgalteriya yordamchisi deganda professionallik darajasi bo‘yicha asosiy buxgalterdan farq qiladigan xodim tushuniladi.Asosiy buxgalterning yordamchisidan farqi, u buxgalterning bajarilishi uchun to‘liq javobgardir.Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarning maqsadlari to‘g‘risida, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati va buxgalteriya amallarning mohiyati, o‘tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hisob va buxgalteriyaga oid muammolar haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.Buxgalteriya tashkilotining buxgalter ishi ustidan nazorati. Buxgalteriya tashkilotining buxgalter ishi ustidan nazorati quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
mijoz-korxonada buxgalter o‘tkazish umumiy rejasi va dasturining asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
tashkiliy-axloqiy buxgalteriya prinsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga professional xizmat ko‘rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini yo‘lga qo‘ygan) buxgalter, yana o‘sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.k.) qat’iy rioya qilinishi;
asosiy buxgalter tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, buxgalteriya xulosasi berilganidan so‘ng buxgalteriya tashkilotining boshqa buxgalteri tomonidan mijoz-korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul tekshiruvdan o‘tkazish.
Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.Buxgalter ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo‘nalishga ega:
ayrim buxgalteriya tekshiruvlarini nazorat qilish;
sifatni umumiy nazorat qilish.
Ayrim buxgalteriya tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
Vakolatlarni berish.Buxgalter mustaqilligini, professionalligini va kompetentliligini ta’minlash; buxgalterlar uchun zarur hisoblangan faoliyat erkinliklarini ta’minlash; buxgalteriya yozma dasturidan foydalanishi.Nazorat.Buxgalterlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda (adekvat) ish tutish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalterlik hisobining eng muammoli masalalarini bilish.Tekshirish.Buxgalteriya tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning yetarliligi va buxgalteriya tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish.Buxgalteriya sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi: Mustaqillik.Qoida va amallar barcha pog‘onalar xizmatchilarining mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Ushbu talabni bajarishi uchun buxgalteriya tashkiloti yilda bir marta o‘z mijozlarining ro‘yxatini tarqatishi va o‘z xizmatchilaridan mustaqillik to‘grisidagi arizani imzolashlarini talab qilishi mumkin.
Xizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun buxgalteriya tashkiloti ishlarni oldindan, o‘z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib rejalashtirishi kerak.
Konsultatsiyalar. Qoida va amallar buxgalteriya tashkilotlarining xizmatchilari texnik masalalar bo‘yicha bilimdon va obro‘li kishilardan yordam olishga intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Ushbu talabni bajarish uchun buxgalteriya tashkiloti muayyan shaxslarni buxgalteriya buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda buxgalteriya tashkilotining eksperti qilib tayinlashimumkin.Nazorat.Qoida va amallar buxgalteriya tashkilotining joriy faoliyati unda o‘rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Buxgalteriya tashkilotining nazorat amallarini o‘rnatishi uchun javobgarligi, buxgalteriya o‘tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo‘yicha muayyan majburiyatlarni bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun buxgalteriya tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga taqdim qilishi mumkin.
Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Ushbu nazorat talabini bajarish uchun buxgalteriya tashkiloti minimal malakaviy talablarni o‘rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo‘yicha bilim darajasi yaxshi yoki o‘rtacha bo‘lgan kollej bitiruvchisi yuritishi mumkin).Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar buxgalteriya tashkilotining xizmatchilari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun yetarli bilimlarga egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish uchun buxgalteriya tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o‘z malakasini oshirishni xohlovchi xizmatchilarga yordam ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratishi mumkin.
Lavozimini ko‘tarish. Qoida va amallar xizmati bo‘yicha ko‘tarilayotgan xodimlarning yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan har gal majburiyatlarini bajarganlaridan so‘ng baholash va ularning lavozimini eng bo‘lmaganda yilda bir marta ko‘tarishga maslahat berish zarur.Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi.Qoida va amallar buxgalteriya tashkiloti rahbariyati vijdonini yo‘qotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bog‘lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Buxgalteriya tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo‘lg‘usi mijoz bilan ish olib borgan taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot olinishi kerak.Tekshirib (nazorat o‘tkazib) turish. Qoidalar va amallar buxgalter ishlarining sifatini nazorat qilish samarali o‘tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.Ushbu talabni bajarish uchun har bir xiz matchining majburiyatlarini tanlash, ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hamkorlar yoki xizmatchilar tomonidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.Ma’muriy ishlar va xodimlar yuritadigan ishlarniham nazorat asosida tekshirilishi zarur.Buxgalteriya tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini hujjatlar bilan tasdiqlaydigan tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va hajmi buxgalteriya tashkilotining kattakichikligi, faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘limlar soni, faoliyat tavsifi va boshqa omillarga bog‘liq.
Hamkor yoki hamkorlar, xo‘jalik yurituvchi subyekt hajmiga ko‘ra, mazkur buxgalteriya tashkilotida amal qilayotgan, sifat ustidan nazorat qilish tizimining samaradorligi uchun javobgar bo‘lishlari lozim.Bunday nazorat qoidalari va amallari, ushbu qoidalar va amallar bilan xizmatchilarni xabardor qilish amaliyoti va majburiyatlarni taqsimlash o‘z vazifalariga oldingiday javob beradi.Nazorat qoidalari va amallarini belgilash. Buxgalteriya ishlari sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarining tavsifi va miqyoslari quyidagi shartsharoitlarga bog‘liq:
buxgalteriya tashkilotining hajmiga;
buxgalteriya tashkiloti xizmatchilari va funktsional bo‘linmalarining
mustaqillik darajasiga;
amaliy faoliyat mohiyatiga, uning ochiq aksiyadorlik jamiyatlari buxgalteri; yopiq aksiyadorlik jamiyatlari buxgalteri; buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyati tahlili sohasidagi xizmatlar; foyda solig‘ining hajmini aniqlashga doir xizmatlar; o‘zaro buxgalteriya o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlar kabi komponentlarini e’tiborga olgan holda.
Do'stlaringiz bilan baham: |