Aql tengiz erdi-yu andisha kon, / !
o’rtasida gavhari ma'ni nihon. "' '' , , ; * Joa tishi biria qozib ul konni, !;J : ^, Qiidim o’zum g’avs bu ummonni. li ' „, ,,;? Ul kishi qo’yg’ay chu Nizomiy bu ganj, ^ '
C Qozg’ana olg’ay guhari dast ranj. !/ "'; Yo’q esa har muflisi be dastgoh, !
Hech topa bUgaymu bu Maxzanga roh (206-207-betlar).
Aqlni dengizga lashbeh qilgan shoir shu dengizda yashiringan ma'ni
gavhaiiarini ummonda g’owos singari suzib, jon tishlari bilan qaziganligini
g(oyatda go’zal tasvirlaydi. Bu- «gavhari ma'ni», shubhasiz, Nizomiy
Ganjaviy dostonidir. Shu bois shoir Nizomiy kashf etgan bu ganjga musharraf bo’Iish uchun katta mehnat talab qilinishini bayon etadi. Iqtibosdagi «hech topa bilg’aymu bu maxzanga roh»-misrasida shoir iyhom san'atidan mahorat bilan foydalangan. Haydar Xorazmiy «maxzan» so’zini dastlab xazina ma'nosida qo’llagan bo’lsa, ikkinchidan, «Maxzanul-asroF» dostonini nazaida tutgan. Shuningdek, shoir Nizomiy Ganjaviy dostonidan ilhom olgani, undan adabiy ta'sirlanganini quyidagicha e'tirof etadi:
Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiydin olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Ma'nisidin yarliq-u burhon topib (222-bct). Haydar Xorazmiy o’zbek mumtoz adabiyotida she'riy hikoya yaratish an'anasining ravnaq topishida katta hissa qo’shdi. «Maxzanul-asror» dostonidagi hikoyalar axloqiy-ta'limiy mohiyat kasb etadi. Muallif ularda biror kichik hayotiy voqeani hikoya qilish orqali kitobxonga pand-nasihat qiladi, ularga o’git beradi, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalarga doir zamonasi uchiin peshqadam xulosalarini ilgari suradi. Aytilganlar nuqtai nazaridan 43 baytdan tarkib topgan «Bo’z tuquvchi kampir va bazzoz hikoyati» alohida ahamiyatga ega. Mazkur hikoyat Kufa shahridagi g’ayb ilmidan xabardor bir darveshning bozorga kelib qolishi tasviri bilan boshlanadi. U o’z ishini ipidan ignasigachapishiq biladigan bazzozning faoliyatini kuzatib turadi. Savdogar (bazzoz) oldiga bir keksa kampir ikki hafta tinimsiz mehnat qilib, to’qigan bir ko’ylaklik bo’zini olib keladi. Bu beva ayol o’zining ojiz va bechorahol ekanligi, bir to*da bolalari uning yo’Iiga intizor bo’lib tuiganini aytib, bazzozdan tegishli haqini to’lashini iltimos qiladi. Bazzoz kampirning bo’zidan illat qidirishga tushadi. Uning qo’pol, dag’al, kiyimga yaroqsiz ekanligini vaj qilib, arzimagan pulga sotib oladi. Bu ham etmagandek bazzoz bo’zni o’lchashda ham beva kampir haqidan urib qoladi. Kampir ketgach, bir xaridor bazzozning oldiga yaxshi bo’z so’rab kiradi. Bazzoz qaysi bo’zni ko’rsatmasin, xaridor undan qoniqmaydi. So’ngra bazzoz o’sha kampir to’qib kelgan bo’zni maqtay-maqtay xaridoiga juda qimmat narxda sotadi. Bu holni kuzatib turgan haqparast darvesh bazzozni qattiq uyaltiradi. Haydar Xorazmiy mazkur hikoyatda keksa kampirning bazzoz oldiga kirib kelishi manzarasini g’oyatda ta'sirchan badiiy ifodalaydi. Baytlardagi o’ziga xos sifatlashlar o’quvchi ko’z oldida kampirning ayanchli ahvolini yanada y
Do'stlaringiz bilan baham: |