Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.Hisobni qayta tiklash – ancha murakkab ish bo‘lib, tashkilotining eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 7- moddasiga muvofiq o‘zining buxgalteriya xizmatiga ega bo‘lmagan tashkilotda buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti
ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining hisobga olish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan buxgalteriya tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat bilan bajarishlari mumkin.
Buxgalteriya tashkiloti o‘z mijoziga hisob yuritishi uchun hisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va hisob registrlarining tarkibini loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini tavsiya etadi.Agar mijoz-korxona professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan paytda zarur tashkiliy texnikalar – kompyuterlar, printerlar, aloqa vositalariga ega bo‘lmasa, u holda buxgalteriya tashkiloti xodimlari o‘z mijozi uchun qulay texnik vositalarni tanlash bo‘yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o‘rnatib va dastur ta’minotini tuzib berishi hamda ma’lumotlar bazasini to‘ldirishga doir ishlarni bajarishi mumkin. buxgalteriya tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz xohishiga ko‘ra bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, u (buyurtmachi) buxgalteriya zarur uskunalar bilan ta’minlash, ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Agar mijoz-korxona tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa hamda buxgalteriya tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari uchun shart-sharoitlar bo‘lmasa, u holda buyurtmachi dastlabki hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to‘liq hisob yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo‘limlari bo‘yicha ham (moddiy boyliklar harakatini hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan bo‘lsa; mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo‘yicha) amalga oshirilishi mumkin.Ushbu professional xizmat bayonidan ko‘rinib turibdiki, buyurtmachi korxonada, buxgalteriya xizmati yo‘q, natijada hisobot tuzish, soliq deklaratsiyalarini to‘lg‘azish, buxgalteriya hisobotlari va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspeksiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishni topshirish mumkin bo‘lgan malakali xodimi ham yo‘q. Shuning uchun qoidaga ko‘ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspeksiyasi (DSI) da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |