Referat mavzu: Antik davr Grek va Rim madaniyati. Bajardi: 204-guruh talabasi Orifova Shaxzoda



Download 1,1 Mb.
bet1/12
Sana20.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#680443
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Antik davr Grek va Rim madaniyati


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Pedagogika kafedrasi


REFERAT

Mavzu: Antik davr Grek va Rim madaniyati.


Bajardi: 204-guruh talabasi Orifova Shaxzoda
Topshiriqni qabul qildi: Kadirova Ya.B.

Toshkent-2022y.
Mundarija:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1. Antik davr Grek madaniyati.
2. Yunonistonda adabiyot, san’at va falsafaning o‘rni.
3. Rim sivilizatsiyasining mohiyati.
4. Qadimgi Rim madaniyati va san’ati.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarning turmush tarzi, fikrlashi, ma’naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.


Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa tsivilizatsiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu madaniyat an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo‘ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko‘tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyatining vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatda va «antik madaniyat» nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.


Lotin tilidagi «antik» (antiguus) so‘zining ma’nosi «qadimgi» demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, antik davr qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rim uchun xarakterli bo‘lib, Yunonistonda mil. avv. XI-IX asrlarda antik jamiyatning tashkil topishidan boshlanib, mil. avv. V-IV asrda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to‘la mohiyat-mazmunga ega bo‘ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo‘llanilib kelayotgan «antik» so‘zini ko‘proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Yevropa xalqlari o‘zlarining madaniy taraqqiyotlari yo‘lida yolg‘iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar.
Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo‘linadi: Egey madaniyati (mil. av. XXVIII-XI asrlar); Gomer davri madaniyati (mil. av. XI-IX asrlar); Arxaik davri madaniyati (mil. av. VIII-VI asrlar); Klassik (yuqori darajadagi) davri madaniyati (mil. av. V-IV asrlar); Ellinizm davri madaniyati (mil. av. 323-146 yillar).
Egey madaniyatini ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken shahri Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek, bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.
Mil. av. III minginchi yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning boshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. Shaharlarning tutgan o‘rni hisobga olinib, ba’zida ularni «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg‘ulot qishloq xo‘jaligi bo‘lib, bunda don, uzum, zaytun yetishtirilgan. Xo‘jalikda chorvachilik, hunarmandchilik va savdo ham muhim o‘rin tutgan.
XIX asrning 70 yillarida nemis arxeologi Genrix Shliman Egey dengizi qirg‘oqlarida qazuv ishlari olib bordi va natijada 7 ta shaharni aniqladi. Shaharlarning biridan oltin san’at buyumlari xazinasi topildi.
Krit madaniyatiga taalluqli Knoss saroyi «Labirint» (yunon-xonalari behad ko‘p, yo‘laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino) nomi bilan tarixga kirgan bo‘lib, u ko‘p qavatli, 300 xonadan iborat, 16 ming kv.m. maydonni egallagandi. Saroyda suv o‘tkazuvchi moslama (vodoprovod), kanalizatsiya va vannalar, hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lgan. Saroyning maxfiy xonasidan ayol shaklidagi ma’budaning qo‘lida ilonni ushlab turgan haykalchasi topilgan. Saroyning devorlarida hozirgacha «Gullar teruvchi», «Qushni tutishga shaylanayotgan mushuk», «Xo‘kiz bilan o‘yin» kabi rasm manzaralari saqlanib qolgan. Krit chiziqli harflardan iborat o‘z yozuviga ega bo‘lgan.
Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli — respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443-429 yy.) davrida gullab-yashnadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Masalan, quldorlik davlat tizimini idor etish vositasi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish