Mavzu: Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko’rinma aylanishi.
Yulduz turkumlari.
Reja:
Yoritgichlarning korinma holatlari.
Yulduz turkumlari
Quyosh, Oy, Planetalar va yulduzlarning kurinma harkatlari.
Yerning o’z o’qi atrofida aylanishiga dalillar.
Tayanch so’z va iboralar:
Osmon sferasi, yulduz turkumlari, katta Ayiq, Arslon, Ajdarho, Kit, yunon afsonalari qahramonlari, Kassiopiya, Andromeda, Pegas, yorug’ yulduzlar, Olam o’qi, olamning shimoliy qutibi, Qutib yulduzi, sutkalik harakat, zodiyak soha, planetalar, teleskop, planetalar ko’rinma harakatlari, yulduzlar osmoni, yer qutiblari, matematik mayatnik, Fuko mayatnigi
Bulutsiz tunda osmonda biz yulduzlar bilan birga Oyni, planetalarni, ayrim tumanliklarni va ba’zan, "dumli yulduzlar" deb ataladigan kometalarni ko’ramiz. Garcha bir qarashda yulduzlarning son-sanog’i yo’qdek tuyulsada, aslida oddiy ko’z bilan qaralganda, osmonning ma’lum yarim sferasida ularning soni 3 mingdan ortmaydi.
Yulduzlarning o’zaro joylashishi juda sekinlik bilan o’zgarib, mahsus o’lchashlarsiz, oddiy kuzatishlar asosida bunday o’zgarishlarni bir necha kun xatto o’n yillardan keyin ham sezib bo’lmaydi. Bunday xol yer sirtida yulduzlarga qarab orientir olish, ya’ni gorizont tomonlarini aniqlash uchun juda qo’l keladi. Shu tufayli sayyoxlar juda qadim zamonlardanoq yulduz - kompaslardan keng foydalanganlar.
Qadim sharqda kishilar yoritgichlarga qarab orientir olish uchun osmonning yorug’ yulduzlarini aloxida to’dalarga ajratib, ularga yulduz turkumlari deb nom berganlar. Yulduz turkumlarini xayvonlar (Katta Ayiq, Oqqush, Arslon, Ajdaho, Kit), yunon afsonalarining qahramonlarini (Kassiopiya, Andromeda, Pegas va boshqalar) va ba’zan yorug’ yulduzlari birgalikda eslatiladigan geometrik shakl yoki buyumlarning nomlari (uchburchak, tarozi) bilan ataganlar (10-rasm).
XVII asrda, xar bir yulduz turkumiga kiruvchi bir necha yorug’ yulduzlar grek alfavitining xarflari (alfa, beta, gamma, delta va xaqozo) bilan belgilanadigan bo’ldi. Shuningdek 130 ga yaqin yorug’ yulduzlarga hususiy nom berildi, jumladan Katta Itning -si Sirius, Aravakashning -si Kapella, Liraning -si Vega, Orionning -si Betelgeyze, Perseyning -si Algol nomlari bilan yuritila boshladi. Keyinchalik bulardan hiraroq yulduzlar uchun tartibi bo’yicha raqamlar bilan (1, 2, 3 va hokazo) nomerlash odat qilib kiritildi va, hozirgi paytda, u asosan juda hira yulduzlar uchungina ishlatiladi.
1922 yilda yulduz turkumlarining chegaralovchi egri chiziqlar to’g’ri chiziqlar bilan almashtirilib, ayrim katta maydonli yulduz turkumlari bir necha yulduz turkumlariga ajratildi. Bugungi kunda osmon sferasi 88 ta uchastkaga ya’ni yulduz turkumiga bo’lingan.
Ma’lum yulduz turkumiga kiruvchi bir necha yorug’ yulduzlar, shu turkumga yoki ba’zan qo’shni yulduz turkumiga kiruvchi hira yulduzlarni topishda yahshi orientir bo’lib hizmat qiladi.
Osmonda ma’lum yulduz turkumini yoki yulduzni topish uchun, dastlab yulduz haritalari va atlaslari bilan yahshi tanishmoq va so’ngra ular yordamida ancha mashq qilmoq zarur bo’ladi. Ayniqsa osmonning surilma haritasidan foydalanishni o’rgangan kishi uchun osmonda ma’lum yulduz yoki yulduz turkumini topish, uning chiqish va botish vaqtlarini tahminiy belgilash ortiqcha qiyinlik tug’dirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |