Astronomik kuzatishlar asosida joyning
geografik kengligini taxminiy belgilash
Qutb yulduzi (Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorug’ yulduzi-alfasi) Olam qutbidan 1 gradusdan ham kichik yoy masofada joylashgan. Oldin aniqlaganimizdek, ma’lum bir joyning geografik kenglamasi - , o’sha joyda Olam qutbining gorizontdan balandligiga (hp) teng bo’ladi, ya’ni =hp. Binobarin Toshkentda Olam qutbining balandligi 41 ga tengligigidan, Toshkentning geografik kenglamasi 41 ga teng bo’ladi deb hulosa qilish mumkin.
Boshqacha aytganda, Yer sharining ma’lum bir joyida turib, bu joyning geografik kenglamasini aniqlash zarur bo’lsa, shu joyda Olam qutbining gorizontdan balandligini o’lchash kifoya ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |