Ko’rnb Shirinning oy yanglig* yuzini,
Munawar qUdi ul yuzdin ko’zini.
Keturmish erdi bora sut birga,
Ol ich yonimga tedi, to’kma yerga.
Olib Shirin elindin sutni Farhod,
Shakartek ichti, Shirin aydk-Xush bod!
Ayitti-Soqi sansan bu emr xush,
Sut ermaz, og'u bo’lsa qilg’aman no*sh (495-496-b.).
Farhod bu so’zIari bilan Shiringa nisbatan samimiy munosabatini
izhor qiladi. Biroq Shirin o’z ahdini buzmaydi. Xusrav esa ancha beqaror
bir inson qiyofasida namoyon bo’ladi. U ba'zan ishqqa berilsa, gohida
oshiqlikni ham unutib qo’yadi. U ba'zan sadoqatli oshiq, adolatli podsho
qiyofasida namoyon bo’lsa, gohida esa Shakarga mahliyo bo’lib qoladi.
Qutb Xorazmiy Nizomiy Ganjaviy dostonini juda ravon bir uslubda,
o’zbek tili imkoniyatlaridan keng istifoda etgan holda tarjima qildi. Fikrimizni
asarning «Xusrav Hurmuzdan qochib Armanga borurda chashmada
Shiringa yo'liqqani» sarlavhasi ostida berilgan quyidagi baytlar dalillaydi:
Ko’rub shoh chashma ichra ul yuzini,
Yuzindin hech ketarmaz ho’ldi ko’zini.
Qaroqlar ko’nglini aning qaroqi, /*
Yurakin kuydurur nortek yangoqi.
Boqib aning bilur yanglig’ taninga,
Bulo*rdin o’t yoqildi shoh joninga. -
Ul oy g’ofil bu Xusrav boqqanindin,
Bo’Iub mashg’ul tarayur erdi sochin. -1 Kishi kelmasmu teb ko’nglinga tushti, ?
Boqib nogah ko’zi Xusravqa tushti.
Ko’zin surtub nazar yuzinga soldi, • - Ko*rub kuntek yuzin hayron qoldi.
Qatig* boqdisa shoh Shirin uyaldi, ;^ - --if; '*' Ne qilg’u emdi teb andisha qildi. - ' - '•'•
Qocbib bechora, izdab, chora topti,
Bulut yanglig’ sochin oy uzra yopti (380-381-betlar). Parchada Qutb so’z san'atining katta naqqoshi qiyofasida nazarga tashlanadi. U go’zal manzaralar chizadi. o’z tasviridagi qahramon tashqi qiyofasi ko’rkamligi bilan bog’liq lavhalarni jonli, ta'sirli ifodalash uchun vosita izlaydi. Shariati islomiyaga xilof keimaydigan yo’llar tanlaydi, Shirinning suvda tanho, harir libosda cho’milishi jarayoni unga ma'qul keladi. Yupqa libos ho'l badanga yopishib, uning «sir»ini oshkor qilib qo’yadi. Bunday nafls manzara esa Xusravni ham sabr quyushqonidan chiqaradi. Biroq shar'iy talablar uni «jilovlab» qo’yadi.
Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni ikki qardosh xalq: o’zbek va ozarbayjon xalqlarining ildizi olis tarix qatlaridan boshlanadigan iqtisodiy-siyosiy hamda adabiy-madaniy aloqalari zaminida vujudga keldi. Shoir o’zbek adabiyoti tarixida tarjimachilikning rivojiga muhim hissa bo’Iib qo’shilgan ushbu dostoni bilan yangi bir an'anaga asos soldi. Muhimi, Qutb Xorazmiyning bu dargohga qo’ygan qutlug’ qadami yagona va oxirgi bo’lmadi. Keyinchalik Nizomiy Ganjviy forsiy dostonlarini o’zbek kitobxonlariga yetkazish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Haydar Xorazmiy «Maxzanul-asror» dostonini erkin, ijodiy tarjima qilgan bo’lsa, Ogahiy «Haft paykar» dostonini nasriy bayonda o’zbekchalashtirdi.
Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni o’zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining noyob durdonasi sifatida ma'naviy xazinamizga qo’shilgan muhim yodgorlikdir.
5.5. Sayfi Saroyi—lirik shoir. Uning «Suhayl va Guldursun» dostoni
o’zbek va fors-tojik tillarida asar yozish an'anasining boshlovchilari sifatida Sayfi Saroyining ham tabarruk nomi turadi. XIV asrda yashab faoliyat ko’rsatgan Sayfi Saroyi o’zbek va fors-tojik tillarida yozilgan dilbar asarlar mallifi, o’z davrining iste'dodli tarjimoni sifatida ma'lum va mashhurdir. Bu zullisonayn ijodkor qalamiga mansub asarlardan bir necha javobiya she'rlar, «Suhayl va Guldursun», Shayx Muslihiddin Sa'diy «Guliston»ining o’zbek tiliga qilingan tarjimasi bizgacha yetib kelgandir. Garchi bugungi adabiyotshunoslik Sayfi Saroyi qalamiga taalluqli asarlarning barchasini qo’Jga kiritmagan bo’lsa-da, shoir nierosidan ma'lum bo’lgan namunalarning o’zi ham uni XIV asr o’zbek dunyoviy adabiyotining iqtidorli vakili sifatida qadrlash imkonini beradi. Sayfi Saroyining o’zbek tilidagi asarlari adabiyotshunoslar tomonidan tahlil etilib, tegishlicha baholangan (/JaBpoHOB H.A. CaH<|)H CapoM (XH3H h TBop^ecTBo).AK/t,T., 1968, flHa Caftfyn CapaHH. ^36ex a#a6HeTM TapiiXM, 5 aotfiAJiHK, 1-aot/m. T., 1977, 221-235 Gerjiap. PaxMaHOB B. y36eKCKMe nepeBOflos «rMJiHCxaH»a Caazm lllHpaaM. AKZl. CaMapaKaim, 1968; Sharipov J. Qutb Xorazmiy va Sayfi Saroyi tarjimalari haqida. «O'zbek tili va adabiyoti», 1965, 2-son,47-53-betlar). Uning fors-tojik tilidagi asarlaridan bizgacha yetib kelgan ayrim namunalar xususida esa yuqoridagi mulohazani aytib bo’lmaydi. Yoxud masalaning bu tomoni negadir Sayfi Saroyi ijodi tadqiqotchilari e'tiboridan soqit qolib kelayotir. Jumladan, biz ta'kid etgan mavzu Sayfi Saroyi hayoti va ijodi haqida maxsus asar yozgan tatar adabiyotshunosi X. Y. Minnegulov tomonidan ham unutib qoldiriladi. Holbuki, tadqiqotchi Sayfi Saroyining fors-tojik tilidagi bisoti ustida ham mulohaza yuritishi lozim edi. Xususan uning qalamiga mansub kitobning shu ijodkor adabiy faoliyatini atroflicha qamrab olishga mo’ljallanganligi liam shuni taqozo etadi (MHHHexynoB K).X. Ceii<|> Capan. TopMyiiiH xhm iDKa^H. Kaaan, 1976). Biroq salmoqli risola muallifi bu haqda hech narsa demaydi. Kezi kelganda Y.H.Minnegulovning ushbu kitobi xususida yana ayrim qaydlarni o’rtaga tashlashga to’g’ri keladi. Bu adabiyotshunos bir necha yillardan beri XIV-XV asrlar adabiyoti bilan qiziqadi, uning vakillari haqida o’z mulohazalarini bayon etib keladi (MHHHeacyjios H.K). Ceii^ Capaw Typyaua. - cobct Maicra6H», Kaaan, 1971, h-coh;
h opHniHajibHne npon3BeAeHHa CaM(J)H CapaiiH. Kasan, 1972; flna. Ceii CapaftnHHHr flHrw acapjiapn. «Ka3aH yxjiapn», 1972, 6-coH; flHa. KyrG HxcaTH, Ka3BH, 1976.). Bunisi quvonchli voqea, albatta. Xususan uning tomonidan Sayfi Saroyining hayoti va adabiy faoliyatiga doir salmoqli ilmiy tadqiqotlar e'lon qilinishi maqtovga molikdir. Muqaddima, xotima va olti bo’limdan tashkil topuvchi ushbu kitobda muallif o’z oldiga Sayfi Saroyi ijodining o’rganilishi tarixi, adabiy merosining hajmi va mundarijasi, ijodkor hamda tarjimon sifatidagi mazmundor faoliyati, murojaat etgan adabiy janrlari, badiiy mahorati muammolari singari xilma-xil mavzularni hal etishday ulkan va mas'uliyatli vazifani qo’yadi. Ilmiy asar o’z muallifining jiddiy izlangani, boy adabiy malumotlar to’plashga bo’lgan urinishi, durustgina ilmiy tadqiqot yuritish ko’nikmasi borligidan dalolat beradi. Kitobning fazilati aytilganlar bilan yakunlanmaydi, albatta. Ayni paytda mazkur risola bir qator nuqsonlardan ham xoli emas. H.Y.Minnegulov qarashlaridagi bahstalab o’rinlar tadqiqotning kirish qismidayoq ko’zga tashlanadi. Negadir, u Sayfi Saroyi haqida o’zbek adabiyotshunosligi, rus sharqshunos olimlari amalga oshirgan ilmiy ishlarni tan olmaydi. Shuning uchun ham u kitobning muqaddimasidayoq tatar o’quvchilariga Sayfi Saroyini «yangi ochilgan yozuvchilardan biri» sifatida taqdim etadi (Minnegugulov H. Seyf Sarai. 5-bet). Eng muhimi, Xatip Minnegulov Sayfi Saroyini «turk-tatar adabiy tilining rivojiga ulkan ulush qo'shgan» ijodkor tarzida baholaydi (o’sha kitob, 5-bet). Kitob muallifi ijodkorning o’zbek adabiyoti vakillaridan biri ekanligini umuman inkor etadi. Buni uning «turk-tatar» birikmasiga bergan izohida ham ko’rsa bo’ladi. H. Minnegulov kitobning izohJar qismida ayrim fikrlarga aniqlik kiritishga harakat qiladi. Masalan, u kitobning o’sha bahsida «turk-tatar» birikmasi va uning qo’llanishi ustida mulohaza yuritar ekan, quyidagi xulosalarga keladi. Asrlar davomida turkiy xalqlar tomonidan bunyod etilgan madaniy obidalarga nisbatan (eng qadimgi yozma yodgorliklar bundan mustasno) aralashiga turkiy xalqlarning mushtarak merosi sifatida qarash va ularni umumlashtiruvchi ata'ma bilan ifodalash yaramaydi. Shuning uchun Idel-Ural, o’rta Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkazorti mintaqalarida yaratilgan asarlarga nisbatan «turk-tatar», «turk-o'zbek», «turk-ozarbayjon», «turk-usmonli» kabi muayyan xalqqa mansublik birikmalardan foydalanishni yoqlaydi (o’sha kitob, 7-bet). Umuman olganda, tadqiqotchi tanlagan yo’nalish yomon emas
va uning talay fikrlariga qo’shilsa bo’ladi. Darhaqiqat, har bir yurt, turkiy til va adabiyotning mushtarak jihatlari bilan yonma-yon o’zigagina xos bo’lgan rivojlanish yo’li, taraqqiyot qonuniyatlari, obidalari haqida gap ketganda, o’shanday aniqlikka amal qilgan tarzda mushohada yuritish, uni yozuvda aks ettirish ma'quldir. Lekin tarixiy vaziyatning talab va taqozosiga ko’ra, o’rta asrlarda, hatto undan so’nggi davrlarda ham turkiyda so’zlashuvchi qabilalar, hatto forsiy najot aholi bilan aralashdi, yurt dushmanlariga qarshi birgalikda kurashdi, o’z taqdirini belgiladi, hamkorlikda madaniy obidalar bunyod etdi. Aniqrog’i, har bir xalq o’z holi qudratiga ko’ra o’sha obidalarga hissasini qo’shdi. O'sha asariarni baholash paytida bu tarixiy haqiqatdan ko’z yumish va birlikda yaratilgan ma'naviy obidani birgina xalqqa nisbat berish to’g’ri bo’lmaydi, Sharq adabiyotining zabardast tadqiqotchisi E.E.BerteIs xuddi mana shunday bahstalab masala ustida fikr yuritib: «Klassik til deb ataluvchi tilda, ya'ni dariy yoki forsiy tilda yaratilgan ulkan adabiy merosga har qanday holda ham har ikki xalqning haqqi bordir va bu adabiyotni ulardan biriga mansub deb bilishga urinish ikkinchisiga nisbatan adolatsizlik bo’lur edi» (Eeprejic E.E. H36paHHoe xpy^o. tom I. M., 1961, c. 241.), - deb yozgan edi. Yetuk olimning bu qaydlari turkiy xalqlar hamda turkiy tillar uchun ham ma'Ium darajada xosdir. Bas, shunday ekan, ularni bir-biridan batamom ajratib olib qarash, tarixiy shaxs va asarlarga baho berish mutlaqo xatodir. Xatip Minnegulov masalaga ana shunday bir tomonlama munosabatda bo’lish oqibatida Sayfi Saroyini nuqul tatar adabiyotining arbobi tarzida qaraydi, shu niyat bilan ish boshlagan tadqiqotchi adabiy dalillarni soxtalashtirish, zo’rma-zo’raki yopishtirish kabi xolisona ilmiy bahs uchun noloyiq yo’ldan boradi. Uning bir yoqlama fikrlashi Sayfi Saroyining tug’ilgan joyi masalasida, ayniqsa, ochiqroq ko’rinadi. Sayfi Saroyining bizgacha yetib kelgan adabiy merosi tarkibida shunday satrlar ham uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |