O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 1 Mb.
bet1/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
UMUMTA’LIM FANLAR KAFEDRASI


Fizika fani o’qituvchisi
Turambetova Aysaraning
ASTRONOMIYA
fanidan

MA’RUZALAR MATNI

Toshkent -2010

Ma`ruza №1
Mavzu: Kirish. Astronomiya fani va uning kelib chiqishi haqida.
Reja:

  1. Qadimgi Yunonistonda Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar.

  2. Sharq olimlarining astronomiya sohasidagi meroslari.

  3. Yevropada astronomiyaning rivoji.

  4. Zamonaviy astronomiya va kosmosni o’zlashtirishning ahamiyati


Tayanch so’z va iboralar:

Astronomiya” so’zining ma’nosi, astronomiyaning kurtaklari, astronomik kuzatishlar, geosentrik nazariya, Pifagor, Aristotel, Eratosfen, Yer meridiani, Gipparx, yulduz koordinatalari, yulduzlar katalogi (jadvali), Ptolomey, epitsikllar, deferent, Olam tuzilishi, Bog’dod xalifaligi, Astronomik rasadxonalar, Al-Battoniy, AL-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Abul-Vafo Buzjoniy, Abu-Mahmud Xojandiy, Abdurahmon as-So’fiy, Ibn Yunus, “Astronomiya asoslari”, “Xronologiya”, “Geodeziya”, “Qonuni Ma’sudiy”, Quyosh kalendari, N. Kopernik, J. Bruno,



G. Galiley, I Kepler, I. Nyuton, astrofizika, astronomik markazlar, observatoriyalar kompleksi, astronomiya va astrofizika muammolari kosmos, kosmonavtika taraqqiyoti, Xalqaro kosmik stansiya (XKS).
Boshlang’ich sinflarda "Atrofimizdagi olam", keyinroq "Tabiat" va "Fizika" kurslaridan Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlar xaqida ma’lum tushunchalar berilgan.Osmon jismlarning harakati va nurlanishi to’g’risida ham dastlabki bilimlar berilgan.Osmon jismlariga tegishli bilimlarni umumlashtiradigan, kengaytiradigan va chuqurlashtiradigan fanning nomi astronomiya deb ataladi. Yanayam aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, astronomiya - osmon jismlarining xarakati, fizik tabiati, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, Koinotning tuzilishi va unda planetamiz - Yerning o’rni haqidagi ma’lumotlar beradigan fandir. "Astronomiya" so’zi grekcha "astron" - yulduz, "nomos" - qonun so’zlaridan tarkib topgan.

Astronomiya ham barcha boshqa fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan. Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bundan bir necha ming yil avval mavjud bo’lgan (1-2 rasmlar). Masalan, Misr kohinlari miloddan 3 ming yilcha avval Nil daryosi toshqinining boshlanish kunini astronomik kuzatishlar asosida oldindan aytib berganlar. Bunda osmonning shimoliy yarim sharining eng yorug’ yulduzi Siriusning sharqda ertalabki Quyosh shafaqlari bilan bir vaqtda paydo bo’lishi arafasida, Nil daryosi toshqinining boshlanishi orasida bog’lanish borligi aniqlangan edi. Ko’p yillik bunday kuzatishlar, tropik yilning uzunligini aniqlashga olib keldi.

Qadimda yunon astronomlari kuzatishlar bilan bir qatorda kuzatilgan astronomik hodisalarni kelib chiqish sabablarini tushuntirishga ham harakat qilganlar. Xususan Pifagor (e. o. VI-asr) Yerning sharsimon shaklda ekanligi haqida fikr berdi, Aristotel esa (e. o. IV asr) esa Olamni markazida harakatsiz Yer joylashgan degan geosentrik sistemaga asos solgan (3-rasm). Aleksandriyalik Eratosfen e. o. III asrda birinchilardan bo’lib, Yer meridiani yoyini va, keyinchalik shu asosda, planetamizning radiusini o’lchadi. Mashhur grek olimi va faylasufi Gipparx yuzlab yulduzlarning koordinatalarini o’zida aks ettirgan birinchi yulduz katalogini tuzdi va presessiya hodisasini kashf qildi. Eramizning II asrida, mashhur yunon astronomi Klavdiy Ptolemey "Megale sintaksis" (Buyuk tuzilish) nomli asarida yunon astronomiyasi yutuqlarini umumlashtirib, sayyoralarning ko’rinma sirtmoqsimon harakatlarini tushuntira oladigan, va asosida Aristotel-Gipparxlarning geosentrik nazariyasi yotgan, Olam tuzilishi haqidagi yangi ta’limotni yaratdi (4-rasm).

Bu ta’limotga ko’ra, o’sha paytda malum bo’lgan beshta sayyora (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn) episikl deyiluvchi aylanalar bo’ylab, mazkur episikllarning markazi esa, Yer atrofida deferent deyiluvchi katta aylanalar bo’ylab aylanadi. Garchi geosentrik nazariya Olam tuzilishining haqiqiy manzarasini aks ettirmagan bo’lsada, biroq u salkam o’n besh asr davomida tan olinib kelindi.

Umuman olganda, yani III-V asrlargacha astronomlar erishgan muvaffaqiyatlari shular bo’lib, VI-XII asrlarda parchalangan feodal Yevropada feodal tuzumning yemirilishi, o’zining qoloq agrar xo’jaligini va savdo aloqalarini yo’lga qo’yishda, astronomiyadan amaliy bilimlarga katta extiyoj sezardi. Bu davrda mavjud barcha dinlar uchun Olam markazida Yer joylashgan degan teologik qarash hukmron edi. Shu boisdan bunday qarashga shak keltiradigan har qanday boshqa qarashlarning mualliflari, din vakillari tomonidan qattiq jazoga mustabid edilar. Ayni davrda Sharqda vujudga kelgan yirik teokratik davlat Bag’dod xalifatida fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayniqsa IX-XV asrlarda, Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurilib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Abul-Vafo Buzjoniy, Abu Mahmud Ho’jandiy, Abduraxmon as-So’fiy va ibn Yunus kabi mashhur olimlar ijod qildilar (5-rasm). Xususan Al-Battoniy yunon astronomiyasi erishgan yutuqlarni umumlashtirib, Oy harakatiga doir bazi ma’lumotlarlarni aniqladi. Al-Farg’oniy yozgan "Astronomiya asoslari" nomli asari, o’sha davr uchun astronomiyadan o’ziga xos ensiklopediya xizmatini o’tadi (6-rasm). Oy va uning harakatlari to’g’risidagi kashfiyotlari, Yer meridiani uzunligini o’lchash bo’yicha ishlari bilan Abu-al-Vafo dunyoga tanildi. X-XI asrda yashab ijod etgan mashhur o’zbek allomasi Abu Rayxon Beruniy astronomiyaga oid 40 dan ortiq bizgacha yetib kelgan. Olimning "Xronologiya" asarida, Yevropa va Osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlardagi taqvim tizimlari batafsil bayon qilingan bo’lib, ularda bu taqvimlarning asoslari va biridan ikkinchisiga o’tish yo’llari to’la bayon qilinadi.

Beruniyning "Geodeziya", "Qonuni Mas’udiy" va "Yulduzlar ilmi" asarlari to’laligicha astronomiyaga bag’ishlangan bo’lib, ularda Quyosh, Oy va planetalarning harakatlariga doir ko’plab ma’lumotlar, Yer radiusini o’lchashning o’sha zamonda ma’lum bo’lgan bir necha usullari keltirilgan. Beruniynng izdoshi Umar Xayyom ham koinot haqida bir qator falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega bo’lgan Quyosh kalendarini ishlab chiqdi (7-rasm).

XV asarda Sharq astronomiyasining yana bir buyuk namoyondasi Ulug’bek Samarqandda dunyoda eng yirik burchak astronomik rasadxonani ishga tushirdi. Rasadxonaning bir necha o’n yillik faoliyati davomida, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Ali Qushchi kabi taniqli olimlardan iborat astronomiya maktabi shakllandi (8-9 rasmlar).

Astronomiyaning keyingi ravnaqi, Yevropada bir qator olimlarning astronomiya sohasidagi fundamental kashfiyotlari bilan bog’liq. Bu borada polshalik astronom N. Kopernik (1473-1543), italiyalik J. Bruno (1548-1600) va Galiley (1564-1642), nemis Iogann Kepler (1572-1630) va ingliz Isaak Nyuton (1643-1727) larning ijodiy faoliyatlari ayniqsa barakali bo’ldi. XVI asrdan XX asrning boshlarigacha tabiatshunoslik yo’nalishida qilingan asosiy kashfiyotlar va qonuniyatlarning aksariyati yuqoridagi olimlarning nomlari bilan bog’liq. Shuningdek bu davrda taniqli olimlardan O. K. Remer, E. Galley, J. Bradley, I. G. Galle, V. Ya. Struve, F. V. Bessel va boshqalarning astronomiya fanining rivojlantirishda xizmatlari katta bo’ldi. XX asr o’rtalarida spektral analizning kashf etilishi va astronomiyada fotografiyaning qo’llanilishi natijasida astronomiyaning yangi ufqlari ochildi. Bu, osmon jismlarini fizik tabiatlarini o’rganish borasida katta imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Oqibatda, osmon jismlari va ularning sistemalarining fizik tabiatlarini o’rganish bilan shug’ullanadigan yangi fanastrofizikaga asos solindi.

Ayni paytda mamlakatimizda ham yirik astronomik markazlarToshkent astronomiya instituti va uning Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Ulug’bek nomli Xalqaro kenglik stansiyasi va Qamashi rayonida Maydanak Balandtog’ observatoriyalar kompleksi filiallari aktiv faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur ilmiy dargohlarda bir qator taniqli o’zbek olimlari astronomiya va astrofizika muammolari bo’yicha ilmiytadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Shuningdek insonning kosmosni o’zlashtirish bilan bog’liq faoliyati, unga ona planetamiz Yerning geologik boyliklarini, tabiati va iqlimini o’rganishga katta imkoniyatlar yaratadi. Inson Koinotdan Yerga nazar solib, uning naqadar mitti, noyob va go’zal karorgox ekanligini angladi. Shu bilan birga bu nazar orqali u, planetamiz xayotigi taxdid solayotgan ekologik, energetik va demografik muammolarini ham butun bo’y basti bilan ko`ra oladi. Oxirgi o’n yillar ichida kosmonavtikaning taraqqiyoti, Yerdagi bu muammolarni bartaraf qilish ning yo’l-yo’riqlarini insonga ko’rsatibgina kolmay, bu ishda kosmonavtikaning o’zi aktiv ishtirok etishi mumkinligini ham ma’lum kildi. Xususan Yerda energetik krizisning oldini olish uchun, Quyosh energiyasidan foydalanish imkonini beruvchi yirik kosmik inshoatlarning loyihalarini, demografik haloqatdan qutulish uchun esa, Yer atrofi zonasini “o’zlashtirish”ning kosmik “mustamlakalar” qurishning rejalarini, to’la hisob- kitobi bilan dunyo olimlari oldiga tashladi. Ayniqsa, Yerdagi xayotga taxdid solayotgan ekologik muammolarning oldini olishda insoniyat kosmonavtikaning -yordamiga katta extiyoj sezadi.

Kosmosni o’zlashtirish bilan bog’liq barcha tadqiqotlar sivilizasiyamiz ijtimoiy xayotiga radioelektronikaning rivojlanishi qanday ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, shunday foydali ta’sir ko’rsatib, uning bugungi muammolarini hal qilish da juda katta xizmati borligiga xech qanday shubxa yo’q! Faqat kosmik texnikagina insonga, uning uyi hisoblanmish Yerga tashqaridan qarab, sayyoramizning, shoir A. Oripov iborasi bilan aytganda, “kichik bir sokka” ekanligini, mashxur sayyox-olim T. Xayerdal aytganidek, achchik va zaxarli dud-chiqindilarni chiqarib yuborish uchun “mo`risining yo’qligini” va shu tufayli uning tabiiy kazilma boyliklari, biz o`ylaganchalik bitmas tuganmas emasligini anglashga imkon beradi. Binobarin tabiat boyliklaridan katta tejamkorlik va extiyotkorlik bilan foydalanish lozimligini uqtirdi.

Kosmosdan turib Yerning biologik sferasining xolati bilan tanishish, uning tabiiy rusurslarini, o`rmon va qishloq xo`jaligi yer maydonlarini o’rganish va kosmonavtikaning eng muxim vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur yo’nalishlar bo’yicha ishlar, shuningdek planetamiz ekologik muammolarini bartaraf qilish bo’yicha ham muxim ahamiyat kasb etib, raketa va kosmik texnika yordamida sayyoramiz bag’rida ko`payayotgan va qayta ishlatib bo’lmaydigan zaxarli va radioaktiv chiqindilarni Yerdan tashqariga uloqtirib tashlashni rejalashtirmokda. Kosmonavtika, yakin o’n yillar ichida, kosmosda yirik energetik qurilmalarni, xom ashyo resurslarini ishlab chiqarish komplekslarini joylashtirish bo’yicha ishlarni ham mo’ljallamokda. Bularning barchasi kelajakda kosmik fazo, birinchi navbatda Yer atrofi zonasi ham inson yashaydigan va faoliyat ko’rsatadigan muxitga aylantirilishidan darak beradi. Yakin kosmosni inson uchun xizmat qiladigan muxitga aylantirilishi, boshqacha aytganda, kosmosni ekologizasiyalashtirish, ayni paytda ekologik krizislar global masshtabda qamrab kelayotgan planetamizni ularning haloqatli oqibatlardan qutqarish borasida inson ko’rsatayotgan muxim faoliyatlaridan hisoblanadi.

Xususan orbital stansiyalarda o`ta toza metall qotishmalarini olish, noyob kristallarni o`stirish, yuqori sifatli yangi qotishmalar va toza dorivor preparatlarni tayyorlash ishlari bo’yicha juda Ko’p sonli eksperimentlar o’tkazilganligi ma’lum bo’ldi.

Xalk xo`jaligi uchun zarur bo’lgan ko’plab materiallarni ishlab chiqarishda kelajakda Oyning va ayrim asteroidlarning tarkibiy materiallaridan foydalanish bo’yicha ham katta ishlar rejalashtirilmokda. Aynan shu maqsadlarni ko’zlab, Oyda aholi yashaydigan va ishlaydigan stansiyalarning loyihalari butun dunyo olimlari davrasida muhokama qilinmokda.

Shuningdek, Yer atrofi fazosida eng yirik qurilmalarni («Quyosh fabrikasi»ni) ishga tushirish bo’yicha ham real loyihalar tayyorlanayotganligi insoniyatni, kelgusida energetik haloqatdan halos qilish kabi muxim gumanitar maqsadlarni ko’zda tutadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish