Referat mavzu: Antik davr Grek va Rim madaniyati. Bajardi: 204-guruh talabasi Orifova Shaxzoda



Download 1,1 Mb.
bet3/12
Sana20.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#680443
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Antik davr Grek va Rim madaniyati

Gimnasiy (yunon.) - Yunoniston shaharlari va ellinistik Sharqda davlat o‘quv-tarbiya muassasasi gimnasiy deb nomlangan. Gimnasiyda ta’lim olayotgan bolalarning qanchalik chiniqqan, chidamli, sog‘lom, jismonan va ruhan baquvvatligi davlat tomonidan nazorat qilingan. Falsafa, adabiyot, siyosatga doir bilimlarni mamlakatdagi taniqli kishilar olib borishgan. Gimnasiylar ichida Platon o‘z shogirdlari bilan suhbat o‘tkazgan Akademiya va Aristotel tashkil etgan Likey mashhur bo‘lgan. Gimnasiyni tugatgan yigitlar efebiya maktabida harbiy bilim olishgan.
Efebiya (yunon.ephebeia -o‘smir) — Yunoniston (Sparta, Afina)da erkin tug‘ilgan 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni harbiy va fuqarolik xizmatiga tayyorlaydigan davlat tashkiloti Efebiya deb atalgan. O‘qish kazarma sharoitida 2 yil davom etgan. Birinchi yili efeblar gimnastika, kamondan otishni o‘rganganlar, harbiy mashqlar o‘tkazishgan. Ikkinchi yil harbiy qo‘rg‘onlar qurish, harbiy garnizonlarni qo‘riqlash, harbiy-dengiz ishlarini o‘rganish bilan shug‘ullanishgan, xalq sayil va bayramlari hamda yig‘i-lishlarida tartib saqlanishini nazorat qilishgan. Efebiyani tugatganlar to‘la huquqli fuqaro hisoblangan.
Yunon falsafasining eng yuksak namoyandalari Suqrot, Platon va Aristotel merosi umuminsoniy madaniyat xazinalaridir. Yunonistonda olamni falsafiy mushohada qilish -mantiq va tasdiqlashga tayangan ilmiy va ratsional fikrlash metodi orqali bilish mumkinligiga asos solindi. Deyarli hozirgi zamon madaniyatining dastlabki janrlari qadimgi Yunonistonda paydo bo‘ldi. Ba’zilari o‘sha davrning o‘zida juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Fidiy boshchiligidagi badiiy tasviriy san’at asarlari, Zevsning katta haykali bunga misol bo‘la oladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o‘tish davomida yunonlarning diniy tasavvurlari ham o‘zgarib borgan. Buning natijasida har bir yirik hodisa, kasbi-korning o‘z xudolari -homiylari paydo bo‘lgan. Masalan, Geya -Yer xudosi. Olimp xudolaridan ilgarigi eng qadimgi ma’buda. O‘z-o‘zidan osmon (Uran), dengiz (Poton) va tog‘larni yaratgan. Uranni er qilib olgan. Ulardan xudolarning birinchi avlodi -6 erkak titan va 6 ayol titan tug‘ilgan, ularning orasida Zevsning ota-onasi -Kronos va Reya ham bo‘lgan. Geya Olimp xudolarining hayotida faol ishtirok etmasa ham, ularga dono maslahatlar berib turgan. Vaqt o‘tishi bilan Geya taqdir hukmini biladigan qadimgi donishmandlik homiysi sifatida e’zozlagan.
Yunon afsonalaridagi oliy ma’bud, butun olam hukmdori Zevsdir. U Kronos va Reyaning o‘g‘li. Ma’budlarning uchinchi avlodiga mansub bo‘lib, Tartarda o‘z otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog‘ida hukmron bo‘lgandan keyin asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, qonunlar chiqaradi, tartib o‘rnatadi, fan, san’at, axloq me’yorlarini joriy etadi. Zevs taqdir irodasini va yaxshi niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi ko‘plab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda Zevs - dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yo‘q qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs to‘g‘risidagi afsonalarning ayrim qismlari «Iliada», «Odisseya» va boshqa antik davr asarlarida bor.
Olimp ma’budlaridan biri, Kronos va Reyaning o‘g‘li Poseydondir. U dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan bo‘lishib olgan. Unga dengiz hukmronligi nasib qilgan. Qo‘lida uch tishli ayri bilan tasvirlangan, u ana shu ayri yordamida dengiz dovullarini hosil qilgan. Yana bir ma’buda -Artemida bo‘lib, ovchilar, ayollar homiysi. Yelkasida o‘q-yoy, ba’zan yarim oy holatida tasvirlangan.
Yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go‘zallik ma’budasi Afroditadir. Afrodita dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko‘pigida tug‘ilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining Pafos shahrida bo‘lgan. Afroditaga sig‘inish oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo‘lsa, keyinroq Bolqon yarim oroli va Yunonistonga tarqalgan.
Germes dastlab chorvador va cho‘ponlar xudosi, poda va yaylovlar, keyinchalik yo‘l, yo‘lovchilar homiysi bo‘lgan. Shuningdek, Germesga savdogarlar va savdo homiysi, o‘lchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig‘inilgan. Germes Olimp ma’budlarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (er osti saltanati, do‘zax)ga o‘tkazuvchi hisoblangan.
Yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik piri Gefestdir. U kasb-hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Ikkala oyog‘i cho‘loq, badbashara bo‘lgan holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest - qo‘li gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi, deb tasavvur qilingan. Gefest to‘g‘risidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak darajada rivojlanganligini ifoda etar edi.
Urush va g‘alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi, Zevsning qizi Afina to‘la qurollangan holatda (dubulga va sovut bilan) tug‘ilgan. Afina shahrining homiysi. Yunon san’atining nodir yodgorligi bo‘lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning arxitektor Fidiy tomonidan bajarilgan, balandligi 12 metrlik katta haykali o‘rnatilgan. Ma’budaning nomi Gresiyadagi markaziy shaharlardan biriga qo‘yilgan.
Yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik piri Dionis bo‘lib, u Zevs bilan fivalik malika Semelaning o‘g‘li. Dionis sharafiga bag‘ishlangan bayramlar o‘ta xushchaqchaqlik, kayf-safo bilan o‘tgan.
Afsonalarga ko‘ra, ma’budlar malikasi Geradir. U Zevsning xotini, nikoh homiysi bo‘lib, shafqatsizlik, qaxr-g‘azabi va rashki bilan ajralib turgan.
Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, Zevs boshliq ma’budlar baland Olimp tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi shuhratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. Yunon ma’budlarining odamlardan farqi shundaki, birinchidan ular umrboqiy, ikkinchidan, ular go‘zal va qaddi-qomati kelishgan (Gefestdan tashqari)bo‘lishgan. Yunon ma’budlari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin, g‘azabli holatlarda namoyon bo‘lganlar. Yerdagi ayollar bilan ma’budlar qovushganda qahramonlar dunyoga kelgan.
Yunon afsonalari qahramoni, Zevs bilan oddiy ayol Alkmenaning o‘g‘li Gerakl afsonalarga ko‘ra, beqiyos kuchga ega bo‘lgan. U mislsiz 12 ta jasorat ko‘rsatgan. Gerakl Nemey sherini va ko‘p boshli Lerney ajdahosini o‘ldirgan, Erimanf to‘ng‘izini tirik tutgan, Stimfol temir qushlarini qirib tashlagan, amazonkalar malikasi Ippolitaning kamarini olgan, podshoh Diomedni yengib, yiqitgan va boshqa mardliklar ko‘rsatgan. Shuningdek, Anteyni yenggan, Prometeyni ozod qilgan. Xotini Deyanira rashk sababli uni zaharlagan. Zevs uni o‘lmaydigan qilgan. Yunonistonning ko‘pgina joylarida, keyinchalik Italiyada Geraklga e’tiqod qilingan. Gerakl haqidagi afsonalarda insonning tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi kurashi aks etgan. Gerakl Gerkules nomi bilan ham mashhur.
Bayramlardan tashqari greklarni umumgrek musobaqalari birlashtirgan. Bu o‘yinlar xudolarning otasi olimplik Zevs sharafiga mil. av. 776 yildan mil. 394 yilgacha har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilgan. Unda yugurish, boks, disk otish, to‘rt ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli aravalar musobaqasi, san’at konkursi namoyish etilgan. O‘yinlar vaqtida hamma greklar qatnasha olishi uchun urushlar to‘xtatilgan. Shunday qilib, olimp o‘yinlari tinchlik darakchisi bo‘lgan.
Yunonlar o‘z ma’budlariga ishonishgan, sig‘inishgan, ularga atab ibodatxonalar qurishgan va qurbonliklar qilishgan. Lekin yunonlarda ma’budlarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish, mutaassiblik darajasida bo‘lmagan. Masalan, Prometey ma’budlar irodasiga qarshi odamlarga osmondan olovni olib tushib bergan (Prometey afsonasidan).
Yunonlar mifologiyasida faqat ma’budlar emas, yerdagi insonlarni ham ulug‘langan. Bunga Sofoklning "Dunyoda buyuklar ko‘p, lekin tabiatda insondan boshqa kuchlisi yo‘q", yoki Arximedning "Menga Yerning tayanch nuqtasini topib beringlar, men uni ag‘darib tashlayman" degan iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Mil. av. 1450 yilda Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi chetdan doriy qabilalarining bostirib kirishi, kuchli zilzila, suv toshqini va vulqon otilishi tufayli falokatga uchragan. Shunga qaramay Krit-Miken madaniyatining uzviyligi Ellada madaniyatida namoyon bo‘ldi.
Mil. av. XI-IX asrlar Gomer asri deb ataladi. Bunga sabab shuki, bu davrni yoritib beruvchi asosiy manba Gomerning "Odisseya", "Iliada" dostonlari bo‘lib, gekzametr (muqaddas o‘lchovi) da yozilgan.
"Odisseya" dostonida dunyoga mashhur shunday folklor syujeti yotadi; uzoq darbadarlikdan so‘ng Odissey sadoqatli rafiqasi Penelopa oldiga tanib bo‘lmas darajada qaytib keladi. Odissey obrazida qahramonlik sifatlaridan ko‘ra uning aql-zakovati, epchilligi, tadbirkorligi ustun turadi. "Odisseya"da maishiy kartinalar va ertak unsurlari "Iliada"dagiga qaraganda ko‘proq.
Iliada mil. av. XIII asrdagi Ilion, ya’ni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida IX-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. "Iliada"ning bosh qahramoni Axill. Buyuk yo‘lboshchisi Agomemnon tomonidan haqoratlangan "Axillning qahri" doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qaxramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, ma’budlarning Olimpdagi munozaralari mutoyibali tasvirlangan.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish