Buxgalter axloqi (etikasi)
Buxgalter etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy bo‘lmagan so‘z birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga tanish va hech kimni hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo‘lib, kishilarning kasbiy faoliyatlaridan kelib chiqadi va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’naviy-axloqiy jihatlarini tavsiflaydi. Barcha axloqiy talablar umuminsoniy negizga ega bo‘lishiga qaramasdan, ayrim kasb turlari uchun ularning o‘ziga xos axloqiy me’yorlari shakllangan.Bunday kasb egalari sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional darajada bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega axloqiy jihatlari bilan ham boshqalardan ajralib turadi.Buxgalteriya ham mana shunday murakkab kasblar qatoriga kiradi.Shu boisdan, mamlakatimizda «O‘zbekiston buxgalteriyaning kasb etikasi kodeksi» loyihasi ishlab chiqilib, professional davralarda muhokama qilinayotganligi ayni muddao hisoblanadi.Chunki bunday chuqur bilim, yuksak mahorat va tajriba talab qiladigan murakkab kasb o‘zining axloqiy me’yorlariga ham ega bo‘lishi lozim.Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga qadimdan tanish tushunchalar. Buxgalteriya bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari bilan qiyoslash mumkin. Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson organizmi bilan bog‘liq bo‘lsa, buxgalter faoliyati «korxona organizmi» ustida, unga aniq «tashxis» qo‘yib, moliyaviy sog‘lomlashtirish ustida olib boriladi.
Lekin, ayrim hollarda buxgalterdan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», «ko‘zni chirt yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo‘l tutish kerakligi «O‘zbekiston buxgalterlarning kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon etilgan.Buxgalteriya kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo‘lida shakllangan mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro prinsiplari negizida shakllangan. Ushbu prinsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan moddalarida o‘z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.Loyihada malakali buxgalterlarning kasbga oid axloqiy me’yorlari mujassamlashgan, buxgalteriya hamjamiyati muhitida qaror topgan axloq-odob qadriyatlari aniqlangan.Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga buxgalteriya tashkilotining rahbari, har bir buxgalter va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari zarur.
Buxgalter uchun eng yuqori axloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham qonunni ustun qo‘yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan buxgalteriya xulosasi tuzish, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo‘llarini aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun buxgalter kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi axloqiy fazilatlar bilan ham uyg‘unlashgan bo‘lmog‘i lozim.Buxgalteriya hamma vaqt mustaqil bo‘lishi kerak.Bu prinsip, agar buxgalteriya tashkiloti va mijoz-korxona o‘rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindosh-urug‘chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha oldindan xizmat ko‘rsatish.) buxgalteriya faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, buxgalteriya tashkiloti buxgalteriya o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatishdan voz kechish lozimligini bildiradi.Buxgalter o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatish chog‘ida buxgalteriya professional kompetentlilikka rioya qilishi zarur.Buxgalter o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyat olgan buxgalter mazkur sohada o‘zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim.Xususan, o‘z majburiyatini vijdonan bajarishi, buxgalteriya xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga olingan, yetarli darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Buxgalterlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, buxgalterni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va buxgalteriya faoliyatining milliy va xalqaro standartlari hamda normalari sohasidagi o‘z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim.Buxgalter o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatishda buxgalter halol bo‘lishi, barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo‘l qo‘ymasdan, xolisona o‘rganishi, buxgalteriya faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi lozim.Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo‘liga o‘tib olsa, o‘zining kasb mahoratini yo‘qotadi. Natijada, buxgalteriya xizmati bozorida o‘ziga o‘rin topa olmaydi va buxgalteriya hamjamiyatida beobro‘ bo‘lib qoladi.
Buxgalter soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa tortish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish chog‘ida buxgalter mijoz-korxona manfaatlarini himoya qiladi.Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l ko‘rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to‘lanishi bo‘yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to‘g‘risida mijoz korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur.Buxgalter tekshiruv jarayonida olingan mijoz korxona faoliyati to‘g‘risidagi barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to‘xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’i nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim.Buxgalter ushbu axborotlarni o‘z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga haqli emas.Buxgalteriya tashkiloti, buxgalter yordamchilari hamda boshqa xodimlari maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va boshqa shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Faoliyati Milliy standartlariga rioya qilishda;
sudlashuv jarayonlarida buxgalteriyaning professional manfaatlarini himoya qilishda;
tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o‘tkazilgan sharhlar sifatining muvofiqligini tekshirishda;
tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o‘tkazilgan so‘rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda.
Buxgalteriya tashkiloti o‘z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq to‘lash tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi zarur. Buxgalteriya xizmatlari uchun to‘lanadigan haq ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, buxgalterlarning malakasi, tajribasi, professional obro‘si va mas’uliyatlilik darajasiga bog‘liq.Buxgalteriya xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo‘lishi lozim.Buxgalter hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari, ular bilan buxgalteriya tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qil masliklari lozim. Hamkasblarining kamchiliklarini ko‘rsatish faqat do‘stona va samimiy tarzda bo‘lishi kerak.Yuqorida ko‘rsatilgan axloq me’yorlariga rioya qilish buxgalteriya yuqori axloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va ishonchni saqlashning obyektiv zarurligi bilan kafolatlanadi.Xalqaro amaliyotda «Buxgalterlar kasb axloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda.
Bizning fikrimizcha, «O‘zbekiston buxgalteriyaning kasbiy axloq kodeksi» loyihasi ham professional doiralarda chuqur muhokama qilinib, milliy qadriyatlarga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan qabul qilinsa va o‘zbek tilida chop etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |