Yulduzlarning haritalari
Yulduzlar haritalari ham geografik haritalar kabi, ko’pincha, yulduzlarning tekislikdagi proeksiyasi ko’rinishida ishlanadi. Bunday haritalardan biri 18-rasmda keltirilgan. Unda yulduzlarning - to’g’ri chiqish va - og’ish o’qlari - o’zaro perpendikulyar koordinata o’qlari ko’rinishida aks qilingan.
Haritada keltirilgan M yulduzning koordinatalarini topish uchun bu yulduzdan osmon ekvatorini ifodalovchi chiziqqa perpendikulyar qilib, o’tkazilgan og’ish aylanasi chizig’ining -o’qi bilan kesishgan nuqtasidan mazkur yulduzning to’g’ri chiqishi olinadi. M yulduzning -og’ishi esa, undan o’tgan sutkalik parallel chizig’ining o’qi (yoki o’ng tomondagi unga parallel o’q) bilan kesishgan nuqtalaridan olinadi. Masalan haritadagi M yulduzning shunday yo’l bilan topilgan koordinatalari: = =30 ekanligi ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |