Vitamin Ye (tokoferol) organizmning ko‗payish jarayonini boshqarishda ishtirok etadi. Uning nomi tokoferol (yunoncha, tokos-―avlod‖, fero-―tashiyman‖) deb ataladi. U quyidagicha tuzilgan:
CH3
HO
CH3
H3C
CH
3
- Tokoferol
Ye vitamini murakkab spirt bo‗lib, siklik birikma hisoblangan trimetilgidroxinon va fitoldan tashkil topgan.
Hayvonlar organizmida Ye vitamin yetishmasa, oqsillar, yog‗lar va uglevodlar almashinuvi buziladi. Bu o‗z navbatida, jinsiy a‘zolarning shikastlanishiga va ko‗payish qobiliyatining yo‗qolishiga sabab bo‗ladi. Mazkur vitaminning miqdori yog‗ to‗qimalarida, jigarda va skelet mushaklarida yuqori bo‗ladi. Ye vitamini ko‗pgina birikmalarni oksidlanib ketishdan saqlaydi va antioksidantlar sifatida ishlatiladi. Ye vitamini hujayra membranasidagi to‗yinmagan yog‗ kislotalarini boshqarilmaydigan piroksid oksidlanishdan saqlab, biologik membranani stabil, bir butun holatini saqlab turishda ishtirok etadi. Tokoferollar o‗simliklar tarkibida, ayniqsa, ularning yashil qismlarida hamda urug‗ murtagida ko‗p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |