Rеaktsiyaga kirgan moddalarning massasi rеaktsiya natijasida xosil bo’lgan moddalarning massasiga xamma vaqt tеng



Download 208,92 Kb.
bet9/10
Sana06.02.2023
Hajmi208,92 Kb.
#908443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2KMnO4  K2MnO4 + MnO2 + O2
Bunday reaksiyalarda elektron almashinish jarayoni bir molekulaning o ‘zidagi zarrachalar orasida sodir bo’ladi.
3. Disproporsiyalanish reaksiyalari
Bunday jarayonlarda bir element o ‘zining oraliq oksidlanish darajasidan ikki xil—biri yuqori roq, ikkinchisi kichikroq oksidlanish darajasi holatiga o’lishi kuzatiladi. Masalan:
2 H2O2 → 2 H2O-2 + O2 0 
Vodorod peroksid tarkibidagi kislorod atomi oksidlanish darajasi — 1 holat­dan nolga qadar ko’tarildi (qaytarildi), ikkinchisida esa, oksidlanish darajasi —2 ga qadar pasaydi (oksidlandi). Bunday reaksiyalarda qat­nashadigan moddalardagi elementning oksidlanish darajasi shu elementga xos bo’lgan oksidlanish darajalarning oraliq holatidan birida bo’lishi kerak.
Masalan, azot oksidi (IV) ning suv bilan o’zaro ta’siri reaktsiyasi:
2NO2 + H2O → HNO3 + HNO2
yoki kaliy xloratning parchalanish reaktsiyasi:
4KClO3  KCl + 3KClO4
19. D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarning 85tasini metallar tashqil qiladi. Metallarning 12 tasi S-elementlar, 32 tasi d-elementlar, 28 tasi f-elementlar va kolgani R-elementlardir. Simobdan tashkari xamma metallar oddiy xaroratda qattiq moddalardir. Metallarning uziga xos belgilari kuyidagilardan iborat.

1. Xar kanday metall uziga xos yaltiroklikka ega, buning sababi shuki, ular yeruglik nurini spektrning kuzga kurinuvchan soxasida kaytarish xususiyatiga ega.

2. Metallar issiklik va elektrni yaxshi utkazadi. Metallarning elektr utkazuvchanligi xarorat ortishi bilan pasayadi va aksincha, karshiligi xarorat ortishi bilan ortadi.

3. Kupchilik metallar odatdagi sharoitda kristall xolatida buladi, ularning koordinasion soni katta kiymatga ega (8 va 12 ga teng)

4. Metallar chuziluvchan va yassilanuvchi buladi.

5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya'ni ularning oksidlari kupincha suv bilan birikib asoslar xosil qiladi. Metallarda bu 5 xususiyatning borligiga asoslanib, metallarning ichki tuzilishi xakida ma'lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metall yeruglikni kaytarish xususiyatiga ega bulgani uchun juda yupka metall plastinka xam shaffof (tinik) bulmaydi.

Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan (ya'ni metallarning xajm birligida juda kup atomlar bor) deyish mumkin.

Metallarning issiklik va elektrni yaxshi utkazishi - zaryadlangan zarrachalar metallning kristallari orasida oson xarakatlanishi xakida ma'lumot beradi. Nixoyat, metallarning elektromusbat elementlar jumlasiga kirishi-valent elektronlarning metall atomidan osongina chikib keta olishini kursatadi. Lekin bu (metallar) xususiyatlarining xech kaysisi oddiy moddalarning "metall" yoki "metallmaslari" sinfiga ajratish uchun asos bula olmaydi. Oddiy moddalarni «metall» yoki «metallmaslarga» ajratish uchun kimeviy boglanishlar tipini asos qilib olish, kup masalalarni izox qilib olishda juda tugri xulosalarga olib keladi. Demak, zarrachalar orasida metall boglanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga,kovalent boglanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish kerak.

Oddiy moddalarni bunday 2 turkumga ajratish bir tomondan mutlak va ikkinchi tomondan nisbiy xarakterga ega. Ayni sharoitda oddiy moddalarni metall va metallmaslarga ajrata olamiz,lekin ba'zi oddiy moddalarning "metallar" turkumiga kiritilishi tashki sharoitning uzgarishiga boglik buladi.Masalan,surma "metallmaslar" turkumiga kiritiladi, lekin surmaning elektr utkazuvchanligi xarorat ortishi bilan kamayadi. Buni etiborga olganimizda surmani "metallar" turkumiga kiritishga tugri keladi. Kalay 13,2oS dan yukorida metall, lekin xarorat pasayib -40 oS ga yetganda ok kalay "kulrang kalay"ga aylanadi. Kulrang kalayning kristall katagi xuddi olmos, kremniy va germaniylarning kristall katagi singaridir. Kulrang kalayda atomlar uzaro kovalent boglanishlar xosil qiladi; u yarim utkazuvchanlik xossalariga ega; uning elektr utkazuvchanligi, xuddi metallmaslarniki kabi, xarorat pasayishi bilan kamayadi.

20. Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1271 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 14982,8 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yil yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,0 % ni tashkil etdi.Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 51,0% (29 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 40,1% (134 ta), hamda Toshkent shahri 6,6 % (331 ta) hissasiga toʻgʻri keldi. "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik birlashmasi — qora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi. 1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dekabrda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1ta pech, dekabrda 2 - pech, 1979-yil sentabr da 3-pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyulda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi. Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.[1]


21. ELEKTROKIMYO — fizik kimyoning tarkibida ionlari bo’lgan sistemalarni (eritmalar, suyuqdanmalar va qattiq elektrolitlar), shuningdek, 2 faza chegarasida zaryadli zarralar (ionlar va elektronlar) ishtirokidagi jarayonlar va hodisalarni o’rganadigan bo’limi. Odatda, fazalardan biri metall yoki yarimo’tkazgich, ikkinchisi esa eritma yoki elektrolit suyuqlanmasi yoxud qattiq elektrolit bo’ladi. Aksari hollarda bu 2 fazaning o’zaro ta’sirida elektr toki hosil bo’ladi. Shu sababli Elektrokimyo elektr toki hosil bo’lishi yoki aksincha kimyoviy birikmalarga elektr tokining ta’siri natijasida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganadigan fan deb hisoblanadi. Elektr toki va kimyoviy hodisalarning o’zaro bog’liqligi borasidagi ilk tadqiqotlar 18-asrning 2-yarmiga taalluqli. Lekin bu tadqiqotlar o’sha davrda kuchli elektr manbalari bo’lmagani bois tasodifiy tavsifga ega. Bunday manba 18-19-asrlarda L. Gal’vani va A. Volgpa ishlari natijasida paydo bo’ldi va shu sababli Elektrokimyoni ularning nomlari bilan bog’laydilar. Keyinchalik galvanik elementlar deb nom olgan mukammalroq kimyoviy tok manbalari ishlab chiqildi. Ulardan foydalanib fizika sohasida ko’pgina kashfiyotlar qilindi, elektr va magnetizmning qator asosiy qonunlari ochildi. 19-asrning 60-yillarida dinamomashinalarning kashf etilishi natijasida galvanik elementlar elektr manbalari sifatida o’z ahamiyatini yo’qotdi; 20-asrda yarimo’tkazgichli radiotexnika, mikroelektronika, kosmik texnikaning rivojlanishi bilan ularga bo’lgan yangi qiziqish paydo bo’lgan. Hozirgi vaqtda avtonom kimyoviy tok manbalarining roli yanada ortdi. Galvanik elementdagi elektr yurituvchi kuch (EYUK) mohiyatini tushuntirish uchun energiyaning saqlanish qonuni ochilgandan so’ng V. Nernst ishlarida go’lato’kis ifodalangan kimyoviy nazariya olg’a surildi. Bu nazariyaga muvofiq, galvanik elementdagi elektr energiyaning manbai metall elektrod va elektrolit eritmalari chegaralarida sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiyalar energiyasidir. Gibs — Gelmgolsning termodinamik tenglamasi galvanik element EYUKni reaktsiyaning issiqdik effekti va temperatura bilan bog’lash imkoniyatini, Nernst tenglamasi (1888) esa EYUKning elektrolit kontsentrasiyasiga termodinamik bog’liqligini ko’rsatadi. Keyinchalik Nernst nazariyasi ba’zi hollarda amaliyotga to’g’ri kelmasligi aniqlandi. 20-asrning 30-40-yillarida A.N.Frumkin Volta va Nernst ishlarini rivojlantirish natijasida galvanik element EYUK paydo bo’lish mexanizmining to’g’ri yechimini topdi. 19-asr boshlarida elektrolizning ochilishi, suvning vodorod va kislorodga ajralishi (A. Karleyl va u. Nikolson), Neon va kondan ilk bor metall holdagi natriy va kaliy olinishi (G. Devi, 1807), elektrolizning miqdoriy qonunlari (Faradey qonunlari) aniqlanishi Elektrokimyo rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 1838 yilda B.S. Yakobining galvanik elementni mukammallashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlari natijasida metall tuzlarini elektrokimyoviy usulda qaytarib katodda sof metall olib galvanotexnikaga asos solindi. Hozirgi vaqtda suv, tuzlarning suvdagi eritmalari va organik moddalarni metall ajratmasdan elektroliz qilishga asoslangan kuchli elektrokimyoviy ishlab chiqarish mavjud. Organik moddalarni elekgrosintez qilish (Kolbe reaktsiyasi), elektrolit eritmalarining tuzilish nazariyasi, elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi (S. Arrenius, 1887), ionlarning solvatatsiyasi (tuzlanish) to’g’risidagi tasavvurlar (I.A. Kablukov, 1891), ionlarning o’zaro elektrostatik ta’siri (Debay — Xyukkel nazariyasi) metallar korroziyasi va undan himoyalanish va boshqalar Elektrokimyo rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
22. Mеtallarning аtrof-muhit ta’sirida yemirilishi korroziyalanish deyiladi. Bu jarayon oksidlanish-qaytarilish jarayonini oʻz ichiga oladi. Metallarning yemirilishi – korroziyaga uchrashiga qarab 2 turga boʻlinadi: kimyoviy va elektrokimyoviy.

Download 208,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish