Gah-gahi cheksa erdi nolai zor,
Jismi zori topar erdi ozor.
Szi ichra yq crdi hush asari
Yq edi z dcgonidin xabari.
Xaylida kimda-kim bor erdi bilik,
Borcha yilab yuvdilar ondin ilik (10, 129).
Arkoni davlat trt yuz tabibni chaqirib Bahromni davolash lozimligin aytadilar. Hakimiar shoh ishq dardiga mubtalo bJganiiii ma'lum qilishadi. Ularning fikricha, ishq dardi - t, tabib muolajasi esa — xasdir. Bas shunday ekan, tni xas bilan daf etib blmaydi. Shunday bIsa-da, jidd-u jahd bilan Bahromjismiga sihat kirishi ilinjida hukamo sa'y-harakatda bladilar. «Ikki yil tarki xo'rd-u tob aylab, Ish saranjomia shitob aylab» qilingan tabiblar muolajasi z ta'sirini kovrsatadi. Shoh Bahromning savdoyiligi ancha barham topadi. Hukmdorni bu darddan yanada xalos etish uchun hakimlar taklifi bilan y yetti iqlim podshohi y yetti qasr bunyod etishga kirishadi. Sholi Bahromning zini awalgidan ham solom his qila boshlaydi. Ulkan imoratlar qurib bitkazilgandan sng, tabiblar maslahati bilan Moniy ularni y yetti rangda nihoyatda maftunkor qilib bezaydi. Shoh Bahrom ulardan zavqlanib kundan-kun dardini unuta boshlaydi. Uning tamomila soayishi uchun qasrlarni bezash ishlari nihoyalangach, y yetti iqlim shohi zlari qurdirgan y yetti qasrda qizlarini joylashtirishlari, shoh Bahrom haftaning har kunini bir qasrda xursandchilik bilan tkazib, y yetti gzalni z nikohiga olishi maqsadga muvofiq deb topiladi.
«Sab'ai sayyor» dostonidagi qoliplovchi liikoyaning snggi bobi mana shu rinda nihoyalanib, asaming asosiy qismini tashkil etuvchi y yetti musofir hikoyatlariga rin beriladi. Shanba kuni qora qasrda hinduvash gzal harir kiyimlarda shoh Bahromni qarshi olib, hukmdorga e'zoz kisatadi. Tabiblar boshqa iltifotni ta'qiqlashgan edi. Buni mahvash bilardi. Kech blgach, u z pardasiga nihon bIadi. Podshoh uyqusizlikdan aziyat chekadi. Duch kelgan musofirni keltirishni mulozimlariga buyuradi. Birinchi iqlim ylidan kelgan musofir insoniyat baxt-saodati uchun muhim hisoblangan birodarlik, insoiiparvarlik va baynalmilallik oyalari ilgari surilgan Farrux bilan Axiy haqidagi hikoyatni szIaydi. Yakshanba. Sariq qasr. Zarbob kiyimlar kiygan Bahrom sariq libos kiygan rumlik gzal bilan oltin qadahda sariq may ichib, zra kunni kech qiladi. Rumdan tashiif buyurgan musofir Zayd zahhob (Zayd zaigar) sarguzashtlarini hikoya qiladi. Shu tariqa dushanba kecha yashil qasrda shahrisabzlik musofir «Sa'd», seshanba kecha gulgun qasrda tarozlik musofir «Jna va Mas'ud», chorshanba kecha moviy qasrda shoh Bahrom huzuriga kelgan musofir «Mehr va Suhayl», payshanba kecha sandal (qoramtir-sarish) rangli qasrda tashrif buyurgan musofir «Muqbil va Mudbii>, nihoyat, juma kecha kofiiriy
(oq) qasrda Xorazmlik musofir «Dilorom» hikoyasini sziab beradi, Shunday qilib, shoh Bahrom firoqida rtanayotgan sevgilisi Diloromning taqdiri bilan boliq malumotlarni Xorazmlik sayyoh hikoyasidan bilib oladi. Ulu shoir bunday yo'l tutish bilan qoliplovchi hikoyat va ichki hikoyatlar orasidagi yaxlitlikni ta'minlagan bIadi. Natijada Bahrom va Diloromning ishqiy saiguzashtlari bilan ijodkorning quvchiga taqdim etmoqchi bigan tayanch oyaviy niyatlarini zida mujassamlashtirgan y yetti hikoyat zaro butunlik hosil qiladi. Xamsanavislikda dong taratgan Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehiaviy dostonlarida esa asarning qoliplovchi qismi bilan hikoyatlar rtasidagi boliqlik mavjud blmay, ular mustaqil voqealar tizimidan tashkil topgan alohida asarlaiga xshab qolgandi.
Alisher Navoiy «Sab'ai sayyor»da ulu salaflari asarlarini yuqori baholab, shu bilan biiga ulaniing dostoniaridagi haqiqatdan yiroq blgan ba'zi lavhaiarga ham zining munosabatini biidirdi. Awallo, ustozlar badiiy tafakkurining mahsuli blgan Bahromda «moyai dard»-insonga xos blgan haqiqiy sevgi mavjud blmasa-da, uni ishqaro tengsiz deya e'tirof etilishi shoir e'tkoziga sabab bladi: Biri bukim yo'q anda moyai dard, QHdilar ishq szidin ani fard (10, 54).
Ulu shoirning ikkinchi e'tirozi «Haft avrang» va «Hasht behishoda qalainga oiitigan ba'zi lavhalarning hayotiy emasligi bilan boliq: Yana biri buki anda ba'/i ish, Zohiran nomunosabat tutmishdO, 54).
Nizomiy Ganjaviy dostonida trt yil Nmon qlida Yamanda tarbiyalangan Bahrom tistozining tavsiyasiga kra, Eronda Munzir bilan bahavo tepalikda qasr qurish uchun joy izlaydilar. Buyuk binokor Sirnnor ^Havarnaq* («Ichkilik ichadigan joy*) qasrini bunyod etadi. Bu ulkan iihomtni tomoshasiga kelgan Bahrom ilgari umuman kirmagan xonada blib, y yetti go^zal qizning suratini kiadi. Keyinchalik Bahrom mana shu y yetti iqlim shohining qizlari uchun y yetti qasr qurdiradi. Amir Xusrav Dehlaviy dostonida esa haddan tashqari ovga berilib ketgan Bahrom Grru poytaxtga qaytarish uchun y yetti qasr bunyod etib, ularning har birida y yetti gzal joylashtiriladi. Alisher Navoiy har ikkala asardagi qasiiar qurilishi lavhasi shoh Bahromning aysh-ishrati tasviri uchun keltirilganligi, shuningdek, y yetti malikaning Bahromni uxlatish uchun afsona szlashlari tabiiy emasligini qayd etadi. Shoir salaflari talqinidagi odat-u sifati aflatda blgan Bahromning uxlashi
uchun afsonaga hojat bormi, deya rinli ta'kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |