5-rasm e-imzo qisqa ma’lumot14
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan hamda aholining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi toʻgʻrisidagi koʻplab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida tashkil topdi. Bunday imkoniyatlarni “e-imzohttps” ham taminlamoqda.
Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Elektron raqamli imzo nima? Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi. Elektron raqamli imzo nimaga kerak? Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir. Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha? Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti; Davlat bojxona qo‘mitasi;
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi; Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin..
buham prizdentimiz O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-203015” dasturini hayotga tadbiq qilinayotganini natijalari sifatida olsak bo’ladi. Bunday raqamlashish jarayoni albatta ta’limniham chetlab o’tmadi. Abuturentlarga qulaylik bo’lish maqsadida har hil turdagi saytlar va platformalar(aqil bilim test16 Davlat test markazi.17. oliygoh18)yaratildi. Va harbir oliyta’lim muassasalari o’zining platformalariga ega.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |