Referat mavzu: Antik davr Grek va Rim madaniyati. Bajardi: 204-guruh talabasi Orifova Shaxzoda



Download 1,1 Mb.
bet9/12
Sana20.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#680443
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Antik davr Grek va Rim madaniyati

Saturnaliya - har yili dekabr oyida Saturn ma’budiga atalib o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqalar berilgan, bir-birlariga o‘zaro tuhfalar ulashganlar.
Luperkaliya - ma’bud Favkaga atalib (chorva homiysi), qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog‘liq bayram bo‘lgan. Bu bayramni har yili fevral oyida o‘tkazishgan. Shu kuni hammani qamchi bilan sekin urib chiqqanlar (qamchini febritsa deyilgan, shundan fevral oyining nomi kelib chiqqan).
Mifologiya sohasida Rim bilan bog‘liq miflar, chunonchi, "Rim dunyo markazi", "Rim -doimiy shahar", "Rimning dunyo ustidan hukmronlik qilishi" singari g‘oyalar alohida o‘rin tutgan.
Afsonaga ko‘ra Rimga mil. av. 753 yili egizaklar Romul va Remlar asos solganlar. Shu vaqtdan Rimning monarxiya boshqaruvi tarixi boshlanadi. U davrda jamiyatning muhim masalalarini xalq majlisi hal qilgan. Patritsiylarning (tub aholi) nufuzli oqsoqollaridan «Keksalar kengashi» tuzilib, uni lotinchada Senat deb atashgan. Dastlab Senat va podsho xalq majlisiga tayanib, davlatni idora qilishgan.
Mil. av. 510 yili Senat bilan podshoning qarama-qarshiligi natijasida podsho Takviniy ag‘darilib, Rimda aristokratik Respublika boshqaruv tizimi o‘rnatiladi. Puni urushlaridan keyin (264-146 yy.) Karfagen mag‘lubiyatga uchragach, Rim imperiyasining hududi ancha kengayadi va Rimning obro‘si kuchayadi.
Rim, Aleksandriya, Afina, Karfagen shaharlari ilmiy markazlar sifatida faoliyat ko‘rsatgan edi. Geografik bilimlarga, tibbiy va tarixga e’tibor berildi.
Tarix fani rivoji yilning muhim voqealari tavsiflangan anallardan boshlanadi. Mil. av. 130 yilda anallar 80 kitobdan iborat bo‘lib, "Katta anallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar -analchilar deb atalgan.
Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (mil. av. II asr) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratgan.
Plutarx (46-127) tarixchi, faylasuf va yozuvchi. Plutarx ta’limotida ko‘proq axloq-odob, insonparvarlik masalalari yetakchilik qilgan va olim falsafani insonlar uchun o‘z-o‘zini ma’naviy shakllantirish vositasi deb bilgan. Plutarxdan boy adabiy va falsafiy meros qolgan. Biroq uning nomini mashhur etgan yetakchi meros-tarixiy-biografik asarlar hisoblanadi. Ushbu asarlar «Qiyosiy hayotnomalar» umumiy nomi bilan shuhrat topgan. Mazkur asarlarda Lisandr va Sulla, Kiton va Likull, Nikiy va Krass, Agesilay va Pompey, Aleksandr va Sezar, Demosfen va Sitseron singari mashhur yunon, Rim davlat va siyosiy arboblari, sarkardalari va notiqlarining hayot yo‘llari, xulq-atvori, turmush tarzini qiyoslash yo‘li bilan tarjimai hollari bayon qilingan.
Badiiy-tarixiy ahamiyatga molik Plutarx biografik asarlarida qadimgi Eron, Parfiya va Sug‘diyona singari Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir ma’lumotlar ham yoritilgan. Plutarx ilgari surgan insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari keyingi davrlarda anchagina ilg‘or tafakkur vakillariga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Imperiya davrida fanlar rivojlanishi kuzatiladi. Katta Pliniy, Ptolomey va Galen taniqli olimlar edilar. Katta Pliniy tomonidan 37 tomlik «Tabiiy fanlar tarixi» asari yaratildi. Bu asar o‘sha davrda tabiiy fanlar ensiklopediyasi rolini o‘ynagan. Ptolomey dunyoning geotsentrik tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. Uning «Almagest» asari astronomik bilimlar bo‘yicha qomus edi. U optika, matematika va geografiya sohalariga doir asarlar ham yozgan.
Qadimgi dunyoning mashhur tabiblaridan Asklepiad, Korneliy Sels, Klavdiy Galen bo‘lib, ularning ichida Klavdiy Galen (129-201 yy.) Sharqda Jolinus Hakim nomi bilan mashhur edi. Dastlab u gladiatorlik maktabida ishlab, so‘ng Rim imperatori saroyida tabiblik qilgan. Klavdiy Galen 400 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Tabiblik san’ati»,«Davo usullari», «Dorilarning tartibi haqida» asarlari alohida ahamiyatga egadir.
U "Inson tanasining qismlari haqida" gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomik-fiziologik jihatdan tasvirlab bergan. Galen shifobaxsh dorilarni hayvon va o‘simliklardan tayyorlagan. Tabobat tarixida qon aylanishi to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalarni ilgari surgan. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi ilmiy diagnostika, davolash va profilaktikaning asosi ekanligini ko‘rsatib bergan.
Galen antik tibbiyotni yagona ta’limot tarzida umumlashtirib, XV-XVI asrlarga qadar tabobat ilmining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Galen faylasuf sifatida sezgilardan tashqari ham bilish haqiqat manbaidir, deb hisoblagan. Uning asarlaridan ulug‘ mutafakkirimiz Ibn Sino ham foydalangan.
Ovidiy (mil. av. 43 mil. 18) o‘zining «Sevgi san’ati», «Dard-alamlar» va «Pontdan maktublar» nomli asarlari bilan Rim she’riyatiga asos soldi. Aslzodalar turmushini tanqid ostiga olib, Avgust g‘azabiga uchragan. Boshqa asarlarida esa o‘z qayg‘u-alamini va mehnatkashlarning og‘ir turmushini aks ettirgan. Shu bois Qora dengiz bo‘yidagi Toma shahriga surgun qilingan.
Epikurizm va stoiklarning ko‘zga ko‘ringan vakillari Lukresiy, Sitseron va Seneka edilar. Tit Lukresiy Kar (mil. av. 96-55) rimlik faylasuf va shoir. Asosiy falsafiy asari -"Narsalarning tabiati haqida" didaktik dostonidir. U qadimgi davrda materialistik falsafa izchil bayon qilingan va to‘la saqlangan yagona asardir. Lukresiyning fikricha, atom ilk materiya sifatida narsalar mohiyati negizini tashkil qiladi. Lukresiy ba’zilarning atomlarni sezgi a’zolarimiz orqali ko‘rmaymiz, chunki, ular yo‘q, degan fikriga javoban, biz shamolni ko‘rmaymiz, lekin shunga qaramasdan u doimo mavjuddir, deydi. Atomlar xilma-xil. Fazo real mavjud. U narsalardan tashqarida mavjud, bo‘shliq, vaqt esa jismlarning harakati va sukunati bilan bevosita bog‘liq. Harakat bo‘shliqda sodir bo‘ladi. Jism va bo‘shliq cheksizlikni tashkil qiladi. Har qanday harakat jismlarning o‘ziga xosdir. Harakat sezgilardan yashirin mayda zarralarda boshlanadi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish