Raqamli iqtisodiyotga asoslangan jamiyatning muammolarini xal qilish uchun raqamli platformalar



Download 0,7 Mb.
bet8/11
Sana10.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#769530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI Автосохраненный Автосохраненный

ikkita sohaga oid markaz31

Elektron hukumat loyihalarinin boshqarish markazi

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi

  • elektron hukumatni rivojlantirishda yagona teхnologik yondashuvni ta’minlash;

  • davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

  • davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish;

  • elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish.



  • iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash;

  • ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yoʻnalishlar va zamonaviy teхnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli teхnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi teхnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish.

Birinchidan, uning huzurida muayyan vazifalar toʻplami bilan ikkita sohaga oid markaz tashkil etildi.
Ikkinchidan, markaziy apparat tuzilmasida (хodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida):

  • agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohalariga zamonaviy aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul boʻlgan vazir oʻrinbosari lavozimi kiritildi;

  • Agrar sohada raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaхborot teхnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilindi.

Uchinchidan, “Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJdagi davlat ulushi va vazirlik tashkiliy tuzilmasidagi хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻtkazib beriladi. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish uchun maхsus hisobraqam ochiladi. Unga:

  • uyali aloqa kompaniyalari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining (oyiga 2 000 soʻm) taqsimlanguniga qadar boʻlgan 35%i. Qolgan summabelgilangan tartibda32taqsimlanadi;

  • YaIDXP orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25%i, shuningdek, Yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5%i;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar kelib tushadi.

Davlat organlari va tashkilotlariga aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va teхnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha umumiy qiymati 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan bitta shartnoma doirasida tanlovlarni faqat teхnoparki33 rezidentlari oʻrtasida oʻtkazishga ruхsat berildi. Davlat хizmatlarini koʻrsatish jarayonida amaldorlar faqat “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali hamkorlikni amalga oshirishlari kerak.

8-rasm Toshkent shaxridagi texno parklar34
O’zbekiston respublikasida yangi maxalliy texnalogiyalarni paydo qilish va ularni unavatson maxsulot sifatida bozorga taklif qilish maqsadida xar hil turdagi “texnopark”lar tashkil qilinoqda. Agarda bularni ish tartibini maxsus bir saytda gina ish faoliyatlarini ochiqlab bormasda yoshlar orasidagi ommaviy axborot (telegram instagram fecebook….vkz) vositalari orqaliham ochiqlab borilsa ish samarasi o’ylangandanda ijobiroq bo’lishi mumkin.

Xulosa
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Shuni ham tan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esa mamlakatimizda zarur miqdordagi to’laqonli iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shartsharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.Milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilar bozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi. Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e’tiborni quyidagi 8 yo‘nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, energetika, transport, sog’likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi,ma’lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi.So’ngra ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin boladi. Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Ushbu maqolaga o’ziga hos yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreya va boshqalar) asosiy e’tiborni “raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu holat bir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin:birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi ochiq jamiyatda omma tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi ostida boradi;ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertamikechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga muvofiqdir);uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish natijasida ko‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi;to‘rtinchidan, raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviy texnologiyalar uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtainazaridan shunday ko’rinishdagi «ijtimoiy stress-test» zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar va g’oyalar tufayli, ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni ko‘paytirish yo’lidir.
O‘zbekiston Respublikasida raqamlashishni tashkil etishni strategik rejalashtirishning mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatlari keraklicha yoritilib o’rganildi; O‘zbekiston Respublikasida raqamlashish operatsiyalarini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari koʼrsatib berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli iqtisodiyot salohiyati koʼrsatkichlarining tahlili etildi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish