Raqamli iqtisodiyotga asoslangan jamiyatning muammolarini xal qilish uchun raqamli platformalar


Kurs ishini o’rganilganlik darajasi



Download 0,7 Mb.
bet2/11
Sana10.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#769530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI Автосохраненный Автосохраненный

Kurs ishini o’rganilganlik darajasi: Raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari xorijlik olim va mutaxassislardan M.А.Shneps-Shneppe, D.E. Namiot, P.Vinya, M.Keyn, N.Popper, Ye.Filippov, А. Fork, L.V. Lapidus, D.Bell, M.Kastels, V.Desouza, D.Makkonaz, M.Linch, S.Dirikan, S.Xalford, M.Savaj kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida atroflicha yoritilgan. o’zimizning olimlardan Raxmonqulov.J.M2, R.H.Ayyupov G.R.Boltabayev3 va SamISI, Marketing kafedrasi assistenti S.K.Boyjigitov4 va boshqalar o’z maqolalarida raqamli iqtisodiyot tushinchasi va amalga tadbiq qilish mumkiin bo’lgan nazariya va kansepsiyalarni yoritib berishgan.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni amalga oshirishdagi istiqbollarning ilmiy jihatdan o‘rganish va unga to’siq bo’ladigan omillarni oldini olishda shaxsi fikirlar.
Kurs ishining vazifalari: Qoʼyilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan.
- O‘zbekiston Respublikasida raqamlashishni tashkil etishni strategik rejalashtirishning mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini oʼrganish;
- O‘zbekiston Respublikasida raqamlashish operatsiyalarini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari koʼrsatib berish;
- Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli iqtisodiyot salohiyati koʼrsatkichlarining tahlili etish;
Kurs ishining predmeti: Oʼzbekiston Respublikasida Raqamlashish faoliyatda raqamli iqtisodiyot operatsiyalarini tashkil etishni strategik rejalashtirish jarayonlari va bu jarayonlarda mavjud hamda shakllanishi mumkin boʼlgan qonuniyatlar oʼrganiladi
Kurs ishining tuzulishi va tarkibi:
Kurs ishi tarkibida kirish asosiy qisida 4ta rea xulosa va foydalanilga adabiyotlar ro’yxatidan iborat avzni boitisda 8ta rasm 4ta jadval va statistic malmotlar o’ri olgan bo’lib krs ishining umumiy hajmi 45betdan iborat

1. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari


Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirimoqda. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi.. Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o’tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi

  • Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarniyangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;

  • Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;

  • Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta’minlaydi;

  • Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;

  • Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi.

Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:

  • O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;

  • Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;

  • Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Global miqyosda va global bozorlarga respublikamizning raqobatbardoshliligini oshirish.

Endi global information tizimda mavjud bo’lgan ochiq ma’lumotlar va adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko’rsatgichlari va uning o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz

Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi. 1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin.



1-rasm 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdoning davlat ulushlari (%da) 5

Yuqoridagi diogrammadan kelib chiqqan holatda 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoydagi internet savdosining 2016 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning 3 rivojlanishi elektron biznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidanyangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.



  • Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi . Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdor dagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi.


2-rasm Fecebook6 reklama orqasidan topgan daromadi yillarda (milliard $)7
Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq daromad ishlab oldi(bu yildagi foyda ochiqlanmagan shu sabab diagrammada 0 ko’rsatildi) . 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.

  • Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznesmodellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron 4 tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z Elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, Internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud

  • Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google Analitics va Яндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi.

  • Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa ko’plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.

  • Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni generatsiya qilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding)

  • Moddiy boyliklarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing Economy) jamiyatning ko’pchilika’zolarida moddiy boyliklarga egalik qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirib yubordi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi ko’pchlik yoshlar o’zlari uchunhususiy mulk sotib olish va unga egalik qilishga katta qiziqish bildirmayaptilar. Chunki ular uchun ko’proq hayotiy erkinlik, ma’naviy hatti-harakatlar erkinligi va hissiyotlarga berilish, dunyo mamlakatlariga sayohatlar, ekologik turizm tadbirlari ko’proq ahamiyatga ega bo’lib qoldi.

  • Iste’molchilarda mahsulot yoki hizmat haqida fikr hosil qilishda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora oshib borishi. Chunki hozirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va muloqot qilish barcha yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolgani hech kimga sir emas.

  • Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari- Public Lisence) paydo bo’lishi. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Public License (GPL, GNU);

  • Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi biznesmodellarda namoyon bo’ladi va bu bozorning boshqa ishtirokchilarda o’ziga hos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular ichida eng ommaboplari – kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga bo’lgan intilish, personallashtirilgan hizmatlar olish istagi, kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb qilsh hamda Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (ondemand).

  • Oliy ta’lim muassasalari tayyorlab bergan mutaxassislarning bilimini zamonaviy talablar darajasida oshirishga erishish. Chunki hozirgi davrda oliy ta’lim olgan mutaxassislarning bilim darajasi oliy maktabni tugatgandan so’ng, atigi ikki yildagina 50% ga eskirib qolmoqda.

  • Hozirgi vaqtda anchagina ommaviy bo’lib ketayotgan uy-ofislarda ishlash imkoniyati, ya’ni, raqamli iqtisodiyot ko’pchilikni uydan ketmagan xolda, kompaniya, firma yoki tashkilotlarda to’laqonli ishlash imkonini yaratadi (gigeconomy, free lancing kabilar).

Hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. «Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi.

3-rasm Electron segmentning O’zbekiston YaIM va aholi bandligidagi ulushi8
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra,ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini to’la tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan . Masalan, AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiy baza tashkil qilish); 7
2.Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaro raqobat kurashi va ularning asta-sekinlik bilan integratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.

2.Internetdan keng foydalanish ma’lumotlarni glaballashuvi


Xozirgi kunda internatdan keng va ko’lamli foydalanilmoqda. Internetni imkoniyatlari chegaralanmagan istalgan ahboratni qisqa mudatda topib berishdan tortib hizmat ko’rsatishgacha. Internet glaballashmoqda bu esa odamlar o’z hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishga sabab bo’lmoqda. Hozirgi kunda dunyoning qariyb 3/2 qismi tarmoqdan foydalanmoqda.

4-rasm O’zbekiston respublikasida internetdan foydalalanuvchilar soni (mln)9
O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 35 milliondan oshgan, shundan 25 milliondan ko‘pi mobil internet foydalanuvchilari. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2021 yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan. Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilgan. 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan. Bugungi kunda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda.
Shunday ekan bu ko’rsatkich kundan- kunga o’sib boryapti. Mana sizham hozirgacha internet tarmog’idan foydalanib kelmoqdasiz, shu o’rinda bir savolim : internet nima o’zi? Undan odamlar nima masadda foydalanishadi? Undan qanday qilib unumli foydalanish mumkin?

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish