Rеaktsiyaga kirgan moddalarning massasi rеaktsiya natijasida xosil bo’lgan moddalarning massasiga xamma vaqt tеng


Na0 +11) 2) 8) 1) – e Na+ +11) 2) 8)



Download 208,92 Kb.
bet5/10
Sana06.02.2023
Hajmi208,92 Kb.
#908443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Na0 +11) 2) 8) 1) – e Na+ +11) 2) 8)
Metallmaslarda tashqi energertik qavatidagi elektronlar yadroga kuchliroq bogʻlanganligi sababli kimyoviy reaksiyalarda elektron biriktirib oladi. Ftor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta elektron boʻladi va kimyoviy reaksiyalarda elektron qabul qilib olib tashqi energetik qavatini 8 ta elektron bilan toʻldiradi. Davrlarda kimyoviy elementlarning elektron tortib olishi chapdan oʻngga oʻtgan sari ortib boradi. Bosh guruhchalarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari elektron tortib olishi va elektromanfiyligi kamayib boradi. 

8. Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:


Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin.
Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan
Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon (N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar), suyuq (Br2) va qattiq holda(qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslar qattiq holda molekular yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi.
Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddalardir. Ular metall kristal panjaraga ega.
Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonining turlicha bo’lishi yoki moddaning kristall tuzilishining turlicha ekanligidir. 
Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o’zgarishlarga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod bir necha xil allotropik shakl o’zgarishlarga ega. Uglerod olmos holatida (sp3giridlangan) fazoviy tuzilishli zanjir (tetraedrik) hosil qilgan. Uglerod grafit holatida qavat-qavat joylashgan.Har bir uglerod atomi qo’shni uchta atom bilan bog’langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo’sh bog’lar yordamida bog’langan.
Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar.
Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar.
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.
Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.
9. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat kattik yoki suyuk gomogen sistema eritma deb ataladi. Uz agregat xolatini eritmaga utkazadigan modda erituvchi xisoblanadi. Xar kanday eritma erituvchi va eruvchi moddalardan iborat buladi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning foiz mikdori 0 % dan 100 % gacha buladi.
Bunday xollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yukoladi. Bulardan istaganimizni erituvchi deb kabul kilishimiz mumkin. Lekin juda kupchilik moddalar ayni temperaturada ma'lum chegaraga kadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasi NaCL ning mikdori xech kachon 26.48% dan ortmaydi. Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, kaynash temperaturasi) erigan modda mikdori ortuvi bilan uzgaradi. Kupincha, eritma xosil bulganda xajm va energetikaviy uzgarishlar yuz beradi. Kupchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda mikdori ortishi bilan kam uzgaradi.
Eritmaning yoki erituvchining ma'lum ogirlik mikdorida yoki ma'lum xajmda erigan modda mikdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi. Eritmaning konsentrasiyasini bir necha usulda ifodalash mumkin.
1. Erigan modda mikdori eritmaning umumiy mikdoriga nisbatan foiz xisobida ifodalanadi. Eritma konsentrasiyasini foiz bilan ifodalash uchun 100 gr eritmada bulgan eruvchi modda mikdori xisoblanadi.
Qattik modda erituvchiga tushirilganda uning ionlari yoki molekulalari erituvchi molekulalarining kutblariga tortilishi natijasida erish prosessi boshlanadi. Erish vaktida erish prosessiga karshi kristallanish prosessi xam sodir buladi. Eritmaga utgan zarrachalar kattik jism sirt bilan uchrashganda kattik jismga tortilib, kaytadan krisstallanadi. Demak, bu yerda ikki karama karshi prosess boradi. Dastlab, erish prosesc tezlashadi. Ma'lum vakt utgandan keyin ikkala prosess tezliklari bir-biriga barobar bulib koladi, ya'ni bir sekundda necha molekula eritmaga utsa, shuncha molekula kaytadan krisstallanadi. U vaktda erigan modda bilan erimay kolgan modda orasida dinamik muvozanat karor topadi, eritma tuyinadi. Shunda kilib, erimay kolgan modda bilan cheksiz uzok vakt birga mavjud bula oladigan, ya'ni muvozanatda turadigan eritma tuyingan eritma deyiladi.
Moddaning biror erituvchida eriy olish xususiyati shu moddaning eruvchanligi deyiladi. Moddalarning eruvchanligi eruvchi moddaning va erituvchining tabiatiga, xamda temperatura va bosimga boglik. Ayni moddaning ma'lum temperaturada 100 gr erituvchida erib tuyingan eritma xosil kiladigan ogirlik mikdori uning eruvchanlik koeffisiyenti (yoki eruvchanligi) deyiladi. Nazariy jixatdan olganda mutlako erimaydigan moddalar bulmaydi. Xatto oltin va kumush xam juda oz darajada bulsa xam suvda eriydi.
Gazlarning suyukliklarda eruvchanligi Genri konuni balan ifodalanadi. Bu konunga muvofik uzgarmas temperaturada ma'lum xajm suyuklikda erigan gazning ogirlik mikdori shu gazning bosimiga tugri proporsional buladi.

10. Eritmalarning asosiy xarakteristikasi ularning konsentratsiyasidir Eritmaning konsentratsiyasi deb, ma’lum og’irlikda yoki hajmda olingan eritmadagi erigan modda miqdoriga aytiladi. Eritmalarning konsentratsiyalari turli usullar bilan ifodalanadi, masalan, foizli, molyar, normal, molyal konsentratsiyalardir.


Foizli konsentratsiya – 100 g eritmadagi erigan moddaning grammlar sonini ko’rsatadi. Masalan, osh tuzining suvdagi 5% li eritmasi, 100 g eritmada 5 g osh tuzi borligini ko’rsatadi, ya’ni bu eritma 95 g suv, 5 g tuzdan iborat.
Erigan moddaning massasini m1, eritmaning massasini m2 bilan va eritmaning foiz konsentratsiyasini C% bilan belgilasak, ular o’rtasidagi bog’lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:
C%= m1 / m2•100
Agar eritmaning miqdori massa birligida (gramm yoki kilogramm) ifodalanmasdan hajm birligida (millilitr yoki litr) ifodalansa, u holda eritmaning zichligini bilish zarur. Chunki eritmaning massasi bilan uning hajmi va zichligi o’rtasida quyidagi bog’lanish bor:
m2=dv
bu yerda: d – zichlik
m2 – eritmaning massasi
v – eritmaning hajmi
Buning uchun formuladagi m2 o’rniga dv yozish kerak:
C%­= m1 / dv•100;
Misol: 3 litr 20% li eritma (d=1,225) tayyorlash uchun necha gramm modda kerak bo’ladi?
Berilgan: V =3 l
C% = 20%
d = 1,225
m1 = ?
C%­= m1 / dv•100 formuladan m1 ni topamiz:
m1=
Demak: m1=755 gramm modda kerak bo’ladi.
Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm-molekulyar (mollari) soni bilan ifodalanadi. Molyal konsentratsiya "m” harfi bilan belgilanadi. Masalan, agar 1 litr eritmada 1 mol (58,5 g) osh tuzi NaCl erigan bo’lsa 1 molyar, 2 mol erigan bo’lsa 2 molyar eritma deyiladi.
Molyar eritma quyidagi formula bilan ifodalanadi:
CM = m1 / Mv • 1000
11. Modda — tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). modda gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda — materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning moddadan boshqa shaklda — maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi. Kimyoda moddani bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab moddalarga boʻlish qabul qilingan.[1] Moddalar 3 yagdoyda boladilar. Ular qattiq, suyuk va gaz.
Valent bog’lanishlar usuli, elektron orbitallarning gibridlanish usuli bilan uyg’unlashgan holda turli tuman moddalarning tuzilishi, molekuladagi valent bog’larning yo’nalishi, molekulalarning geometriyasini juda ko’p moddalar uchun to’g’ri tushuntiradi.
Ba’zi moddalarda elektron juftlar yordamisiz boglanish yuzaga kelib chiqadi. Masalan, XIX asrning oxirida Tomson molekulyar vodorod ionini vodorod (H2+)molekulasini elektronlar bilan bombardimon qilib oldi.Bunga asoslanib 2 yadro bir-biri bilan birgina elektron yordamida boglana oladi degan xulosa kelib chiqadi.Tarkibida toq elektronlar bo’lgan moddalargina magnitga tortiladi. Kislorodni valent bog’lanishlar usuliga asoslanib unda toq elektronlar borligini ko’rsata olmaymiz. Lekin kislorod qattiq holda magnitga tortiladi. Buni valent bog’lanishlar usuli tushuntirib beraolmaydi.Erkin radikallar tarkibida ham juftlanmagan elektronlar bo’ladi.
Benzolga o’xshash aromatik uglevodorodlarning tuzilishini valent bog’lanishlar tushuntirib bera olmaydi. Molekula hosil bo’lishida toq elektronlarning rolini ko’rsatadigan nazariya 1932 yilda Xund va Malliken tomonidan yaratilgan bo’lib, bu nazariya molekulyar orbitallar nazariyasi nomini oldi.
Molekulyar orbitallar nazariyasini yaratishda atom orbitallarning tuzilishi haqidagi kvant-mexanik tasavvurlarni molekula tuzilishi uchun qo’llash mumkin deb hisoblandi.
Farqi shundaki, atom bir markazli (bir yadroli) sistema bo’lsa, molekula ko’p markazli sistemadir. Bu nazariyaga ko’ra, har qaysi elektron molekuladagi barcha yadro va ko’p markazli orbitallar ta’sirida bo’lishi e’tiborga olinadi.
Molekulyar orbitallar (MO) usulining bir necha variantlari bor. Atom orbitallarining chiziqli kombinatsiya usuli (LKAO yoki AOCHK) eng ko’p qo’llaniladigan variant. Bu usulda elektronning molekulyar to’lqin funktsiyasi, o’sha molekulani tashkil etgan barcha atomlardagi elektronlarning to’lqin funktsiyalaridan kelib chiqadigan chiziqli kombinatsiya, ya’ni molekulyar orbitallarni tasvirlovchi funktsiyalarni molekulani tashkil etgan atomning funktsiyalarini bir-biriga qo’shish va bir-biridan ayirish natijasida topiladi.
Agar biz tarkibida 1ta elektron va 2 yadro bo’lgan molekulani nazarda tutsak, ayni sistemada elektron harakatini 2 ta funktsiya bilan izohlash mumkin.
Birinchisi w 1 = C1 j1 +C2 j2
Ikkinchisi w2 = C1 j1 - C2 j2

Download 208,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish