O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Turli geografik kengliklarda osmon



Download 1 Mb.
bet14/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Turli geografik kengliklarda osmon

sferasining sutkalik ko’rinma aylanishi
Osmon sferasining sutkalik ko’rinma aylanishi, Yerning o’z o’qi atrofida aylanishining natijasi ekanligidan, turli geografik kenglamalarda, osmon yoritgichlarning ko’rinma aylanishi turlicha bo’lishini tushunish qiyin emas. Tanlab olingan uch hil geografik kenglikda osmon sferasining aylanishlarini o’rganish, bu hodisa turli kengliklarda qanday kechishi haqida yetarli tushuncha bera oladi.

1-hol. Kuzatuvchi =0 geografik kenglikda, ya’ni ekvatorda bo’lsin, u holda Olam qutbining balandligi bilan joyning kengligi orasidagi bog’lanishga muvofiq, Olamning qutblari matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi (chunki hr==0), Olam o’qi esa tush chizig’i bo’ylab yo’naladi (20-rasm).

Osmon ekvatorining tekisligi Olam o’qi tik bo’lganidan, ekvator aylanasi zenit va nadir nuqtalari orqali o’tadi. Yoritgichlarning sutkalik yo’llari, ekvatorga parallel bo’lgan aylanalar - sutkalik parallelar bo’ylab yo’nalganidan ular xam matematik gorizontga tik joylashadi va u bilan teng ikkiga bo’linadi. Bunday ko’rinishicha, ekvatordagi kuzatuvchi uchun osmonning shimoliy va janubiy yarim sharidagi barcha yoritgichlarning gorizontning ustida va ostida bo’lish vaqtlari o’zaro teng bo’ladi. Ularning meridiandagi balandliklari h=90- ga teng bo’ladi. Ekvatordagi kuzatuvchi uchun barcha yoritgichlar chiqadi va botadi. Agar yoritgich ekvator bo’ylab sutkalik ko’rinma harakat qilayotgan bo’lsa (ya’ni =0), u zenit orqali o’tadi.

Quyoshning ma’lum kunga tegishli sutkalik harakatini aniqlash uchun esa, dastlab berilgan kun uchun Quyoshning ekliptikadagi o’rni topiladi va topilgan nuqtadan Olam ekvatori tekisligiga parallel tekislikda yotuvchi sutkalik parallel aylanasi o’tkaziladi. Quyoshning berilgan kundagi ko’rinma harakati aynan shu aylana bo’ylab kuzatiladi.

Ayrim harakterli kunlar uchun Quyoshning gorizontga nisbatan sutkalik ko’rinma harakati qanday kechishini ko’raylik. 22 dekabr kuni qishki Quyosh turishi nuqtasi orqali o’tkazilgan sutkalik paralleldan ko’rinadiki, bu kuni Quyosh osmonning janubiy yarim sharida sharqdan 2326 ga teng yoy masofada matematik gorizontga tik chiqadi. Quyoshning meridiandagi balandligi h=90-2326=6634 ni tashkil qiladi. Quyoshning 21 mart va 23 sentyabr kunlaridagi sutkalik yo’li esa, ekvator bo’ylab kuzatiladi. Bu kunlari tush paytida Quyosh zenitdan o’tadi. 22 iyunda Quyoshning sutkalik yo’li, shimoliy yarim sharda olam ekvatoridan 2326 masofadan o’tuvchi sutkalik parallel bo’ylab kuzatiladi. Tush paytida Quyosh, 22 dekabrdagi kabi, matematik gorizontdan 6634 balandda bo’ladi. Shunday qilib ekvatorda to’rt fasl o’rniga asosan ikki fasl - bizda kuz va baxor paytlari bo’lganda- eng issiq davr, yoz va qish paytlarida esa mo’’tadil salqin davr kuzatiladi.



2-hol. = 90, ya’ni kuzatuvchi Yer qutblarida bo’lsin. Agar kuzatuvchi shimoliy qutbda bo’lsa, olam shimoliy qutbning balandligi hr==90 bo’lib, u zenit bilan ustma-ust tushadi (20-rasm). U holda olam o’qi vertikal o’q bilan, olam ekvatori esa matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi. Bunda osmonning shimoliy yarim sharidagi barcha yulduzlar, matematik gorizontga parallel aylanadi va botmaydi. Ularning aylanish balandliklari yil davomida o’zgarmas bo’lib, shu yoritgichlarning og’ish burchaklariga teng bo’ladi.

Osmonning janubiy yarim sharidagi yoritgichlar esa, aksincha, butunlay chiqmay gorizont ostida unga parallel xarakatlanadilar. Quyoshning sutkalik harakati, Yer qutbida juda qiziq manzara kasb etib, xar sutkada chiqib botmaydi. Ekliptika bu yerda matematik gorizont bilan teng ikkiga bo’linganidan Quyosh, qutbdagi kuzatuvchi uchun 21 mart kuni chiqadi va spiral bo’ylab aylanib, har kuni qariyb chorak gradusdan ko’tarilib boradi. 22 iyunda Quyoshning balandligi maksimumga erishib, h==2326 ga yetadi. Shundan keyin to kelgusi yilning 21 martiga qadar Quyosh chiqmaydi.



3-hol. 090, ya’ni kuzatuvchi Yer ekvatori va qutbidan boshqa nuqtalarda (o’rta kenglamalarda) bo’lsin (20-rasm). Bu joylarda sutkalik parallel aylanalari matematik gorizont bilan kesishmaligi yoki kesishgach, teng ikkiga bo’linmasligi mumkin. Olam ekvatori bundan mustasno. Shimoliy yarim sharda haraklanayotgan yoritgichlar sutkalik parallel aylanalarning gorizont ustidagi qismi, gorizont ostidagi qismidan katta bo’ladi. Bu farq yoritgichning og’ish burchagi  ga bog’lik bo’lsa, farq ham shuncha ko’p bo’ladi. Janubiy yarim shardagi yoritgichlar sutkalik aylanalarining gorizont ostidagi qismlari esa, aksincha, ustadagisidan ko’p, boshqacha aytganda, yoritgichlar gorizont ostida uning ustidagiga qaraganda ko’proq vaqt bo’ladilar. Shuningdek bu joylarda, ya’ni osmonning har ikkala - shimoliy va janubiy yarim sharlarida ham sutkalik yo’llari matematik gorizont bilan kesishmaydigan yoritgichlar mavjud bo’lib, ularning sutkalik harakatlari davomida butunlay botmaydilar yoki aksincha chiqmaydilar. Ular osmonning qanchalik katta yoki kichik maydonini egallashlari, kuzatuvchi turgan joyning geografik kengligiga bog’liq. Rasmga qarab chiqmaydigan va botmaydigan yoritgichlarning og’ishi uchun qo’yidagi munosabatni keltirib chiqarish mumkin: 90- - shimoliy yarim shardagi botmaydigan yoritgichlar uchun; *90- - janubiy yarim shardagi chiqmaydigan yoritgichlar uchun.

Bunday kengliklarda Quyoshning sutkalik yo’li shimoliy yarim sharda bo’lganda, (ya’ni 21 martdan to 23 sentyabrga qadar) kunduzisi tunidan uzun, janubiy yarim sharda bo’lganda esa (ya’ni 23 sentyabrdan to kelgusi yilning 21 martiga qadar) tuni kunduzidan uzun ekani kuzatiladi. Agar joyning geografik kengligi qutb aylanasidan shimolda (ya’ni 6634 dan katta) bo’lsa, bunday joylarda 22 iyunga yaqin bir necha kun yoki bir necha oy (>70 bo’lsa) davomida Quyoshning botmasligi, 22 dekabr atrofidagi kunlarda esa chiqmasligini kuzatish mumkin. Agar kuzatuvchi Yerning janubiy qutbida bo’lsa, Quyosh 6 oygacha - 21 martdan 23 sentyabrgacha chiqmaydi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish