V2 vitamin – riboflavin inson organizmining barcha to‗qima va a‘zolarida uchrovchi, to‗q sariq rangli kristall moddadir. Bu vitamin erkin va oqsil bilan birikkan holda bo‗lib, degidrogenaza fermentlarining kofermentidir. Mazkur vitamin ishtirokida qahrabo va yog‗ kislotalarining oksidlanishini tezlashtiradi, nafas olish zanjirida elektron va protonlarni tashiydi. U kimyoviy tabiatiga ko‗ra izoalloksazin va ribitolning hosilasidir:
CH (CHOH) CH2OH
H3C
H3C O
Riboflavin
Vitamin V2 yetishmasa, organizmda koferment kamayishi, jumladan, flavinmononukleotid miqdorining ozayishi kuzatiladi. Organizmda bu vitamin yetishmasa, shilliq qavatlar, birinchi navbatda og‗iz bo‗shlig‗i yallig‗lanadi, lab bichiladi. Ko‗z tez charchaydigan bo‗lib qoladi. Keyinchalik ko‗zning muguz pardasi yallig‗lanib, katarakta rivojlanadi. V2 vitamin o‗simliklar va hayvonlar organizmida keng tarqalgan. U ayniqsa, achitqi zamburug‗lar, sut va go‗sht mahsulotlari tarkibida ko‗p bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |