Referat mavzu: Davlat sektori buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish masalalari. Bajardi: Z. Asatullayev


Buxgalteriya hisobi faoliyatida xorij davlat sektorlarining tajribalari



Download 72,16 Kb.
bet14/19
Sana01.01.2022
Hajmi72,16 Kb.
#288420
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Реферат Бюджет ва газначилик

3. Buxgalteriya hisobi faoliyatida xorij davlat sektorlarining tajribalari.

Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Yevropa va Amerika mamlakatlarida buxgalteriya faoliyati ko‘p asrlik tajribaga ega.Buxgalter rivojlangan huquqiy iqtisodiyot va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Yevropada shakllangan (uning tarixi juda katta bo‘lib, alohida tadqiqot obekti bo‘lishi mumkin).Buxgalterning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi ushbu materiallarni tegishli tadqiqotlar va keng ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib buxgalterning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil shakllari ishlab chiqildi, buxgalterlar uchun keng ko‘lamdagi uslubiy materiallar nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to‘ldirib borilmoqda.Ularda buxgalteriya faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va turkumlangan.

Respublikamizdagi buxgalteriya tashkilotlarining to‘plangan tajribalarini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, u aniq yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O‘zbekistonda buxgalteriya faoliyatining barpo bo‘lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir.Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-2003-yillarda 18 ta buxgalteriya faoliyati milliy standarti (AFMS) ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilib, buxgalteriya amaliyotida qo‘llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda (bu haqda kitobning 1.4-bo‘limida batafsilroq ma’lumot berilgan).Xorijiy mualliflar [10, 12, 14] buxgalteriyaning dastavval g‘arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar.Buxgalter asosan, dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan).

Masalan, Roy Dodj « buxgalteriya faoliyati so‘nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o‘tgan: birinchi – tasdiqlovchi buxgalter; ikkinchi sistemali yo‘naltirilgan buxgalter; va nihoyat, so‘nggisi, uchinchisi riskka (buxgalter tavakkalchiligining xavf-xatari – D.R.) asoslangan buxgalter.So‘nggi ikki bosqich bizdan kitobdan bosh ko‘tarish va diqqat-e’tiborni biznesning o‘ziga qaratishni talab qiladi» deb ta’kidlagan.


Demak, keyinchalik buxgalteriya faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq maqsadga yo‘naltirilgan).Bunda amaliyotdagi professional- buxgalterlar buxgalteriya hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo‘llovchi kishilar orasidagi (o‘z mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o‘rtasidagi) munosabatlarni ancha o‘rgana boshlaganlar.Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, ichki buxgalterning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar.

Agar mijoz-korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo‘sh bo‘lsa, agar u butun tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko‘plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi buxgalterlar sistemali yo‘-naltirilgan buxgalter prinsiplariga rioya qilgan holda ko‘rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo‘yicha mijozga keng ko‘lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko‘rsatadi. Bu esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Shunday qilib, buxgalteriya faoliyatiga sistemali yondashuv buxgalter sifatining kafolatiga aylangan.

Va nihoyat, zamonaviy buxgalter, asosan xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan buxgalter vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi buxgalterning, balki maqsadli-sistemali buxgalterning ham, ammo ko‘proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir.Bizning respublikamizda buxgalteriya faoliyatiga statistik usullarni tatbiq qilish, aniqrog‘i buxgalteriya statistikasini fan tarmog‘i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz mavjud [32] va uni rivojlantirish istiqbolga ega.G‘arb mamlakatlarida, masalan, AQSHda, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan prinsiplari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. AQSHning o‘zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama qilinganidan so‘ng, mustaqil kengash – Financial Accounting Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi.

Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga buxgalter standartlari ham qo‘llaniladi. AQSHda ular buxgalterning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – Generally Accepted buxgalterning Standards) deb ataladi.Ular buxgalteriya tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazishda hamda uchraydigan muammolarni hal etishda qo‘llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA – American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan.Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi.Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va buxgalterlar ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to‘xtatishga haqlidir.




Download 72,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish