Bog'liq portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
9.4. «Layli va Majnun» - ishqiy, fojiaviy doston. Asarning tuzilishi, yetakchi obrazlari va badiiyati Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozongan Layii va Majnunning dardchil ishqiy sarguzashtlariga baishlangan. Bu sayyor mavzu nihoyatda qadimiy blib, manbalarda e'tirof etilishicha, uning badiiy talqini namunalari VII asrning ikkinchi yarmidan arab adabiyotida vujudga kela boshlaydi.
Dastlab qadimgi kchmanchi arab qabilalari orasida paydo blgan
mazkur mahzun qissaning tarixi va tadrijiy takomiliga doir ilmiy
tadqiqotlarda Majnunning tarixiy shaxsligi masalasi munozarali ekanligi
qayd etiladi. JumJadan, arab nianbalarining ayrimlarida el orasida Bani
Omir qabilasiga mansub blib, Majnun nomi bilan tanilgan shaxsning
haqiqiy nomi Qays ibn Mulawah yoki Qays ibn Muod blganligi
haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, ba'zi manbalarda Majnunning
haqiqiy nomi Mahdiy ibn Muod yoki al-Buxturiy ibn al-Ja'd tarzida
ham uchraydi. Qays z qabiladoshi Laylini sevgan va shu muhabbatning
hijron iztiroblariga doir mungli she'rlar ijod etgan. Shunday qaydlar
IX asrda yashagan Ibn Qutaybaning (vafoti 889) «Kitob ush-she'r va
shuaro» asarida ham mavjud. VTII asr va IX asrning boshlarida yashagan
ba'zi arab tarixchilari, jumladan, Avon ibn Hakim al-Qalbiy (vafoti
764) hamda Hishom al-Qalbiy (vafoti 819)lar esa Majnunning tarbdy
shaxsligini inkor etishadi. Ularning fikricha, Majnun tarixiy shaxs emas,
uning nomi majoziydir, uning nomi bilan boliq she'rlar esa, z
yaqin qarindoshlaridan birining qiziga oshiq blgan ummaviylar
xonadoniga mansub bir yigitning azallari blib, u z nomini oshkor
etmaslik uchun Majnun taxallusini qllagan. Y yetti yildan ziyodroq
davr ichida musulmon davlatlarida sayohatda blgan fors-tojik adibi
Nosir Xusrav esa zining «Safarnoma» asarida Arabistonda unga Layli
hamda Majnun nomi bilan boliq joylarning xarobalarini krsatishgani
haqida ma'lumot beradi. Krinadiki, Majnunning tarixiy shaxsligi
qanchalik bahsli blsa, uning tqimaligi va unga nisbat berilgan
she'rlarning muallifi masalasi ham shunchalik munozaralidir. Shunday
qilib, mavzu tarixiga oid aksariyat ilmiy tadqiqotlarda qayd etilishicha,
dastlab Majnunga nisbat berilgan mungli she'rlar zamirida VIII asrda
arab adabiyotida uning sevgisiga oid rivoyatlar paydo bla boshlagan.
IX asrdan boshlab esa bunday tqima voqealar miqdor jihatidan ancha
kpayib keng xalq ommasi orasida shuhrat qozongan, uning yangi-
yangi tahrirlari paydo blgan. X asrga kelib Majnun nomi, unga nisbat
beriluvchi she'rlar hamda uning Layliga blgan yoniq muhabbati
haqidagi voqealar tizmasi Arabiston sarhadlaridan oshib, sayyor syujet
sifatida musulmon xalqlari orasida keng tarqala boshlaydi.
Layli va Majnun haqidagi dardchil ishqiy sai^uzashtlar va bu mahzun voqealar tizimining tIaqonli badiiy asar sifatida shakllanib, yozma adabiyotdan mustahkam rin olishida taniqli ozar shoiri Nizomiy Ganjaviyning «Layli va Majnun» (1188) dostoni asos bIdi. Albatta,