Antik Rim madaniyati mil. av. VIII asrdan mil. 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida madaniyatshunos olimlar ichida ikki hil qarash mavjud: Taniqli madaniyatshunoslar O.Shpengler va A.Toynbilarning fikricha, qadimgi rimliklar mustaqil madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va texnika sohalarida greklar va misrliklarning yutuqlarni qo‘lga kiritganlar xolos, boshqa sohalarda rimliklar ellinizm darajasiga yeta olmaganlar. Boshqa olimlar, jumladan D.A.Silichev, boshqacha fikrni ilgari surib, Rim madaniyati va sivilizatsiyasi ham o‘ziga xosligi, betakrorligi bilan ajralib turishini va jahon madaniyatida o‘z o‘rni borligini qayd qiladi.
Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat -etrusklar va yunonlar madaniyati an’analari ta’sir ko‘rsatgan Rim ibodatxonalari etrusk ibodatxonalari namunasi bo‘yicha qurildi, lotin alifbosi ham etrusklarning alifbosi asosida yaratildi. Rimga Yunonlarning ta’siri mil. av. III asrdan, "Iliada" va "Odisseya"ning Rim she’riyatiga ta’siri bilan boshlangan.
Rimliklar ko‘p sohalarda ellinlarga o‘xshar edi. Shu bilan birga ular o‘zlarining qadriyatlari va ideal tizimini yaratganlar. Bular sirasiga ayniqsa vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sodiqlik, ma’budlariga e’tiqod Rimda oliy qadriyat sifatiga ko‘tarilgan edi. Rimliklar qonunni alohida qadrlar, unga bo‘ysunishni sharaf deb bilar edilar. Ular uchun ijtimoiy manfaat shaxsiy manfaatdan ustun turardi.
Kishilarda quyidagi muruvvatlilik sifatlari ulug‘langan:
Sodiqlik - mil. av^ asrda ibodatxona qurilgan bo‘lib, unda fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, askarlarning o‘z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks ettirilgandi;
Jasorat - o‘z ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va’dalarga berilmaslik, sotilmaslik;
3. Shon-shavkat-jasorat uchun taqdirlanish va ulug‘lanish;
4. Erkinlik - mil. av. 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan.
Rimlikla erkin fuqaro bilan qul o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirganlar. Erkin kishi uchun siyosat, urush, huquq qonunlarini ishlab chiqish, tarixshunoslik va falsafa, davlatni boshqarish bilan shug‘ullanish faxrli hisoblangan. Hunarmandchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, aktyorlik va dramaturglik faxrli kasb sanalgan.
Barcha qo‘l mehnati qullarga tegishli bo‘lgan. Jumladan, yolg‘onchilik, laganbardorlik kabi illatlar ham qullarga taalluqli deb hisoblashgan. Rim klassik qulchilik tuzumining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.
Qadimgi Rimda birinchi bo‘lib Nibur tomonidan qayd qilingan urug‘doshlik asosidagi aholining tarkibiy tuzilishi muhim rol o‘ynagan. Rimning aholisi 300 ta urug‘dan iborat bo‘lib, ularning har o‘ntasi kuriyaga birlashar, 10 ta kuriya-tribuni tashkil qilardi. 3 ta tribun-bu 3 ta qabila lotin, sabin, etrusklardan iborat edilar. Shu tribularning a’zolari teng huquqli fuqarolar-patritsiylar edi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning ajdodlarini plebeylar deb atashgan. Plebeylar orasida ham boy-badavlat kishilar bo‘lgan, lekin ularning orasida kambag‘allar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Rim aholisi ichida qullar huquqsiz,"gapiruvchi hayvon" sanalardilar.
Rimliklar nisbatan jangovor bo‘lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo‘llar, turar -joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllarini yaratib, o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mil. av. 27 yili Rim respublika nomi bilan atalsa-da, amalda avtoritar boshqaruvidagi imperiyaga aylanadi. Birinchi imperator, prinsipiat (shu sababli imperiyani prinsipiat deb atalgan) bo‘lgan Oktavianga Senat Avgust unvonini — "Muqaddas kishi" faxriy nomini bergan. Oktavian davridan boshlab butun Apenin yarim oroli Italiya1 deb atala boshlangan. Besh asr davom etgan Rim imperiyasida Avgust davri (mil. av. 20-14) Rim madaniyatining oltin davri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |