Kimyo fanining bu qismi kimyoviy jarayonlarning vaqt o‘tishi davomida turli omillar ta’sirida qanday qonuniyatlar asosida amalga oshishini o‘rganadi.
Turli tashqi ta’sirlar orasida reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalarining o’zgarishi, temperatura o ‘zgarishining ta’siri va gaz moddalar orasida boradigan reaksiyalarga tashqi bosimning ta’siri va, bulardan tashqari, yana bir necha holatlar va vaziyatlar ta’siri natijasida bo‘ladigan o‘zgarishlar sistema uchun ahamiyatga ega bo‘ladi.
Har qanday omillarning reaksiya tezligiga ta’sirini o ‘rganishda turlicha yo‘l tutish mumkin. Masalan, reaksiya tezligini o ‘rganish maqsadida qo‘yilgan tajribalarni turli miqdorda olingan moddalar ishtirokida kuzatiladigan o‘zgarishlarni qayd etish va olingan ma’lumotlarni umumlashtirish natijasida sizga ma’lum bo‘lgan «ta’sir etuvchi massalar qonuni» ta’riflangan edi.
Boshqacha yo‘l tutilganda — reaksiya davomida ayrim atom va molekulalar holatidagi o‘zgarishlarni tadqiq etish natijasida ham umumiy qonuniyatlarni keltirib chiqarish mumkin. Bu usulni amalga oshirishda ko‘pincha turli taxminlarga tayanishga to’g‘ri keladi, chunki ko’pchilik reaksiyalar «oraliq bosqichlar» vositasi orqali amalga oshadi. Oraliq bosqich mexanizmi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘pgina ma’lum otlarni o ‘zaro umumlashtiruvchi holatgacha yetkazish kerak bo‘ladi.
Makrosistemalarga mos keladigan qonuniyatlar atomlarda va molekulalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ular bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin.
Hozirgi zamon kimyoviy kinetikaning yutuqlari yuqorida aytilgan ikki xil yo‘nalishdagi izlanishlar natijasidan kelib chiqqan qonuniyatlar va nazariy holatlarni jamlab olgan. Termokimyoviy hisoblar asosida ko‘pgina ahamiyatli jarayonlarning energetik xossalarini baholash mumkin. Masalan, kimyoviy bog‘lar va kristall panjara energiyalarni, fazoviy o‘zgarishlar, molekulalar orasidagi ta’sirlashish energiyalarini, erish, solvatlanish (gidratlanish) entalpiyalarini hisoblash mumkin.
1840-yilda rus kimyogari G. I. Gess issiqlik effektlar yigindisi (issiqlik effektining additivligi) qonunini ta’rifladi:
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti boshlang‘ich modda va mahsulotlarning agregat holatlarigagina bog ‘liq, reaksiya borishida bo’ladigan bosqichlarga bog‘liq emas.
13. Kimyoviy muvozanat haqida gapirganda, o'tish o'zgarishi sodir bo'ladigan narsaga o'xshash narsa haqida gapiramiz. Seta o'zgarishi havolani uzib qo'ymasligi mumkin. Bir misol keltiramiz: xuddi qattiq moddalar singari o'z bug'lari bilan muvozanatda bo'lishi mumkin bo'lgan suyuqlikni ishlatamiz. Muvozanatni muvozanat o'rnatamiz, agar qattiq narsa cho'kganda yoki kristallanganda atrofdagi suv bilan ham muvozanatda bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |