Reja: Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog’liqligi



Download 70.46 Kb.
Sana09.06.2017
Hajmi70.46 Kb.
4-MAVZU. MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYaT QURILIShINING «O’ZBEK MODELI»

Reja:


1.Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog’liqligi

2.Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning

shakllanishi

3.Demokratiyani chuєurlashtirishda inson faolligini oshirishning

o’rni va roli

1.O’bekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajakda qanday yo’lda borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Buning bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari mavjud. Uning ob'ektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo’qligi va bo’lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob'ektiv sababi - ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan har bir davlat demokratik taraqqiyot yo’liga kirishi uchun ma'lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo’ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo’lmas, yangi kontseptsiya ishlab chiqish zarur edi.

Mamlakat Prezidenti O’zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne'mat bo’lgan mustaqillik to’g’risida so’z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta'rifladi. Shunday ekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo’yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi tadbirlardan iboratdir.

Xalqaro hamjamiyat tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar echimini izlashda sustkashlikka yo’l qo’yish og’ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday echilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o’z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg’amlikka yo’l qo’ya olmaydi, doimo uyg’oq va harakatda bo’ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan, milliy taraqqiyot yo’lini erkin tanlash borasida ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan, eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb atasak bo’ladi.

O’tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajribadan millat manfaatlari yo’lida foydalanishga majbur bo’lganini, ikkinchi tomondan uni o’ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko’plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.

Ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O’zbekiston o’zining milliy mustaqilligini demokratiyaning uzviy bog’liqligini ta'minlash orqali hal etishi mumkin edi. Bu masalani hal etish jarayonida davlatimizning siyosiy rahbariyati ham ichkaridan, ham tashqaridan turli qarshiliklarga duch keldi. Mamlakat tashqarisida, ayniqsa, sobiq markazdagi «siyosatchi karomatchilar» xalqimizning dunyoqarashini zaharlash maqsadida «Sizlar mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar!», «Sizlar mute, qaram millatsiz!», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar bajarasizlar, xolos»( Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1., -T.: O’zbekiston. 1996) degan g’arazgo’y fikrlari ommaviy axborot vositalaridan o’rin olar edi. Mamlakat ichkarisidagi ayrim alamzada partokratlar «Endi xalq markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta'minlanadimi?» deb xavotirlanishsa, «O’zbekistonda qanday jamiyat quriladi» kabi savollarga esa har kim o’zicha javob qilar edi. Prezident I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, «vaziyat shunday kelgan ediki, mustaqil O’zbekiston qayta dunyoga kelgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur bo’ldi…». Bunday sharoitda O’zbekiston uchun o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlash, milliy mustaqillik va demokratiyaning umumbashariy tamoyillariga asoslangan o’z andozasini ishlab chiqishi lozim edi.

Ana shunday ulug’ mas'uliyatni o’z zimmasiga olgan I.A.Karimov O’zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasini o’rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o’zlashtirish bo’lsa, ikkinchisi - O’zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat bo’ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.

O’ta murakkab sharoit har bir millatdan ulkan intellektual va ruhiy qudratni talab qiladi. Ushbu vazifa - tarixiy bir amaliyotning uddasidan chiqishni, u ham bo’lsa demokratiyani jamiyat taraqqiyotining muhim vositalaridan biriga aylantira olish salohiyati bilan o’lchanadigan siyosiy faoliyat mezoniga aylanadi.

Qisqacha ifodalash joiz bo’lsa, demokratiyaning insoniyat taraqqiyotiga behisob hissa qo’shganligi va o’zining afzalligini har doim isbot qilib kelganligini bugun hech kim inkor qilmaydi. Lekin bu uni shunchaki qanday bo’lsa, shunday O’zbekistonga tatbiq etsa bo’laveradi, degani emas. Aksincha, muammoni muvaffaqiyatli echish uchun millatning ko’p ming yillik siyosiy tajribasi, aql-zakovatidan foydalanish zarur. So’z milliy davlatchiligimiz umrboqiylikka yo’g’rilishi uchun aholi turmushi uchun qulayliklar yaratishdan tashqari, o’ziga xos va mos urf-odat, axloq, qonunlar majmuasi, bosh qomus, ya'ni Konstitutsiya hamda ularga tayanib tuzilgan milliy boshqaruv uslubini batamom yangi sharoitga o’tkaza olish qobiliyati va amaliyoti haqida bormoqda. Bu masalaning bir tomoni bo’lsa, uning boshqa jihati, demokratiyaning yurtimizda ravnaqini ta'minlash uchun, hatto geografik joylashuvi, unga monand holda asrlar osha ajdodlar tomonidan shakllantirilgan xo’jalik yuritish vositalari va ko’nikmalari hamda insonlararo aloqalar ham hisobga olinishini taqozo etadi. Mustaqillikning demokratik asoslarini chuqurlashtirish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun O’zbekiston aynan shu yo’lni tutdi. Natijada demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan «O’zbekiston modeli»ga aylandi.

Bu murakkab demokratik o’tish jarayoni, ya'ni hokimiyatning xalq qo’liga o’tishi millatdan, eng avvalo batamom yangi g’oyani qurol qilgan siyosiy rahbariyatdan matonat, sabr-bardosh va qolaversa, siyosiy uddaburonlikni talab qilar edi.

Sobiq Ittifoq doirasida aynan o’sha kezlarda suveren O’zbekistonning tashkil etilganligi milliy davlat qurilishidagi boy tajriba va an'analarga tayangan holda xalqning o’z taqdiri va kelajagini belgilashdan iborat burchi, huquqi va shuningdek, mamlakat rahbarining o’z xalqi kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etganligining isboti edi. Sodir bo’lgan ulkan demokratik burilishni dunyoning ayrim mintaqalarida ustuvor darajada u yoki bu etnos yoki konfessiya manfaatlariga asoslanib bir guruh siyosatdonlar, amalparastlar xohishi bilan noqonuniy, xavfsizlik nuqtai nazaridan pishib etilmagan davlat suvereniteti e'lon qilinishi holatiga qiyoslangan. Ushbu siyosiy qaror xalqaro hamjamiyat va eng avvalo, O’zbekiston xalqi tub xohish-irodasining ifodasi ekanligini alohida ta'kidlash lozim.

Ma'lumki, so’nggi kunlarini boshidan kechirayotgan sobiq Ittifoqning markaziy rahbariyati albatta bunga tish tirnog’i bilan qarshi turdi. Chunki O’zbekistonning mustaqil davlat, deb e'lon qilinishi aslida Sovet imperiyasining xalqaro huquq nazaridan noqonuniy va haqsizlikka asoslanganligi, ijtimoiy siyosiy va qolaversa, barcha jabhalar bo’yicha uning keskin zaiflashganligi, imperiyaning janubiy mintaqasida ulkan siyosiy o’pirilish sodir bo’lganligidan darak edi. Shu boisdan ham metropoliyaning uni ma'qullashi o’zining ustidan o’zi o’lim hukmini chiqarish bilan barobar edi.

Shu kunlardan e'tiboran O’zbekistonning barcha masalalarda o’zini ko’p jabhalarda suveren deb his etish qobiliyati tobora ortib borayotgan edi. Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyat davlat suvereniteti shunchaki qog’ozda emas, balki begumon amalga oshishi, avvalambor ko’pmillatli O’zbekistonliklarning xohish-irodasi ekanligini ro’y-rost barchaga oshkora e'lon qildi. Markaz tomonidan uyushtirilgan barcha darajalardagi forumlarda O’zbekistonliklarning milliy mustaqillikka bo’lgan haq-huquqlarini Islom Karimovning dunyo hamjamiyatiga ro’y-rost aytganligi va uni qattiq turib himoya qilganligidan hamma xabardor.

«O’zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o’ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko’plab siyosatshunos etakchi olimlari o’rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar(qarang: Gafarli M.S., Kasaev A.G.. Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik – taraqqiyot asosi. T.O’zbekiston, 2001. –430 b.)

Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar Gafarli M.S., Kasaev A.G., germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.
2-savol.«KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan partiya-adavlat mashinasining so’nggi s'ezdida (1990 yil iyul) ham Prezidentning masalaga jiddiy e'tibor berganligi O’zbekistonning mustaqillik e'lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to’kib solish emas, balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin isboti hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, 1991 yilning 31 avgust kunida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e'lon qilinishini unga qadar amalga oshirilgan o’ziga xos siyosiy tayyorgarlik, umumxalq safarbarligining qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o’zgarishlar uchun sharoit yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to’g’ri bo’ladi. Aynan shundan e'tiboran, O’zbekistonning mustaqilligi hududimizdagi barcha tarkibiy qismlarida, ya'ni davlat hokimiyatining quyidan yuqorigacha barcha bo’g’inlari, er osti va er usti resurslari, davlat boshqaruvi muassasalarining barcha tarmoqlari, millatning moddiy va intellektual salohiyati va tashqi aloqalarning barcha yo’nalishlarida tanho hokimligi e'lon qilinganligi amalda to’la milliy mustaqillikni bildirar edi. Uni xalqaro munosabatlarda sub'ektlar oladi. Endilikda O’zbekistonga nisbatan dunyodagi barcha davlatlari to’laqonli mustaqil sub'ekti sifatida va tub manfaatlarining birdan bir rasmiy ifodachisi ekanligini tan olgan, o’zaro samarali munosabatlar o’rnatishga munosib, xalqaro siyosatning mustaqil, daxlsiz sub'ekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy asos yaratildi. Mustaqil davlatimiz g’oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda uning shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo’lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy Sovetining birinchi sessiyasi) O’zbekistonda Prezidentlik institutini ta'sis etish to’g’risidagi qarori bo’lgan edi. Ma'lumki, o’sha sessiyada I.A.Karimov O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta'sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g’oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashning o’ziga xos yo’nalishining boshlanishi ham edi.

Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy sohalarda to’planib qolgan muammolarni hal etishning birdan-bir to’g’ri echimi edi.

Ma'lumki, dunyo davlatchiligi tarixiy rivojlanishida boshqaruvning asosan ikki shakli – monarxiya va respublika usullari mavjud. Respublika boshqaruvi o’z navbatida parlamentar va prezidentlik respublikalari ko’rinishlariga ega. Prezidentlik Respublikasi hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 2000 yilgi ma'lumotlarga ko’ra, BMTga a'zo 192 davlatdan 146 tasida Prezident lavozimi mavjud ( Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. Toshkent – 2000. 41-b)

Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarining muhim bosqichi bo’lgan prezidentlik institutining ta'sis etilishi haqida batafsil fikr yuritishimizning asosiy sababi – Prezidentlik hokimiyatining manbai xalq ekanligi to’g’risidagi tarixiy tajribaning O’zbekistonga mos va zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o’z isbotini topayotganligi bilan belgilanadi. Shu o’rinda, «Prezidentlik Respublikasining parlamentar respublikadan asosiy farqi nimadan iborat?» degan tabiiy savol tug’iladi. Birinchidan, Prezident xalq tomonidan muqobillik asosida saylanib, davlat boshlig’i hisoblanadi. hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, parlament, ya'ni oliy vakillik qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o’ziga itoat ettiradi.

Ikkinchidan, Prezidentlik hokimiyati siyosati demokratiyaning muhim umumjahon miqyosida e'tirof etilgan tamoyili bo’lgan xalqning xohish-irodasini amalga oshirishning kafolatidir. Prezidentlik boshqaruvi hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishni Konstitutsiyaviy qonunlar bilan kafolatlaydi.

Uchinchidan, Prezidentlik boshqaruvi barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta'minlash, qonunchilik hamda Konstitutsiyaviy tuzum barpo etishning asosi bo’lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini mamlakat oliy maqsadlari yo’lida muvofiqlashtiradi ( Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. Toshkent – 2000. 42-b).

To’rtinchidan, Prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o’zi boshqarayotgan davlatning dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolatlangan Konstitutsiya normalari va qonunlarining to’g’ri va qat'iy rioya etilishini ta'minlaydi.

Umuman, mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta'sis etilishi milliy davlatchiligimizni shakllantirishdagi qarashlarimizning ma'no va mazmunini tubdan o’zgartirib yuboradi. Buning isbotini Prezidentimizning mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy etakchi bo’lib qolayotganligini hayotning o’zi tasdiqlamoqda.

Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 20 iyun)da qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi»siz tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining birinchi moddasida: «O’zbekiston SSRning davlat mustaqilligi O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir» deb belgilab qo’yilishi davlatchiligimiz g’oyalarining huquqiy asoslarini tashkil etgan edi.

«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo’lidagi yana bir muhim, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan qadami edi. Aynan ushbu Deklaratsiya e'lon qilinishidan boshlab, mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalarni mustaqil tarzda hal qilishga kirishildi.

Davlatchilik g’oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini shakllantirishda O’zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan (O’zbekiston Respublikasining davlat musta?illigi t??risidagi ?ujjatlar. T., 1991. 5-b.). Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat Xavfsizligi Qo’mitasining qonuniy ravishda O’zbekiston tasarrufiga o’tishi alohida o’ringa ega bo’ldi. Ushbu Farmonga binoan Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki Ishlar Vazirligining ichki qo’shinlari ham bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Ayniqsa, Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi, prokuraturasi, Adliya organlari, ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari siyosiy partiyadan butunlay holi qilinganligi milliy davlatchiligimiz shakllanishidagi yangi bosqichning boshlanishi edi.

Milliy mustaqillikni mustahkamlashda chuqur, har tomonlama demokratik o’zgarishlarning ahamiyatini oldinroq va aniqroq his etgan I.Karimov boshchiligidagi siyosiy rahbariyat o’z faoliyatini birinchi navbatda, boshqaruv va xavfsizlik tizimiga kiruvchi barcha muassasalarni metropoliya ixtiyoridan chiqarish va ularni xalq xohish-irodasining timsoli bo’lmish milliy davlatimiz tasarrufiga o’tkazishdan boshladi. Yuzaki qaraganda, bu jarayon bosqichma-bosqich kechganligi bois, unchalik ko’zga tashlanmagan bo’lsada, aslida mustaqil demokratik davlat va jamiyatga asos solish nuqtai nazaridan O’zbekistonliklar uchun taqdirbardor burilish edi. Chunki, hokimiyat organlarining xalq tasarrufiga olinishi, jamiyatni idora etish endilikda tom ma'noda, umummilliy vazifa va javobgarlik darajasiga ko’tarilganligini bildirar edi.

Hokimiyat organlariga nisbatan xalqning suvereniteti, ya'ni xalq ixtiyoriga bosqichma-bosqich o’tkazilishi milliy an'analar, ko’nikmalar hamda o’zaro individlar darajasida barchaga mos keladigan batamom yangi demokratik institutlarni barpo etish bilan bog’liq ulkan jarayonni kuchaytirdi. Shunday ekan, milliy mustaqillikning e'lon qilinishiga millatni, qolaversa, uning genofondini butkul barbod bo’lishdan asrab qolish maqsadi yo’lidagi oliy siyosiy rahbariyatning ulkan reformatorlik ishi kontekstida qarash lozim.

Aynan o’sha kezlarda yosh milliy demokratiyani asrash maqsadida «Davlat Xavfsizligi Qo’mitasi» nomli, aksilmilliy totalitar yo’nalishni o’zi uchun faoliyat mezoni qilib olgan repressiv tashkilotga barham berilib, yangi Milliy Xavfsizlik Xizmatining ta'sis etilishi, shuningdek mamlakat Prezidenti huzurida va rahbarligida Xavfsizlik Kengashiga asos solinishi, Ichki Ishlar Vazirligi va uning tarkibidagi harbiy qismlarning isloh qilinishi, strukturaviy nuqtai nazardan yangi sharoitda ish olib borishga qodir bo’lgan ichki harbiy qismlarning shakllantirilishi va yangidan jihozlanishi; Favqulotda ishlar bo’yicha Vazirligi, Mudofaa ishlari Vazirligining, keyinchalik, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga aylantirilishi va boshqa ishlar shular jumlasiga kiradi.

Yuz yillarga tatigulik o’sha tarixiy asnolarda milliy o’zbek davlatini munosib ravishda tashqi dunyo bilan bog’lash, uning milliy manfaatlarini jahon siyosat maydonida aks ettirishga qodir bo’lgan tashqi siyosiy muassasa - Tashqi Ishlar Vazirligi batamom yangi, jahon standartlari asosida faoliyat yurita boshladi. Turli mintaqalarda, nufuzli davlatlarda diplomatik va konsullik xizmatining milliy tizimi faoliyati shakllantirildi. Shu yillarda milliy Bojxona Xizmati tizimiga ham asos solindi. Bugun notinch zamonda nihoyatda zarur bo’lgan hokimiyat tizimi ustidan to’la-to’kis umumxalq nazorati o’rnatilishini shubhasiz, yangi milliy demokratik jamiyat barpo qilish jarayoni doirasida anglash maqsadga muvofiqdir. Albatta, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, bu jabha ichki siyosiy vaziyatni barqaror ushlab turish bilan bir qatorda, demokratik ishtirok uchun keng yo’l ochilishi g’oyat katta kuch, mablag’, eng muhimi vaqt sarflashni taqozo etdi.

Ma'lumki, davlat chegarasi hech qachon shunchaki bir geografik yoki topografik tushuncha sifatida qaralmagan. Hudud va chegaraning millat va uning ravnaqi uchun ahamiyati muttasil oshib borishi natijasida, ular milliy siyosiy-ma'naviy qadriyat darajasiga ko’tarilib kelgan. Bu muammo, ayniqsa, milliy mustaqillik e'lon qilinib, shu hududda xalqning tanho hokimiyati o’rnatilgan paytlarda tamomila yangi qirralarini namoyon etadi.

Jumladan, 1995 yil 15 sentyabrda Prezidentimiz I.Karimov o’zining Markaziy Osiyoda hamkorlik va xavfsizlik masalasiga bag’ishlangan seminardagi chiqishlarida “mintaqaviy xavfsizlikdan tashqari mintaqaga chegaradosh bo’lgan hududlar uchun ham zarur bo’lgan hamkorlikni rivojlantirish” zarurligi va 27 oktyabrda O’zbekiston televideniyasi muxbirining savollariga bergan javoblarida «Markaziy Osiyo xalqlari, davlatlari yanada axil yashashga qaror qilsalar, chegaramizni birov qo’riqlashga xojat qolmasligi” haqida jiddiy fikr bildirdi. Demokratik davlatchilikka asos solish vazifasi nuqtai nazaridan Prezidentimizning 1999 yilning 13 yanvarida «O’zbekiston Respublikasi Chegara qo’shinlari davlat qo’mitasini tashkil etish»ga oid farmonlari katta ahamiyat kasb etadi.

Farmonga binoan chegara qo’shinlari Mudofaa Vazirligi tasarrufidan chiqarilib, alohida, mustaqil qo’mondonlikka birlashdi va uning bajarilishi uchun zarur bo’lgan tegishli mablag’ ajratilishi va mutasaddi tashkilotlarga muhim siyosiy majburiyat yuklatildi. Zotan «hudud», «chegara» va «milliy xavfsizlik» singari mustaqillikkacha biron-bir ma'no kasb etmagan abstrakt-geografik tushunchalar endilikda millati, dini va boshqa xususiyliklaridan qat'iy nazar, barcha O’zbekistonliklar uchun muqaddas qadriyatlar darajasiga ko’tarildi. Mustaqillikni asrash esa, tom ma'noda umummilliy, umumxalq vazifa darajasiga ko’tarilgan edi.

Yuqorida biz mustaqillik tufayli xalqning hokimiyatni o’z qo’liga olishi, yangi siyosiy tizimga asos solinishi hamda uning barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan demokratik kafolatlar haqida so’z yuritdik. Ammo hamma joyda siyosiy hokimiyat talab darajasida faoliyat ko’rsatishi uchun unga fuqarolarning demokratik ishtiroki suv bilan havodek zarur ekanligi tobora oydinlashib boryapti. Shuni hisobga olgan holda, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida inson ongi va qalbi bilan bog’liq bo’lgan, uni isloh qilish, “yangilash, ma'naviy-ruhiy “ta'mirlash” kabi sermashaqqat yo’ldan borildi.

Bu juda katta sabr-bardosh, siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan ijtimoiy zaruratdir. Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emasligini, hamon sust ekanligini qayta-qayta aytishlariga to’g’ri kelmoqda. Eski andozalardan to’liq qutila olmaganlik, muhim siyosiy qarorlar hozircha yuqoridan qabul qilinishi, ayrimlarning o’ylanmay qabul qilingan qarorlar qurboniga aylanish holatlari, ma'muriy-buyruqbozlik, mustabid tuzum illatlaridan voz kechish qiyin kechayotganligi va boshqa ko’plab demokratiyadan ancha yiroq qusurlar shular jumlasidandir.
3-savol.Ma'lumki, milliy siyosiy madaniyat va siyosiy ong darajasi jamiyat hayotida inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. U yuksakbo’lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O’z hayoti va tub manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan tadbirlarga befarq qarashmasdan, aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi, qarorlar ijrosi uchun o’z mas'uliyatini his qiladi.

Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e'tibor berib kelmoqda. Bu mexanizm eng avvalo, jamiyatni erkinlashtirish orqali fuqarolarning har bir saylovga mamlakat taqdiri uchun ahamiyatli tadbir sifatida munosabat qilishni taqozo etadi. Odamlar o’z manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglashi zarur bo’ladi.

Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada Prezident I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatning uzoqqa yo’naltirilgan maqsadlarini aniq va ravshan ifodalab berdi va davlat vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarining ya'ni mahallalarning rolini oshirib borish orqali demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini aytgan edi. Ana shu tamoyilning o’zi fuqarolarning bir jihatdan erkinligi va ozodligini ta'min etsa, ikkinchi tomondan o’z hayotlarini izga solishga, demak-ki, jamiyatni boshqarishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shaxs o’zini jamiyat hayotining hamma sohalariga daxldor, uning oldida burchli va mas'uliyatli ekanligini anglab boradi.

Prezident I.A.Karimov milliy taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqar ekan, O’zbekistonning birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlat bo’lishiga katta umid bog’lamoqda. Bugungi bosqichda demokratik institutlar faoliyatlari ko’lamlarini kengaytirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish, jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e'tiqodiy raqobatlar o’rtasidagi muvozanatni ta'minlash, jamoat birlashmalarining hozirgi bosqichdagi ijtimoiy mavqeini oshirish, siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, hokimiyat bo’linishi printsipining insoniyat tomonidan umume'tirof etilgan tamoyillarini amalda qo’llash, davlat hokimiyati organlarining vakolatini nodavlat va jamoat tashkilotlariga o’tkazish masalalarini strategik vazifa darajasida anglashi kerak bo’ladi.

Agar O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatga mansub turli dunyoqarash va turmush tarziga ega bo’lgan aholi yashashini, 10 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotganligini nazarda tutadigan bo’lsak, ko’p millatli mamlakatda millatlararo murosa muhitini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, jamiyatda turli diniy va g’oyaviy e'tiqodga ega bo’lgan aholi tabaqalarining intilishlarini uyg’unlashtirish, ularni mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan g’oya atrofida birlashtirib, yo’naltirish favqulodda katta salohiyat taqozo etishi ravshan. Ayni chog’da umumiy fikrlarga kelish har bir inson erkinligi, shaxsiy talablari va rag’batini bo’g’ish hisobidan bo’lmasligi zarur. Zero, inson ilohiy va tabiiy qismatiga ko’ra mutlaq, betakror hodisadir. Shu boisdan, ulug’ allomalarimiz ham mazkur masalaga alohida urg’u berib, insonga berilgan muqaddas huquqlardan biri ixtiyoriy tanlov, me'yoriy muvozanatga intilish va haqni o’z rag’batiga ko’ra topa bilish salohiyati ekanligini alohida ta'kidlaganlar. Holbuki, millatidan, irqidan va dunyoqarashidan qat'iy nazar, mamlakat fuqarosi o’z ehtiyojlarini qondirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lishi, o’z hayotini ixtiyoriy tanlov asosida yo’lga qo’yilishi, jamiyatda barqarorlik muvozanatini saqlash, murosaga kelish va bir-birini tushunish, o’zaro hamjihatlik va demokratik jarayonlarda ishtirok makonini qaror toptirish uchun keng ko’lam yaratadi.

Xulosa o’rnida shuni yana bir bor ta'kidlash joizki, yurtimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan e'tiboran, uning izchil va shuning bilan bir qatorda o’ziga xos va mos demokratiyalashish bilan chambarchas bog’liq ekanligini, barcha sohalarda xalqning mutlaq suvereniteti tamoyili qaror topishi, va nihoyat, ularning barchasi ijtimoiy jarayonlarda qaysi millat yoki konfessiyaga mansubligidan qat'iy nazar xalqning faol ishtirokini taqozo etishi xalqimiz va siyosiy rahbariyat tomonidan endilikda chuqur his etilmoqda.

Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «Shved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.

Jumladan, «Amerika modeli»da bozor munosabatlari nihoyatda liberalligi bilan xarakterlansa, «Yapon modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning etakchi o’rni bilan belgilanadi. «Shved modeli»da iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi ustuvordir.

Shuningdek, Sharqiy Evropa mamlakatlarining o’z modeli bor, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlaridagi modellar ham o’ziga xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o’rganib, mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlari va geografik-demografik shart-sharoitlariga mos bo’lgan o’ziga xos modelni yaratish zarur edi. Sobiq totalitar tuzumdan juda ko’plab iqtisodiy, ijtimoiy muammolar meros bo’lib o’tganligiga qaramasdan, respublika rahbariyati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’lini aniq belgilab oldi.

Bu yo’ldagi dastlabki eng asosiy vazifa: «Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish, shuningdek, yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish» (Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’saјasida: xavfsizlikka taіdid, barєarorlik shartlari va taraєєiyot kafolatlari. -T. O’zbekiston, 1997. 152-bet.) edi.

Mazkur vazifani sobitqadamlik bilan hal etish natijasida eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi.

1990 yil 24 martda O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy etilishi, 1990 yil 1 noyabrida Prezident xuzuridagi

Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi, viloyat, shahar va tumanlarda vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimining ta'sis etilishi, yangi milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi.

1991 yil 31 avgustda O’zbekistonda davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, mamlakatning demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tomon yo’l tutishi respublikaning yangi Konstitutsiyasi yaratilishini taqozo etdi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi milliy davlatchilikning konstitutsiyaviy poydevori bo’lib qoldi.

Bu Konstitutsiya avvalo, o’zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi va an'analariga tayanib, milliy davlatchilikning yangi asosda ijodiy rivojlanishini ta'minlab beruvchi siyosiy-huquqiy hujjatdir.

Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi demokratiya va inson huquqlarining jahonda e'tirof etilgan qoidalariga to’la mos bo’lib, mamlakatimizda keng ko’lamli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazish uchun huquqiy zamin bo’lib xizmat qiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko’lamli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.

Mazkur islohotlar mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:

- Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo’lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo’lishi lozim. Iqtisodiyot o’z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak;

- Iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmaslik kerak;

- Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak;

- Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir;

- Bozor iqtisodiyotiga o’tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog’i lozim.( Karimov I.A. O’zbekiston iєtisodiy isloіotlarni chuєurlashtirish yo’lida. -T. O’zbekiston. 1995. 11-b)

Mazkur tamoyillar «O’zbek modeli» sifatida jahonda e'tirof etilgan O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib xizmat qildi.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorlik tamoyili jahon tajribasida sinalgan erkin bozor iqtisodiyotining ob'ektiv qonunlari ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Bozor itisodiyotiga o’tish sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalari, xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiyotning siyosat va mafkuradan ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi barpo etilayotgan adolatli fuqarolik jamiyatining moddiy asosi bo’lib xizmat qiladi.

Yangi demokratik jamiyatga va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning bosh islohotchilik vazifasi mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlarni tashkil etish va amalga oshirishda tashabbuskor bo’lishni nazarda tutadi. Bu tamoyil avvalo, mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan bo’lib, milliy davlatchiligimiz tarixiy tajribasiga asoslanadi. O’zbek davlatchiligi taraqqiyotining barcha davrlarida davlat jamiyat hayotini tashkil etuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshiruvchi etakchi kuch bo’lgan. Davlatga va uning rahbariga katta ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lish o’zbek xalqining turmush tarzidagi muhim siyosiy qadriyat bo’lib kelgan. Milliy davlatchiligimizdagi mazkur an'ana mustaqillik sharoitida o’zining mantiqiy ifodasini topdi va yangi mazmun bilan boyitildi. Tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy-siyosiy islohotlar davlatning bosh islohotchilik rolini yaqqol ko’rsatib berdi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning murakkabligini hisobga olgan holda, shuni ta'kidlash zarurki, bu o’tish davrida bir qator salbiy holatlar, jumladan, ishsizlik, qonunbuzarlik, jinoyatchilik kabilar yuzaga kelganda davlatning tartibga solish, nazorat qilish va boshqarishdagi roli yanada ortadi. Garchi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan davlatning vazifasi biroz qisqarsada, lekin jamiyatdagi ijtimoiy bo’hronlarning oldini olishda, ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishda, ijtimoiy adolatni qaror topishida davlatning o’rni va roli saqlanib qolaveradi.

Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyilining mohiyati mamlakatimiz hayotining hamma sohalarida qonun ustuvorligini ta'minlash, qonunga itoatkorlikni shakllantirishdan iboratdir. Bu tamoyilni davlatimiz rahbari I.A.Karimov shunday ifodalaydi: «Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonunga tayangandagina, bu o’zgarishlar sezilarli natijalar berilishi muqarar bo’lishi mumkin»( Karimov I.A. O’zbekiston iєtisodiy isloіotlarni chuєurlashtirish yo’lida. -T.: «O’zbekiston», 1995)

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning ustunligi huquqiy davlatning asosiy belgisi sanaladi. Garchi, huquqiy davlat nazariyasi ?arbiy Evropada XVII-XVIII asrlarda yaratilgan, degan fikr mavjud bo’lsada, huquqiy davlat an'analari milliy davlatchiligimiz tarixiy tajribasida o’rta asrlardayoq mavjud bo’lgan. Jumladan, o’zbek davlatchiligining buyuk namoyondasi Amir Temur o’zi barpo etgan juda katta davlatni «Kuch adolatdadir» degan shior bilan idora etgan. Temur davrida maxsus tuzuklarga amal qilingan. Ana shu tuzuklarda jamiyat a'zolarining axloq-odob qoidalari, mansabdor shaxslar va hukmdorlarning burchlari, davlat va qo’shinni boshqarish qoidalari aniq ifoda etilgan.

Qonun ustuvorligi tamoyili, avvalo davlatning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiyaning ustuvorligini ta'minlashni nazarda tutadi. Bu tamoyil mamlakatimiz Konstitutsiyasining 15-moddasida quyidagicha ifodalangan: «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar» (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. O’zbekiston. 2003. 11-bet).

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyili ham o’zbek davlatchiligi an'analariga hamda milliy qadriyatlarimizga mos bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish doimo murakkab jarayon bo’lib, bu davr o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini o’z himoyasiga olish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Zaif va yordamga muxtoj kishilarga mehr va muruvvat ko’rsatish, ularni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash xalqimiz turmush tarzidagi qadimiy an'ana, azaliy milliy qadriyat sifatida davlatchilik tajribasida ham o’z ifodasini topgan. Masalan, buyuk davlat arbobi Amir Temur o’z «Tuzuklarida» davlatni boshqarishda o’n ikkita qoidaga amal qilgan. Shu qoidalarda, jumladan: - Davlat, saltanat ustunlarini, aholining barcha qatlamlari bilan quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish;

Mamlakatdagi demografik shart-sharoitlarni, aholining turmush darajasini hisobga olib, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilish orqali kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirmoqda.

- Ra'iyat ahvolidan ogoh bo’lish, ulug’larini og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rish(«Temur tuzuklari». -T., G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1991. 53-54 bet.).

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, o’tish tamoyili milliy xususiyatlarimizga, o’zbek davlatchiligi an'analariga mos bo’lib, u o’tish davrining murakkab xarakterini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni puxta o’ylab, ijtimoiy larzalarsiz, tadrijiy tarzda amalga oshirishni taqozo etadi.

O’zbek davlatchiligining o’ziga xos milliy xususiyatlaridan biri bo’lgan, davlatchilik taraqqiyotining inqilobiy sakrashlarni chetlab, tadrijiy tarzda takomillashib borganligini Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz maqsadga muvofiqdir: «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya'ni, sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb atashganlar. Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi» (Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iєtisodiy istiєbolining asosiy tamoyillari -T.: O’zbekiston. 1995. 10-11 betlar.) degan fikrlarning naqadar asosli ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko’rsatib turibdi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan yangi asosda tiklana boshlagan milliy davlatchiligimiz o’zining demokratik siyosiy maqomiga ega bo’lib, ijtimoiy taraqqiyotda tadrijiy rivojlanib kelgan milliy davlatchilikning qonuniy davomi sifatida namoyon bo’ldi.

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo’lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g’oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o’tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:

- Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;

- Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish;

- Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;

- Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;

- Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta'minlash;

- Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash;( Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoєda. -T.: O’zbekiston. 1999. 15-19 betlar.)

Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi.

Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o’z ichiga oladi.

Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, e'tiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini ta'minlovchi etuk mutaxassislar etishtirishni taqozo etadi.

Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida, «O’zbek modeli»ning mazmuni va mohiyatiga mos bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda.

Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta'minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga xos bo’lib, bunda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi.

O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda.

Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l mamlakatimizning tarixiy – milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo’naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturi-amaldir.

ADABIYoTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.

2. Karimov I.A.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8.-T.: O’zbekiston, 2000.

3. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9.-T.: O’zbekiston, 2001.

4. Karimov I.A Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T.: O’zbekiston, 2002.

5. Karimov I.A Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11.-T.: O’zbekiston, 2003.

6. Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. //Ishonch. 2004 yil 26 may

7. Azizxo’jaev A.A Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir. – T.: 1996.

8. Azizxo’jaev A.A.Davlatchilik va ma'naviyat. – T.: Sharq, 1997.

9. Amir Temur jahon tarixida. YuNESKO. Parij – 1996.

10. Gadoyboev A. Obod mahalla – adolatli, demokratik jamiyat tayanchi. –Demokratlashtirish va inson huquqlari, 2003, №1.

11. Devid Bitem, Kevin Boyl. Demokratiya: 80 savolga 80 javob. T., 2001.

12. Jalilov Sh. Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari: Tajriba, tahlil, amaliyot. –T., «O’zbekiston», 2001.

13. Jo’raev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot (ilmiy-tahliliy maqolalar to’plami). T., 2003.

14. Jumaev R.Z. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo’lida. -T.: «Sharq», 1998.

15. Otamurotov S. Hokimiyat va demokratiya mutanosibligi. – Ta'lim tizimida ijtimoiy- gumanitar fanlar. №1-2 sonlar, 2003.

16. Otamurotov S., Quvvatov N. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga: Oliy o’quv yurtlar uchun o’quv qo’llanma (mualliflar jamoasi) Istiqlol, demokratiya fuqarolik jamiyati. Toshkent, 2003.

17. Sagdullaev A. «Avesto» - tarixiy geografiyani o’rganish manbasi sifatida. «Avesto» kitobi tariximiz va ma'naviyatimizning ilk yozma manbai. -T., 2000.

18. Ergashev I. va boshqalar. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. Darslik. T., “Navro’z” nashriyoti, 2005.

19. Ergashev I., Sharipov B., Jakbarov M. Jamiyatni erkinlashtirish va ma'naviyat. -T.: «Akademiya», 2002.

20. Ergashev I. Demokratiya – milliy va umumbashariy qadriyat. Jamiyat va boshqaruv, №2, 2004.



21. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. -T.: «O’zbekiston», 2001 y.

22. G’ulomov M. Mahalla - fuqarolik jamiyatining asosi. -T.: Adolat, 2003.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa