Referat mavzu: Davlat sektori buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish masalalari. Bajardi: Z. Asatullayev


Xorijdagi buxgalterlar va buxgalteriya firmalari



Download 72,16 Kb.
bet15/19
Sana01.01.2022
Hajmi72,16 Kb.
#288420
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Реферат Бюджет ва газначилик

Xorijdagi buxgalterlar va buxgalteriya firmalari

Germaniyada buxgalteriya faoliyati «Buxgalterlarning professional ustavi to‘grisida»gi Qonunga (24.07.1961) muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq, buxgalter deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan va tegishli imtihonni topshirish orqali o‘zining shaxsiy va professional layoqatini tasdiqlagan shaxs tan olinadi.


Buxgalter professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy sohada buxgalteriya tekshiruvlarini amalga oshirish; soliq masalalari bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish; ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashi va vasiylik faoliyatidan iborat.
Germaniyada buxgalteriya faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olish bilan bog‘liq savollar majmui puxta ishlab chiqilgan.Malaka imtihonlarini o‘tkazish uchun Federal erlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha komissiya a’zolari tomonidan e’tiroz bildirilmasa, da’vogarlarni imtihonga qo‘yish haqida rais tomonidan qaror qabul qilinadi.

Buxgalteriya faoliyatini professional boshqarish uchun Buxgalterlar Palatasi tashkil etilgan.Buxgalterlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari tomonidan amalga oshiriladi. Frantsiyada buxgalteriya faoliyati 1969-yil 12 avgustda qabul qilingan dekret va 1994-yil 24 yanvardagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy ishlar professional tashkilot – schyotlar bo‘yicha komissarlarning milliy kompaniyasi tomonidan bajariladi.Kompaniyaning asosiy maqsadi – buxgalterlarning o‘z professional faoliyatini amalga oshirishlari ustidan nazorat o‘rnatish, a’zolarining obro‘- e’tiborini va mustaqilligini himoya qilishdan iborat.Milliy darajada esa, Kompaniya Ro‘yxatga olish bo‘yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.Bizning mamlakatimizdan ancha oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tib boshlagan Xitoyda esa 1982-yillarda buxgalteriya ma’muriyati yaratilgan.

Bundan tashqari buxgalterni rivojlantirish dasturi asosida Xitoy 180 mln. dollar
olgan va o‘zlashtirgan. Bu borada professor Saidkarim Qodirxonov fikriga qo‘shilish mumkin: «Xitoyda 1983-yildagi buxgalteriya ma’muriyatiga asos solingan vaqtdan boshlab mahalliy va markaziy darajada 3000 dan ortiq davlat buxgalteriya tashkilotlari yaratilgan. Ularda 30000 ga yaqin xizmatchilar band. Davlat muassasalari tarmoqlari va korxonalari chegarasida 10000 dan ortiq ichki buxgalteriya xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar tashkil qilingan.

Xitoyda buxgalterlikka ixtisoslanayotgan 70 dan ortiq firmalar mavjud. U yerda buxgalteriya tezlik bilan takomillashtirilmoqda» .Xorijda mustaqil buxgalterlar yakka holda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo ular ko‘p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq bo‘lganligi uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA firms) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi.G‘arb mamlakatlarida o‘n minglab buxgalteriya firmalari (faqat AQSHning o‘zida qirq besh mingdan ko‘p [6.19]) faoliyat ko‘rsatadilar.

Bular xilma-xil bo‘lib, bir kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar 90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va xalqaro buxgalter amaliyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan, yirik buxgalteriya firmalari ham mavjud.G‘arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan buxgalteriya xizmati bozorida hukmronlik o‘rnatilishi va o‘tgan XX asrda kapitalning baynalminallashishi ham buxgalteriya firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi transmilliy buxgalteriya korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli mavqega ega bo‘ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin).Bunga misol «katta sakkizlik» bo‘lib, u keyinchalik tegishli o‘zgarish (transformatsiya)lardan so‘ng, avval «oltilik»ka aylangan va 1998-yildan boshlab esa «katta beshlik» deb atalmoqda. Ko‘plab mamlakatlarning obro‘li professional va ishchan nashrlari vaqti-vaqti bilan yetakchi buxgalteriya -konsultatsion firmalarning (milliy hamda transmilliy) ro‘yxatini e’lon qilib turadilar.Ushbu ro‘yxatlarning ko‘pchiligi ularning faoliyati to‘g‘risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi. Bunday nashrlar ko‘p hollarda ularning mualliflariga buxgalteriya konsultatsion firmalarni ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha tabaqalashtirishga imkon beradi.Ko‘pincha, buxgalteriya firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki buxgalterlar soni bo‘yicha amalga oshiriladi. Hozirda yetakchi buxgalteriya konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo‘yicha, bunday ro‘yxatlarda, odatda, ular faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlar soni ham ko‘rsatiladi.

Albatta, ushbu ko‘rsatkichlar, ko‘pincha nafaqat statikani, balki shunga o‘xshash reyting


ko‘rsatkichlarida keltiriladigan dinamikani ham tavsiflaydi.Shunday qilib, buxgalteriya faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy firmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday buxgalteriya firmalari ichida eng yiriklari quyidagilar:

  1. «Prais Uoterxaus Kupers (Price Waterhous Coopers) – AngliyaAmerika.

2. «Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) – Amerika–Yaponiya.

3. “Ernst va Yang” (Ernst and Young) – Shotlandiya.

4. “KPMG” (KPMG), shu jumladan Peat Marwick, VDO va boshqalar.

Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro‘ qozongan monopolistlar bo‘lib, sanab o‘tilgan to‘rtta firma jamlangan holda – xalqaro buxgalteriya konsultatsion biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.Yuqorida qayd qilingan firmalarning har biri turli mamlakatlarda ko‘plab ofislarga ega bo‘lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining a’zosi hisoblanadi. «Katta beshlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat ko‘rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo‘lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya- buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatadi. Agar o‘z xodimlari yetishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan bunday loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan tadbirkorlar yoki u yoki bu mamlakatning hokimiyat xodimlari


ham jalb qilinadi.Ammo ular ham G‘arb mamlakatlarida butun buxgalteriya bozorini qamrab ololmaydi.Bunday yirik, jahon buxgalteriya faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan va transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma mamlakatlarda o‘rta firmalar hamda buxgalteriya ajralib chiqqan autsayderlar mavjud.


Download 72,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish