Referat mavzu: Antik davr Grek va Rim madaniyati. Bajardi: 204-guruh talabasi Orifova Shaxzoda



Download 1,1 Mb.
bet11/12
Sana20.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#680443
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Antik davr Grek va Rim madaniyati

Kolizey (Kolossey, lot. colosscus — ulkan) — Qadimgi Rimdagi me’moriy yodgorlik (mil. 75-80 yillar). Imperator Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatri nomi bilan mashhur bo‘lgan. Kolizeyning balandligi 57 metr, tarhi ellips shaklida (524 metr). 4 qatlamli o‘rindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona bo‘lgan. Imperator o‘rindig‘i sahna bilan teng (balandligi 3,5 metr) bo‘lgan. 1 qatlamda imperatorning yaqinlari, 2 qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qatlamda oddiy xalq o‘tirgan. O‘rindiqlar toshdan ishlangan, galereyalarning konstruksiyalari beton va g‘isht bilan mustahkamlangan.
Kolizeyning ulug‘vor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar. Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari o‘tkazilgan.Arenaga 2 ming yirtqich chiqarilgan. 10 ming gladiator bir-biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishishgan.
Qadimgi Rimda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, o‘zaro yoki yovvoyi hayvonlar bilan kurashishga majbur qilingan baquvvat, jasur qullar, harbiy asirlar Gladiatorlar (lat. Gladius-shamshir) deb nomlanganlar. Ular maxsus maktabda o‘qiganlar (Rimda, Kapuyada). Gladiatorlar jangi zodagonlarning ko‘ngil ochish tomoshasiga aylangan. Rimda birinchi Gladiatorlar jangi mil.av. 264 yilda o‘tkazilgan. Gladiatorlar bir necha bor quldorlarga qarshi bosh ko‘targanlar. Gladiator Spartak rahbarligidagi qo‘zg‘olon shularning biri. Gladiatorlar jangi xristianlar talabi bilan V asrdan e’tiboran barham topgan.
Kalendar (qarz daftari), taqvim - yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi bo‘lib, u Quyosh, Oy, sayyoralarning ko‘rinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, Oy fazalari va yil fasllarining davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. Kalendarning paydo bo‘lishi odamning xo‘jalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bog‘liq. Odamlar Quyoshning chiqib-botishini kuzatib - kun, Oy o‘rog‘ining avval kattalashib, so‘ng kichrayishiga qarab - oy, yil fasllarining davomida Quyoshning ufqdan qanchalik ko‘tarilishini kuzatib, yil tushunchalariga kelishgan. Asta-sekin vaqtni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan soat, minut birliklari, mifologik an’analar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini to‘g‘ri yuritish uchun dastlabki rasadxonalar qurilgan, quyosh soati o‘ylab topilgan.
Kalendar hisobining asosiy birligi - yil. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga bo‘lingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa - mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga bo‘lishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh kalendari (shamsiy taqvim), oy kalendari (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh kalendari (shamsiy-qamariy taqvim) ishlab chiqilgan.
Quyosh kalendarining asosiy birligi - tropik yil. Uning uzunligi ketma-ket ikki bahorgi tengkunlik oralig‘idan iborat bo‘lib, 365 kun, 5 soat, 48 minut, 46 sekundga teng. Dastlabki shamsiy kalendardan foydalangan qadimgi misrliklar bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 12 oyga, har oy 30 kunga bo‘lingan va yil oxirida qo‘shimcha 5 kun qo‘shilgan. Qadimgi Rimda ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga bo‘linishi yana ham murakkabroq bo‘lgan.
Bundan tashqari qadimgi Misr va Rim kalendarlarida yil uzunligi tropik yildan taxminan 6 soatga qisqa bo‘lgani uchun bahorgi teng kunlik har yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab bo‘lgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli Yuliy Sezar mil. av. 46 yilda yunon astronomi Sozigen taklifiga muvofiq kalendar islohotini o‘tkazadi: har 4 yildan biri 366 kunlik (kabisa) deb qabul qilinadi. Bu kalendar Yuliy kalendari deb yuritiladi. Yuliy kalendarida bir yil 12 oyga bo‘linib, toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (qabisa yili 29 kun).
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy kalendaridagi nomlari qo‘llanadi. Yuliy kalendarida bir yil tropik yildan 11 minut, 14 sekund ortiq bo‘lgani uchun bu farq har 400 yilda taxminan 3 kunni tashkil qiladi. Bu farq yig‘ilib XVI asrda 10 kunga yetgan, natijada bahorgi teng kunlik 11 martga to‘g‘ri kelib qolgan. Bu nomutanosiblik xristianlarning diniy bayramlarini belgilashda chalkashlik keltirib chiqarar edi.
Shuning uchun, Yuliy kalendaridagi xatolikni tuzatish uchun 1582 yil 24 fevralda Rim papasi GrigoriyXSh-italiyalik vrach va matematik Luidji Lullio loyihasi bo‘yicha kalendar islohotini o‘tkazadi: 1) 1582 yil 4 oktyabrdan keyingi kun 15 oktyabr deb olinadi va bahorgi teng kunlik 21 -martga qaytariladi; 2) to‘rtga bo‘linadigan yillar Yuliy kalendardagi kabi 366 kun deb olinadi; 3) har 400 yilda 3 kun chiqarib tashlanadi, 400 ga bo‘linmaydigan yillar 365 kunlik (ya’ni oddiy) yil deb e’lon qilinadi. U Grigoriy kalendari deb yuritila boshlanadi. Sanalarni Grigoriy kalendariga muvofiq hisoblash yangi uslub deb ataldi. Sanalarni avvalgidek Yuliy kalendari asosida hisoblashda davom etish esa eski uslub nomini olgan. Grigoriy kalendari XVI asrdan boshlab asta-sekin dunyoning ko‘pchilik mamlakatlariga tarqaldi. Turkistonda ham u, 1918 yil 14 fevraldan qo‘llanib kelinadi.
Yil uzunligi va oy-kunlarga bo‘linish kalendarga muvofiq yuritilsa, yillar hisobi alohida kelishuv bilan belgilanishi lozim. Qachon birinchi yil deb olinishi bilan bu masala hal bo‘ladi va istalgan sanani hisoblash imkoni tug‘iladi. Bunday kelishuv kalendar bilan birga xronologiya deb ataladi. Grigoriy kalendari qabul qilingan mamlakatlarning ko‘pchiligida xronologiya Iso Masihning tug‘ilgan kunidan boshlanadi. Tarixning mana shu sanasigacha davri eski era (mil. av.), keyingi davri esa yangi era (milodiy) deb ataladi.
Milodiy I asridan boshlab rimliklarning, ayniqsa, ularning yuqori tabaqalari - zodagonlari hayotida ma’naviy qashshoqlik jarayoni kuchayib bordi. Rim imperatorlari Kaligula va Neron qahri qattiqlik va ma’naviy buzuqlik ramzlariga aylanadilar. Ma’naviy bo‘shliq va inqiroz Rim jamiyati halokatining bosh sabablaridan biriga aylandi.
Italiyadagi qashshoq va mazlumlar yaxshi yashash va ozodlikka erishish uchun o‘z ma’budlariga iltijo qilib kelganlar. Lekin bu iltijolar ularning ahvolini yaxshilamagan. Bora-bora mazlumlar orasida eski ma’bud va ma’budalarga ishonchsizlik vujudga kelgan. Ular orasida o‘zlariga ozodlik keltiradigan, zolimlarni esa jazolaydigan qudratli xudoga ishonish tuyg‘usi vujudga kela boshlagan. Bu xudo va uning dastlabki payg‘ambari Iso Masih edi. Iso payg‘ambar ismi musulmonlarning ilohiy kitobi -«Qur’on»da ham uchraydi.
Sharq yilnomalariga ko‘ra Iso payg‘ambar milodning 25 dekabrida bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan bo‘lib, ulg‘aygach, mo‘jizalar ko‘rsatish qobiliyatiga ega ekanligini «Evangelie» («Hushxabar»)da yozilgan.
Nasroniylik (xristianlik) dinining asosida yakka xudo -Iusus Xristos (Iso Masih)ga ishonch, sevish yotadi. Xristian dinida hamma odamlar xudo oldida teng deb e’lon qilinadi. Ular xudo dunyoni 6 kunda yaratgan degan rivoyatga ishonganlar. Xristian dini dastlab, mazlumlarning himoyachisi, aslzodalar va boylarni insof va adolatga chaqiruvchi, kelajakda mazlumlarni qullik va qashshoqlikdan ozod qilishga va’da beruvchi din sifatida e’tirof etilgan.
Dastlabki xristian jamoalari tarkibiy tuzilishi jihatidan eng demokratik tarzda bo‘lgan. Unga mayda hunarmandlar, qullar va barcha mazlumlar kirar edi. Ular bir-birlarini o‘zaro aka-singil deb atashar edilar.
Platon g‘oyalari xristianlik diniga asos qilib olingan edi. Ikki asr mobaynida xristian dini mazlumlar dinidan asta-sekin hukmron sinflar mafkurasiga aylanadi va unga yangi talqinlar kiritiladi.
313 yili imperator Konstantin xristianlarni erkin yig‘ilishlariga ruxsat berdi va cherkovlar qurilishiga mablag‘lar ajratdi. Xristianlik davlat diniga aylanadi va qadimgi Rim imperiyasida antik madaniyatga qarshi kurashdi. Shu bilan birga xristianlikning davlat diniga aylanishi tufayli cherkov fanga, ayniqsa, diniy aqidalarga to‘g‘ri kelmagan tomonlariga qarshi kurash boshlaydi. Ko‘plab ilmiy asarlar, jumladan Aleksandriya kutubxonasidagi ko‘plab qo‘lyozmalar, kitoblar yondirib yuborildi. Xristianlar ayniqsa, qidimgi ma’budlarning, imperatorlarning, qahramonlarning haykallarini buzganlar, ibodatxonalarni cherkovlarga aylantirganlar. Olimpiya o‘yinlarini ma’n qilganlar. Rimliklarning diniy e’tiqodi dastlab majusiylikka asoslangan edi.
395 yili Rim imperiyasi Sharqiy va G‘arbiy qismga ajralib ketishiga olib keldi. 476 yili esa rimliklarning german yollanma qo‘shinidan navbatdagi mag‘lubiyati natijasida oxirgi imperator Romul Avgustul taxtdan tushiriladi. Natijada G‘arbiy Rim imperiyasi barham topadi.
Xulosa qilib aytganda antik davr madaniyati-jahon sivilizatsiyasining markazlaridan bo‘lib, uning uchun Sharq madaniyatining erishgan dastlabki muhim yutuqlarining ahamiyati katta bo‘ldi. Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli-respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Ta’lim tizimining mukammaligi, tabiiy va falsafiy fanlarning rivoji, dramaturgiya sohasidagi erishilgan yutuqlar, arxitektura va haykaltaroshlik sohalarining rivoji hozirgacha san’at durdonalari hisoblanadi. Rimliklar uchun sodiqlik, jasoart, shon-shavkat, erkinlik nihoyatda muruvvatlilik hisoblanishi, ilm-fan, madaniyat bilan shug‘ullanish faxrli hisoblangan. Bu Rimda fan va maorif sohasining muvaffaqiyatiga olib keldi. Rimda "Keksalar kengashi" tuzilib Senat deb atashgan. Bu esa hozirgi kunda demokratik boshqaruv tizimining o‘zagi hisoblanadi. Rimda arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’atida realizm yuksak darajaga ko‘tarildi. Rimda muomalaga kiritilgan kalendarni ishlatmoqdamiz. Aniq davr madaniyati Yevropa madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi va jahon madaniyati tarixida o‘z o‘rnini egalladi.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish