Mavzu: Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari. “To’maris”, “Shiroq” afsonalari. Bajardi



Download 1,29 Mb.
bet1/8
Sana17.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#176691
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan




O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI







Mavzu: Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari. “To’maris”, “Shiroq” afsonalari.

Bajardi: _______________

Ilmiy rahbar: ______________

Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari. “To’maris”, “Shiroq” afsonalari.

Mazmuni:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

  1. Yunon va Rim manbalari to’g’risida umumiy tushuncha.

  2. Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar.

  3. “To’maris” afsonasi haqida qisqacha malumot.

  4. “Shiroq” afsonasi haqida qisqacha malumot.

  5. M.Osimning “Shiroq” afsonasi.

  1. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Kirish.

Eng qadimgi davrda o’zbek davlatchiligi haqidagi yunon-rim manbalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Dastlab eng qadimgi O’zbekistondagi siyosiy vaziyat, hukmronlik qilgan sulolalar, ular haqida manbalar to’g’risida qisqacha izoh keltirilgan. Bu davrda mavjud bo’lgan eng qadimgi qabilalar ittifoqi va ular negizida vujudga kelgan dstlabki  Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari, qo’shni xalqlarning (Eron-ahamoniylari va Aleksandr Makedonskiylar) bosqinchilik yurishlari haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. Keyin esa, asosiy mavzu eng qadimgi yunon-rim manbalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.  Bu mavzuni o’rganishdan maqsad, O’zbekistonda ilk davlatlarning qachon vujudga kelganligi haqidagi bahs-muozaralarga aniqlik kiritish, ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzi va xalqaro vaziyati haqida tushuncha va ma’lumotlarga ega bo’lishdir. Darslikdagi manbalar bilan cheklanib qolmasdan, yangi ma’lumotlarni topib, ulardan foydalangan holda mavzuni to’liqroq ochib berish ishning bosh maqsadidir. Mavzuning o’rganilish darajasiga keladigan bo’lsak, bu davr manbalarini o’rganishda ko’p olimlarning mehnati singan. Masalan, qadimgi yunon manbalaridan Gerodotning "Tarix" asarini Shteyn 1869-1871-yillarda chop ettirgan. Asarni inglizchaga Roulinson 1856-1860 yilda hamda rus tiliga F.G. Mishchenko 1858-1860 yillarda tarjima qilgan. 1982-yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur,  D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan. Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari 1774--yillari L.Alekseev tomonidan, 1874--yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan. Strabonning “Geografiya” asari  1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko. M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud. Rim manbalarini ham ko’p olimlar o’rgangan. Masalan, Rim manbalaridan Pompey Trogning “Filipp tarixi” asari Yustin (II-III asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan "Becтник древней истории" jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan. Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asarini nemis tiliga Myuller 1886 yilda hamda rus olimi Korenkov Toshkentda 1912-yilda va E.Seigeenko Moskvada 1962-yilda rus  tillariga tarjima qilishgan. Kvint Kursiy Rufning "Buyuk Iskandar tarixi" asarini 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva, 1885-yili Fogel nashr ettirganlar. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan 1963 yilda.  Eng qadimgi davrlar tarixini yunon-rim va boshqa  manbalar asosida o’rganish ishlari bugungi kunda ham davom etmoqda. Umuman barcha davr davlatchiligi tarixini xolisona yoritish bugungi tarixchilarning asosiy vazifasiga aylangan. Ilmiy ishlar yoqlanib, himoya qilinib, noma’lum bo’lgan tariximiz sahifalari sekin-asta bizga a’yon bo’lmoqda. O’zbekistonning qadimiy tarixini o’rganishda Yunoniston va Rirn tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir. Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir. Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r ilmiy qiymatga egadir. O’zbek davlatchiligi tarixi haqidagi yunon-rim manbalarida boshqa xitoy, hind, eron manbalrida uchramagan ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Eng qadimgi davrdagi qabilalar, ularning turmush tarsi, davlatchilikka asos solganlari, ularga qo’shni xalqlarning o’zaro aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Masalan, massaget qabilalarining dini, urf-odatlari,  malikalari To’maris haqida va Kirninng ayol malikadan sharmandalarcha mag’lubiyatga uchragani haqida faqat Gerodot va Poliyen manbalaridagina uchraydi. Biz Shiroq afsonasi haqida ham faqat Poliyenning asari orqali bilishimiz mumkin.


  1. Download 1,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish