6.2. Haydar Xorazmiy va uning «Maxzanul-asror» dostoni badiiyati
Haydar Xorazmiy XIV asming oxiri va XV asrning boshlarida yashab ijod qilgan iste'dodli so'z san'atkoridir. Shoir haqidagi ba'zi ma'lumotlar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois», «Muhokamatul-lug’atayn» kabi asarlarida uchraydi. Ularda shoirning noyob iste'dod sohibi ekanligi qayd etilib, turkiy va forsiy tillarda yaxshi she'rlar bitganligi, Amir Temur nabiralaridan Iskandar Sheroziyga bag’ishlab Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» («SirIar xazinasi») dostoniga javoban turkiy tilda go’zal, ijodiy doston yozganligi e'tirof etiladi.
Haydar Xorazmiyning turkigo’y shoirligi va uning xorazmlik ekanligi Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug’atayn» asarida e'tirof etilgan. Salohiyatli shoir o’z masnaviysini turkiy tilda yozishini quyidagicha izohlaydi:
Turk zuhuridur ochunda bu kun,
Boshlar uluq yir bila turkona un!... ' Turk surudini tuzuk birla tuz,
Yaxshi ayolg’u bila ko’kla qo’buz...
Men bitigan xat bila yo’ng’H qalam,
- Men yurug’on yo'1 bila urgil qadam
- (Muborak maktublar. Toshkent-1987, 221-bet. Ushbu majmuada asarning nomi «GulshamiI-asror» tarzida berilgan. R.V., H.E.).
Adabiyotshunos N.Mallayev «Maxzanul -asroi» Haydar Xorazmiy adabiy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona asar ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, olim oliy maktab uchun yozilgan darsligida shoirning hayoti haqida quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: «Haydar asli Xorazmdandir. Uning Haydar Xorazmiy deb atalishi ham shu boisdan. U qachonlardir Fors viloyatiga kelgan. Birmuncha vaqt, Navoiy va Davlatshoh ta'kidlaganlaridek, Sulton Iskandar huzurida bo’lgan. Sulton Iskandarbirmuncha ma'rifatparvar amirzodalardan bo’lgan, o*z atrofiga ilm, san'at, adabiyot ahllarini to’plagan, o’zi ham she'riyat bilan shug’ullangan. Haydar Xorazmiy farazan 1409-1414 yillar orasida «Maxzanul-asrop> dostonini yaratgan* (Mallayev N. o’zbek adabiyoti
tarixi, Toshkent, 1976, 288-bet). Keyingi yillarda Mavlono Lutfiy asari sifatida qayd etib kelingan «Gul va Navro'z» dostoni ham Haydar Xorazmiyga nisbat berilayotir. «Fununul-baIog’a» hamda Bobur Mirzoning «Aruz risolasi»dagi e'timodli qaydlar shunday xulosani yanada quwatlantirishga xizmat qiladi.
«Maxzanul-asror»ning London, Parij, Vena, Qozon va boshqa joylarda saqlanayotgan qo’lyozma nusxalari fan olamiga ma'lum. Doston yuzasidan E.E.Bertels, H.Zarifov, AAbdug’afurov, B. Vaiixo’jayev, E.Rustamov, J.Sharipov, A. Hayitmetov singari bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. NAbduIlayev asarning qiyosiy matnini vujudga keltirdi va 1974 yilda Nizomiy Ganjaviy dostoni bilan chog’ishtirish asosida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi.
Sharq xalqlari adabiyotida ulug’ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»siga yoki uning ayrim dostonlariga javob aytish adabiy an'ana sifatida shakllandi. Bu ish shoirdan katta iste'dod, teran tafakkurni talab etardi. Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni mana shu an'ananing samarasi o’laroq vujudga kelgan bo’lsa, ajab emas. Haydar Xorazmiy o’zining «Maxzanul-asror» dostoni bilan ushbu adabiy an'ana ravnaqiga muhim hissa qo’shdi.
Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostoni falsafiy-ta'limiy asardir. Dostonning asliyati 59 bobdan tarkib topgan. Masnaviyning dastlabki 18 fasli an'anaviy muqaddimaviy boblar sanaladi. Asarning asosiy qismi 20 maqolat va 20 hikoyatdan iborat bo’lib, mazmundor xotima bilan nihoyasiga yetadi. Shayx Nizomiy dostonining an'anaviy kirish qismlari Tavhid va Munojot, Muhammad alayhis-salomning ta'rifi, payg’ambarning me'roji, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi ta'rif, Dovud o’g’li Malik Faxriddin Bahrom shohning ta'rifi, Bahrom shohga xitob va ta'zim, bu kitobning tartibi, so’z madhi, nazmning nasrdan yuksakligi, ko’ngil, ko’ngil parvarishi haqida birinchi xilvat, birinchi xilvatning samarasi, ikkinchi xilvat, ikkinchi xilvatning samarasi singari bo’limlardan tarkib topadi.
Dostondagi maqolatlarda shoir o’zining muayyan ijtimoiy-siyosiy, axioqiy-ta'limiy qarashlarini ixcham, o’ta purma'no baytlarda ifoda etadi. Ularda ilgari surilgan g’oyalarni esa hikoyatlar asosida oydinlashtirish va mustahkamiashga erishadi. Maqolatlarda shoir adolat, mamlakatni boshqarish va xalqqa munosabat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnat va uning foydasi, kishilarga yaxshilik qilish va qiyinchiliklardan
qo’rqmaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi, baxillikning yomon oqibati haqida muhim mulohazalarini bayon etgan.
Haydar Xorazmiyning «Maxzanul-asror» dostoni tuzilishi hamda janr xususiyatlariga ko’ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala doston ham falsafiy-talimiy mohiyat kasb etib, aruzning sari' bahrida (sari'i musaddasi matvii makshuf muftailun, muftailun faulun) yozilgan. Haydar Xorazmiyning dostoni Nizomiy Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman ancha kichik. Haydar Xorazmiyning dostoni 639 baytdan iborat bo’lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asarning dastlabki 7 fasli an'anaviy muqaddimaviy boblardir. Mazkur boblar Alloh hamdi, payg’ambar na'ti, xalifalar ta'rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning vasfil-holi kabi masalalarga bag’ishlangan. Dostonning asosiy qismi 16 bobni o’z ichiga oladi. Ularda mav'iza (o’git-nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o’laroq, dostonda awal hikoyat, undan so’ng shu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob (maqolat) keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlaming mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ulaming ba'zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba'zilari tamomila yangidir.
Haydar Xorazmiy dostonidagi «Musannifning vasfil-holi» bobida o’zining bir kecha g’am bilan hamnafas bo’lganligi hamda ichki iztiroblarini bayon etib, Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostoniga yuksak baho beradi. Undagi tashbehlar va teran fikrlarning sodda uslubdagi bayoni shoirning nozik did va so’z san'atining o’ziga xos jozibasidan mahorat bilan foydalana oladigan ijodkor ekanligidan dalolat beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |