N vitamin – biotin uning nomidan (bios-yunoncha hayot) ham ko‗rinib turibdiki, u hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Biotin – geterosiklik birikma bo‗lib, tarkibi imidazol va tiofen halqalaridan iborat bo‗lib, yonaki zanjirda esa valerian kislotasining qoldig‗i bor.
O
O
CH (CH
S 2)3 CH2 C OH
Vitamin N karboksilaza fermentining koofermentidir. N avitaminozning belgisi dermatit, ekzema, sochlarning to‗kilishi, yog‗ bezlaridan intensiv ravishda yog‗larning ajralishi (seborreya) kuzatiladi. Vitamin N purin azot asoslarini sintezida, SO2 ning ko‗chirilishida, yog‗ kislotalarining almashinuvida va asetil - KoA dan malonil - KoA hosil bo‗lish jarayonlarida ishtirok etadi.
Biotinning muhim ahamiyatlaridan biri, u tovuq tuxumidagi toksik oqsil bo‗lgan avidin bilan birikib, uni detoksikatsiya holatiga keltiradi. U o‗simliklar bargida, karamda, piyozda, shuningdek, buyrakda, sutda va tuxum sarig‗ida ko‗p bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |